Virus vs Antivirus

Virus-dasturlarlar yoki komp’yuter viruslari deb – komp’yuterning xotirasidagi ma’lumotlarni ishdan chiqarish maqsadida maxsus tuzilgan dasturiy vositalarga aytiladi.

Virus-dasturlarlar yoki komp’yuter viruslari deb –  komp’yuterning xotirasidagi ma’lumotlarni ishdan chiqarish maqsadida maxsus tuzilgan dasturiy vositalarga aytiladi.

Oddiy faylli viruslar – fayllar bilan birga komp’yuter xotirasiga kelib tushuvchi va shu fayl ishga tushirilgandagina o’z faoliyatini boshlovchi viruslar;

Rezident faylli viruslar – chaqirilgan fayl bilan birga komp’yuterning tezkor xotirasiga kelib tushuvchi va komp’yuterning ishlashi mobaynida shu xotirada qolib, so’ngra esa, tezkor xotiraga chaqirilgan barcha fayllarni zararlovchi viruslar;

Ko’rinmas viruslar – rezident viruslarga o’xshaydi, lekin ular o’zlarining borligini sezdirmaslikka harakat qiladi ya’ni o’zlarining borligini turli usullar bilan niqoblovchi viruslar;

Yuklovchi sektor viruslari – disklar yoki disketalarning yuklovchi sektorini ishdan chiqarishga mo’ljallangan, ya’ni shu sektorlarda joylashgan tizimli dasturlarni zararlovchi viruslar;

Gibrid viruslar – rezident faylli viruslarning hamda ko’rinmas viruslarning barcha xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan viruslar;

FAT viruslari – FAT jadvalini ishdan chiqaruvchi, ya’ni fayllarning diskda joylashuvini ko’rsatuvchi jadvalni o’zgartiruvchi yoki yo’qotuvchi viruslar;

SHifrlangan viruslar – har bir ta’sir qilish tsiklidan keyin o’zining kodlanishini ham, joylashishini ham o’zgartirib turuvchi viruslar;

«Troya oti» – o’zini oddiy dasturlardek tutuvchi, buzg’unchilik faoliyatini esa faqat ma’lum amal bajarilgandagina (masalan, nusxa olish amali, faylni bosmaga chiqarish amali va h.k.) boshlovchi viruslar;

Mantiqiy «bomba» – maxsus o’rnatilgan sanada yoki belgilangan shart bajarilmaganda (masalan, virus-dastur muallifining maoshi oshirilmaganda) ishga tushuvchi viruslar;

 «CHuvalchang» («CHervi») – boshqa dasturiy vositalarni zararlamovchi, faqat o’zi o’zidan nusxa olib ko’payuvchi viruslardir. Bunday viruslarning ta’siri natijasida   komp’yuter  xotirasi  begona  fayllar bilan (virus-dasturlarning nusxalari bilan) to’lib qolib, uning samaradorligi keskin pasayadi.

Antiviruslar. Virus-dasturlarni izlab topuvchi va ularni zararsizlantiruvchi dasturiy vositalardir. Bunday vositalar o’zlarining ishlash usullariga va imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:

detektor-dasturlar va doktor-dasturlar. Ular virus bilan zararlangan fayllarni izlab topadi hamda ularni viruslardan imkoni boricha tozalab, davolashga harakat qiladi. Bularga McAlee Associates firmasining Scan va D.N.Lozinskiy laboratoriyasida yaratilgan Aidstest, Norton Antivirus, «Dialog-MGU» firmasi tomonidan yaratilgan AVSP, AVP va hozirgi paytda eng ko’p tarqalgan DrWeb dasturlari misol bo’la oladi; 

revizor-dasturlar va doktor-revizorlar. Ular fayllarning dastlabgi holatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni (hajmi, ishlash vaqti, diskdagi joylashgan o’rni va h.k.) eslab qolishadi, so’ngra esa tekshirish vaqtida shu ma’lumotlarni dastlabgilari bilan taqqoslab ko’rishadi. Agar ular bir-biridan farq qilsa, shu fayl zararlangan deb hisoblaydi va viruslarni aniqlash va faylni davolash faoliyatini boshlaydi. Bunday vositalarga «Dialog-MGU» firmasi tomonidan yaratilgan ADinf, «Dialog-Nauka» firmasi tomonidan yaratilgan ADinf+ADinfExt dasturlar misol bo’la oladi;

fil’tr-dasturlaryoki rezident-dasturlar. Ular komp’yuterning tezkor xotirasiga avtomatik ravishda yuklanib, komp’yuterning ishlashi davomida shu xotirada qoladi, hamda xotiraga chaqirilayotgan har bir dasturni o’zining usullari yordamida viruslardan zararlangan yoki zararlanmaganligini uzluksiz ravishda tekshirib boradi. Bunday vositalarga FluShot Plus dasturi misol bo’la oladi;

dastur-vaktsinalar yoki immutizatorlar. Ular diskni va unga yozilgan fayllarni viruslarning ta’siriga berilmovchi qilib takomillashtiruvchi, hamda komp’yuterning ishlashi jarayonida ishga xalaqit bermasdan fon holatida o’zining faoliyatini olib boruvchi vositalarir. Hozirda zamonaviy antivirus vositalarini ishlab chiqish texnologiyasida aynan shunday vositalarga katta ahamiyat berilmoqda.

Keyingi yillarda yuqoridagi antivirus vositalarining barcha xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan universal vositalar ham ishlab chiqilmoqda. Bular ichida eng ko’p tarqalgani Kasperskiy laboratoriyasida (Rossiya) yaratilgan Kasperskiy dasturidir.

Diagnostika vositalari. Komp’yuter qurilmalarining va magnit disklarining ishlash qobiliyatlarini va holatlarini tekshiruvchi hamda ulardagi nuqsonli joylarni aniqlab, iloji boricha tuzatuvchi vositalardir. Vazifalariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:

– komp’yuter qurilmalarining ishlash holatlarini tekshiruvchi vositalar. Bunday vositalarga Cheek –It, NDiags, Control Room, System Sleuts kabi dasturlar misol bo’la oladi;

– magnit disklarining ishlash holatlarini tekshiruvchi vositalar. Bunday vositalarga NDD (Norton Disk Doktor), Calibrate, Disk Technision, Advanced kabi dasturlar misol bo’la oladi.

 Optimallashtirish vositalari. Ma’lumki, qattiq va yumshoq magnit disklariga fayllar maxsus ajratilgan joylarga – klasterlarga yoziladi. Bunda quyidagi hollar yuz berishi mumkin:

– fayling hajmi klaster sig’imidan kichik bo’lishi mumkin, bunday hollarda klasterlarda ma’lumotlar yozilmagan ortiqcha bo’sh joylar hosil bo’ladi;

– faylning hajmi klaster sig’imidan katta bo’lishi mumkin, bunday hollarda o’sha fayl bir-nechta klasterlarga bo’lib yoziladi.

    Diskka birinchi marta ma’lumot yozilayotganda bitta klasterga sig’magan faylarni bo’lib yozish tartib bilan amalga oshiriladi, ya’ni faylning ortib qolgan qismi qo’shni klasterlarga yoziladi va h.k. Lekin diskdan ko’p marta foydalanilganda (ko’p marta ma’lumotlar yozilib yoki o’chirilganda) diskda ma’lumot yozilmagan bo’sh joylar hosil bo’lishi hamda fayllarni klasterlarga bo’lib yozish tartibi buzilishi mumkin, ya’ni bitta faylning bo’laklari butun disk bo’ylab tartibsiz ravishda sochilib ketishi mumkin. Bunday holatga fragmentatsiya deyiladi. Fragmentatsiya natijasida diskning umumiy sig’imi kamayadi (bo’sh joylar hisobiga) va komp’yuter tomonidan fayllarni va uning bo’laklarini izlab topish jarayoni murakkablashadi. SHunga ko’ra komp’yuterning ishlash sur’ati sezilarli darajada kamayadi.

Diskda hosil bo’lgan bunday fragmentatsiyani yo’qotish, ya’ni klasterdagi bo’sh joylarni ma’lumotlar bilan misol bo’la oladi;

– komp’yuterlarning tezkor xotirasini kengaytirish va qo’shimcha xotira o’rnatishga xizmat qiluvchi vositalar. Bularga GEMM 386, 386 MAX kabi dasturlar misol bo’la oladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

+ 28 = 37

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!