Tizimli dasturlar

Tizimli dasturlar kompyuterning barcha qurilmalari bilan ishlashni ta’minlaydilar. Odatda tizimli dasturlar kompyuterga biror yangi qurilma ulanib, o’rnatilganida, drayver dasturi ko’rinishida, operatsion tizim ishini sozlashda va u bilan ishlashlarida faol bo’ladilar.

Tizimli dasturlar kompyuterning barcha qurilmalari bilan ishlashni ta’minlaydilar. Odatda tizimli dasturlar kompyuterga biror yangi qurilma ulanib, o’rnatilganida, drayver dasturi ko’rinishida, operatsion tizim ishini sozlashda va u bilan ishlashlarida faol bo’ladilar.

Tizimli dasturlar amaliy dasturlar bilan birgalikda kompyuter resurslarini – protsessorni, xotirani, kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarishda ishlatiladilar.

Ushbu dasturlar barcha foydalanuvchilarga mo’ljallanib, umumiy foydalanish uchun ishlatiladilar. Tizimli dasturlar shunday yaratiladiki, kompyuterga kiritilgan amaliy dasturlar tez va oson bajarilishi ta’minlanishi kerak.

O’n minglab tizimli dasturlar ichida alohida o’rinni operatsion tizimlar egallaydilar. Ular bevosita kompyuter resurslaridan unumli va sifatli foydalanishni ta’minlaydilar.

Kompyuter ishlab chiqaruvchilari foydalanuvchi tomonidan qaysi dasturlar ishlatilishini oldindan bilmaganliklari uchun yangi kompyuterlar odatda amaliy dasturlar bilan jihozlanmagan bo’ladilar. Biroq har bir foydalanuvchi o’z maksadi yo’lida kerakli dasturlarni o’rnatib ishlash imkoniyatlari mavjud. Asosan kompyuter doimiy xotira qurilmasida kiritish- chiqarish operatsiyalarini bajarish imkonini beruvchi bazaviy tizim mikrosxemaga «tikilgan» holda quyi pogona dasturlari o’rnatiladi. Kerak bo’lgan tizimli va xizmatchi dasturlar soni juda ham ko’p (yuzlab va undan ortiq) miqdorda bo’lgani uchunular umumiy paket holdida kompyuterga o’rnatiladilar. Tizimli va qisman xizmatchi dasturlarni o’z ichiga olgan bunday standart paket operatsion tizim deyiladi.

Operatsion tizim — kompyuter dasturiy ta’minotining eng muhim qismidir. U dasturlarni ishga tushirilishini, kiritish-chiqarish operatsiyalarini, boshqa yordamchi operatsiyalarni, ma’lumotlarni va resurslarni boshqarish, rejalashtirish, tashkil etish masalalarini avtomatlashtirish vazifasini bajaradi

Operatsion tizim vazifalariga quyidagilar kiradi:                             

  • Foydalanuvchi muloqotini ta’minlash;
  • Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish va ularni boshqarish;
  • Qayta ishlash j arayonini rejalashtirish va tashkil etish;
  • Resurslarni taqsimlash (operativ xotira, kesh xotira, protsessor, tashqi qurilmalarni);
  • Dasturlarni bajarish uchun ularni ishga tushirish;
  • Xizmat ko’rsatish bo’yicha turli operatsiyalarni bajarish;
  • Turli xil ichki qurilmalararo ma’lumotlarni uzatish;
  • Periferiya qurilmalari ishini dasturiy qo’llab-quvvatilash.

Bir vaqtning o’zida qayta ishlanadigan masalalar va foydalanuvchilar soniga qarab operatsion tizimlarning to’rt asosiy sinfga ajratish mumkin::

  • Bir foydalanuvchili, bitta masalali operatsion tizimlar. Ular yordamida bitta foydalanuvchi klaviaturadan foydalanib muayyan vaqt oralig’ida faqat bitta masalani yechish imkoniga ega bo’ladi;
  • Bir foydalanuvchili fon rejimida chop etishga mo’ljallangan operatsion tizim. Ushbu tizim yordamida foydalanuvchi bir masala yechishi davomida fon rejimida boshqa ma’lumotini chop etishi mumkin;
  • Bir foydalanuvchili ko’p masalali operatsion tizim. Bunday tizimda bitta foydalanuvchi parallel ravishda kompyuterda bir necha masalani kayta ishlashi mumkin;
  • Ko’p foydalanuvchili, ko’p masalali operatsion tizim. Bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchi o’z masalalarini parallel ravishda qayta ishlashlari mumkin. Bunday operatsion tizim uchun ko’plab kompyuter resurslari talab etiladi.

Operatsion tizim foydalanuvchiga ko’rinmaydigan holda apparatura qurilmalarini boshqarish, ularga axborotni uzatish yoki ulardan qabul qilish jarayonlarini boshqarishni amalga oshirib, foydalanuvchiga qulayliklar yaratadi.

Operatsion tizim insonga kompyuterda o’z ishini samarali tashkil etish imkonini beradi. Bugungi kunda dasturiy ta’minotning quyidagi guruhlari shakllanib, rivojlanmoqda:

  • operatsion tizimlar va kobiklar;
  • dasturlash tizimlari (translyatorlar, qism dasturlar kutubxonasi, sozlovchilar va shu kabilar);
  • uskunaviv tizimlar;
  • integrallashgan (iamlangan) dasturlar paketi;
  • dinamik elektron iadvallar;
  • mashinaviv grafika tizimlari;
  • ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
  • amaliy dasturiy ta’minot.

Dasturiy ta’minot strukturasi rasmda keltirilgan.

Tizimli dasturlar sirasiga shuningdek turli xizmatchi dasturlar – utilitalar (lotincha utilitas — foyda) kiradilar. Ular operatsion tizim imkoniyatlarini kengaytiradilar yoki to’ldiradilar yoki ayrim muhim vazifalami mustaqil bajaradilar. Bunday xizmatchi dasturlarga:

  • Kompyuter qurilmalari ishini nazorat, testlash, diagnostika qilish dasturlari;
  • Drayver-dasturlar;
  • Arxivator dasturlari;
  • Antivirus dasturlari;
  • Disk sohasini optimal boshqarish dasturlari;
  • Tashqi xotirada saqlanayotgan ma’lumotlarni tiklash, himoyalash va disklarni formatlash dasturlari;
  • Kompyuterlar o’rtasida axborotlarni ayirboshlash imkonini beruvchi kommunikatsiya dasturlari;
  • Operativ xotiradan samarali foydalanish imkonini beruvchi xotirani boshqarish dasturlari;
  • CD-ROM, CD-R va boshqa shu kabi tashki xotira vositalariga axborotni yozish dasturlari va boshqa shu kabi dasturlar kiradilar.

Utilitalarning bir qismi operatsion tizim tarkibiga kiritilgan, boshqalari esa mustaqil ravishda foydalanuvchi tomonidan yuklanib, bajariladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

11 − = 4

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!