O’chirilgan faylni tiklash

O`chgan fayllarni tiklash usullaridan biri bo`lib ko`p hollarda ish beradi.Sinab ko`ring o`zingiz amin bo`lasiz !!!

Extiyotsizlik natijasida o`chirilgan faylni tiklash mumkin. Bu imkoniyat faylning diskdagi joyiga boshqa ma’lumot yozilmagan xoldagina bajarilishi mumkin. Fayl Unerase komandasi yordamida tiklanadi. Komandaning umumiy kurinishi:

unerase [faylning nomi]

Agar faylning nomi ko`rsatilmasa, diskdagi barcha fayllar tushuniladi.

  • Agar faylning nomi aniq ko`rsatilsa, fayl tiklanadi.

O`chirilgan fayllar ro`yxatida tiklash darajalari chiqariladi:

poor – fayl tiklanmaydi;

overage – faylni tiklasa buladi;

good – fayl qisman tiklanadi;

excellent — fayl to`lik tiklanadi.

  • Ro`yxatdagi faylni ko`rish uchun — [V], fayl xaqidagi ma’lumotni olish uchun — [I] va tiklash uchun — [U] bosiladi.
  • Yoki “View“, “Info” va “UnErase” komandalarida [Enter] bosiladi.

Fayl tiklanayotganda UnErase uning birinchi xarfini suraydi. Agar ushbu nomli fayl bulsa, UnErase Sizni ogoxlantiradi.

Fayllarni tiklash uchun ular [Space] yordamida belgilanadi. So`ng UnErase komandasida [Enter] bosiladi. Programma fayl nomining birinchi xarfini xar bir tiklanayotgan fayl uchun aloxida so`raydi. Agar [Space] yoki [Enter] bosilsa, fayllarni nomini o`zi urnatadi. Bunda A yoki V va xokazo xarflar qo`yiladi.

  • Programmadan chiqish uchun [Esc] bosiladi. Masalan:

unerase *.txt — Joriy katalogdagi . txt kengaytgichli fayllarni tiklaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

3 + 7 =

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!