Empatiya qobiliyatini o‘rganish metodikasi.

Mazkur   so‘rovnoma I. M. Yusupov tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, empatiya qobiliyatining rivojlanish darajasini aniqlash maqsadida qo‘llanadi. Empatiya insonning boshqalar kechinmalariga hamdard bo‘la olish qobiliyati.

Ko‘rsatma:   «Xurmatli ishtirokchi,   quyida  berilgan  36 ta  xukumga  nisbatan  o‘z  munosabatingizni   bildiring. Buning uchun siz baholashning quyidagi tizimidan foydalanishingiz lozim:  0- bilmayman;  1- yoki, hech qachon;    2- ba’zida;   3- ko‘pincha; 4- deyarli doim; 5- ha yoki har doim».

  1. Menga  mashhur odamlarning hayoti xaqidagi kitoblardan ko‘ra sarguzasht  kitoblar yoqadi.
  2. Ota- onalarning g‘amxo‘rligi katta yoshdagi bolalarning g‘ashiga tegadi.
  3. Menga boshqa odam erishgan muvoffaqiyat yoki uchragan muvoffaqiyatsizlikning sabablar xaqida mulohaza yuritish yoqadi.
  4. Musiqiy ko‘rsatuvlar orasidan men ko‘proq «Estrada taronalari» ko‘rsatuvini yoqtiraman.
  5. Adolatsiz tanqidlar bir necha yillar davom etsa xam, ularga chidash kerak.
  6. Kasalga xatto so‘z bilan yordam berish mumkin.
  7. Begonalar ikki kishi orasidagi nizoga qo‘shilmasligi kerak.
  8. Keksayganda odam juda injiq  bo‘lib qoladi.
  9. Bolaligimda g‘amgin  hikoyani tinglaganimda, ko‘zim o‘z o‘zidan yoshlanib ketardi.

10. Ota –onamning asabiylashishi mening ham kayfiyatimga  ta’sir etadi.

11. Men tanqidlarga befarqman.

12.Men tabiat manzaralari tasvirlangan rasmlardan ko‘ra  portretlarni tomosha qilishni yoqtiraman.

13. Ota- onam noxaq  bo‘lganda xam, men ularni kechirardim.

  1. Agar ot aravani tortmasa, uni xivichlash kerak.

15.Boshqa odamlar hayotidagi fojealar xaqida o‘qiganimda bu hodisalar men bilan ro‘y berayotganday bo‘lib tuyuladi.

16.Ota-onalar o‘z fareandlariga nisbatan noxaq munosabatda bo‘ladilar.

17. Janjallashayotgan bolalarni yoki kattalarni ko‘rsam men ular o‘rtasiga tushaman.

18. Men ota-onamning yomon kayfiyatiga e’tibor bermayman.

  1.  Men boshqa ishlarimni qoldirib,   hayvonlar  hatti –harakatini kuzataman.
  2.  Nega ayrim odamlar kinofilm ko‘rib va kitob o‘qib, ko‘z yosh to‘kishini tushunmayman.
  3. Notanish odamlarning yuz ifodasi va xulq  atvorini kuzatish menga yoqadi.

22. Bolalikda  men uyga qarovsiz qolgan kuchuk – mushuklarni olib kelardim.

  •  Barcha    odamlar biror sababsiz xam bir- biriga qarshi tishini qayrab turadi.
  •  Begona odamga qarab, uning kelajagi qanday bo‘lishini bilgim keladi.
  •  Bolaligimda kichkintoylar hech ketimdan qolishmasdi.  Jaroxatlangan hayvonni ko‘rsam,  unga  qandaydir yordam berishga harakat kilaman.
  •  Odamni e’tibor bilan tinglashsa, uning dardi yengillashadi.
  •  Ko‘chada biror qoida buzarlikni ko‘rsam,  guvoxlar qatoriga tushib  qolishdan  o‘zimni  chetga tortaman.
  •  Kichkinalarga men taklif etgan fikr, ish yoki ko‘ngil ocharlik yoqadi.
  •  Xayvonlar o‘z egalarining kayfiyatini sezadi deganlar, menga mubolag‘a qiladi.
  •  Muomila vaziyatidan odamning o‘zi mustaqil chiqishi kerak.
  •  Bola besabab yig‘lamaydi. Yoshlar qariyalarning  hamma  iltimosini va injiqliklarini   bajo keltirishi kerak.
  •  Nima uchun ayrim sinfdoshlarim ba’zida o‘ychan bo‘lib qolishlarini bilgim kelardi.
  •  Karovsiz hayvonlarni tutish va yo‘q  kilish kerak.
  •  Agar do‘stlarim men bilan  o‘z shaxsiy muommosini  muxokama qila boshlasa, gapni boshqa mavzuga burishga harakat qilaman.

Natijalarni qayta ishlash.

1.Natijalar xolisligini aniqlash.  Javoblar xolisligini aniqlash uchun muyaan hukumlarga qanday javoblar berilganligini aniqlash lozim;

«Bilmadim»- 2,4,16,18,33.

«Ha yoki har doim»-2,7,11,13,16,18,23.

«Ha yoki har doim»7va17,10 va 18, 17va31,22va35, 34va36.

«Yo‘q yoki hech kachon»-3va36,1va3,17va28.

Eslatma: ma’lum juftlik kirgan ikkala hukum ( masalan, «ha yoki har doim»dagi 7va17 yoki «yo‘q  yoki hech qachon»dagi 3 va 36  raqamli hukumlarga bir hil «ha yoki har doim» yoki «yo‘q yoki hech qachon» kabi munosabat bildirilgan bo‘lsa, bu munosabat xolis emas.

Noxolis munosabat holatlari 5 teng yoki undan katta- umumiy natijaga ishonchli emas.

Noxolis munosabat holatlari 4 ga teng- umumiy natijaning ishonchli darajasi shubxali.

Noxolis munosabat holatlari 3 ga  teng yoki undan kam- umumiy natija ishonchli.

2. Umumiy natijani  aniqlash. Yakuniy natijani aniqlash uchun 2,5,8,9,10,12,13,15,16,19,21,22,24,25,26,27,28.29 va32 raqami ostidagi xukumlarga qo‘yilgan baholarning yigindisini topish kerak.

Eslatma: so‘rovnoma 6 ta shaklga ega bo‘lib, quyida ushbu shkalalar hamda har bir shkalaga kiruvchi  xukmlarning  tartib raqami ko‘rsatilgan.

№                        Shkalalar                        Hukumlar tartib raqami

1.  Ota onaga nisbatan empatiya                                      10,13,16.

2.  Xayvonlarga nisbatan empatiya                                 19,22, 25.

3.  Kariyalarga nisbatan  empatiya                                   02,05,08.

4.  Bolalarga nisbatan  empatiya                                     26,29,35.

5.  Badiy qaxramonlarga nisbatan empatiya.                  09,12,15.

6.  Notanish odamlarga nisbatan empatiya                     21,24,27.  .

Natijalarni baholash.

Daraja                             shakl  bo‘yicha                     umumiy

Juda yuqori                                15                                 82-90

Yuqori                                         13-14                            63-81

O‘rta                                             5-12                             37-62

Past                                              2-4                              12-36

Juda past                                    0-1                              5-11

Metodika manba’si: RatanovaT. Shlyaxta T. Psixidiogonosticheskiye  metodi izucheniya lichnosti:     Uchebnoye posobiye.-M.Moskovskiy psixologo- sotsiolniy institut. Flinta, 1998. 251-255 betlar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

9 + = 17

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!