Dissertatsiya ishi mavzusini tanlash bo’yicha ASOSNOMASI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA KAFEDRASI
5A110902-Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxasisligi
Sobirov Ulug’bek G’ofurovich
Dissertatsiya ishi mavzusini tanlash bo’yicha
ASOSNOMASI
BUXORO-2020
Tadqiqotchi: Sobirov Ulug’bek G’ofurovich
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi: Buxoro jadidlari va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rni.
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari bo’yicha (PhD)dotsenti Izbullayeva Gulchehra Valeriyevna
Mutaxasislik: 5A110902-Pedagogika va psixologiya
Ish bajariladigan tashkilot: Buxoro davlat universiteti
MAVZU: Buxoro jadidlar va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rni.
REJA:
KIRISH
I BOB. BUXORO JADIDLARI VA ULARNING ILM-MA’RIFAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNINI O’RGANISHNING NAZARIY- METODOLIK ASOSLARI
1.1.Buxoro jadidlari va ularning ilmiy me’rosini o’rganish pedagogik muammo sifatida
1.2.Buxorolik tarqaqqiyparvarlarning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi rolini o’rganilishining mavjud xolati va imkoniyatlari
I bob bo’yicha xulosa
II BOB. BUXORO JADIDLARI VA ULARNING ILM-MA’RIFAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNINI O’RGANISHNING AMALIY SHART-SHAROITLARI.
2.1.Buxoro jadid marifatparvarlarining ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganishning shakl, metod va vositalari
2.2. Buxoro jadid marifatparvarlarining ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganishning didaktik ta’minotini yaratish.
II bob bo’yicha xulosalar
III BOB. BUXORO TARAQQIYPARVARLARiNING ILM-MA’RIFAT YO’LIDA QO’SHGAN XISSALARINI O’RGANISHGA DOIR TAJRIBA SINOV ISHLARI.
3.1.Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish mexanizmi
3.2.Buxoro taraqqiyparvarlarining ilm-ma’rifat yo’lida qo’shgan xissalarini o’rganishda pedagogik tajriba sinov ishlarini tahlili va natijalari
III bob bo’yicha xulosalar
XULOSA
ILOVALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Buxoro davlat universiteti 5A110902-Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxasisligining “Buxoro jadidlar va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rni“ mavzusida magistrlik dissertatsiyasining
ASOSNOMASI
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda jahonning rivojlangan davlatlarida kirib kelayotgan ilmiy-texnikaviy va madaniy yangiliklar musulmon mamlakatlari tomonidan turlicha kutib olinmoqda. Bu boradagi fikrlar va karashlar xilma-xilligi esa manfaatlar uchrashuviga sabab bo’lmoqda. Jadidlarning Evropa madaniyatini qabul qilib, mamlakatda yangilikpar joriy qilish tarafdori bo’lganlar. Shuningdek AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya kabi mamlakatlari ilmiy tadqiqot markazlari va universitetlarida XIX asr oxiri,- XX asr boshlarida musulmon mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy xayotidagi o’zgarishlar, jadid ma’rifatparvarlari xarakatining vujudga kelishi hamda ular o’rtasidagi munosabatlar, shuningdek, jadid namoyondalarining davlat va jamiyatni islox kilishga oid asarlari o’rganilmoqda. Jamiyatimizda jadidchilik harakati tarixiga bag’ishlangan qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Qator tadqiqotlarda Buxoro jadidlari faoliyati keng ko’lamli arxiv hamda milliy matbuot materiallarini ilmiy muomalaga kiritish orqali tadqiq qilinmoqda,shu o’rinda mazkur ishda Buxoro jadidlari va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganish mavzu dolzarbligini tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- k O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’grisidagi farmoni, 2021 yil 17 fevrallagi PQ-2789-sonli (Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi karori, 2017 yil 24 maydagi PQ-2995-sonli Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ’ib kilish to’risida yanada takomillashtirish choralari to’g’risidagi karori va soxaga oid boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bilan bog’liq ayrim jihatlarni yoritishda ushbu ish muayyan darajada xizmat qiladi.
Tadqiqotning maqsadi: Ta’lim jarayonida buxoro jadidlari va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganish yo’llari.
Tadqiqot obyekti: Oliy ta’lim jarayonida Buxoro jadidlari va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Ta’lim jarayonida Buxoro jadidlari va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganishning shakil, metod va vositalari.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati Buxoro amirligidagi jadidlar haqida ilmiy-nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish, ushbu masalaga doir ilmiy xulosalarni amadiyotga joriy etishga asoslanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy axamiyati O’zbekistonning ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishi, madaniy merosinii tadqiq etishga bag’ishlangan maksadli davlat dasturlari bajarilishiga, shuningdek, respublika umumta’lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilari uchun yaratiladigan darsliklar xamda o’quv qo’llanmalarning mukammallashuviga xizmat qiladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro jadidlari va ularning ilmiy me’rosini o’rganish pedagogik muammo sifatida ekanligini asoslanadi;
-Buxorolik tarqaqqiyparvarlarning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi rolini o’rganilishining mavjud xolati va imkoniyatlarini ko’rsatiladi;
-Buxoro jadid marifatparvarlarining ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganishning shakl, metod va vositalari belgilanadi;
– Buxoro jadid marifatparvarlarining ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganishning didaktik ta’minotini yaratiladi;
– Buxoro taraqqiyparvarlarining ilm-ma’rifat yo’lida qo’shgan xissalarini o’rganishga doir tajriba sinov ishlari tashkil qilinadi va o’tkaziladi.
Tadqiqot vazifalari:
-Buxoro jadidlari va ularning ilmiy me’rosini o’rganish pedagogik muammo sifatida ekanligini asoslash;
-Buxorolik tarqaqqiyparvarlarning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi rolini o’rganilishining mavjud xolati va imkoniyatlarini ko’rsatish;
-Buxoro jadid marifatparvarlarining ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganishning shakl, metod va vositalari belgilash;
– Buxoro jadid marifatparvarlarining ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganishning didaktik ta’minotini yaratish;
–Buxoro taraqqiyparvarlarining ilm-ma’rifat yo’lida qo’shgan xissalarini o’rganishga doir tajriba sinov ishlari tashkil qilish va o’tkazish
Tadqiqot mavzusi o’rganilish darajasining qiyosiy tahlili:
Tadqiqot mavzusi yuzasidan quyidagi adabiyotlar o’rganildi:
Yurtimizda jadidlarga bag’ishlangan izlanishlar:
- “Jadid badiiy asarlari leksikasi” Sayidov YO.S.-2018
- “Jadid adiblari ijodida mumtoz adabiyot an’analari” Tojiboeva M. A.-2017
- “Jadidlar iqtisodiy g‘oyalari va ularning bozor munosabatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati” R.K. Raximov-2010
- “Miyon Buzruk Solihov – o‘zbek jadid dramaturgiyasi va teatri tadqiqotchisi” Abdulxayrov B. H. -2010
- “Jadid maktablari: ularda ona tili va adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy hamda amaliy asoslari” Dolimov U.-2008
- “Turkistonda jadidchilik harakati va uning axloqiy-estetik fikr taraqqiyotiga ta’siri” Mahmudova G. T. –
- Ulug’bek Dolimov- “Jadidlar pedagogikasi” monografiya; Tosh-2007 yil.
- “Jadid ma’rifatparvarlarining darsliklaridagi badiiy matnlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalash” Hamroev SH. E. -2009
- “Muhammad Solihxojaning “Tarixi jadidayi Toshkand” asari muhim tarixiy manba sifatida (XIX asr)” Sultonov O‘. A. -2007
- “Исламские ценности в воззрениях джадидов и их концепция духовного реформирования общества” D. M. Kenjaev-
- “O‘zbek jadid adabiyotining Amerikada o‘rganilishi” Mirzaeva Z. I. -2006
- “Seyfulg‘abid Majidovning ma’rifiy-jadidchilik faoliyati va ta’lim-tarbiyaviy qarashlari” Seytmuratov Q. –
- “O‘zbek jadid adabiyotida she’riy shakllar taraqqiyoti tamoyillari” Afoqova N. M.-
- “Turkiston jadidlarining qarashlarida yoshlar va xotin-qizlar masalalari (XIX- asrning oxiri-XX asr boshlari)” D. N. Rajabova-
- “O‘zbek jadid drammaturgiyasining shakllanish manbalari” SH. T. Rizaev-
- “O‘zbek jadid dramalarining lisoniy xsusiyatlari (Behbudiy va Avloniy dramalari asosida)” Babadjanov F. K. -2002
- “XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysidagi ijtimoiy-siyosiy ahvol va jadidchilik harakati” T. Q. Qozoqov-2001
- “Просветительская деятельность джадидов Туркестана (конец XIX-начало ХХв.)” A. M. Xudaykulov
- “O‘zbek nasrida jadid obrazi talqini” To‘ychiev A. X. -2001
Ayniqsa buxoro jadidlari bo’yicha ishlar:
- “Buxoro jadidlari”- Nusratillo Naimov- – Toshkent, “Fan” nashr-2000yil.
- “Buxoro amirligida jadidlar va qadimchilar faoliyati (XIX asr oxiri- XX asr boshlari)” -Jamolova Dilnoza – tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi;- Tosh.2019-yil
- “Abdurauf Fitrat va jadid adabiyoti (XX asrning 20 yillariga qadar)” Rahimova Gulshan Muhiddin qizi.-1999
- “Samarqand jadidchiligining ijtimoiy-falsafiy mohiyati” Amridinova D. T.-2006
- Fayzulla Xo’jayev-“Buxoro inqilobining tarixiga materiallar”- “Fan” nashr; Tosh-1997yil
- “Из истории становления и развития общественно-политичеких идей джадидизма, идеология младобухарцев” Ergashev B.X.-1993
Qo’shimcha adabiyotlar:
- “Buxoro jadidlari merosi- bebaho boylik”- Sulaymon Inoyatov -Buxoronima gazetasi 2020-yil 19-fevral 19-son.
- Qahramon Rajabov-“Yosh buxoroliklar…(ularning Sharq mamlakatlaridagi yoshlar harakatlari bilan uzviy aloqadorligi).” nomli maqola. 2003yil 16-18 oktabrdagi “Sharq tarixida yoshlar harakati mavzusidagi xalqaro konferensiya.
- Surayyo Yadgarova- “Birinchi o’zbek professori”- maqola. “Ma’naviyat sarchashmasi” jurnali.
- Mavluda Ergashova- “Ahmad donnish-harbiy qurulish bilimdoni” maola Buxoronima gazetasi 2020-yil yanvar oyi.
Magistr: U.G’.Sobirov
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari bo’yicha (PhD) G.V.Izbullayeva