Multimedia haqida
Zamonaviy mazmunda – axborot – odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.
Yangi axborot muhitining an`anaviy muhitdan prinsipial farqi, uning o’ziga xos kichik texnologik tizimdan iboratligidadir. Zero, istalgan ta`lim muassasasi axborot-kommunikativ texnologiyalarining ta`lim jarayoniga integratsiyasi, ta`limning boshqa barcha didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, nazariy-metodologik jihatdan kichik tizimlardagi tub o’zgarishlar bilan kechadi.
Zamonaviy mazmunda – axborot – odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.
Informatika – insoniyat faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog`liq bo’lgan jarayonlarning aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan ko’nikma va vositalar tizimidir.
Axborot texnologiyalari – axborotni yig`ish, saqlash, uzatish, o’zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig`indisidan iborat.
O’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda – faqat o’quv tarbiya jarayonga qo’llanishi mumkin bo’lgan eng yangi axborot texnologiyalarni tushuniladi.
Yangi axborot texnologiyalari – turli toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash bo’yicha xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat.
Axborot texnologiyalari – ijtimoiy hayotining barcha sohalari uchun axborot yaratish, to’plash, uzatish, saqlash, va qayta ishlash hisoblash texnikasi va aloqa tizimlaridan foydalanishdir.
O’qitishdagi informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar- bu talabalarga kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari yordamida axborot uzatish usul va metodlarining majmui, bilimlarni o’zlashtirishni tekshirish, real hayotda olingan bilimlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish.
Dasturli ta’minot boshqaruvchi muhit bo’lib, talabaning harakat-larida sodir bo’ladigan vaziyatga qarab, mos javob beradi. Dastur ta’minoti maxsus ishlab chiqilgan yoki o’qitishda qo’llanishga moslangan bo’ladi.
O’qitishda qo’llaniladigan dastur ta’minoti vazifasiga qarab quidagicha tavsiflanadi:
- o’quv materialining interaktivligi, multimediyaligi,katta hajm va gipermatnliligini ta’minlaydigan elektron intellektual darsliklar asosida avtomatik o’qitish tizimlari;
- mikromirlar deb ataluvchi fanga yo’naltirilgan muhitlar;
- laboratoriya mashg`ulotlari;
- trenajyorlar;
- ma’lumotnoma tizimlar;
- kompyuterli o’yinlar.
Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimi o’quv kursini yoki uning katta bo’limini mustaqil o’zlashtirishga imkon yaratadi. Bu tizim o’zida oddiy darslik, masalalar to’plami, laboratoriya mashg`ulotlari, ma’lumotnoma va o’zlashtirilgan axborotni tekshiruvchi ekspert xususiyatlarini mujassamlantirgan:
- materialni o’rganishning maqbul yo’lini ta’minlaydi, ya’ni talabaga nazariyani o’zlashtirish va misollar hamda namunaviy masalalarni yechish ko’nikmalarini ishlab chiqish navbat-tartibini mustaqil tashkil etishiga, shuningdek olgan bilim va ko’nik-malari sifatini o’zi tekshirishiga imkon beradi;
- tahlil va tadqiqotchilik faoliyati ko’nikmalarini singdiradi;
- o’quvchining vaqtini tejashga imkon beradi.
Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi – talabalarning faol bilish, bilim orttirish jarayonlarini rag`batlantiruvchi texnologiyadir. Bu texnologiya o’quv axborotlarining verbal va tasavvurli shakllarini birgalikda namoyon etish, o’qitish jarayonini maqsadlarga moslashtirish imkonini beradi. Talabalar kompyuter bilan individual o’qitilganda darslarda kommunikativ faoliyat ko’rsata olmaydi, bundan tashqari, muammoli o’qitish zaminidagi evristik aspekt yo’qqa chiqadi..
O’qitishning videokompyuterli modelini ochiq tizim sifatida qarab, unga o’qitishning boshqa an’anaviy vositalari qo’shilishi mumkin. Albatta, har bir alohida holda verbal-vizual va tasvirli axborotning salmog`i o’zgarishi mumkin. Bularning barchasi kompyuterli va videotexnologiyalar tasvirlash vositalarining mazmuni va xususiyatlariga va mazkur mavzuni o’rganishda erishish lozim bo’lgan didaktik maqsadlarga bog`liq.
Fanga yo’naltirilgan muhit o’quv dasturlari paketidan iborat bo’lib, ma’lum klass ob’ektlari bilan ish ko’rishga, ular o’rtasidagi munosabatni va ob’ektlar hamda munosabatlar ustida olib boriladigan ishlarni bajarishga, shuningdek ob’ektlarni va ularning xossalarini yaqqol tasavvur etishga imkon beradi.
Talaba muhit ob’ektlari bilan ish ko’rganda topshirilgan didaktik masalaga erishish, yoki mustaqil tadqiqotlarni bajarishni maqsad qilib qo’yadi.
Tekshiruvchi dasturlar bilimlar sifatini tekshirish va baholash uchun mo’ljallangan.Ular o’quvchiga: javobni umum qabul qilingan shaklga maksimal yaqin-lashtirilgan hollda kiritish; tekshirish natijalarini saqlash, yig`ish, raspechatka olish (qog`ozga ko’chirish) va statistik tahlil qilish; javobning shakli va sintaktik (gapning tuzilish) savodliligidan qat’iy nazar, adekvat baho olish imkonini berishi lozim.
Ma’lumotnoma tizimlari – bu ma’lumotnomaga o’xshagan turli o’quv axborotlarini saqlash va o’quvchiga ko’rsatish uchun mo’ljallangan dasturlardir. Bu dasturlarda o’quv materiali iyerarxik tartibda joylashtiriladi va axborotni turli belgilariga qarab tez izlab topish mumkin bo’ladi. Ular kontekst ma’lumotni olish, saqlash va nusha chiqarishni ta’minlaydi.
Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to’rt yo’nalishda foydalanilmoqda:
-o’rganish ob’ekti sifatida;
- o’qitishning texnik vositalari sifatida;
- ta’limni boshqarishda;
- ilmiy-pedagogik izlanishda.
Kompyuterli o’qitishning afzalliklari juda ko’p: o’quvchilarda ma’lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi; o’quvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida o’quvchi ta’lim sub’ektiga aylanadi; o’quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo’lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo’ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar bilan ta’minlash imkoniyati hosil bo’ladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o’yin xarakterini oladi va bu bilan o’quvchilarda o’quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo.
Kompyuterli ta’lim jarayonida ta’lim o’quvchi va kompyuter orasidagi munosabatlarga ko’ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi.
Kompyuterli ta’limni tashkil etish – o’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni tashkil etish uchun ta’lim loyihalanadi. O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini rag`batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi.
Ta’lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan ko’plab elektron o’quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o’quv qo’llanma, o’rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Ular o’zida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga ko’ra ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’minlaydi.