“Biz – jamoamiz!” trening mashg‘uloti
Trening o‘qituvchilar jamoasini jipslashtirish, jamoada, guruhda o‘zaro munosabatlarnirivojlantirishga bag‘ishlangan. Trening pedagogik jamoani birlashtirishga, muloqot ko‘nikmalarini, hissiy barqarorlikni, o‘ziga ishonchni, bir-biriga mehr-oqibatli munosabatni rivojlantirishga qaratilgan. Trening mashqlarini bajarish orqali o‘qituvchilar bir-birlarini tushunishni o‘rganadilar. Trening o‘qituvchilarni o‘z-o‘zini takomillashtirishga, aks ettirishga, kommunikativ kompetensiya mexanizmlarini o‘zlashtirishga undaydi.
Maqsad:
– o‘qituvchilarning hamjihatligi, jamoaviy o‘zaro samarali hamkorlikni shakllantirish.
– qulay psixologik muhitni yaratish, shaxslararo munosabatlardagi to‘siqni bartaraf etish, muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish.
Har bir inson jamoada yashashi kerak. Aynan jamoada u butun jamiyatdagi hayot tajribasini, salohiyatini boyitish, o‘z fazilatlari, bilimlari, ko‘nikmalari, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini to‘plashi mumkin. Bu insonlarning hamkorlikka, birlashishga, jamoaga bo‘lgan genetik ehtiyojini namoyon qiladi. Jamoadagi muhit avvalambor har bir xodimning o‘zaro shaxslararo munosabatlarining samimiyligiga bog‘liq. O‘qituvchilar jamoasidagi ahillik va sog‘lom psixologik muhit o‘z navbatida o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasi, o‘qituvchining bolalar bilan ishlash samaradorligi va har bir o‘qituvchining shaxsiy rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Vazifalar:
– Guruhni birlashtirish orqali umumiy jamoaviy ruhni shakllantirish va mustahkamlash.
– umumiy muammolarni hal qilishda har bir ishtirokchining mas’uliyati va hissasini rivojlantirish.
– “jamoa” sifatida o‘z-o‘zini anglash.
Dolzarbligi: hamma vazifani ham inson o‘zi bajara olmaydi, vaqti-vaqti bilan boshqalarga yordam uchun murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. O‘zaro jips bo‘lgan jamoada bir-biriga yordam berish muvaffaqiyatning kalitidir. Jamoada bir-birini qo‘llab-quvvatlanmasa katta maqsadlarga erishish ehtimoli kamayadi. O‘zaro jipslikning imkoniyatlari keng, ya’ni bir-birini tushunish, tinglash, his qilish, tajriba almashish, sog‘lom shaxslararo munosabatlar natijasida muvaffaqiyatga erishish.
Treningning borishi:
Psixolog: Salom hamkasblar! Bugun biz jamoani jipslashtirish mazmunidagi trening mashg‘ulotini o‘tkazamiz. Mashg‘ulotimizdan maqsad jamoamizni birlashtirishdir. Hamjihatlik – bu jamoaning aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun bir butun bo‘lish imkoniyatidir. Chunki hamkasbingiz sizni tushunib, qo‘llab-quvvatlab tursa, muammolarni eshitsa va birgalikda yechim topishga yordam berishi muvaffaqiyatni qo‘lga kiritish imkoniyatini oshiradi. Bugun mashg‘ulotimizda biz jamoamiz haqida, bir-birimiz bilan munosabatlarimiz haqida gaplashamiz. Iltimos, ayting-chi, do‘stlik, ishonch, o‘zaro yordam kabi so‘zlar siz uchun nimani anglatadi?
Munozara
1-Mashq: “Siz va men o‘xshashmiz …”
Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linadi. Bir guruh ichki doirani, ikkinchisi tashqi doirani tashkil qiladi. Hamma bir-biriga qarama-qarshi turadi. Tashqi doiraning har bir a’zosi o‘z sherigiga: “Siz va men bir xilmiz …” deydi, shundan so‘ng ichki davradagilar: “Sen va men boshqachamiz …” deb javob berishadi, so‘ngra yangi sherik tomon qadam tashlashadi. Har bir inson birinchi sherigiga yetguncha mashq takrorlanadi.
Munozara: – bir-biringizga qanday o‘xshashsiz va qanday farq qilasiz?
- Mashq – Suhbat: Ideal jamoa modeli.
Materiallar: Vatman qog‘ozi, flomaster.
Vaqt: 15 daq
– Hammangiz bir jamoada ishlaysiz.
Siz bir-biringizni tushunasizmi, do‘stingizga yordam berishga harakat qilyapsizmi? Nima uchun ishga borish kerak (xodimlarga savollar)? Birinchidan, maosh olish, ikkinchidan, muloqot qilish. Bu asosiy sabablar. Shunday bo‘lishi mumkinki, jamoadagi munosabatlar yaxshi bo‘lmaganligi sababli siz ishga borishni xohlamaysiz. Keling, hamma o‘zini yaxshi his qilishi uchun jamoa qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqida gapiraylik. Jamoada sog‘lom muhit hukm surishi uchun uning a’zolari orasidagi shaxslararo munosabatlar qanday bo‘lishi kerak. Shu xususida fikr almashamiz. Vatman qog‘oziga 16 qismga bo‘lingan doira chiziladi. Psixolog har bir radiusni tashqarisiga muvaffaqiyatli hamkorlik qilish, jamoada o‘zaro munosabatlar uchun zarur bo‘lgan fazilatlarni yozib chiqadi, xodimlarning ma’lum bir sifat haqidagi fikrlarini izohlaydi va aniqlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: tenglik, mehribonlik, o‘zaro yordam, xushmuomalalik, do‘stlik, tinglash qobiliyati, qabul qilish, empatiya, altruizm, hurmat, xayrixohlik, hazil, so‘z erkinligi, xushmuomalalik, birdamlik va boshqalar. Aylananing har bir qismi (radiusini)ga yozilgan sifatlarni 10 ball deb belgilanadi, ya’ni har bir xususiyat baholanadigan shkala. So‘ngra psixolog yuqorida qayd etilgan sifatlarni aytadi va ishtirokchilar jamoada bu sifat necha ballga baholanishini aytadilar. Shu tariqa nuqtalar birlashtiriladi va o‘rgimchak to‘ri hosil bo‘ladi. O‘rgimchak to‘ri markazga yaqin bo‘lsa bu jamoada hamjihatlik kam, aylananing chetida o‘rgimchak to‘ri hosil bo‘lgan bo‘lsa jamoa a’zolarida shaxslararo munosabatlar yaxshi shakllanganligidan dalolat beradi.
Keyingi vazifa jamoada muhitni qanday yaxshilash mumkinligi, jamoada qanday fazilatlarni rivojlantirish kerakligi; har bir jamoa a’zosi muhitni yaxshilashga qanday hissa qo‘shishi mumkinligini muhokama qilishga asoslanadi
Boshlovchi har kim o‘z kamchiliklari ustida ishlashi va “Biz o‘zimizni o‘zgartirmay turib, jamoamizni o‘zgartira olmaymiz.” degan xulosa bilan mashqqa yakun yasaydi.
3. “Sehrli chiroq” mashqi
Mashq ishtirokchilarga o‘z jamoalarida ko‘rishni istagan o‘zgarishlar haqida o‘ylash imkonini beradi.
Materiallar: qog‘oz, qalam, A3 qog‘oz.
Vaqt: 10 daq.
Psixolog guruhga quyidagi ko‘rsatmalarni beradi: “Tasavvur qiling-a, siz va sizning jamoangiz eski chiroqni topib oldingiz, kimdir uni olib, ishqalaydi va undan sehrli jin paydo bo‘ladi. Endi siz uchta tilak tilashingiz mumkin. Ammo kichik bir nyuanc bor, chunki siz chiroqni jamoangiz bilan birga topdingiz, demak istaklar ham ish bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. Masalan, yangi xodimlarni ishga qabul qilish, ish vaqtini qisqartirish, qo‘shimcha imtiyozlarni joriy etish, xodimlarni o‘z ustida ishlashlariga imkon berish va hokazo. Har kim o‘zining ish faoliyatini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan uchta istaklarini aytishlari mumkin” So‘ngra har bir kishi jamoadagi muhitni o‘zgartirishga qaratilgan uchta istagini yozadi va mashq so‘nggida umumiy istaklar ro‘yxati tuziladi.
Muhokama:
Ushbu o‘zgarishlarni haqiqatda amalga oshirish uchun nima qilish kerak. Agar yo‘q bo‘lsa, buning uchun nima qilish mumkin?
4. “Assotsiatsiyalar” mashqi
Maqsad: Ushbu juda oddiy va qiziqarli mashq har bir trening ishtirokchisiga o‘zi uchun “jamoa” tushunchasini aniqlab olishga yordam beradi.
Vaqt: 10-15 daqiqa
Ko‘rsatma: Hozir barchani “do‘stona jamoa” tushunchasining ma’nosini o‘zlari uchun anglashlariga taklif qilamiz. Bu mashq oddiy ko‘rinsada, lekin o‘ylashga majbur qiladi. Savollarga javoblar qanchalik qiziqarli va kutilmagan bo‘lishiga mashq so‘nggida amin bo‘lasiz. Qalam va qog‘oz oling. Sizning vazifangiz mening savolimni eshitish va u bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi xayolingizga kelgan obrazni yozishdir.
Agar jamoa bino bo‘lsa, unda u …
Agar jamoa rang bo‘lsa, unda u …
Agar jamoa musiqa bo‘lsa, unda …
Agar jamoa geometrik shakl bo‘lsa, u …
Agar jamoa filmning nomi bo‘lsa, unda bu …
Agar jamoa kayfiyat bo‘lsa, unda bu …
Muhokama: siz nomlagan obrazlar bo‘yicha ishtirokchilarning fikrlari …
– Ushbu mashq sizga nimasi bilan yoqdi?
– Qaysi javoblar siz uchun eng qiziqarli bo‘ldi?
– Qaysi javoblar sizni hayratda qoldirdi?
– Bu mashq bizga nima beradi?
5. Mashq “Do‘stlik” kollaji
Guruh tasodifiy tarzda 5 kishidan iborat jamoalarga bo‘linadi va har bir jamoaga vatman qog‘ozi beriladi. Mavzuga mos keladigan jurnallar, broshyuralar, otkritkalar to‘plami ham beriladi. Psixolog kollaj nimani anglatishini tushuntiradi.
Muhokama
Jamoalar o‘zlarining kollajlarini tugatgandan so‘ng, har bir jamoa uni boshqalarga taqdim etadi. Psixolog har bir jamoani ijodiga ta’rif beradi, umumlashtiradi va jamoaning do‘stligi haqida umumiy tasavvurni yaratish uchun barcha ishlarni bitta umumiy kollajga birlashtirishni taklif qiladi.
Mashqning psixologik ma’nosi
His-tuyg‘ularni ifodalash, o‘zini va boshqalarni iqtidorli, noyob shaxslar ekanligi tushunchasini kengaytirish, yaqinroq hissiy aloqa o‘rnatish, birdamlikni rivojlantirish, o‘z harakatlarini jamoaning boshqa a’zolari bilan muvofiqlashtirish malakasi mavjudligi, shuningdek, mashg‘ulot davomida olingan tajribani o‘z faoliyatida qo‘llashga harakat qilish.
6. Mashq: “Jonli zanjir”
O‘yin tavsifi: o‘yin uchun sizga o‘yinchilar soniga ko‘ra bir nechta sharlar kerak bo‘ladi. Ishtirokchilar ketma-ket bir-birlariga orqa qilib turadilar, qo‘llarini oldingilarning yelkasiga qo‘yishadi, ularning oralariga sharlar qo‘yiladi. Sharlarni orqadagi ishtirokchi qorni va oldingi ishtirokchining orqasiga siqib qo‘yiladi, birinchi turgan ishtirokchi sharni qo‘lini uzatib tutib turadi. Sharlarga qo‘llarni tekkizmay shu holda xona bo‘ylab harakatlanish kerak bo‘ladi. Yo‘lga turli to‘siqlarni, ya’ni, stullar, arqonlarni tortib qo‘yib o‘yinni murakkablashtirish mumkin.
Izoh: e’tibor berish kerak bo‘lgan asosiy narsa va keyin muhokama paytida jamoaga buni tushunishga yordam berish kerak. O‘qituvchilar o‘z harakatlarini qanday muvofiqlashtirdilar? Harakat yetakchisi rolini o‘z zimmasiga olishga kimdir tavakkal qildimi? Muvaffaqiyatga erishish uchun har bir ishtirokchidan nima talab qilinar edi.
7. Mashq: “Tilaklar”
Ishtirokchilarga hamkasblarning ism-shariflari yozilgan varaqalar beriladi. Har kim qog‘ozda ko‘rsatilgan hamkasbiga tilaklarini yozishi kerak. Keyin tilaklar ular mo‘ljallangan kishiga beriladi. Istaklar samimiy va ijobiy bo‘lishi kerak.
Trening refleksiyasi
– Kimga nima yoqdi, nima yoqmadi? O‘zingiz uchun qanday xulosalar qildingiz. Har bir ishtirokchining fikrlari tinglanadi.
Xayrlashish “Bizning do‘stona jamoamiz”
Ishtirokchilar aylana hosil qilib qo‘llarini ushlab, oyoq barmoqlari uchida turib, xuddi quyoshga, yaxshilikka, ijobiylikka, muvaffaqiyatga, mukammallikka cho‘zilgandek ularni yuqoriga ko‘taradilar.