Tarmoq texnologiyalari. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari
Korxonalar miqyosida iqtisodiyotni boshqarish mazkur jarayonda katta jamoalarning ishtirok etishini talab qiladi. Bu jamoalar shaharning turli tumanlarida, mamlakatning turli mintaqalarida va hatto boshqa-boshqa davlatlarda joylashgan bo’lishi mumkin. Boshqaruvni oqilona amalga oshirishni hal etish uchun axborot almashish tezligi va qulayligi, va shuningdek ma’muriyatning uzviy aloqada bo’lish imkoniyatlari muhim va dolzarb bo’lib qolmoqda.
Korxonalar miqyosida iqtisodiyotni boshqarish mazkur jarayonda katta jamoalarning ishtirok etishini talab qiladi. Bu jamoalar shaharning turli tumanlarida, mamlakatning turli mintaqalarida va hatto boshqa-boshqa davlatlarda joylashgan bo’lishi mumkin. Boshqaruvni oqilona amalga oshirishni hal etish uchun axborot almashish tezligi va qulayligi, va shuningdek ma’muriyatning uzviy aloqada bo’lish imkoniyatlari muhim va dolzarb bo’lib qolmoqda.
1970-1980 yillarda ushbu masalalarni hal etishda axborotlarni «markazlashtirilgan» qayta ishlash tizimlaridan foydalanish keng tarqaldi. Katta moddiy xarajatlar talab qiluvchi elektron hisoblash mashinalardan (EHM) markazlashgan usulda foydalanish avvalo uning hisoblash quvvatidan beunum foydalanishiga va kompyuter resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini cheklanishiga olib keladi. Qolaversa markaziy EHMning biron-bir qismining qisqa vaqtga bo’lsada ishdan chiqishi butun tizim uchun og’ir oqibatlarni keltirib chiqardi. Bu esa informatsion tizim foydalanuvchilarining barchasining ishini to’xtatishga olib keldi. Nihoyat, shaxsiy kompyuterlar, serverlarning dunyoga kelishi hamda tarmoq texnologiyalarining rivoji axborotlarni yig’ish va qayta ishlashning yangi «tarmoqlangan qayta ishlash» texnologiyasini yaratishga asos bo’ldi.
Axborotlarni qayta ishlash tarmoqlangan tizimi informatsion tizimning shunday bir turiki, unda axborotlarni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida-alohida, lekin o’zaro informatsion aloqa kanallari bilan bog’liq bo’lgan kompyuterlarda amalga oshiriladi.
Korxonalarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish uchun kompyuterlar bir biriga ulanadi va natijada, hisoblash tarmoqlari hosil bo’ladi. Hisoblash tarmoqlarida quyidagi imkoniyatlar mavjud:
– ma’lumotlar va fayllarni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish;
– umumiy ma’lumotlar xazinasini tashkil qilish va uni ishlatish;
– axborot tizimlarini tashkil qilish.
Kompyuter tarmog’i-bu kompyuterlarni bir-biri bilan bog’laydigan tizim hisoblanadi. U disklarni ishlatmasdan, ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish uchun xizmat qiladi.
Hisoblash tarmoqlari quyidagi tiplarga bo’linadi:
– LAN(Local Area Network) — lokal hisoblash tarmog’i.
– MAN (Metropolitan–regional Area Network) –korporativ (regional yoki mintaqaviy) hisoblash tarmog’i.
– WAN (Wide Area Network) — jahon hisoblash tarmog’i.
– KAN (Korporativ Area Network) — korporativ hisoblash tarmog’i.
Kompyuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan hududiy taqsimlanishi jihatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi.
Global tarmoqlar butun dunyo bo’yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko’pincha bir-biridan 10-15 ming kilometr uzoqlikdagi SHK va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo’ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo’lmagan mamlakat shaharlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko’pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 kilometrni tashkil etadi.
SHKning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog’laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o’sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har qanday tizilmaga ega bo’lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi SHKlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog’langan bo’ladi. Barcha SHKlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo’lishi – lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyatidir. Optik kanalda yorug’lik o’tkazgich inson sochi tolasi qalinligida yasalgan. Bu o’ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel.
Lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliga quyidagicha: ko’p marta foydalaniladigan rejimda dasturli modem, printerlar tarmog’idagi disklarning umumiy resurslaridan va hamma kirish mumkin bo’lgan diskda saqlanuvchi ma’lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir SHKdan boshqasiga axborot uzatish imkoniyati.Fayl-serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarini sanab o’tamiz:
1. Shaxsiy va umumiy foydalanuvchi ma’lumotlarni faylli serverda saqlash imkoniyatining mavjudligi. Shu bois ham umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar ustida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi (matnlar, elektron jadval va ma’lumotlar bazasini ko’rib chiqish, o’qish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar darajasidaga ma’lumotlar ko’p tomonlama himoya qilinadi; umumiy ma’lumotlarning Excel, Access kabi tarmoqli amaliy dasturlangan mahsulotlar bilan yaratiladi. Ayni paytda amaliy dasturda belgilangan kirish uchun chegara tarmoq operasion tizimi orqali o’rnatilgan chegara doirasida bo’ladi.
- Ko’pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo’ladigan dasturli vositani doimiy saqlash imkoniyati: u yagona nusxada fayl-server diskida bo’ladi. Shuni qayd etamizki, dasturli vositani bunday saqlash foydalanuvchi uchun ilk ish usullarini buzmaydi. Ko’pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo’lgan dasturli vositaga avvalo matn va grafik tahrirlovchi, elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi va boshqalar kiradi. Ko’rsatilgan imkoniyatlar orqali quyidagi ishlarni bajarish mumkin: ishchi stansiyalar-ning lokal diskni dasturlangan vositalarini saqlashdan ozod qilish hisobiga tashqi xotiradan unumli foydalanish; tarmoq operasion tizim himoya vositasi bilan dasturli mahsulotlarni ishonchli saqlash; dasturli mahsulotlarni ishlashga layoqatli ahvolda ushlab turishni va ularni yangilashni soddalash-tirish, chunki ular fayl-serverda bir nusxada saqlanadi.
- Tarmoqning barcha SHKlari o’rtasida axborot almashish. Ayni paytda tarmoqdan foydalanuvchilar o’rtasida dialog saqlanadi, shuningdek elektron pochta ishini tashkil etish imkoniyati ta’minlanadi.
- Bir yoki bir qancha umumtarmoq printerlarida tarmoqdagi barcha foydalanuvchilarning bir vaqtda yozishi. Bu paytda quyidagi omillar ta’minlanadi: har bir foydalanuvchining tarmoq printeriga kira olishi; kuchli va sifatli printerdan foydalanish imkoniyati; dasturli mahsulotlar sifatida bosishini amalga oshirish.
- O’quvchilar va o’qituvchilar SHKlari o’rtasida axborot almashishning maxsus dasturini qo’llash hisobiga o’quv jarayonlarini uslubiy takomillashtirish uchun tarmoq muhitidan foydalanish imkoniyati. Shular sababli quyidagilarni amalga oshirish mumkin: o’qituvchi SHKda bajariladigan ishlarni o’quvchilar SHKda ko’rsatish; o’qituvchining SHK monitorida o’quvchilar SHKlari ekranlarini aks ettirish orqali o’quvchilar bajaradigan ishlarni nazorat qilish.
- Global tarmoqning yagona kommunikatsiya uzeli bo’lganda lokal tarmoqning har qanday SHKdan global tarmoq resurslariga kirishni ta’minlash.
Tarmoq topologiyasi – bu SHKlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy chizmasi. Lokal tarmoqlarida ko’pincha quyidagi asosiy uch topologiyadan biridan foydalaniladi: monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko’pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining o’zi zarur.
Kirish uslubi – bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma’lumotlarni uzatish kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar to’plamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng tarqalgan kirish uslublari Ethernet, Token-Ring, Arenet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy qurilma bo’lib, har bir SHK tarmog’iga o’rnatiladi va tarmoq kanallari bo’yicha axborot uzatish hamda qabul qilishni ta’minlaydi.
Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash – bu ma’lumotlarni mustaqil holda, lekin taqsimlangan tizimni ifodalovchi, bir-biri bilan bog’langan SHKlar tomonidan qayta ishlash demakdir.
Shinali topologiya — eng oddiy turlardan biri. U uzatish vositasi sifatida koaksial kabeldan foydalanish bilan bog’liq. Ma’lumotlar tarmoq uzatish uzelidan shina bo’iicha har ikki tomonga tarqaladi.
Yulduzsimon topologiya markaziy uzel konsepsiyasiga asoslanadi. Unga sirtqi uzellar
ulanadi. Har bir periferiya uzel markaziy uzel bilan alohida o’z aloqa tarmog’iga ega. Barcha ma’lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi.
Intranet – bu internet texnologiyasi, dasturiy ta’minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, hamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki konsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog’idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. Bir yoki bir necha serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron hujjat, ma’lumotlar bazasi va fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi katalogda qanday nom bilan saqlanganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo’ladi.
Internetning tarkibiy qismlari. Internet o’z-o’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:
- Texnik
- Dasturiy
- Informatsion
Internetning xizmat turlari:
- Veb sayt – biror bir sohaga, faoliyatga, voqyea va xodisaga bag’ishlangan ma’lumotlarni o’zida jamlagan Internet sahifalar majmui.
- Internet provayder – Internet tarmog’i xizmatlaridan foydalanishni ta’minlab beruvchi yuridik shaxs.
- Elektron pochta – Internet tarmog’i orqali tezkor ma’lumotlar va xabarlar almashish tizimi
- Chat – Internet tarmog’i orqali tezkor muloqotni yozishuv asosida tashkil qilish xizmati
- Forum – Internet tarmog’i orqali turli toifadagi masalalarni o’zaro muhokama qilish tizimi
- Internet konferensiya – Internet tarmog’i xizmatlari orqali turli anjumanlarni tashkil etish
- Trafik – bu Internet aloqa kanallari orqali uzatilgan ma’lumotlar oqimi hajmi.
- Internet manzil (URL) – Internet tarmog’ida joylashtirilgan
axborot resurslarining murojaat manzillari.
- Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish
- Internet o’yinlar, madaniy xordiq, radio va televideniye
- Internet do’konlar va boshqalar.