Axborot texnologiyalarining ta’minoti
Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bog’langan bo’lib, ular uchun axborot texnologiyasi asosiy muhit hisoblanadi. Bir qaraganda axborot texnologiyasi va tizimi tushunchasi bir–biriga o’xshash ko’rinadi, aslida esa bunday emas.
Axborot texnologiyasi axborot tizimlari bilan mukammal bog’langan bo’lib, ular uchun axborot texnologiyasi asosiy muhit hisoblanadi. Bir qaraganda axborot texnologiyasi va tizimi tushunchasi bir–biriga o’xshash ko’rinadi, aslida esa bunday emas.
Axborot texnologiyasi kompyuterda saqlanayotgan ma’lumotlar ustidan tartiblashgan qoidalar asosida amal harakat va bosqichlarni bajarish jarayonidir. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi birlamchi axborotni maqsadga yo’naltirilgan harakat natijasida qayta ishlash yo’li bilan foydalanuvchiga kerakli axborotni berishdir.
Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuterlar tarmog’i, dasturiy mahsulotlar, ma’lumotlar bazasi, insonlar, turli texnik va dasturiy aloqa vositalari hamda boshqa qurilmalardan tashkil topgan muhitlar. Axborot tizimining asosiy maqsadi – axborotni saqlash va uzatishdan iboratdir. Axborot tizimi axborotni qayta ishlash inson – kompyuter tizimidir.
Axborot tizimining vazifalarini amalga oshirish uchun shu tizimga oid axborot texnologiyasi bilimlarini o’rganish talab qilinadi. Axborot texnologiyalari bilan axborot tizimlari bir-biri bilanchambarchas bog’langan. Axborot texnologiyalari axborot tizimlarining tuzilmasida asosiy tarkibiy qismi va uni tashkil etuvchi bir elementi sifatida namoyon bo’ladi. Axborot texnologiyasi axborot tizimining muhitidan tashqarida ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Ammo u mukammal texnologiya bo’la olmaydi, ya’ni zarurat tug’ilganda axborot tizimiga murojaatni amalga oshiradi.
Axborotli texnologiya tizim sifatida ikki qismdan tashkil topadi:
a) ta’minlovchi qism;
b) funksional qism.
Ta’minlovchi qism tarkibiga kirgan quyi tizimlar axborotli texnologiyaning faoliyatini belgilaydi va miqdoriy jihatdan qat’iy belgilanadi. Bular quyidagilardan iborat:
- Tashkiliy ta’minot.
- Axborot ta’minoti.
- Matematik va dasturiy ta’minot.
- Texnologik ta’minot.
- Lingvistik ta’minot.
- Ergonomik ta’minot.
- Huquqiy ta’minot.
- Texnik ta’minot.
- Mutaxassislik ta’minoti.
- Tashkiliy ta’minotning asosiy vazifasi boshqarish subyektida axborotli texnologiyani tashkil qilish maqsadga muvofiq yoki muvofiqmasligi to’g’risida qarorni ishlab chiqishga qaratilgan.
- Axborot ta’minoti boshqarish subyekti faoliyatida xizmat qiluvchi barcha ma’lumotlarning to’plamidan tashkil topadi.
- Matematik va dasturiy ta’minot boshqarish subyekti masalalarining yechilish yo’llarini ifodalaydi va tegishli dasturlardan iborat bo’ladi.
- Texnologik ta’minot to’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarining boshqarish usullarini ifodalaydi.
- Lingvistik ta’minot axborotlarni ifodalashdagi tegishli belgi va algoritmik tillardan tashkil topadi.
- Ergonomik ta’minot axborotli texnologiya unsurlarining faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratadi.
- Huquqiy ta’minot boshqarish subyekti va xodimlarning burchlari, majburiyat va huquqlarini belgilaydi.
- Texnik ta’minot avtomatlarni qayta ishlash jarayonlariga mos holda tegishli vositalar bilan ta’minlashni ifodalaydi.
- Mutaxassislik ta’minoti axborotli texnologiya tizimlarini bilan ta’minlanadi.