Multimedia ilovalarini ishlab chiqish texnologiyasi

Hozirgi vaqtda ko’plab kompaniya va firmalarda amaliy mashg`ulotlar, uchrashuvlar, treninglar va boshqa tadbirlarni o’tkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda.

Businessman holding glowing globe with Social media icons.

  • «Multimedia» tushunchasi
  • Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasi
  • Multimedia ilovalari shakllari
  • Multimedia ilovalari yaratish uchun vositalar

      Hozirgi vaqtda ko’plab kompaniya va firmalarda amaliy mashg`ulotlar, uchrashuvlar, treninglar va boshqa tadbirlarni o’tkazish uchun turli kompyuter texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ma’lumot mazmunga boy, esda qoladigan va ko’rgazmali bo’lishi uchun ko’proq multimedia texnologiyalari ishlatiladi. Bular matn, grafika va ovoz kabi ma’lumot-ning turli shakllarini qayta ishlashga imkon beruvchi multimedia apparat vositalari bo’lish bilan birga amaliy dasturlar paketlari ham. Multimedia bir necha ta’rifga ega:

  • Multimedia – turli ma’lumotlarni ishlab chiqish, ishga tushirish, qayta ishlash vositalarini qo’llash tartiblarini ta’riflovchi texnologiya;
  • Multimedia – kompyuter apparat ta’minoti (kompyuterda kompakt-disklar o’qish qurilmasi – CD-Rom Drive, uning yordamida ovozli va videoma’lumotni eshittirishga yordam beradigan ovoz va videoplata, joystik va boshqa maxsus qurilmalarning mavjudligi);
  • Multimedia – bu bir necha ma’lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga birlashishi. Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, multiplikasiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma’lumot taqdim etish vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi tushuniladi.

      Bunday vositalarning birlashishi ma’lumot qabul qilishning yangi sifatli darajasini ta’minlaydi: inson passiv ravishda mahliyo bo’libgina o’tirmasdan, balki faol ishtirok etadi ham. Multimedia vositalari bilan ishlovchi dasturlar ko’pmodallidir, ya’ni ular bir necha sezgi organlariga bir vaqtda ta’sir qilgani uchun auditoriyaning qiziqishi va e’tiborini tortadi. Multimedia ilova mazmuni muallif tomonidan ssenariy tayyorlash paytida atroflicha o’ylanadi va texnologik ssenariyni ishlab chiqishda aniqlashtiriladi. Ta’limiy ma’lumot taqdim etishning an’anaviy shakli – matn va statik grafika ko’p asrlik tarixga ega bo’lsa, multimediadan foydalanish tajribasi yillar bilan o’lchanadi. Illyustrasiya, jadval va chizmalar mavjud bo’lgan animasiya elementlari va ovoz jo’rligida taqdim etilayotgan chiroyli bezalgan multimediali ilova o’rganilayotgan materialni qabul qilishni osonlashtiradi, tushunish va eslab qolishga yordam beradi, ta’lim oluvchining bilim olishga bo’lgan faolligini oshirib, predmetlar haqida aniqroq va to’laroq tushunchaga ega bo’lishini ta’minlaydi.

      Sifatli multimedia ilovalari ishlab chiqishga yo’naltirilgan turli-tuman, bir-biridan farqli texnologik usullar mavjud. Ushbu ilovalarni yaratish va ulardan foydalanishda bir qator asosiy texnologik tavsiyalarga amal qilishkerak. Multimedia ilovalarini yaratish uchun asos sifatida materialni elementlarga bo’lish va iyerarxiya tarzida ko’rgazmali ravishda taqdim etishga asoslangan holda tizimlashtirish usulini o’zida mujassam etgan materialni qamrab olish modelini olish mumkin.

  • Multimedia ilovasini loyihalashning boshlang’ich bosqichida materialni qamrab olish modeli quyidagilarga imkon beradi:
  • material mazmunini aniq belgilash;
  • mazmunni ko’rgazmali, aniq va ochiq tarzda taqdim etish;
  • multimedia ilova komponentlari tarkibini aniqlash.

Kompyuter ekranidagi ma’lumotni vizuallashtirish usullarini ishlab chiqishda psixologiya yutuqlarini hisobga olish kerakligi bir qator umumiy tavsiyalarni shakllantirishga yordam beradi:

  • ekrandagi ma’lumot tizimga keltirilgan bo’lishi kerak;
  • vizual ma’lumot davriy ravishda tovushli ma’lumotga almashib turishi kerak;
  • rang yorqinligi va/yoki tovush balandligi davriy ravishda o’zgarib turishi kerak;
  • vizuallashtirilayotgan material mazmuni juda ham sodda yoki juda ham murakkab bo’lmasligi kerak.

      Ekrandagi kadr formatini ishlab chiqishda va yaratishda ko’rish maydonini tashkil etishni belgilovchi obyektlar orasida maqsad va munosabat borligini hisobga olish tavsiya etiladi. Obyektlarni quyidagicha joylashtirish tavsiya qilinadi:

  • bir-biriga yaqin, ya’ni ko’rish maydonida obyektlar bir-biriga qanchalik yaqin bo’lsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan yagona, yaxlit obrazni tashkil qiladi;
  • jarayonlar o’xshashligi, ya’ni obrazlarning o’xshashligi va yaxlitligi qanchalik ko’p bo’lsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan uyg’unlashadi;
  • davom etish xususiyatlarini hisobga olgan xolda, ya’ni ko’rish maydonida tartibli ketma-ketlikning davom etishiga mos keladigan joylarda joylashgan elementlar qanchalik ko’p bo’lsa, ular shunchalik katta ehtimol bilan yaxlit yagona obrazga birlashadi;
  • obyektlar shakli, harf va raqamlar o’lchami, ranglarning to’qligi, matnning joylashishi va boshqalarni tanlashda predmet va fonni belgilashning o’zigaxosligini hisobga olgan holda;
  • vizual axborotlarni ortiqcha detallar, yorqin va kontrast ranglar bilan bezamagan holda;
  • xotirada saqlash uchun mo’ljallangan materialning rangini o’zgartirish, tagiga chizish, shrift o’lchamini va stilini o’zgartirish orqali ajratish.

      Multimedia ilovalarini ishlab chiqishda turli rang va fonda tasvirlangan obyektlar insonlar tomonidan turlicha idrok qilinishini hisobga olish kerak. Vizual axborotlarni tashkil etishda predmetlarning fonga nisbatan kontrasti muhim rol o’ynaydi. Kontrastning ikki turi mavjud: to’g’ri va teskari. To’g’ri kontrastda predmetlar va uning tasvirlari fonga nisbatan to’qroq, teskari kontrastda esa ochroq bo’ladi.    

      Multimedia ilovalarida odatda har ikki turidan foydalaniladi, turli kadrlarda alohida va bitta kadr doirasida birgalikda. Ko’p hollarda teskari kontrast ustunlik qiladi. Multimedia ilovalarining to’g’ri kontrastda ishlashi afzalroq hisoblanadi. Bu holda yorqinlikning ko’payishi ko’rinishning yaxshilanishiga, teskari holatda esa yomonlashishiga olib keladi, lekin teskari kontrastda namoyish etiladigan harf va belgilar, kichik o’lchamda bo’lganda ham to’g’ri kontrastga nisbatan aniqroq va tezroq o’qiladi. Tasvir qismlarining nisbiy o’lchamlari qanchalik katta va uning yorqinligi yuqori bo’lsa, kontrast shunchalik kichik bo’lishi kerak. Ko’rish maydonida yorug’likning bir me’yorda taqsimlanishi orqali ekrandagi axborotlarni erkin qabul qilishga erishiladi.

      Kompyuter ekranidan axborotlarni o’rganishni optimallashtirish uchun multimedia ilovalarini ishlab chiqaruvchilarga mantiqiy urg’ulardan foydalanish tavsiya etiladi. Ta’lim oluvchining diqqatini ma’lum bir obyektga jalb qilishga yo’naltirilgan usullar mantiqiy urg’ular deyiladi. Mantiqiy urg’ularning ruhiy ta’siri ta’lim oluvchi tomonidan bosh obyektni topishga sarflanadigan vaqtning kamayishi va diqqatni shu obyektga jalb qilish bilan bog’liq. Mantiqiy urg’ularni yaratish uchun aksariyat hollarda quyidagi usullar tez-tez ishlatiladi: asosiy obyektni yanada yorqinroq rang bilan tasvirlash, o’lchamini, yorqinligini, joylashuvini o’zgartirish yoki shu’la taratuvchi rang bilan ajratish. Mantiqiy urg’uni son jihatidan uning intensivligi bilan baholash mumkin. Intensivlik obyekt rangi va yorqinligining fonga nisbatan mutanosibligiga, obyektning nisbiy o’lchamlari tasvir fonidagi predmetlar o’lchamiga nisbatan o’zgarishiga bog’liq. Yanada yorqinroq yoki kontrastliroq ranglar bilan belgilash

yaxshiroq hisoblanadi, o’lchamini yoki yorqinligini o’zgartirish, shu’la taratuvchi rang bilan ajratish unchalik yaxshi chiqmaydi.

      Multimedia ilovalari quyidagilarga bo’linadi:

  • prezentasiyalar;
  • animasion roliklar;
  • o’yinlar;
  • videoilovalar;
  • multimediali galereyalar;
  • audioilovalar;
  • web uchun ilovalar.

Multimediani ta’limda qo’llashning asosiy afzalliklari

      Talab darajasida to’g’ri ishlab chiqilgan multimedia materiallari matnli axborotga qaraganda bir muncha ilg’or usul bo’lib, o’quvchilarda aniq va samarali mental model (tasavvur) shakllanishiga yordam beradi. O’tkazilgan kompleks tadqiqot natijalariga ko’ra (Shephard – Shepard) to’g’ri ishlab chiqilgan multimedia materiallarining afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • Muqobil istiqbollar.
  • Faol ishtirok.
  • Tezkor ta’lim olish.
  • Bilimlarni xotirada saqlash va qo’llay olish.
  • Muammolarni yechish va qaror qabul qilish ko’nikamalari.
  • Tizimli ravishda tushuna borish.
  • Yuqori darajadagi tafakkur.
  • Mustaqillik va e’tiborlilik.
  • Axborotlar ketma-ketligi va tezligini (temp) boshqarish.
  • Qo’llab-quvvatlash axborotlaridan foydalanish imkoniyatlari.

      Multimedia materiallarining potensial afzalliklari haqida Meyer (Mayer) ham aytib o’tgan. Tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini yaratgan holda, alohida olingan ushbu imkoniyatlarning har biridan ham ko’ra multimedianing ma’lum ustunligi mavjud. Ushbu ikkita axborotni qabul qilish kanallarining bir-biridan keskin farq qilishiga qaramasdan, ularning multimediadagi kombinasiyasi juda ham muvaffaqiyatli chiqqan, chunki bunda ikkala tizimning ham afzalliklaridan samarali foydalaniladi. Matn va grafika o’rtasidagi aloqalar mavzuni chuqurroq tushunishga va mental model (tasavvur)ning yaxshiroq shakllanishiga keng imkoniyatlar yaratadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

− 1 = 1

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!