INDIVIDUAL PSIXOLOGIK TAFOVUTLAR.PSIXOFIZIOLOGIK TIZIMDA JINSIY FARQLAR.
Odam xulk-atvoridagi uslubning axamiyati xakida ilk bor I.V.Gyote ta’kidlagan, uning fikricha bu indivuduallkning oliy xususiyatidir Psixologiyada esa xayot uslubi tushunchasi ilk bor Alfred Adler tomonidan ishlatilib, u bu tushunchani odam mavjudligini betakrorligini tavsifini beruvchi xislatlar, xulq-atvor usullari va odamlarning unikal ( mukammal) birlashmasi sifatida qo‘llagan. A.Adler “xayot uslubi” tushunchasini ifodalash uchun quyidagi obrazdan foydalangan: “Agar biz dalada o‘sgan archani, tog‘da o‘sgan archa bilan solishtirsak: ularni turlicha usayotanining guvohi bo‘lamiz. Bu daraxtlar bir tur vakillari, lekin ularning xayot uslublari turlicha. Daraxtning xayot uslubi – bu uning ma’lum muxitda shakllanadigan va namoyon bo‘ladigan individualligi. Bu uslublar xar bir daraxtning faqat atrof-muxitga mexanik reaksiyasida emas, balki uning xayotdagi xulq-atvor modelida ko‘rinadi”.
Xayot uslubi xar doim mavjud, lekin u odamni xayotiy muammolar bilan to‘qnashganidan yuzaga chiqadi. Bu yoshlikda kechib o‘tilgan qiyinchiliklar va maqsad sari intilishlariga asoslanishi bilan shartlanib, 4-5 yoshgacha mustaxkamlanadi. A.Adler fikricha, odamni katta yoshdagi xayoti esa bu xayot uslubini fiksatsiyalaydi va saqlab qoladigan davridir. Shu sababli odam xulq-atvorini oldindan aytish imkonini beradi. Individual psixologiyada bolaning oilada nechanchi bo‘lishi juda muxim axamiyat kasb etadi. Bolaning aka-uka va opa-singillari orasidagi o‘rnini bilish orqali uning xayot uslubini aniqlash mumkin, misol uchun, A.Adler nuqtai nazari bo‘yicha, tung‘ich farzandlar kichiklariga nisbatan rashq xissini boshdan kechirishadi. Shu sababli oldin oilada, keyinchalik katta sotsiumda o‘zlarini tasdiqlashga majbur bo‘lishadi (xozirgi zamon psixologiyasida tug‘ilishning navbatini axamiyati, baxsi).
Xayot uslubi qanday amalga oshadi? A.Adler bo‘yicha odam dastlab boshidan kechiradigan nomukammallik, keyinchalik toqatsiz bo‘lib boradi: bu esa vaziyatni to‘g‘rilashga qaratilgan harakatlar qilishiga turtki bo‘ladi. Natijada unda maqsad paydo bo‘lib, u unga bor imkoniyati bilan erishadi, u esa boshlang‘ich defekt, kamchilik yoki qobiliyatni past darajasini kompensatsiyalaydi. Demak, uslub tushunchasi tizimli ekviqvlentlik prinsiipiga amal qiladi, unga ko‘ra turli murakkab tizimlarda bir xil final (natija)ga olib keluvchi yo‘llar mavjud. Hayot uslubi o‘z ichiga asosiy 3 individuallik darajalarida joylashgan psixologik sifatlarni oladi: individual xarakteristika (defekt), ma’naviy dunyokarashli (maqsad) va maksadga yetishda yordam beruvchi vosita (predmet – mazmuniy xarakteristika).
Uslub barqaror va odam tomonidan turli xayotiy masalalarni (A.Adler ular ichidan ish, do‘stlik va muxabbatni ajratadi) yechishda namoyon bo‘ladi, aynan uslubni barqarorligi shaxsdagi muntazamlilikni aniqlaydi. Lekin, odamni hayot uslubi betakror bo‘lgani uchun A.Adler keng tarqalgan uslublar asosi bo‘luvchi ustanovkalar klassifikatsiyasini taklif etib, ularni 2 jihati bo‘yicha: ijtimoiy qiziqligi va faollik darajasi bo‘yicha tavsiflaydi.
A.Adler fikricha normal hayot uslubi qo‘yidagicha, odam shunchalik oson moslashgan bulishi kerakki, “u buni istaydimi, yo‘qmi” jamiyat ning faoliyatidan manfaatdor bo‘ladi. Bundan tashqari, psixologik nuktai nazardan unda uning xayotidagi muammo va qiyinchiliklarni osonlikcha ochiq kutib olishga yetarli energiya va jasorat bo‘lishi darkor.
Hayot uslubini shakllantirish uchun odamlar bilan munosabatda to‘g‘ri masofani ko‘ra olish qobiliyati, qo‘llab-quvvatlash usuli, jasurlik va qo‘rqoqlik, yengib o‘tishga ishonch muhim xisoblanadi. Xayot uslubini korreksiyalash, boshqalar bilan birlik xissini uyg‘otish va shu vaqtning o‘zida shaxsiy mustaqillikni tarkib toptirish mumkin.
Uslub tushunchasi xam G.Ollport tomonidan shaxsdagi bazaviy xislatlar va maqsadga erishishda vosita bo‘luvchi instrumental xislatlarni ajratishga xarakatida foydalanilgan. Xozirgi zamon psixologiyasida uslubiy xarakteristikalar fanining xam soxalari ajratilmokda va o‘zini yuqori evrestikligini, odamni predmetlar subektlar bilan o‘zaro ta’sirini tasvirlashda va xayotiy yoki fikrlashga qaratilgan masalalarni xal etishni isbot etdi. Shu sababli uslubiy tavsifnomalarga butun olam bilan individual o‘zaro ta’sir vositasi sifatida qaralmokda.
Rossiya psixologiyasida individuallikni dinamik aks ettiruvchi uslub tushunchasiga katta ahamiyat berilmoqda. Kompensatsiyalanadigan yoki ko‘rinishi o‘zgaradigan lokal sifatlarga bog‘liq xolda muloqot uslubi, kognitiv uslublar (layoqatlarni kayta ishlashni tashkil etish usuli) kasbiy faoliyat uslublari farqlanatsi. Yaxlit tizimda bir-biriga tobe’lashib va integralashib ularni barchasi, odamda u yoki bu usulni shakllantiradi. Odamdagi uslublar 2 ta asosiy xarakterli xususiyatga ega bir tomondan individuallik tuzilishida turli darajali paramegrlarnn o‘zaro ta’siri ko‘rinishida aks etadilar; temperament, xarakater, intellekt va xokazo, ikkinchi tomondan fizika va ijtimoiy muxit bilan individual o‘zaro ta’siri orkali barqaror pattern xosil qiladi. YA’ni odamni uslubi-bu uning individualligining ichki tomoni hamda uning faoliyat subekti qilib xarakterlovchi xususiyatdir.
Integral individuallik nazariyasi vakillari uslubni tizimli birlashma g‘oyasini rivojlantirib, uning past darajalarini individuallikning rasmiy dinamik xususiyatlari bilan bog‘laydilar, yuqorisini esa shaxsning e’tiqodlari va “Men” konsepsiyasi bilan bog‘laydilar.
A.V.Libin odamning uslubini iyerarxik tarzda o‘rganishni taklif etadi, u 5 blokdan (yoki rus-amerika tadqiqot an’analari bo‘yicha ishlaydiganlar buni “Freymlar” deb nomlaydilar) tarkib topadi, ularni xar biri korrrelatsion taxlil yordamida aniqlangan o‘zaro aloqador va qator farqli tomonlarga ega jixatlar to‘plamidan iboratligini ta’kidlaydi. Turli uslubiy urinishlar persepsiya usuli, tafakkurning psixologik yengib o‘tish uslubi, faoliyat va mulokotning individual uslubini tadqiq etish davomida bunday umumlashgan ko‘rinishi o‘z validligini namoyon etdi.
Odam uslubiy tavsifnomasi o‘z ichiga xam individuallikning ichki dinamikasini xam tashqi dunyo bilan o‘zaro ta’sir yo‘nalishni oladi. YA’ni, uslub-yaxlit fenotipik subektni obektlar bilan bog‘lovchi va ularni o‘zaro ta’sir jarayonining natijasini belgilaydigan birlashma.
Odam uslubi tushunchasi xam yetarlicha barcha darajalarda ishlab chiqilmagan – uning ayrim darajalari izchil aniqlangan lekin bu amaliy tadqiqotlarda keng imkoniyatlariga ega. Misol uchun deviant xulq-atvor tadqiqotchisi E.T.Kondratenko hayotni quyidagi uslublarga ajratadi: gedonistik o‘z exti yojlarini amalga oshirishga intilish), asketik o‘z extiyojlarini jadalligini kamaytirish, qo‘zag‘atuvchanlik tashqi taassurotlarga yo‘nalish olish, olam bilan munosabatni soddalashtirishga intilishni realizatsiya etish, faoliyatli o‘z-o‘zini kamol toptirishga va xar tomonlama rivojlanishiga intilish. Muallif tomonidan asketik uslub ko‘prok qotillar orasida, kuzatuvchanlik esa o‘g‘rilar orasida uchrashini qayd etadi.
Hayot uslubini ishlab chikishda boshlang‘ich nuqta odamning o‘zi xaqidagi tasavvurlari ekan, o‘zini anglashning individual variativligini ko‘rib chiqish darkor. Individni o‘zi xaqidagi tasavvurlari, g‘oyalari, baholari, va xulq-atvor tendensiyalari yig‘indisi “Men” kotsepsiyasi deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, “men” konsepsiyasi – subektni o‘zi xaqidagi eng umumiy ustanovkalari tizimidir. “Men” konsepsiyasi odamni turli sohalarda muvaffaqiyatini va zaif tomonlarini belgilaydi va 3 ta rolni bajaradi. Birinchidan, shaxsning ichki o‘zaro roziligiga erishishga turtki beradi; ikkinchidan, odamni tajribasi ni izoxlaydi; uchinchidan, kutishni manbasi bo‘ladi. “Men” konsepsiyasi hamma shaxsiy va xarakterli jarayonlarni muvofiqlashtiruvchisi bo‘lib aks etadi. “Men” konsepsiyasi o‘zini kelib chiqishiga ko‘ra asosan fenotipli havotirni irsiy darajasi va nerv tizimi xususiyatlari bilan mustaxkamlanadigan birlashma. Uni U.Djeymsning orginal formulasi bo‘yicha xisoblash mumkin. Yoshlikda o‘z-o‘zini baholash tashqi baxolar ta’sirida shakllanadi, bu esa keyinchalik interiorizatsiyalanib o‘ziga munosabatga aylanadi. Bu esa ma’lum intellektual rivojlanish darajasi bilan amalga oshishi mumkin. Oligofren bolalarda mazmuniy umumlashtirish bo‘lmagani uchun ular barqaror o‘z-o‘zini anglashga ega bo‘lmaydilar.
O‘z-o‘zini baxolashni differensiyalashtirishga qaratilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli yoshdagi kategoriyalarni, misol uchun 7-sinflar yukori sinflar 10-11 siniflar va 3 yosh atrofdagi bolalarni o‘z-o‘ziga baxo bershining 5 ta parametr: jismoniy sifatlar, muvaffaqiyatlari, intellektual rivojlanish, shaxslararo muloqot va ma’suliyat buyicha taqqoslasak ularni yosh o‘tgan sari individual variatsiyalari kuchayganini ko‘ramiz. Agar yosh bola o‘zini hamma sifatlar bo‘yicha bir xil baxolasa katta yoshdagi sinaluvchilar o‘zini kuchli va zaif tomonlarini yaxshirok bilishi ayon bo‘ladi. Bu esa shaxsiy tajribani kengayishi bilan bog‘lik, hamda shaxsning kognitiv murakkabligini ortishining maxsuli ya’ni o‘z “men”ini turli tomonlarini baxolash qobiliyatlari natijasidir. O‘z-o‘ziga baxo berishni differensiyalashtirmaslik ijtimoiy va shaxsiy ulg‘aymaganlikni ko‘rsatadi.
Faoliyatni muvaffaqiyati uchun odam uzi real imkoniyatlarini yuqorirok baxolashi darkor, shu xolda u o‘z-o‘zini motivlashtiradi. Obektiv imkoniyatlarni past baxolash depressivlik, shaxsiy nevrozga moyillikdan dalolat beradi. Ko‘p sonli tadqiqotlar o‘ziga baxo berish, maktabdagi muvaffaqiyatlarga aloqador intellektual qobiliyatlar esa yut smay bog‘liqligini ko‘rsatadi, ya’ni unchalik qobiliyatsiz lekin o‘ziga ishongan o‘quvchi qobiliyatli ammo o‘zidan ikkilanadigan do‘stiga qaraganida yaxshirok o‘qiydi.
Salbiy “Men” konsepsiyasi odamni faoliyat va muloqot doirasini chetlovchi psixologik himoyalarni ko‘payishiga olib keladi. O‘zini qabul qilish shaxsning o‘zini faollashtirishni asosidir. Ijtimoiy mazmunli kasb egasi bo‘lgan kishi o‘zi xaqidagi bilimni chuqurlashtirish va o‘zida salbiy “Men” konsepsiyasini bartaraf etishi darkor.
Erkaklarda ayollarga qaraganda ijobiyroq, ko‘p xollarda integrallashgan “Men” konsepsiyasi qayd etiladi. O‘z-o‘zini yuqori baxolash uchun ma’lum shart-sharoitlar bo‘lishi mumkin, masalan: a) faoliyatlaridan birida xususiy yutuqlarning mavjudligi; b) muvaffaqiyatsizlikka uchraganda rad etilishidan qo‘rqmaslik; v) atrofdagilarni unga nisbatan ijobiy munosabatda ekanligiga ishonch va boshqalarni o‘ziga taqqoslamaslik. Noadekvat o‘z-o‘zini yuqori baxolash uni egasi uchun xayotiy qiyinchiliklar manbasi bo‘lishi mumkin; o‘ziga nisbatan ma’suliyatsizlikka o‘z faoliyatini tashkil eta olmaslik uning oqibatlarini ko‘ra olmaslik va odamlar bilan munosabatlarni ko‘ra olmaslikka olib kelishi mumkin.
O‘zini baxolash ichki intilishlar ya’ni odam uzi uchun amalga oshishi qiyin bo‘lgan maqsad va masalalar qo‘yishi bilan uzviy bog‘liq. Ichki intilishlar o‘zini dinamikasini balandligi bilan farqlanadi
Agar odam muammoni xal eta olmasa adaptiv xulq-atvor mantig‘i bo‘yicha u o‘z ichki intilishlarini pasaytirishi kerak. Muavaffaqiyat uchun rigid ichki intilish ijtimoiy va shaxsiy ulg‘aymagan odamlarda qayd etiladi. Lekin shuni aytish joizki qullab-quvvatlashlar o‘jarlik qat’iylik sog‘lom erkaklarni xulqiy dasturlarining biriga kiradi.
“Men” konsepsiyasi asosan yevropa mentalitetiga xos tushunchadir. Sharkiy falsafiy okim asosan odamning taqdiri va bu taqdirni qabul qilish muammosini ko‘taradi. Biror bir vaziyatdan qochib qutilish mumkin emas ekan, uni qabul qilishdan boshqa chora bo‘lmaydi. Yevropa an’analari esa aksincha odamni o‘z xayotini mustaqil qurishga yo‘naltiradi. Faol boshlanish olamda o‘z o‘rnini va mavjudligining mazmunini topish va xokazolar g‘arb tafakkurini farqli jihatlaridan biri hisoblanadi. Shaxs psixologiyasida odamni u bilan sodir bo‘layotgan narsalarga ma’suliyatni tashqi omillarga yoki o‘ziga yuklashi lokus nazorat deb ataladi. Mazkur tushuncha Dj.Rotter tomonidan kiritilgan. Agar odam ichki lokus nazoratiga ega bo‘lsa bunday odamlarni internallar deb atashadi. U o‘zini xayotini yaratuvchisidek xis qiladi.
Internallar boshqalarni ta’siriga unchalik tushmaydilar, agar ularni boshqarishga bo‘lgan urinishni sezishsa bunga nisabatan o‘z qarshiliklarini ko‘rsatadilar. Nazorat ostida ishlagandan ko‘ra yolg‘izlikda yaxshiroq ishlaydilar va shaxsiy erkinlikning yo‘kligini qiyin kechirishadi.
Agar odam u bilan sodir bo‘layotgan narsalar tashqi uning ishtirokida bo‘lmagan kuchlar odamlar ta’sirini natijasi deb o‘ylasa ularni eksternal deb atashadi, u bu sodir bo‘layotgan xodisalarni xammasini qabul qilishga yo‘nalgan bo‘ladi.
Ular xayotiy ijodda internallar kabi yuqori cho‘qqilarni egallasamda yechimi murakkab bo‘lgan muammolarni o‘ziga olmaydi. Eksternallar komformli qonunga rioya etadilar, atrofdagilar ta’siri va bosimiga tushadilar yolg‘izlikdan ko‘ra odamlar bilan birgalikda yaxshirok ishlaydilar. Ular o‘z faoliyatini tashkil etishda qiynalishadi, rejalashtirishda ular asosan tashqi talabni inobatga oladilar.
Lokus nazorat odamni atrofdagilar bilan munosabatini qanday kirish uzviy bog‘liq. Qoida bo‘yicha internallar o‘ziga ishonganroq guruhda mashxur va eksternallarga qaraganda sabrliroq. Internallarda o‘z sog‘ligiga nisbatan faol munosabat aniqlangan: ular sog‘ligining xususiyatlari yaxshirok bilishadi o‘ziga qarashadi va profilaktik yordamga ko‘proq murojaat kiladilar. Eksternallik esa aksincha tushkun kayfiyat sog‘ligi uchun xavotir bilan xarakterlanadi.
Ko‘p yillar davomida lokus nazorat shaxsning barqaror tavsifnomasi uzoq vaqt saqlab qolinadigan va uning hamma xayot sohalariga yutuq va muvaffaqiyatsizliklar, sog‘liq, o‘qish, ish, oila, do‘stlari bilan munosabatlariga aloqador deb qaralgan. Ammo keyinchalik, lokus nazorat odamni hayotiga ta’sir etishning real imkoniyatlariga qarab o‘zgarishi mumkinligin aniqlanadi. Lekin, u qanday bo‘lishidan qatiy nazar odam sodir bo‘layotgan narsalarni baholashda realistroq bo‘lishi muhimrok.
Odamga xos lokus nazoratni mantiqiy oqibati frustratsiya vaziyatidagi xulq-atvori xisoblanadi. S. Rozensveyg bo‘lishi mumkin bo‘lgan reaksiyalarni 3 ta yo‘nalishini ajratadi: intrapunitiv reaksiya o‘zini ayblash, ekstrapunitiv reaksiya atrofdagi odamlar va tashki vaziyatlarga yo‘nalgan va impunitiv nizodan chetlashuv va uning mazmunini xisobga olmaydigan reaksiyalar.
Psixotiplar ko‘pincha ekstrapunitiv nevrotiklar interapunitiv reaksiya kiladilar. Real xayotda vaziyatni boshqarishda individual imkoniyatlarini hisobga olgan xolda xulq-atvor barcha spektr usullaridan foydalanish darkor. Ularni diagnostikasi uchun kichik yoshdagi bola va kattalarga muljallash varianti ish yuzasidan muloqot uchun modifikatsiya qilingan yarim proyektiv rasmli -frustratsion testi mavjud.
Psixologik yengib o‘tish tushunchasi va uning variatsiyalari. Xayot uslubi nafavat kiyin xayotiy vaziyatlarda shakllamadi, u ul-fni tarkibida buladi, va u yerda o‘zini namoyon kiladi. Xayotiy muammolarni yengib o‘tishni turli usullari mavjud psixologiyada ularni ingliz tilida yengib o‘tish. Psixologik yengib o‘tish-bu odamli vaziyatni logikasi xayotidagi ahamiyati va uning psixologik imkoniyatlariga mos xolda individual o‘zaro ta’sir vositasidir. Keng ma’noda subektni tashqi va ichki xarakterli mummolari bilan o‘zaro ta’sirini xamma usullarini o‘z ichiga oladi muammoli vaziyatni boshqarish yoki yumshatish moslashish yoki yuklangan majburiyatdan bosh tortishdir. Bu tushuncha qisman psixologik himoya tushunchasi bilan kesishadi lekin u kengroq chunki tarkibiga nafaqat mental balki faktik reallikni oladi.
Qiyin davrlarda odam xarakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi faoliyatni 5 ta sohasini ajratish mumkin: 1) o‘rganish va tasavvurlar 2) hissiyot 3) odamlarga munosabat 4) ma’naviyat 5) jismoniy turmushni quvonchli daqiqalari effektiv yengib o‘tishni kriteriyalari bo‘lib, ular quyidagilar: birinchisi muammoli vaziyatni obektiv xal etish; ikkinchisi odamni ijobiy psixik xolatini qayta tiklash. Xavotirni kamaytirish, psixosomatik simptomikasini kuchsizlantirish, effektivligini ishonchli kursatkichi stresslarga zaiflikni kamaytirish xaqiqat oldida qo‘rquvni yo‘kolishi xisoblanadi.
Umumlashtiri6 aytganda ayollarga qiyin vaziyatlarda passiv moslashuvchanlik va o‘zini-o‘zi o‘zgartirish, kutuvlar va umidvorlik xos. Erkaklarga esa aksincha olamga instrumentar munosabat, o‘ziga ma’qul yo‘nalishida o‘zgartirishga intilish xos. Ular o‘zlarini depressiya holatidan chetlashtiradilar, faoliyatga e’tiborni qaratib, jismoniy faollik orqali salbiy kechinmalarni chiqarib olishadi.
Yosh konuniyatlariga kelsak, ular vaziyatni real boshqarish imkoniyatlari bilan bog‘liq. Shu sababli faol psixologik yengib o‘tish, yoshlik va yetuklik davrida passiv esa kichik yosh va qarilarga xos. Shunisi ahamiyatliki, bolalardagi ijtimoiy malakalilik bilan stresslarga bardoshlilik o‘rtasida ijobiy aloqadorlik aniqlandi. Agar bola kattalardan yordam so‘rashni bilsa, undagi salbiy kechinmalar bo‘lmaydi.
O‘zini yaxshi xis etish uchun odamni oldida turgan muammolar uning real imkoniyatlaridan sal ustun bo‘lishi ahamiyatlidir. Agar faol o‘rta yoshli muammodan qochish nokonstruktiv chunki reallik yakka o‘zi xaqida eslatib turadi, yechimini topmagan muammolarni qaytarilish xususiyatiga ega qarilar uchun esa olamni o‘zlashtirishga intilish bexuda orzuga o‘xshaydi. Masalan, klinikada qari mijozlarni beshtadan bittasi eng sog‘ayishini eng yaxshi usuli dinga murojaat qilish bilan belgilanishi aniqlandi. Lekin mustaqillik hissiga erkin tanlovni mavjudligi bilan bog‘liq ekan, “men” konsepsiyasi bu aynan imkoniyatlar cheklangan davrlarda qarilik va bolalikda yaqqol ko‘rinadi.
Shunisi ma’lum bo‘ldiki o‘z xayotini rejalashtira oladigan qariyalar o‘zlarini baxtliroq xis etadilar va ko‘proq yashar ekanlar. Qachon uyg‘onish, uyquga ketish, nimani iste’mol qilish va xordiqni qanday chiqarish. Mashhur gerantopsixolog G.Tomening e’tirof etishicha qarigan sari qo‘llaniladigan psixologik yengib o‘tish usullari repertuari kengayib boradi, shu orqali ularni hayotga moslashuvi ortadi.
Kognitiv uslubni keng ma’noda inson tomonidan axborotni ishlashi, uni qabul qilishi, saqlash va foydalanishi tushuniladi. Kognitiv uslub turli odamlarni bir natijaga kelishini ko‘rsatadi, ya’ni faoliyatni protsessual dinamik xususiyatlarini aks ettiradi va ko‘p jihatdan temperament xususiyatlari bilan belgilanadi.
Meniger tadqiqotlari doirasida G.Kleyn va R.Gardner psixoanaliz pozitsiyasida kognitiv uslublarni o‘rganib quyidagi 5 tavsifnomala ajratishdi: 1) to‘g‘irlash-o‘tkirlash farqlarga ta’sirlanish meyorlarini tavsiflaydi; shu orqali obektlar orasidagi yaqqol farqlarni befarq bo‘lish va nozik tafovutlarni sezish mumkin; 2) yuqori-quyi naursalistik, odamni uning tajribasiga zid keladigan axborotlarga tayyorgarligini ko‘rsatadi; 3) ekvivalentliknnng tor keng diapazonni kanchalik turli obektlarni bir sinfga kirishi, bunda ular bir xil deb tan olinadi.
Ajratib ko‘rsatilgan tavsifnomalar ijtimoiy intellektni tadqiq etish, shaxsni rivojlanishini xususiyatlarini tasvirlashda juda qimmatli bo‘ladi. Kognitiv uslublar bu psixologik sifatlar bo‘lib, ular rasmiy dinamik xususiyatli ishlarga taalluqli bo‘ladi.
Dj.Krambo va L.Maxoliklar xayotda muayyan maqsadga ega bo‘lish qobiliyati 5 ta psixik xususiyatlarga mujassamlashtirilgan: I) subektning shaxsiy xayotidan umumiy qoniqqanligi; 2) xayot mazmuniga ishonish; 3) o‘limga munosabat va shaxsiy tanlov; 4) ekzistensial muammolarga yechim topish imkoniyati; 5) kelajak xayot va ma’suliyat.