1998 – yil bizning Respublikamizda oila yili deb e’lon qilingan. Pedagoglar  va psixologlar oila muammolarini, uning an’ana va udumlarini, bola shaxsining shakllanishida oilaning ta’sirini o‘rganishda juda ko‘p ishlar qilmoqdalar.

Bola ota – onaning faqatgina tarbiyaviy ta’sir etish mahsuli emas. U o‘z oilasini o‘zicha tushunadi va qabul qiladi. Oiladagi o‘z o‘rnini o‘zaro aloqada belgilaydi. Bola  – oilani va oilada o‘zini o‘zicha  anglaydi, o‘z xatti – harakatini silaga bo‘lgan munosabatini belgilaydi. Har bir bola o‘zini o‘zini tarbiyalaydi. Bolalar ro‘y berayotgan xodisalarga kattalarga nisbatan boshqacha baxs beradilar. Biz qachonki atrofimizdagi  olamni bola ko‘zi bilan ko‘rishga o‘rganib olganimizdan  so‘nggina, ularni to‘g‘ri tushunamiz, xis hayajonli, qayg‘ulariga yordam bera olamiz. Eston psixologi G.Xementogunos tomonidan ishlab chiqilgan mashxur «Oila rasmi» testi kattalarga  dunyoni bola ko‘zi bilan ko‘rishga yordam beruvchi vositadir. Bu test bolaning o‘z oilasiga bergan shaxsiy baxosi haqida, oila a’zolari bilan bo‘lgan munosabatlari, bola nimalarni idrok qila olmasligi, nimalarni kuchli xayajon bilan xis qilishi haqida tushuncha beradi. Nimalar bolani ongsiz ravishda xavotirlansa ushalar rasmlarida  ifodalanadi.

Oila rasmi bola shaxsining psixologik portretidir. Bu testi 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin. Psixologlar bu testni bolaning oiladagi «Meni» o‘rganish maqsadida foydalanadilar. Bu testni o‘tkazish pedagogik va psixologik amaliyotda qulay va ommabop. Bu testni o‘qituvchilar, maktab psixologlari va ota – onalar o‘zlashtirib olishlari mumkin.

Tadqiqotni o‘tkazish uchun: 21 x 29 sm xajmidagi oq qog‘oz, o‘chirg‘ich kerak. Bolaga: «Iltimos, o‘z oilang rasmini chizib ber» – deb aytiladi. Lekin «oila» nima ekanligi haqida tushuntirilmaydi, chunki tadqiqot o‘tkazishning maqsadi o‘zgaradi. Topshiriqni o‘tkazish uchun vaqt chegaralanmaydi. Topshiriqni bola bajarayotganda quyidagilarga e’tibor berish kerak: tarkiblarni chizish ketma – ketligi, tarkiblarni o‘chirilishi, bolaning izohlariga xis – xayajonga berilishi va x.k.

Topshiriq bajarib bo‘lgandan so‘ng bolaga quyidagi savollar beriladi: 1) Aytchi, sen bu rasmda kimlarni chizding? 2) Ular qayerdalar? 3) Ular nima qilyaptilar? 4) Ular xursandmilar, yoki biron narsadan zerikkanmilar? 5) Ulardan qaysi biri baxtli? Nimaga? 6) Ulardan qaysi biri juda baxtsiz? Nimaga?

«Oila rasmi» testini tahlil qilish uchun a) bolaning yoshi, b) oila a’zolarining sonini v) aka, uka, opa, yoki singillarining yoshini bilishi kerak.

Oila rasmmining tahlili

1) Bolaning haqiqiy oilasi uning chizgan oila rasmi bilan taqqoslanadi. Oiladagi o‘zaro munosabatlar va undagi muxit ijobiy bo‘lsa, bola oiladagi barcha a’zolarining rasmini chizadi. Agar rasmda oila a’zolarining birontasi chizilmagan bo‘lsa, demak oilaviy vaziyat mukammal emas.

2) Agar rasmda oilaga taaluqli bo‘lmagan odamlarning rasmi chizilgan bo‘lsa: a) e’tiborsizlik, yolg‘izlanib qolish, b) kuchli katta xavotirlanish darajasi.

3) odatda bolalar oilaning qaysi bir a’zosi bilan nizoli muammo vujudga kelgan bo‘lsa, shu a’zosini chizishni unitib qo‘yadilar. Ko‘p hollarda aka, uka yoki opa, singillarning rasmini chizmaydilar. Bu bilan bola oilada o‘zining ustunligini, ota va onasining mehriga to‘ymaganligini ifodalaydi. Masalan, bola o‘zini ota va onasining o‘rtasida chizib ko‘rsatgan, kichik ukasi yoki singlisini esa umuman chizmagan.

4) Agar bola o‘z rasmini chizmagan bo‘lsa yoki oilasining o‘rniga faqat o‘zinigina chizsa, demak bu holda oilada umumiy birlikning yo‘qligidan dalolat beradi.

5) Agar oilasining o‘rniga bola xayvonlar va qushlarni chizsa, demak bolaga e’tibor va xissiy muloyimlik yetishmaydigandir.

6) Agar bola oila a’zolarining rasmini qo‘llari tutashgan va bir qatorga chizilgan bo‘lsa, demak bu oiladagi psixologik iqlim yaxshi. Agar unday bo‘lmasa, demak aksincha.

7) Agar oila a’zolari guruh – guruh bo‘lib chizilgan bo‘lsa, demak bu oilada kichik guruhlar borligini bildiradi. Masalan, 9 yoshli o‘g‘il bola o‘zini otasi bilan, onasi va opasini esa alohida guruhda chizgan.

8) Oila a’zolarining kiyimlarida ko‘p tarkiblarning borligi, rangligi oilaviy munosabatlarning ijobiyligini ko‘rsatadi va aksincha oilaviy munosabatlarda adovat bo‘lsa, oila a’zolarining gavdalari to‘liq bo‘lmay, kiyimsiz yoki tugatilmay chiziladi.

9) Bolalar odatda otasi va onasini juda katta qilib chizadi. Demak, oiladagi munosabatlar tenglik asosida, bola o‘zini oilada kattalardek xis qiladi.

10) Agar bolalar o‘zlarini otasi va onasidan ham katta qilib chizsa, demak bolani o‘z – o‘zini baholash darajasi juda ham yuqori.

11) Agar bola o‘zini boshqa oila a’zolariga nisbatan juda kichik ota – onasi tomonidan g‘amhurlik talab qiladi.

12) Agar bola o‘z rasmini qo‘llarini yuqoriga ko‘targan holda, barmoqlarini uzun qilib chizgan bo‘lsa bu uning tajavuzkorligidan habar qiladi. Ba’zan bunday rasmlarni yuvosh bolalar ham o‘zining atrofidagi odamlarga nisbatan tajavuzkorona ruhda ekanligi, lekin bu holat yashirinligi ma’lum bo‘ladi. Xamda bola kuchli va o‘zgalar ustidan xukmroq bo‘lish xoxishi borligini bildiradi.

13) Agar bola oila a’zolarining qo‘llarini uzun mushtcha tugilib, barmoqlari uzun holatda chizsa, demak u shu oila a’zosining o‘ziga nisbatan tajovuzkorligini his qiladi.

14) Agar bola o‘zining tishlarini katta qilib chizgan bo‘lsa, demak unda tishlash, baqirish, qo‘pollik qilishga moillik kuchlidir. Agar bola boshqa oila a’zolarining shunday holatda chizsa, ana shu oila a’zosiga nisbatan qo‘rquv va dushmanlikni his qiladi.

15) Oila rasmi testi bolaning yosh xususiyatlari bilan bog‘liqdir. 3 – 4 yoshdagi bolalar odam gavdasini chiziqlar bilan  to‘liq bo‘lmagan holda chizadilar. 7 – 8  yoshli bolalarning  rasmi esa ancha boyroq bo‘lib, gavda tuzilishlari to‘liq, rasmlar tugallangan bo‘ladi.

Endi bolalarning chizgan rasmlariga murojaat qilamiz 1 – chi rasmda 12 yoshli qizchasining haqiqiy oilasi onasidan, buvisidan va o‘zidan iborat. Qiz rasmda o‘zini, onasini va otasini chizgan. Otasi anchadan beri ular bilan yashamaydi. Bundan shunday  xulosa chiqarish mumkin: bola oiladagi umumiy birlikni xis qilmaydi, buvisiga nisbatan tajovuzkorlik bor. Onasi bilan o‘zining orasida hissiy iliqlik yo‘q. Rasmda bola o‘zining otasi bilan birga yashashini xoxlashini yashirincha birlirgan. Bola o‘zini oilada yolg‘iz yakkalangan holda, hamma tomonidan tashlab qo‘yilganday xis qiladi. 2 – chi rasmda 10 yoshli bola o‘z oilasini tasvirlagan. Rasmda barcha oila a’zolari, bir – birining qo‘llarini ushlagan holda tasvirlaganlar. Bola o‘zini rasmining sarkazida chizgan. Rasmni tahlil qilar ekanmiz,  oiladagi psixologik iqlim yaxshi ekanligini bilib oldik. Bola o‘zini oilada kerakligini, ota – onasining va oila a’zolarining mehrini his qiladi.

Shunday qilib, bola o‘zini oilada qanday xis qilishni bilishini xoxlasangiz, unga toza oq qog‘oz bering va oila rasmini chizib borishini iltimos qiling.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

− 1 = 1

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!