“Bu yerda nima ortiqcha ?” metodikasi

Ushbu metodika 4-5 yoshgacha bo’lgan bolalarga mo’ljallangan. Bu metodika bolalarning obrazli, so’z-mantiqli tafakkur protsessining analizi, aqliy va umumlashtirish operatsiyalarini tadqiq qiladi. Metodikada bolalarga har xil predmetlar tasvirlangan rasmlar tavsiya qilinadi va quyidagicha ko’rsatma beriladi: «Har bir rasmda tasvirlangan 4 ta predmetdan biri ortiqcha. Diqqat bilan rasmga qarab, qaysi bir predmet ortiqcha va nima uchun ortiqcha ekanligini tushuntirib ber».

          Topshiriqni bajarish uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.


Natijalarni baholash.

10-ball- bola o’ziga berilgan topshiriqni 1 daqiqadan kam vaqtda bajarib, har bir rasmdagi ortiqcha predmetni nima uchun ortiqcha ekanligini sharhlab bera olsa;

8-9 ball- bola topshiriqni 1 daqiqadan 1,5 daqiqagacha to’g’ri bajara olsa;

6-7 ball- bola topshiriqni 1,5 daqiqadan 2 daqiqagacha to’g’ri bajara olsa;

4-5 ball- bola topshiriqni 2 daqiqadan 2,5 daqiqagacha to’g’ri bajara olsa;

2-3 ball- bola topshiriqni 2,5 daqiqadan 3 daqiqagacha to’g’ri bajara olsa;

0-1 ball- bola 3 daqiqa mobaynida topshiriqni to’g’ri bajara olmasa.

Taraqqiyot darajasi haqida xulosa:

10 ball -juda yuqori

8 -9 ball -yuqori

4 -7 ball -o’rtacha

2 -3 ball -past

0—1 ball -juda past

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

23 − = 14

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!