Ko’rinishga qarab hukm chiqarmang !

Qayerdandir kelayotgan Ikki yo’lovchining ko’zlari yo’l chetidagi qator o’tkazilgan daraxtlarga tushdi. Ulardan biri daraxtlar ichidagi qurib, yiqilay deb qolgan daraxtga qarab: “O’zi umri oz qolibdi, sal shamol kelsa yiqilib tushadi bu daraxt” deb qo’ydi.
Ikkinchi yo’lovchi esa yashnab viqor bilan o’sayotgan daraxtga qarab: “Bunisi esa hali uzoq yashaydi, mustahkam” dedi…
Ular daraxtlarga qarab-qarab yo’llariga ravona bo’ldilar.
O’sha kuni havoni avzoyi buzuldi, shunday kuchli shamol esdiki, nimaniki bo’lsa uchirib yuborgudek.
Keyingi kun haligi yo’lovchilar yana o’sha daraxtlar joylashgan yo’ldan yurdilar va u yerdagi manzarani ko’rib hayratga tushdilar.
Chunki ular aytgan qurigan daraxt kuchli shamoldan keyin ham huddi o’shanday joyida turar, yashnab turgan, mustahkam deya ta’riflagan daraxtlari esa yerda ag’anab yotardi…

P.S
Bu yerda keltirganim daraxt asli-Inson edi !
Ya’ni kim bo’lmasin,yaqiningizmi,yoki begona Uni tashqi ko’rinishiga qarab hukm chiqarmang…
Chunki Inson qanchalik kuchli ko’rinmasin,yoki ahvoli harob ko’rinmasin,ertaga ularning qay birini yana qayta ko’rish imkoniga ega bo’lishingizni bilmaysiz.Kecha sog’ yurgan odamni qayerdan bilasiz balki bugun ko’rmassiz.Yoki qachonlardan beri kasal yotgan,ketishi muqarrar bo’lgan Insoningizni esa erta balki soppa-sog’ ko’rarsiz…
Demoqchimanki Sizga qanday ko’rinmasinlar Sog’ yoki Bemor yaqinlaringizni asrang !

t.me/ZuhriddinRaimovBlog

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

62 + = 71

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!