Vaqtimizni o`g`irlamaylik !

Salom qadrli do`stlar sizlar bilan Behruzbek Hamidov.Do`star bu maqolani yozishimdan maqsad siz azizlarga internet bilan bo`ladigan aloqalarda oz bo`lsa ham o`z yordamimni berish.O`ylashingiz mumkin men internetni bilaman sen menga qanday yordam berishing mumkin deb,ammo bilganlarimiz chegaralangan,bilmaganlarimizning esa cheki yo`q shunday ekan,bu maqola o`z vaqtining qadrini bilganlar uchun yozildi.Keling kunimizni sarhisob qilsak,Biz bir kunda necha marta internetga yuzlanamiz,ko`pchilik insonlar zerikanda internet kirishadi va soatlab vaqtini keraksiz narsalarga saflashadi.Buni esa o`ylab ham ko`rishmaydi.Oddiygina mesenjerlardan kelgan bo`lmag`ur xabarlarning ko`pchiligi  anchagina vaqtimizni  o`g`irlab  qo`yadi.Kanallar-u guruhlarni aytmasa ham bo`ladi.Hozirgi axborot texnologiyalari  asrida internetni tushinmaydigan insonning o`zi oz qoldi.Qadrli do`stlar internetda o`tirishga odatlanib qoldik.Xo`sh buning oqibati  qanday boladi ? Internetda o`tirib soatlab vaqtimizni turli filmlar,turli videolar ko`rishga sarflaymiz.O`zingiz o`ylang,vaqtimizku ketishga ketyapti ko`rgan filmimizdan bizga biror foyda kelyaptimi ? Oltinga teng vaqtimiz o`rniga bizda biror foydali bilim qolyaptimi ? To`g`ri internet ma`lumot  almashinish uchun yaratilgan.Lekin ma`lumotlar ham foydali-foydasiz,kerakli-keraksiz bo`lishi mumkin.Shunday ekan biz o`zimizga foydali va kerakli ma`lumotlarni olib qolib,foydasiz va keraksiz malumotlardan qutilishimiz kerak shundagina bizning internetga saflagan vaqtimiz samarali bo`ladi.Masalan,hammaning o`z qiziqan sohasi bo`ladi,bizni muvoffaqiyatga eltuvchi bilim ham  aynan qiziqishlarimiz asosida shakllanadi.Oddiygina www.youtube.com saytining o`zi ham bizga anchagina bilim berishi mumkin.Qanday qilib deysizmi ? Youtubeda ma`lum bir sohaga qaratilgan videolar bo`lib ular aniq va tushinarli qilib yaratilgan.O`zi sevgan sohaga qiziqan inson bu videolarni bir ko`rishidayoq  bilim olishni boshlaydi.Videoni qayta-qayta ko`rish natijasida bilim ko`nikmaga aylanadi.Va u videosiz ham bilim asosida ma`lum ishni bajarishi mumkin bo`ladi.Va o`z ishiga bolgan ishtiyoq uni muvoffaqiyatga yetaklaydi.Va o`z sohasida yetakchiga aylantiradi.Bularning hamasi uchun insonda sabr,iroda va asosiysi juda katta ishtiyoq bo`lishi kerak. Albatta, bu internetdan oqilona foydalanish natijasida bo`ladi.Internetdan juda ko`p bizning  kelajagimiz uchun foydali bo`lgan narsalarni o`rganishimiz mumkin.Internetdagi keraksiz narsalardan voz kechib diqqatimizni foydali bilimlarni o`rganishga sarflasak bir kun albatta muvaffaqiyatga erishamiz.

www.motiv.uz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

9 + 1 =

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!