Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti

Dasturiy ta’minot (Software yoki qisqacha DT) – kompyuter bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni unumli tashkil etish uchun ishlatiladigan dasturlar to’plamidir. Boshqacha qilib aytganda, dasturiy ta’minot hisoblash tizimi tomonidan bajariladigan dasturlar to’plamidir. Kompyuter xotirasida saqlanayotgan dasturlar to’plami uning dasturiy ta’minotini tashkil etadi.

Sonli, matnli, tasvirli (grafik) va tovushli axborotlarni kompyuter yordamida qayta ishlash uchun ularni kompyuter xotirasida ma’lumotlar shaklida saqlash zarur. Ma’lumotlar kompyuterda ikkilik sanoq sistemasida saqlanadilar. Ularni qayta ishlovchi dasturlar ham ikkilik sanoq sistemasida saqlanadilar.

Kompyuterning protsessor qurilmasi ma’lumotlar ustida qanday amal bajarilishi kerakligini «bilishi» uchun u ma’lum buyruqni (ko’rsatmani) olib bajarishi kerak. Bunday buyruq, masalan, «ikki sonni qo’sh!» yoki «bir belgini boshqa bir belgi bilan almashtir!» kabi ko’rsatmalarning bajarilishi haqida bo’lishi mumkin.

Odatda qandaydir masalani yechishda protsessorga bir emas, bir necha buyruqlar ketma- ketligi zarur bo’ladi. Bunday ketma-ketlik dastur deb aytiladi.Shunday qilib:

Kompyuterda raqamli shaklda saqlanadigan va qayta ishlanadigan axborot ma’lumot deyiladi.

Qayta ishlash jarayonida kompyuter tomonidan bajariladigan buyruqlar ketma-ketligi dastur deyiladi.

Dasturiy ta’minot (Software yoki qisqacha DT) – kompyuter bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni unumli tashkil etish uchun ishlatiladigan dasturlar to’plamidir. Boshqacha qilib aytganda, dasturiy ta’minot hisoblash tizimi tomonidan bajariladigan dasturlar to’plamidir. Kompyuter xotirasida saqlanayotgan dasturlar to’plami uning dasturiy ta’minotini tashkil etadi.

Kompyuterda ishlash uchun o’rnatilib, tayyorlangan dasturlar to’plami o’rnatilgan dasturiy ta’minot deyiladi.

U yoki bu vaqt oralig’ida ishlatilayotgan dasturlar to’plami dasturiy konfiguratsiya deyiladi.

Dasturiy ta’minotga, shuningdek, uni loyihalash va yaratish bilan bog’liq quyidagi soha ham kiradi:

  • Dasturlarni loyihalash texnologiyalari (masalan, strukturali dasturlash yoki ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash);
  • Dasturlarni testlash metodlari;
  • Dasturlarning to’g’riligini isbotlash metodlari;
  • Dastur ishining sifatini tahlil qilish;
  • Dastur uchun yo’riqnoma hujjatlarini rasmiylashtirish;

❖ Dasturiy ta’minotni loyihalash jarayonini osonlashtiruvchi dasturiy vositalar yaratish va ulardan foydalanish.

Dasturiy ta’minot – kompyuterning ajralmas qismidir. U kompyuter texnik qurilmalarining mantiqiy davomi hisoblanadi. Muayyan kompyuterni qo’llash ko’lami uning uchun yaratilgan dasturiy ta’minot bilan belgilanadi. O’z-o’zidan kompyuter muayyan sohaga oid masalani yechish bo’yicha bilimlarni o’zida mujassamlashtirmaydi. Ushbu bilimlarni shakllantrish va ulardan foydalanish uchun dasturiy ta’minot zarur.

Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti millionlab dasturlarni – o’yinlardan tortib to murakkab ilmiy masalalarni yechish dasturlarini o’z ichiga oladi.

  1. Dasturiy ta’minot tasnifi

Kompyuterda ishlatiladigan barcha dasturlarni, ya’ni dasturiy ta’minotni shartli ravishda uchta toifaga ajratish mumkin:

  1. Kompyuter resurslarini (xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari kabi) boshqarish, saqlanayotgan axborotlardan nusxa olish, kompyuter qurilmalari ishini nazorat qilish, foydalanuvchiga turli xil uzilishlar haqida ogohlantirishlar berish kabi turli funksiyalarni bajaruvchi tizimli dasturlar;
  2. Yangi ma’lumotlar, hujjatlar, dasturlar yaratish, shuningdek, ma’lumotlar bazalarini boshqarish imkonini beruvchi uskunaviy dasturlar;
  3. Bevosita foydalanuvchi uchun zarur bo’lgan amaliy masalalarni yechishni ta’minlovchi amaliy dasturlar.

Hisoblash texnikasining shiddat bilan rivojlanishi va uning qo’llanilish sohasining kengayishi dasturiy ta’minot evolyutsiyasi jarayonini keskin tezlashtirdi. Bu holat dasturiy ta’minotni tasniflashda, albatta, inobatga olinishi kerak.

Agar avvallari dasturiy ta’minotning asosiy toifalari – operatsion tizimlar, translyatorlar, amaliy dasturlar paketi sanoqli darajada bo’lgan bo’lsa, endilikda vaziyat tamomila boshqacha tus olgan.

www.motiv.uz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

− 2 = 4

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!