Siz o‘zingizni bilasizmi?
- Sizning shaxsiy hayotga bo‘lgan munosabatingiz . . .
a) Oila va uy – bu mening haqiqiy hayotim, mehnat esa iqtisodiy mablag‘larni ta’minlash uchun kerak
b) Oila davrasida yaxshi dam olsa bo‘ladi, ammo shu bilan birga ishni ham unutmaslik kerak
v) mening hayotim – ish, faqat ishxona o‘zimni to‘laqonli kishidek his qilaman;
2. Kiyinishga qanday qaraysiz?
a) Men qulay va toza kiyinishga harakat qilaman;
b) Xorij kiyimlari menga ko‘proq yoqadi;
v) Kiyim – haqiqiy ishbioarmon kishi imidjini belgilaydi
3. Sizdan muhim va deyarli bajarish mushkul bo‘lgan ishni qilishni so‘rashdi
a) Band ekanligimni vaj qilib ko‘rsatib, uzr so‘rayman
b) O‘ylab ko‘rib, uning iltimosini bajarishga harakat qilaman
v) Hamma aloqalarimdan foydalanib, uning iltimosini erda qoldirmayman
4. Hordiq olish soatlaringizni qanday o‘tkazasiz?
a) Dam olish vaqtida barcha muammolarimni unutishga harakat qilaman
b) Oxirgi marta qachon ta’tilga chiqqanimni eslay olmayman
v) Agarda muhim Ishim chiqib qolsa, hordiq olishni chetga surib qo‘yaman
5. Qo‘l ostingizdagilarga munosabatingiz . . .
a) Men o‘zim oddiy lavozimda ishlayman
b) Ularni tushunishga harakat qalaman
v) Qattiqqo‘l rahbarman
6. Farzandlaringiz o‘qimishli bo‘lishini istaysizmi yoki biron hunarni egallab, ertaroq sizning yoningizga kirgani ma’qulmi?
a) Tezroq, biron-bir hunarning egasidan tutgani ma’qul
b) Farzandlarimning ra’yiga qarayman
v) Albatta, o‘qimishli bo‘lishini istayman
7. Ishingizdagi kamchiliklarni ko‘rsatib, sizni tanqid qilishsa . . .
a) Vaziyatga qarab ish tutaman
b) Tanqid – kelajatning mevasi
v) Kamchilmklarimni aytishsa, o‘zimni qo‘yarga joy topolmayman
8. Xotiningiz ishlashiga munosabatingiz . . .
a) Ishlashga umuman qarshiman
b) Menga farqi yo‘q
v) Ishlashsa yaxshida, menga ancha yordam bo‘ladi
a)=1 ball b)=2 ball v)=3 ball
20–24 ballgacha
Bunday mehnat xususiyatiga ega kishi kamdan kam uchraydi. Siz uchun ish – hayot mazmuni. Siz shu darajada ishingizga bergansizki, ishdan chalg‘ib, oila a’zolaringizga e’tibor bermaysiz, do‘stlaringizni esa ishdagi hamkor sifatida qaraysiz. Axir bu turishda yakka-yolg‘iz qolib ketasizku!
11–19 ballgacha
Siz ishga butunlay berilib ketmagansiz va u siz uchun yagona maqsad bo‘lib qolmagan. Xonadoningiz a’zolariga, ayniqsa, xotiningiz va farzandlaringizga hamisha alohida vaqt topasiz. Biroq, shu bilan birga ishingizni ham tashlab qo‘ymaysiz.
10 ballgacha
Siz o‘z ishingizga nihoyatda beparvo shaxssiz. O‘ta parishonxotir yurasiz. Biroq, siz oilangiz davrasida juda xushmuomala va g‘amxo‘rsiz. Ammo, ishga panja orasidan qarash, sizga hech ham yarashmaydi.