Bitcoin kodi asosida ko'plab virtual valyutalar ishlab chiqilgan. Shunday qilib, shu asosda to'lov tizimi va xalqaro valyuta Dash tashkil etildi. Dunyoning turli mamlakatlaridagi bir necha yuz do'konlar u bilan ishlaydi va foydalanuvchilar bir-birlariga pul o'tkazishlari, tovarlar va xizmatlar haqini to'lashlari, to'lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Asr tengdoshi bolgan Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti tarixi zarvaraqlariga nomlari zarhal harflar bilan bitilgan ulug siymolar juda kop. Nafaqat universitetimiz, balki, mamlakatimiz oliy talim muassasalari tarixida birinchi ozbek rektori sifatida yorqin iz qoldirgan shunday siymolardan biri – buyuk jadid bobomiz Munavvar qori Abdurashidxon oglidir. Qator manbalarda qayd etilishicha, murabbiy, marifatparvar, adib, muharrir, jamoat arbobi, Turkiston jadidchilik harakati etakchilaridan biri sifatida nom qozongan Munavvar qori Abdurashidxon ogli 1878-yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Tohur dahasi Darxon mahallasida mudarris oilasida tugilgan. U Toshkentdagi Yunusxon madrasasida oqigan, songra tahsilini Buxoroda davom ettirgan va Toshkentga qaytgach, faoliyatini davom ettirgan. Munavvar qori XIX-asrning oxiridan boshlab jadidchilik harakatlarida faol ishtirok eta boshladi. 1901-yilda oz hovlisida, keyinchalik Toshkentning turli dahalarida jadid maktablarini ochadi. Bu maktablar uchun 1907-yilda “Adibi avval”, “Adibi soniy” darsliklarini yaratadi. “Tajvid al-Quron”, “Er yuzi” singari qollanmalarni tuzib, nashr etadi. Bolalar uchun qator sheriy va nasriy hikoyalar yozadi. 1909-yili Toshkentda “Jamiyati xayriya” uyushmasini tuzadi va “Turon” nomli jamiyatni ochadi. 1906-yilda dastlabki ozbek nashrlaridan biri “Xurshid” gazetasini chop etishda bosh-qosh bolgan Munavvar qori keyinchalik “Najot”, “Kengash” gazetalarida bosh muharrir, “Sadoyi Turkiston”da esa bolim muharriri bolib xizmat qiladi. U 1917-yil fevral inqilobidan keyin Turkistonda demokratik milliy davlatchilikni tuzish goyasini ilgari surdi. Qoqonda tashkil topgan Turkiston Muxtoriyatini qollab-quvvatladi. Shoro davrida u ozining ochiq marifiy ishlarini va yashirin siyosiy harakatlarini davom ettirdi. 1918-yil aprel oyida Turkiston xalq dorilfununiga asos solinadi va 12 maydan bu oliy talim muassasasi tola-tokis faoliyatini boshlaydi. Bu olkada bunyod etilgan mazkur dorilfununning birinchi rektori etib saylangan Munavvar qori Abdurashidxon ogli osha davr marifati osmonida misoli bir quyosh bolgani baayni haqiqatdir.
Otgan asrning 20-yillari ortalarida milliy ziyolilarni taqib qilish kuchayishi natijasida Munavvar qori hamma lavozimlardan chetlashtiriladi. Biroq, Munavvar qori Abdurashidxon oglini istiqlol goyalaridan qatagon ham qaytara olmadi. U 1929-yilda qamoqqa olinadi va 1931-yil 23 mayda otib oldiriladi. Uning xoki Moskvadagi Vagankovo qabristonida ekanligi haqida matbuotda qator maqolalar yoritilgan.
Munavvar qori Abdurashidxonovning «Xotiralarimdan» nomli risolasi ulugajdodimizdan ajib bir merosdir. Unda 20-yillarda milliy-ozodlik va istiqlol uchun kurash olib borgan «Ittihodi taraqqiy», «Birlik», «Milliy ittihod» va «Milliy istiqlol» kabi oshkora va yashirin tashkilotlar tarixi yoritilgan. Xotiraning birinchi qismi jadidchilikning maydonga kelishidan 1917 yil fevral inqilobigacha bolgan davrni oz ichiga oladi. Ikkinchisi, 1917 yil fevral-oktyabr, uchinchisi esa shoro davrini (1917-1929 yillar) qamrab olgan. Kitobning yozilish tarixi va joyi ham ozgacha. Munavvar qori uni 1929-1930 yillarda qamoqxonada boshi ustida siyosiy qatagonlik oyboltasi kotarib qoyilgan ayanchli bir paytda yozgan ekan. Tarixchi olim Sotimboy Xolboevning yozishicha, bu risola milliy-ozodlik kurashi, milliy uygonishda manaviy kuch-quvvat va ilhom manbai bolgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy-marifiy, milliy-demokratik harakat – jadidchilik faoliyati haqida ancha keng malumot beradi. Gafur Gulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 2008 yilda chop etilgan “Mo``tabar ziyo maskani (1918-2008)” kitobida bu mavzuda keng malumotlar berilgan. Chunonchi, Munavvar qori Musulmon xalq dorilfununini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Unga Munavvar Qori (rais), Burhon Habib, Iso Toxtaboev, Sodiq Abdusattorov, Murodbek, Murodxoja, Muxtor Bakir, Abdusami Qori Ziyoboev va boshqalar kirgan edi. Komissiya Musulmon xalq dorilfununini ham ruscha Turkiston Xalq dorilfununi kabi uch bosqichda tashkil etadi: yuqori bosqich — dorilmuallimin (oqituvchilar instituti); orta bosqich — orta hunar maktablari; quyi bosqich — boshlangich maktablardan iborat boladi. 3 may kuni Musulmon xalq dorilfununi rahbariyatiga saylov bolib otadi. Unda Munavvar Qori rais (rektor), Iso Toxtaboev rektorning birinchi, Burhon Habib ikkinchi orinbosarlari, Abdusami Qori Ziyoboev xazinador, Muxtor Bakir sarkotib etib saylanadi. 1918 yil 12 may kuni Eski shahar dahasidagi Vikula Morozovning sobiq magazini binosi (hozirgi Ozbek yosh tomoshabinlar teatri)da Musulmon xalq dorilfununining tantanali ochilish marosimi boladi. Uni Munavvar Qori qisqacha kirish sozi bilan ochib, musulmonlar chorizm davrida rus yoqsillari bilan birgalikda yarim asr qullikda yashagani, bugungi ozodlik va tantana katta talofatlar bilan qolga kiritilganligini aytadi. Shundan song bu kurashda halok bolganlarga bagishlab, Quroni Karimdan tilovat oqilib, fatvo beriladi. Musulmon dorulfununi Munavvar Qori rahbarligida oz davrining katta bilim maskaniga aylanadi. U 15 demokratik madaniy-marifiy tashkilot vakillaridan uyushgan 45 kishilik kengash tomonidan boshqariladi. Unda ishlovchi muallimlar soni 180 nafarga etadi. Uning 1918 yil 31 maydan boshlab, «Xalq dorilfununi» gazetasi chiqadi. U dastlab haftada bir marta, keyin esa (5-sonidan boshlab) haftada ikki marta chiqadi. «Xalq dorilfununi» butun Turkiston olkasi boylab tarqatilar edi. (Bu gazeta hozirgi “Ozbekiston Milliy universiteti” gazetasining otmishdoshidir – mualliflar izohi). 1918 yil 2 iyun kuni Musulmon xalq dorilfununining yuqori bosqichi dorilmuallimin (oqituvchilar instituti) ishga tushadi. Unda Abdurauf Fitrat ona tilidan, Kamol Shamsi arifmetika va nemis tilidan, Rahimboev arifmetikadan, Abdurahmon Ismoilov sanatdan, Rizaev madaniyat tarixi va siyosiy iqtisoddan, Munavvar Qori (dorilmuallimin mudiri – rektori ham edi) ona tilidan dars beradi. Shu tariqa hozirgi Milliy universitetimiz poydevori qoyilgan.
Munavvar qori ozbek milliy teatri asoschilaridan biri sifatida ham katta obro va etibor topgan. U oz fikrdoshlari bilan ijodiy xamkorliqda 1914 yildayoq «Turon» truppasini tuzgan edi. Bu truppa besh yil foliyat korsatadi. Munavvar qori yosh avlodni tarbiyalashga katta etibor beradi. Ularga manaviy otalik qiladi. Bu orinda Hamza Hakimzoda Niyoziyning 1915 yilda unga yozgan xati diqqatga sazovordir:
«Assalomu alaykum! Manaviy Qori otamiz hazratlarina!» Ustoz esa oz shogirdi Hamzaga mehr ila yozilgan javob xatlaridan birida (1916):
«Hurmatli Hamza afandi!
Eshon va boylarning malun va ablahliklarini ochiqdan-ochiq «malun», «johil», «xoin», «palid», «nobakor» kabi sozlar ila emas, qilgon ishlarining yomonligi ila korsatilsa yaxshi bolur edi»,– deb maslahat beradi.
Bu orinda Munavvar qori badiiy ijodiyot sohasida Hamzaga juda togri maslahat berishdan tashqari shu narsa aniq sezilib turibdiki, u dinga emas, balki, dindan oz manfaati yolida foydalanayotgan dindorlarga qarshi bolgan. Munavvar qori butun xalq va ayniqsa yoshlarni imoni but bolish bilan birga ota xavfli dushman – ijtimoiy-siyosiy «yalqovlik» va «nodonlik»dan siyosiy faollik va milliy uygonishga chaqirgan edi. Ming afsuski, bu ulug zot shoro tarixida «xalq dushmani», «millatchi» (bir millatni ikkinchisiga qarama-qarshi qoyish manosida), «mahalliy burjuaziya ideologi» deb tariflab kelindi. Unga nisbatan yosh avlodda nafrat tuygusini uygotishga harakat qilindi.
Munavvar qori bor-yogi 53 bahorni kordi. Shundan 39 yili «inqilob»dan oldingi chorizm mustamlakachiligi azobi ostidagi bolalik, balogat va faollik davri bolsa, qolgan 14 yili qizil imperiya va lenincha qatagonlik siyosati tomonidan manaviy xorlanish zamoni boldi. Umrining oxirgi ikki yilida u harbiylashtirilgan siyosiy boshqarma qamoqxonalarida oz xalqi ozodligi va mustaqilligi uchun olimga qarshi tik turib kurashdi. Bizlarga nasib bolgan siyosiy va milliy mustaqillik nashidasi uning uchun ulkan armon bolib qolsa-da, u bu yorug kunlarning kelishiga komil ishonch bilan shahid otib jannati boldi.
Markaziy Osiyoda etakchi universitet hisoblangan bu oliy talim muassasi rasman 1918 yil 12 mayda tashkil etilib, qator yillar turli nomlar bilan atalgan. Yani, 1918 yilda Musulmon xalq dorilfununi, 1918-1919 yillarda Turkiston xalq universiteti, 1919-1923 yillarda Turkiston Davlat universiteti, 1923-1960 yillarda Orta Osiyo davlat universiteti, 1960-2000 yillarda Toshkent Davlat universiteti deb yuritilgan. 1995 yil 14 sentyabr kuni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent Davlat universitetiga Mirzo Ulugbek nomini berish togrisida”gi Qarori elon qilindi. Mazkur Qarorga binoan Toshkent Davlat universitetiga Sharqning buyuk olimi va mutafakkiri Mirzo Ulugbek (Muhammad Taragay Ulugbek) nomi berilgan. Sobiq mustabid tuzum barham topgach universitetimiz buyuk ajdodimiz Mirzo Ulugbek nomini olishi zamirida olamcha mano mujassam. Bu kohna tariximiz, ulugajdodlardan qolgan bebaho meroslar, ilm-u marifatga nisbatan adolatning tiklanishi, bu boradagi asl qadriyatlar tom manoda qadr topishi edi. Ozbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2000 yil 28 yanvardagi “Toshkent Davlat universitetiga “Ozbekiston Milliy unversiteti” maqomini berish togrisida”gi Farmoni bilan bu oquv dargohi “Milliy universitet” maqomiga ega boldi. Shundan buyon bu oliy talim muassasi – Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti deb atalmoqda!
Bu ulugdargohga keyinchalik turli yillarda Qori Niyoziy, Toshmuhammad Sarimsoqov, Obid Sodiqov, Sagdi Sirojiddinov, Erkin Yusupov, Torabek Dolimov kabi mashhur akademik olimlar ham rektorlik qilganlar. Shu tariqa universitetimizda oziga xos rektorlik maktabi ham yaralgan, desak, mubolaga bolmaydi.
Songgi yillarda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti istiqboliga, uning ilmiy-marifiy salohiyatini yanada oshirish masalalariga alohida etibor qaratmoqda. Davlatimiz rahbari Milliy universitetimizga bir necha bor tashrif buyurib, qator istiqbolli goyalarni ilgari surdilar. Mazkur goyalar asosida navbatdagi yangi loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Buni birgina bugungi kunda OzMU hududi va Talabalar shaharchasida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari misolida ham korish mumkin. OzMUda songgi yillarda amalga oshirilgan xayrli ishlar haqida sanayversak, ancha salmoqli malumotlar paydo boladi. Muhimi, Milliy universitetimizning ilm va marifat yolidagi istiqbolli yoli shu tariqa samarali davom etaveradi.
Bu ulugvor ishlar asr tengdoshi hisoblanmish Milliy universitetning tamal toshini qoygan birinchi rektorimiz – Munavvar qori Abdurashidxonov va boshqa ulugsiymolar ruhini shod etish barobarida bugungi avlodlar qalbida ham faxr-iftixor tuygusini josh urdirib, ilmu-marifatda yangi-yangi marralar sari ilhomlantirishiga ishonamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

3 + 1 =

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!