“MENING HАYOTDАGI SHIORIM” trening mashgʼuloti.
Mashgʼulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorrektsion faoliyatda hamda individual psixokorrektsion faoliyatda qoʼllanilishi mumkin boʼlib *emotsional-hissiy sohadagi buzilishlarni, *qadriyatlar tizimida yuzaga kelgan buzilishlarni, *xarakter aktsentuatsiyasini psixokorrektsiya qilishda, shuningdek motivatsion sohani rivojlantirishda va psixologik resurslarni shakllantirishda.
Ishtirokchilarga hayotda unga doimo olgʼa intilishga, kuch va gʼayrat topa olishga, kelajakka ishonchini kuchaytirishga har vaqt yordam bera oladigan hayotiy motivatsion (ilhomlantiruvchi) shior oʼylab topish topshirigʼi beriladi. Shunga eʼtibor berish soʼraladiki, oʼsha shiorni siz doimo koʼrinib turadigan joylarga yozib qoʼya oladigan boʼling va uni koʼrganda sizda beixtiyor hayotga nisbatan motivatsiya(qiziqish va intilish) paydo boʼlsin. Oʼylab koʼrish uchun 5-10 daqiqa vaqt berilish mumkin. Ijodiy, oʼziga xos yondoshish soʼraladi. Shundan soʼng hamma oʼzining shiorini oʼqib eshittiradi.
Ishtirokchilardan ushbu shiorlarini yozib olishlari, doimo yodda tutishlari tavsiya etiladi. Chunki ushbu shior bevosita mazkur trening bilan bogʼliq barcha bilim-koʼnikmalarni yodga tushishini va saqlanishini taʼminlaydi. Trener ishtirokchilarning shiorlarini diqqat bilan tahlil qilishi hamda oʼrni kelsa ularni psixologik tahlil qilib ushbu shior uning oʼziga yoki boshqalarga qanday ijobiy va salbiy taʼsir qilishi mumkinligini aytib oʼtishi lozim. Chunki, gohida oʼquvchilarda destruktiv printsiplar hayotiy shiorga aylanib qolishi kuzatiladi, psixologning vazifasi oʼquvchilardagi shunday destruktiv, shaxs shakllanishiga salbiy taʼsir qiluvchi omillarni bartaraf qilishdan iborat. Bu mashgʼulot orqali oʼquvchining dunyoqarashi va tafakkur tarzini ham oʼziga xos ravishda diagnostika va korrektsiya qilish imkoni yuzaga keladi.