Axborot nima ?
Axborot so`zi bizga nimani anglatadi ?
Axborot tushunchasi
Informatika sohasining asosiy resursi bu – axborotdir.
Axborot – olamdagi butun borliq, undagi ro’y beradigan xodisalar va jarayonlar xaqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Axborot va uning turlari
Axborot manbalari va iste’molchilarning har xilligi axborot shaklining turli ko’rinishda bo’lishiga olib keladi:
Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar.
Matnli – xarf, raqam va belgilar to’plamidan tarkib topgan axborot.
Grafik – tasvirlardan iborat bo’lgan tasavvur ko’rinishidagi axborot.
Informatikasohasining asosiy resursi bu – axborotdir.
Axborotning asosiy xossalari:
- to’liqlik;
- yaroqlilik;
- ishonchlilik;
- dolzarblik;
- tushunarlilik.
Axborot – olamdagi butun borliq, undagi ro’y beradigan xodisalar va jarayonlar xaqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida,kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Axborot va uning turlari.
Axborot manbalari va iste’molchilarninghar xilligiaxborot shaklining turli ko’rinishda bo’lishiga olib keladi:
- Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar.
Bular biror voqea-xodisalar haqidagi axborotlarni uzatishda foydalaniladi.
- Matnli – xarf, raqam va belgilar to’plamidan tarkib topgan ma’lum ma’noni anglatuvchi so’zlardan iborat axborot.
- Grafik – tasvirlardan iborat bo’lgan tasavvur ko’rinishidagi axborotlar.
- Video va audeo ko’rinishdagi ma’lumotlar
Axborot nima?
Ma’lumki, axborot (lotincha informatio – tushuntirish, xabar olish bayon etish,) – biror hodisa, kishi faoliyati yoki muayyan bilim haqidagi ma’lumotlar to’plamini ifodalaydigan fanning umumiy tushunchalaridan biridir. Axborot inson sezgi organlari orqali tashqi dunyodan oladigan xabarlar mazmuni va ma’nosidir.
Kundalik hayotda kimningdir manfaatiga mos keluvchi ixtiyoriy ma’lumot yoki xabarni axborot deb atashadi. Masalan, qandayodir muhim hodisa yoki kimningdir faoliyatiga doir ma’lumotlar. «Xabar bermoq» iborasining ma’nosi «avval noma’lum bo’lgan biror xabarni yetkazishdir.
Axborot — atrof-muHitdagi ob’ektlar, voqealar, ularning parametrlari, xususiyatlari va holati haqidagi ma’lumotlar bo’lib, ularni axborot tizimlari (tirik organizmlar, boshqaruvchi mashinalar va shu kabilar) qabul qilib,foydalanadilar
Biror ob’ekt yoki voqea haqidagi bitta axborot ma’lumoti (gazetadagi maqola, e’lon, xat, telegramma, hikoya, chizma, radioeittrish va shu kabilar) uni tushunish, unga qiziqish nuqtai-nazaridan turli toifadagi kishilar uchun turlicha axborot miqdorida yetkaziladi.
Masalan, yapon tilida tuzilgan ma’lumotning ushbu tilni bilmagan insonga hech qanday qizig’i yo’q. Biroq yapon tilini biladigan kishiga u qimmatli, muHim ma’lumot bo’lishi mumkin. Maxsus belgilar orqali ifodalangan ma’lumot ham bu belgilardan foydalanish qoidalarini bilmagan kishiga yangi ma’lumot bo’la olmaydi. Belgilar qoidasidan foydalanish ma’lum bo’lgandagina, ushbu ma’lumot ma’nosini anglash mumkin.
Axborot ma’lumotning tavsifi emas, u ma’lumot va uning iste’molchisi o’rtasidagi o’zaro munosabatni bildiradi. Iste’molchisiz ma’lumot ma’noga ega emas. Ma’lumot iste’molchi tomonidan o’zlashtirilgandagina axborotga aylanadi.
Axborot turli shakllar va ko’rinishlarda mavjud bo’lishi mumkin.:
- Matnlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar ko’rinishida;
- Yorug’lik nuri va tovush signallari ko’rinishida;
- Radioto’lqinlar ko’rinishida;
- Elektr va nerv impulslari ko’rinishida;
- Magnit yozuvlari ko’rinishida;
- Imo-ishora va mimika orqali;
- Hid va ta’m ko’rinishida;
- Avloddan avlodga o’tuvchi irsiy xromosomalar va shu kabilar ko’rinishida.
Axborot xossalari nuqtai nazaridan qaralayotgan moddiy va nomoddiy dunyoning predmetlari, jarayonlari, voqealari informatsion ob’ektlar deyiladi..
Axborot qandaydir manbadan qabul qiluvchiga xabar yoki ma’lumot ko’rinishida ular o’rtasidagi aloqa kanali orqali uzatiladi. Manba xabarni uzatishida uni uzatiladigan signalga aylantirib kodlashtiradi. Ushbu signal aloqa kanali orqali uzatiladi. Natijada qabul qiluvchida qabul qilingan signal hosil qilinib, u qabul qilingan ma’lumotga aylantirilishi uchun signaldan asliga qaytarish maqsadida dekodlashtiriladi.
Misollar:
- Ob-havo prognozi ma’lumotlari axborot qabul qiluvchiga (teletomoshabinga) manbadan – meteorolog-mutaxassisdan aloqa kanali – televideniye signallarini uzatuvchi apparatura orqali televizorga uzatiladi;
- Jonli mavjudot o’zining sezgi organlari (ko’zlari, quloqlari, burni, terisi, tili va shu kabilar) orqali tashqi dunyodan axborot oladi, uni muayyan ketma-ketlikdagi nerv impulslariga aylantiradi, nerv tolalari orqali uzatib, o’z xotirasida miyaning neyron strukturalari ko’rinishida saqlaydi, impulslarni qayta ishlash yoki tahlil qilish natijasida o’z harakatlarini boshqaradi yoki tovush signallari beradi, ya’ni o’z faoliyatda foydalanadi.
Axborotni qayta ishlash – bir xil informatsion ob’ektlarni ba’zi algoritmlarni bajarish asosida boshqa informatsion ob’ektlardan olishdir. Axborotni qayta ishlash axborot ustida bajariladigan asosiy amallardan biri va axborot turli-tuman bo’lishi va uning ko’lamini (hajmini) oshirishning asosiy vositasidir.
yaratish;uzatish;qabul qilish;foydalanish;eslab qolish;o’zlashtirish;ko’chirish; |
yig’ish;saqlash;izlash;o’lchash;buzish;va boshqalar |
rasmiylashtirish;tarqatish;almashtirish;kombinatsiyalash;qayta ishlash;bo’laklarga bo’lish;ixchamlashtirish; |
Axborot ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
Axborot ustida muayyan amallar bajarishga oid barcha jarayonlar informatsion jarayonlar deyiladi.
Axborotni qayta ishlash vositalari – insoniyat tomonidan yaratilgan turli qurilmalar va tizimlardir, birinchi navbatda axborotni qayta ishlovchi univenrsal mashina – kompyuterdir.
Kompyuterlar axborotni ba’zi algoritmlarni bajarish asosida qayta ishlaydilar. Tirik organizmlar va o’simliklar axborotni o’z sezgi organlari va tizimlari orqali qayta ishlaydilar.
Axborot xossalari
Axborot quyidagi xossalarga ega:
- ishonchlilik;
- to’liqlilik;
- qimmatlilik;
- dolzarblilik;
- tushunarlilik;
- qulaylilik;
- qisqa va lo’ndalilik;
va boshqalar.
Axborot ishonchli deyiladi, agar u ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni yoki voqelikni real akslantirsa. Ko’pincha axborot ishonligi axborotning muvofiqligi bilan xarakterlanadi. Axborotning muvofiqligi – ob’ekt, hodisa yoki jarayon haqidagi olingan ma’lumotning ma’lum ma’noda real haqiqatga mosligidir. Ishonchli bo’lmagan axborot uning noto’g’ri talqin qilinishiga yoki noto’g’ri qarorlar qabul qilinishiga olib keladi.
Ishonchli axborot vaqt o’tishi bilan ishonchli bo’lmagan axborotga aylanishi mumkin, ya’ni vaqt o’tishi bilan u eskirib, voqelikni to’g’ri, ro’yi-rost akslantirmasligi ham mumkin.
Axborot to’liq deyiladi, agar u tushunish yoki uning asosida to’g’ri qaror qabul qilish uchun yetarli darajada bo’lsa. To’liq bo’lmagan va haddan ziyod ortiqcha axborot qaror qabul qilish jarayonini sekinlashtirishi yoki xatoliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Ma’lumotlarni o’lchov birliklari.Axborotni o’lchash
Said Ahmadning «Kelinlar qo’zg’oloni» asaridagi axborot miqdori qancha yoki pasportingizdagi fotosuratda qancha axborot miqdori mavjud degan savolga qanday javob olish mumkin? Bunday savollarga javoblar olish uchun axborotni o’lchashda ishlatiladigan birliklar bilan tanishib chiqamiz.
Axborotning eng kichik o’lchov birligi sifatida bir bit qabul qilingan ( bit — inglizcha binary, digit — ma’nosi ikkilik raqam).
Axborot nazariyasida bit – ikki teng ehtimolli holatdan birini farqlash imkonini beruvchi axborot miqdoridir..
Hisoblash texnikasida bit «0» yoki «1» belgilaridan birini qabul qiluvchi va saqlovchi xotiraning eng kichik bo’lagidir.
Amaliyotda ko’pincha axborotning kattaroq o’lchov birligi — bayt ishlatiladi. 1 bayt 8 bitga teng. Kompyuter klaviaturasidagi barcha 256 belgini kodlashtirish uchun 8 bit zarur (256=2[i] [1] [2] [3] [4] [5]).
Axborot texnologiyasi – bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
- Har qanday maxsulotning o’lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar.
- Xuddi shunga o’xshash axborotning ham o’lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit xisoblanadi, bir bit bu bitta “1” yoki bitta “0”.
- Bunda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo’qligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan.
- Shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlar sig’imini o’lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o’lchamlar mavjud:
- 1 Kb =1024 bayt,
- 1 Mb=1024 Kbayt,
- 1 Gb =1024 Mbayt,
- 1 Tb =1024 Gbayt.