Muvaffaqiyatga erishish uchun insonlar alohida ahamiyatga ega jarayonlarni inobatga olishmaydi,aslida bizga kerak bo‘lgan narsa bizga kerak emas,Biz kerak emas deb uylagan narsalar esa bizga kerakdir.Hayotning bizga aytmagan sirlari ham aynan shundadir.

Biz hayotni qanchalik anglashga harakat qilaversak, u shunchalik og‘irlashaveradi.Bir narsa xususida to‘xtalib o‘tmoqchiman, hozirgi davrda 15 yoshli bolalarda ham siqlish,g‘am-tashvish, ertangi kundan qorqish hissi juda yuqori darajaga ko‘tarilmoqda.

Bu savolga o‘z qarashlarim doirasida javob berib ko‘raman;

1.Iqtisodiy qiyinchiliklar

2.Hissiy muammolar (Sevgi,Ayriliq,Xiyonat )

3.Turli qo‘rquvlar

4.Oilaviy muammolar (Bosim,majburlash)

Mening fikrimcha,yuqoridagi muammolar mufaqqiyatli harakat qilishga to‘siqdir.Bir narsa doimo meni qiynab keladi, Tushinib tushinmay kimnidir yoki nimanidir ayblash.Masalan, Biz har kuni foydalanadigan avtomashinalar yoki oddiygina elektr toki, Bu narsalar birinchi yaratilgan vaqtlarda bu “Insonni o‘lidiradi” deb takidlovchilar juda ko‘p bo‘lgan. Bunday insonlar hozirda ham juda ko‘plab topiladi. Hayotda yashar ekanmiz biz nima uchun harakat qlayapmiz, qanday orzular qilayapmiz va nimalarga yoki kimlarning gapiga kirib orzularimizdan voz kechayapmiz. Bu hayot faqat bizniki unda faqat biz bormiz.Oddiy misol bilan tushintiraman, Biz tug`ilgan paytda dunyoda nima o‘zgarish boldi, Aholi soni bir kishiga ko‘payganidan boshqa, Endi biz olamdan o‘tgandan keyin nima bo‘ladi, qay darajada og‘riqli bo‘lmasin, bizning yakunimiz hech kimga qiziq emas oilamiz do‘stlarimizdan boshqa.Shunday ekan bu qisqa umrimiz davomida muvaffaqiyatga erishishimiz shart. O‘zimizda bor barcha imkoniyatlardan foydalanishimiz shart.Kelgusi maqolalarimda bosqichma-bosqich muvaffaqiyatga erishish haqida maqolalarimni siz qadrdonlarim bilan bo‘lishib boraman.Bu yo‘ldagi har bir muammolarni alohida tahlil qilib uning yechimini birgalikda yechamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

52 − 51 =

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!