Axborot haqida
Axborot – olamdagi butun borliq, undagi ro’y beradigan xodisalar va jarayonlar xaqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Axborot kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari
Axborotlashtirish faoliyatining rivojlanishida ularni yig’ish, saklash, qayta ishlash va jamiyatda ilmiy axborotlarni tarqalishi natijasida yangi ilmiy yo’nalish — informatika vujudga keldi. XX asrning 50- yillarida yangi fan – informatikaga asos solindi. Informatika termini fransuz so’zlari information (axborot) va automatique (avtomatika) negizida hosil bo’lgan. Informatika kompyuter texnikasini qo’llashga asoslanib inson faoliyatining turli sohalarida axborotlarni izlash, to’plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir.Qisqa qilib aytganda, informatika kompyuter texnikasi asosida axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo’llash usullarini o’rganadigan fandir.emak, informatika uchun asosiy ashyo – axborot. U informatika fanida asos tushuncha sifatida qabul qilingan.
Informatika tavsifi. Informastiya iste’molchisi – axborotni kaerda va kaysi anik masala uchun ishlatilishi, foydalanish turi va vazifasiga karab unga baxo beradi. Shunga ko’ra informatikani progmatik, semantik va sintaktik jabxalarga ajratish mumkin.
Informatika urganadigan va uzaro boglangan uchta asosiy tushuncha bor. Bular axborot, algoritm va EXM dir.
Axborot tushunchasi
Informatika sohasining asosiy resursi bu – axborotdir.
Axborot – olamdagi butun borliq, undagi ro’y beradigan xodisalar va jarayonlar xaqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Axborot va uning turlari
Axborot manbalari va iste’molchilarning har xilligi axborot shaklining turli ko’rinishda bo’lishiga olib keladi:
Belgili – turli ishoraviy belgilardan iborat axborotlar.
Matnli – xarf, raqam va belgilar to’plamidan tarkib topgan axborot.
Grafik – tasvirlardan iborat bo’lgan tasavvur ko’rinishidagi axborot.
Informatikasohasining asosiy resursi bu – axborotdir.
Axborotning asosiy xossalari:
- to’liqlik;
- yaroqlilik;
- ishonchlilik;
- dolzarblik;
- tushunarlilik.
Axborot – olamdagi butun borliq, undagi ro’y beradigan xodisalar va jarayonlar xaqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida,kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Axborot va uning turlari.
Axborot manbalari va iste’molchilarninghar xilligiaxborot shaklining turli ko’rinishda bo’lishiga olib keladi:
- Belgili – turli
ishoraviy belgilardan iborat axborotlar. Bular biror voqea-xodisalar haqidagi
axborotlarni uzatishda foydalaniladi.
- Matnli – xarf, raqam va belgilar to’plamidan tarkib topgan ma’lum ma’noni anglatuvchi so’zlardan iborat axborot.
- Grafik – tasvirlardan iborat bo’lgan tasavvur ko’rinishidagi axborotlar.
- Video va audeo ko’rinishdagi ma’lumotlar
Axborot nima?
Ma’lumki, axborot (lotincha informatio – tushuntirish, xabar olish bayon etish,) – biror hodisa, kishi faoliyati yoki muayyan bilim haqidagi ma’lumotlar to’plamini ifodalaydigan fanning umumiy tushunchalaridan biridir. Axborot inson sezgi organlari orqali tashqi dunyodan oladigan xabarlar mazmuni va ma’nosidir.
Kundalik hayotda kimningdir manfaatiga mos keluvchi ixtiyoriy ma’lumot yoki xabarni axborot deb atashadi. Masalan, qandayodir muhim hodisa yoki kimningdir faoliyatiga doir ma’lumotlar. «Xabar bermoq» iborasining ma’nosi «avval noma’lum bo’lgan biror xabarni yetkazishdir.
Axborot — atrof-muHitdagi ob’ektlar, voqealar, ularning parametrlari, xususiyatlari va holati haqidagi ma’lumotlar bo’lib, ularni axborot tizimlari (tirik organizmlar, boshqaruvchi mashinalar va shu kabilar) qabul qilib,foydalanadilar
Biror ob’ekt yoki voqea haqidagi bitta axborot ma’lumoti (gazetadagi maqola, e’lon, xat, telegramma, hikoya, chizma, radioeittrish va shu kabilar) uni tushunish, unga qiziqish nuqtai-nazaridan turli toifadagi kishilar uchun turlicha axborot miqdorida yetkaziladi.
Masalan, yapon tilida tuzilgan ma’lumotning ushbu tilni bilmagan insonga hech qanday qizig’i yo’q. Biroq yapon tilini biladigan kishiga u qimmatli, muHim ma’lumot bo’lishi mumkin. Maxsus belgilar orqali ifodalangan ma’lumot ham bu belgilardan foydalanish qoidalarini bilmagan kishiga yangi ma’lumot bo’la olmaydi. Belgilar qoidasidan foydalanish ma’lum bo’lgandagina, ushbu ma’lumot ma’nosini anglash mumkin.
Axborot ma’lumotning tavsifi emas, u ma’lumot va uning iste’molchisi o’rtasidagi o’zaro munosabatni bildiradi. Iste’molchisiz ma’lumot ma’noga ega emas. Ma’lumot iste’molchi tomonidan o’zlashtirilgandagina axborotga aylanadi.
Axborot turli shakllar va ko’rinishlarda mavjud bo’lishi mumkin.:
- Matnlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar ko’rinishida;
- Yorug’lik nuri va tovush signallari ko’rinishida;
- Radioto’lqinlar ko’rinishida;
- Elektr va nerv impulslari ko’rinishida;
- Magnit yozuvlari ko’rinishida;
- Imo-ishora va mimika orqali;
- Hid va ta’m ko’rinishida;
- Avloddan avlodga o’tuvchi irsiy xromosomalar va shu kabilar ko’rinishida.
Axborot xossalari nuqtai nazaridan qaralayotgan moddiy va nomoddiy dunyoning predmetlari, jarayonlari, voqealari informatsion ob’ektlar deyiladi..
Axborot qandaydir manbadan qabul qiluvchiga xabar yoki ma’lumot ko’rinishida ular o’rtasidagi aloqa kanali orqali uzatiladi. Manba xabarni uzatishida uni uzatiladigan signalga aylantirib kodlashtiradi. Ushbu signal aloqa kanali orqali uzatiladi. Natijada qabul qiluvchida qabul qilingan signal hosil qilinib, u qabul qilingan ma’lumotga aylantirilishi uchun signaldan asliga qaytarish maqsadida dekodlashtiriladi.
Axborot xossalari
Axborot quyidagi xossalarga ega:
- ishonchlilik;
- to’liqlilik;
- qimmatlilik;
- dolzarblilik;
- tushunarlilik;
- qulaylilik;
- qisqa va lo’ndalilik;
va boshqalar.
Axborot ishonchli deyiladi, agar u ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni yoki voqelikni real akslantirsa. Ko’pincha axborot ishonligi axborotning muvofiqligi bilan xarakterlanadi. Axborotning muvofiqligi – ob’ekt, hodisa yoki jarayon haqidagi olingan ma’lumotning ma’lum ma’noda real haqiqatga mosligidir. Ishonchli bo’lmagan axborot uning noto’g’ri talqin qilinishiga yoki noto’g’ri qarorlar qabul qilinishiga olib keladi.
Ishonchli axborot vaqt o’tishi bilan ishonchli bo’lmagan axborotga aylanishi mumkin, ya’ni vaqt o’tishi bilan u eskirib, voqelikni to’g’ri, ro’yi-rost akslantirmasligi ham mumkin.
Axborot to’liq deyiladi, agar u tushunish yoki uning asosida to’g’ri qaror qabul qilish uchun yetarli darajada bo’lsa. To’liq bo’lmagan va haddan ziyod ortiqcha axborot qaror qabul qilish jarayonini sekinlashtirishi yoki xatoliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Ma’lumotlarni o’lchov birliklari.Axborotni o’lchash
Said Ahmadning «Kelinlar qo’zg’oloni» asaridagi axborot miqdori qancha yoki pasportingizdagi fotosuratda qancha axborot miqdori mavjud degan savolga qanday javob olish mumkin? Bunday savollarga javoblar olish uchun axborotni o’lchashda ishlatiladigan birliklar bilan tanishib chiqamiz.
Axborotning eng kichik o’lchov birligi sifatida bir bit qabul qilingan ( bit — inglizcha binary, digit — ma’nosi ikkilik raqam).
Axborot nazariyasida bit – ikki teng ehtimolli holatdan birini farqlash imkonini beruvchi axborot miqdoridir..
Hisoblash texnikasida bit «0» yoki «1» belgilaridan birini qabul qiluvchi va saqlovchi xotiraning eng kichik bo’lagidir.
Amaliyotda ko’pincha axborotning kattaroq o’lchov birligi — bayt ishlatiladi. 1 bayt 8 bitga teng. Kompyuter klaviaturasidagi barcha 256 belgini kodlashtirish uchun 8 bit zarur (256=2[i]).
Axborot texnologiyasi – bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
- Har qanday maxsulotning o’lchov birligi mavjud, masalan litr, metr, kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar.
- Xuddi shunga o’xshash axborotning ham o’lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit xisoblanadi, bir bit bu bitta “1” yoki bitta “0”.
- Bunda signalning mavjudligi “1” bilan yoki yo’qligi “0” bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qaraladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb qabul qilingan.
- Shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlar sig’imini o’lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), terrabayt (tb) va x.k.o’lchamlar mavjud:
- 1 Kb =1024
bayt,
- 1 Mb=1024 Kbayt,
- 1 Gb =1024 Mbayt,
- 1 Tb =1024 Gbayt.
Ta’limda zamonaviy AKTlardan foydalanish
Тexnologiya so’zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Тexnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig’indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Тexnologiya ob’ektining dastlabki, boshlang’ich xolatini o’zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatik, tvorog, smetana, yog’ va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang’ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham «texnologiya» tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» so’zini qo’shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Тexnologiyani quyidagicha ta’riflash mumkin. Тexnologiya — bu sun’iy ob’ektlarni yaratishga yo’naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo’nalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafakat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o’zgartirish maqsadida, balki axborotni kayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshkariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin.
Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma’lumotni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini kondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo’lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo’lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Тurli texnologiyalarni qo’llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Хuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o’quvchi boshlang’ich axborotni qayta ishlash uchun o’zining bilimini qo’llaydi. Masalaning yechimi bo’lgan yangi axborot mahsuloti, o’quvchi tanlay olgan masalani yechish texnologiyasi, usuliga bog’liq.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o’zining «uskunalari», vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o’zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoklari keng qo’llanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo’llanishiga urg’u berish maqsadida ko’pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi.
Ilg’or texnologiyalarning tavsifi va rivojlanishi
“Ilg’or ta’lim texnologiyalari” tushunchasining mazmuni. Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o’zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi.
Innovatsiyalarning asosiy ko’rinishlari quyidagilar sanaladi:
– yangi g’oyalar;
– tizim yoki faoliyat yo’nalishini o’zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
– noan’anaviy yondashuvlar;
– odatiy bo’lmagan tashabbuslar;
– ilg’or ish uslublari.
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida echish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Ilg’or ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo’llanilgan.
Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular:
- Faoliyat yo’nalishiga ko’ra: pedagogik jarayonda yoki ta’lim tizimini boshqarishda qo’llaniladigan innovatsiyalar.
- Кiritilgan o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra: radikal, modifikatsiyalangan hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar.
- O’zgarishlarning ko’lamiga ko’ra: tarmoq (lokalь), modul va tizim innovatsiyalari.
- Кelib chiqish manbaiga ko’ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o’zlashtirilgan innovatsiyalar.
Ta’lim tizimida yoki o’quv faoliyatida innovatsiyalarni qo’llashda sarflangan mablag’ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko’zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o’zgaruvchan mexanizmga ega bo’lishi zarur.
Barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to’g’risida so’z yuritiladi.
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o’zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi.Bordi-yu, faoliyat ma’lum kontseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o’zgartirishga xizmat qilsa, u holda u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi.