Dissertatsiya ishi mavzusini tanlash bo’yicha ASOSNOMASI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA KAFEDRASI

5A110902-Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxasisligi

Sobirov Ulug’bek G’ofurovich

Dissertatsiya ishi mavzusini tanlash bo’yicha

ASOSNOMASI

BUXORO-2020

Tadqiqotchi: Sobirov Ulug’bek G’ofurovich

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi: Buxoro jadidlari va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rni.

Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari bo’yicha (PhD)dotsenti  Izbullayeva Gulchehra Valeriyevna

Mutaxasislik: 5A110902-Pedagogika va psixologiya

Ish bajariladigan tashkilot: Buxoro  davlat universiteti

MAVZU: Buxoro jadidlar va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rni.

REJA:

KIRISH

    I BOB. BUXORO JADIDLARI VA ULARNING ILM-MA’RIFAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNINI  O’RGANISHNING  NAZARIY- METODOLIK ASOSLARI

1.1.Buxoro jadidlari va ularning  ilmiy me’rosini o’rganish pedagogik muammo sifatida

1.2.Buxorolik tarqaqqiyparvarlarning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi rolini o’rganilishining mavjud xolati va imkoniyatlari

I bob bo’yicha xulosa

    II BOB. BUXORO JADIDLARI VA ULARNING ILM-MA’RIFAT TARAQQIYOTIDAGI O’RNINI  O’RGANISHNING  AMALIY SHART-SHAROITLARI.

 2.1.Buxoro jadid marifatparvarlarining ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganishning shakl, metod va vositalari

 2.2. Buxoro jadid marifatparvarlarining ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganishning  didaktik ta’minotini yaratish.

II bob bo’yicha xulosalar

    III BOB. BUXORO TARAQQIYPARVARLARiNING ILM-MA’RIFAT YO’LIDA QO’SHGAN XISSALARINI O’RGANISHGA DOIR TAJRIBA SINOV ISHLARI.

3.1.Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish  mexanizmi

 3.2.Buxoro taraqqiyparvarlarining ilm-ma’rifat yo’lida qo’shgan xissalarini o’rganishda pedagogik tajriba sinov ishlarini tahlili va natijalari

III bob bo’yicha xulosalar

    XULOSA

    ILOVALAR

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Buxoro davlat universiteti 5A110902-Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxasisligining “Buxoro jadidlar va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rni“ mavzusida magistrlik dissertatsiyasining

ASOSNOMASI

Mavzuning dolzarbligi:  Bugungi kunda jahonning rivojlangan davlatlarida kirib kelayotgan ilmiy-texnikaviy va madaniy yangiliklar musulmon mamlakatlari tomonidan turlicha kutib olinmoqda. Bu boradagi fikrlar va karashlar xilma-xilligi esa manfaatlar uchrashuviga sabab bo’lmoqda. Jadidlarning Evropa madaniyatini qabul qilib, mamlakatda yangilikpar joriy qilish tarafdori bo’lganlar. Shuningdek  AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Turkiya kabi mamlakatlari ilmiy tadqiqot markazlari va universitetlarida XIX asr oxiri,- XX asr boshlarida musulmon mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy xayotidagi o’zgarishlar, jadid ma’rifatparvarlari xarakatining vujudga kelishi hamda ular o’rtasidagi munosabatlar, shuningdek, jadid namoyondalarining davlat va jamiyatni islox kilishga oid asarlari o’rganilmoqda. Jamiyatimizda  jadidchilik harakati tarixiga bag’ishlangan qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Qator tadqiqotlarda Buxoro jadidlari faoliyati keng ko’lamli arxiv hamda milliy matbuot materiallarini ilmiy muomalaga kiritish orqali tadqiq qilinmoqda,shu o’rinda mazkur ishda  Buxoro jadidlari va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganish  mavzu dolzarbligini tashkil qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- k O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’grisidagi farmoni, 2021 yil 17 fevrallagi PQ-2789-sonli (Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi karori, 2017 yil 24 maydagi  PQ-2995-sonli Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ’ib kilish to’risida yanada takomillashtirish choralari to’g’risidagi karori va soxaga oid boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bilan bog’liq ayrim jihatlarni yoritishda ushbu  ish muayyan darajada xizmat qiladi.

Tadqiqotning maqsadi: Ta’lim jarayonida buxoro jadidlari va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini  o’rganish yo’llari.

Tadqiqot obyekti: Oliy ta’lim jarayonida Buxoro jadidlari va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganish jarayoni.

Tadqiqot predmeti: Ta’lim jarayonida Buxoro jadidlari va ularning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini  o’rganishning shakil, metod va vositalari.

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:  Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati Buxoro amirligidagi  jadidlar  haqida ilmiy-nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish, ushbu masalaga doir ilmiy xulosalarni amadiyotga joriy etishga asoslanadi.

Tadqiqot natijalarining amaliy axamiyati O’zbekistonning ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishi, madaniy merosinii tadqiq etishga bag’ishlangan maksadli davlat dasturlari bajarilishiga, shuningdek, respublika umumta’lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilari uchun yaratiladigan darsliklar xamda o’quv qo’llanmalarning mukammallashuviga  xizmat  qiladi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

 Buxoro jadidlari va ularning  ilmiy me’rosini o’rganish pedagogik muammo sifatida ekanligini asoslanadi;

-Buxorolik tarqaqqiyparvarlarning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi rolini o’rganilishining mavjud xolati va imkoniyatlarini ko’rsatiladi;

 -Buxoro jadid marifatparvarlarining ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganishning shakl, metod va vositalari belgilanadi;

 – Buxoro jadid marifatparvarlarining ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganishning  didaktik ta’minotini yaratiladi;

  – Buxoro taraqqiyparvarlarining ilm-ma’rifat yo’lida qo’shgan xissalarini o’rganishga doir tajriba sinov ishlari tashkil qilinadi va o’tkaziladi.

Tadqiqot vazifalari:   

-Buxoro jadidlari va ularning  ilmiy me’rosini o’rganish pedagogik muammo sifatida ekanligini asoslash;

-Buxorolik tarqaqqiyparvarlarning ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi rolini o’rganilishining mavjud xolati va imkoniyatlarini ko’rsatish;

 -Buxoro jadid marifatparvarlarining ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganishning shakl, metod va vositalari belgilash;

 – Buxoro jadid marifatparvarlarining ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o’rnini o’rganishning  didaktik ta’minotini yaratish;

   –Buxoro taraqqiyparvarlarining ilm-ma’rifat yo’lida qo’shgan xissalarini o’rganishga doir tajriba sinov ishlari tashkil qilish va o’tkazish

Tadqiqot mavzusi  o’rganilish darajasining qiyosiy tahlili:

Tadqiqot mavzusi yuzasidan quyidagi adabiyotlar o’rganildi:

Yurtimizda jadidlarga bag’ishlangan izlanishlar:

  • “Jadid badiiy asarlari leksikasi” Sayidov YO.S.-2018
  • “Jadid adiblari ijodida mumtoz adabiyot an’analari” Tojiboeva M. A.-2017
  • “Jadidlar iqtisodiy g‘oyalari va ularning bozor munosabatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati” R.K. Raximov-2010
  • “Miyon Buzruk Solihov – o‘zbek jadid dramaturgiyasi va teatri tadqiqotchisi” Abdulxayrov B. H. -2010
  • “Jadid maktablari: ularda ona tili va adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy hamda amaliy asoslari” Dolimov U.-2008
  • “Turkistonda jadidchilik harakati va uning axloqiy-estetik fikr taraqqiyotiga ta’siri” Mahmudova G. T. –
  • Ulug’bek Dolimov- “Jadidlar pedagogikasi” monografiya; Tosh-2007 yil.
  • “Jadid ma’rifatparvarlarining darsliklaridagi badiiy matnlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalash” Hamroev SH. E. -2009
  • “Muhammad Solihxojaning “Tarixi jadidayi Toshkand” asari muhim tarixiy manba sifatida (XIX asr)” Sultonov O‘. A. -2007
  • “Исламские ценности в воззрениях джадидов и их концепция духовного реформирования общества” D. M. Kenjaev-
  • “O‘zbek jadid adabiyotining Amerikada o‘rganilishi” Mirzaeva Z. I. -2006
  • “Seyfulg‘abid Majidovning ma’rifiy-jadidchilik faoliyati va ta’lim-tarbiyaviy qarashlari” Seytmuratov Q. –
  • “O‘zbek jadid adabiyotida she’riy shakllar taraqqiyoti tamoyillari” Afoqova N. M.-
  • “Turkiston jadidlarining qarashlarida yoshlar va xotin-qizlar masalalari (XIX- asrning oxiri-XX asr boshlari)” D. N. Rajabova-
  • “O‘zbek jadid drammaturgiyasining shakllanish manbalari” SH. T. Rizaev-
  • “O‘zbek jadid dramalarining lisoniy xsusiyatlari (Behbudiy va Avloniy dramalari asosida)” Babadjanov F. K. -2002
  • “XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysidagi ijtimoiy-siyosiy ahvol va jadidchilik harakati” T. Q. Qozoqov-2001
  • “Просветительская деятельность джадидов Туркестана (конец XIX-начало ХХв.)” A. M. Xudaykulov
  •  “O‘zbek nasrida jadid obrazi talqini” To‘ychiev A. X. -2001

Ayniqsa buxoro jadidlari bo’yicha ishlar:

  •  “Buxoro jadidlari”- Nusratillo Naimov- – Toshkent, “Fan” nashr-2000yil.
  •  “Buxoro amirligida jadidlar va qadimchilar faoliyati (XIX asr oxiri- XX asr boshlari)” -Jamolova Dilnoza –  tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi;- Tosh.2019-yil
  • “Abdurauf Fitrat va jadid adabiyoti (XX asrning 20 yillariga qadar)” Rahimova Gulshan Muhiddin qizi.-1999
  • “Samarqand jadidchiligining ijtimoiy-falsafiy mohiyati” Amridinova D. T.-2006
  • Fayzulla Xo’jayev-“Buxoro inqilobining tarixiga materiallar”- “Fan” nashr; Tosh-1997yil
  • “Из истории становления и развития общественно-политичеких идей джадидизма, идеология младобухарцев” Ergashev B.X.-1993

Qo’shimcha adabiyotlar:

  • “Buxoro jadidlari merosi- bebaho boylik”- Sulaymon Inoyatov -Buxoronima gazetasi 2020-yil 19-fevral 19-son.
  • Qahramon  Rajabov-“Yosh buxoroliklar…(ularning Sharq mamlakatlaridagi yoshlar harakatlari bilan uzviy aloqadorligi).” nomli maqola. 2003yil 16-18 oktabrdagi “Sharq tarixida yoshlar harakati mavzusidagi xalqaro konferensiya.
  • Surayyo Yadgarova- “Birinchi o’zbek professori”- maqola. “Ma’naviyat sarchashmasi” jurnali.
  • Mavluda Ergashova- “Ahmad donnish-harbiy qurulish bilimdoni” maola Buxoronima gazetasi 2020-yil yanvar oyi.

        Magistr:                                         U.G’.Sobirov

   Ilmiy rahbar:                  pedagogika fanlari bo’yicha (PhD) G.V.Izbullayeva

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

− 3 = 2

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!