A

Axborot

– Taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxs, predmet, dalil, voqea, hodisa va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar. Dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon kabi obyektlar haqidagi bilim (ma’lumotlar) hamda tushunchalar yoki buyruqlar.

– Ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ichiga oluvchi dalil, voqea, hodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyektlar haqidagi bilim (ma’lumotlar).

Axborot xavfsizligi – Himoyalanayotgan axborotni uchta xususiyatini: maxfiylik, butunlik, tayyorliklarni saqlash maqsadida kirilayotgan axborotga chegaralarni ta’minlash.

 Axborot tizimi

– Axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda ulardan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.

 Axborot texnologiyasi – ob’yekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti) ning holati to’g’risida yangi sifatdagi axborot olish uchun ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish va uzatish vositalari hamda usullarining majmuidan foydalanuvchi jarayon.

Axborot resursiaxborot tizimi tarkibidagi electron shaklidagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi.

Axborot jamiyatiko’pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatidir.

Antivirus – Viruslarni aniqlovchi va ulardan kompyuterni tozalovchi maxsus programma.

 Arxivdan tiklash – Faylni arxivli fayldan qayta tiklash. Algoritm – bu qo’yilgan masalani yechish uchun bajarilishi lozim bo’lgan amallar ketma-ketligi haqidagi aniq qoidalardir.

Algoritmlash masalani yechish bosqichi bo’lib, masalaga qo’yilgan shart va talablar asosida oxirgi natijani, masalaning echimini olish uchun ish­lab chiqilgan algoritmlarni yaratish bilan shug’ullanadigan informatikaning bo’limidir.

ActiveXVeb-sahifalar yaratuvchilarga o‘zaro faol muhitni yaratish imkonini beruvchi texnika vositalari va amallar to‘plami, ko‘p sonli asboblarni yaxlit qilib birlashtirish vositasi.

 Alfa-sinov – Kelajakdagi dasturiy mahsulotni umumiy baholash va unga u yoki bu kerakli xususiyatlarni qo‘shish uchun mo‘ljallangan dastur yoki dasturiy ta’minotning dastlabki sinov bosqichi.

Amaliy xavfsizlik – Ma’lumotlarni kiritish, ishlov berish va chiqarish amallarini bajarishda turlashdan, yo‘q qilishdan va oshkor qilishdan (tasodifiy, mualliflashmagan, yoki qasddan) muhofazalash.

Analog signal – To‘xtovsiz o‘zgaruvchi elektr kuchlanish yoki elektr toki shaklidagi axborot tashuvchisi. Vaqt davomida o‘zgaruvchan analog signal amplitudasi u tashuvchi axborotning miqdoriga mos bo‘lib, odatda o‘lchangan fizikaviy kattalikni bildiradi, masalan, harorat, tezlik va h.k. Analog signal tashuvchi axborotga kompyuterda ishlov berish uchun analog-raqamli o‘zgartgich zarur.

Antenna – Radiochastota signallarini uzatish va/yoki qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan qurilma. Antennalar alohida chastota uchun ishlab chiqilib, odatda dizayni, tuzilishi va joylashishi bo‘yicha katta farq qiladi. Masalan, mobil

telefonlarda antenna ichiga o‘rnatilgan (apparat qobig‘i ichida yashirilgan) yoki tashqi (qobiq chegaralaridan tashqari chiquvchi) bo‘lishi mumkin.

  Apparat ta’minoti – Hisoblash tizimi tarkibiga kiruvchi uning faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan jami apparat vositalari. Apparat ta’minotiga kompyuter, tashqi qurilmalar, aloqa tarmoqlari va h.k. kiradi. Ular texnik nuqtai nazardan tizimning samarali ishini, uning foydalanuvchiga ma’lum xizmat turlarini ko‘rsatishni ta’minlaydi. Ushbu atama hisoblash tizimining dasturiy ta’minot bo‘lmagan qismini bildiradi.

 Apparat vositalarni tavsiflash tili – Diskret signallarga ishlov berishga mo‘ljallangan qurilmalarni modellash, ishlab chiqish va testlash jarayonlarining ixtisoslashgan tili. U ishlab chiquvchilarga, shajaraviy tuzilmalarni yaratishga, xilma xil funksiyalarni amalga oshirish hamda murakkab arifmetik amallar va mantiqiy solishtirishlarni bajarishga imkon beradi.

 Arxitektura – Murakkab obyektning tuzilishi, bajarilayotgan vazifalari va tarkibiy bo‘laklarining o‘zaro bog‘liqligini belgilovchi konsepsiya. Tarmoq me’moriy tuzilmasi uning asosiy elekmentlari va ularning o‘zaro ishlash tavsifi va topologiyasini belgilaydi. Axborot tizimi tarkibiy tuzilmasi uning umumiy mantiqiy tuzilishi, dasturiy-apparat ta’minotini, kodlash uslublarishi ta’riflaydi va foydalanuvchining tizim bilan interfeysini belgilaydi.

Arxiv –  Arxivator yordamida ochish mumkin bo‘lgan, tarkibida bir yoki ko‘p (odatda kompressiyalangan) fayllar va axborot bo‘lgan fayl. Arxivlar odatda dasturiy mahsulotlar yoki rezerv nusxalarni tarqatish uchun yaratiladi. tar, gzip formatidagi arxivlar UNIX; zip, rar, arj formatidagi arxivlar esa Windows amaliy tizimlarida ishlatiladi.

Arxiv ishi – Arxiv hujjatlarini saqlash, ro‘yxatga olish va ulardan foydalanishni tashkil qilish faoliyati.

Asosiy raqamli kanal – 64 kbit/sek tezlikda signallar uzatishga mo‘ljallangan namunaviy raqamli kanal.

Assembler tili – Tushunchalari kompyuter me’moriy tuzilmasini aks ettiradigan quyi pog‘ona dasturlash tili. Assembler tili tarkibiga jumlalar, buyruqlar va ma’lumotlar formatlari kiradi, ular muayyan kompyuter imkoniyatlariga bir qiymatli tarzda mos keladilar. Boshqacha qilib aytganda, har bir operatorga kompyuterning biror buyrug‘i mos keladi. Assembler tilidan mashina tiliga o‘girishni avtomatlashtirish uchun yaratilgan dasturlar assemblerlar deb ataladi. Assemblerning kirishiga Assembler tilida yozilgan dastlabki dastur kiritiladi. Assembler chiqishida, mashina buyruqlaridan tarkib topgan dastur beriladi. Disassembler deganda, mashina kodidan Assembler tilida yozilgan dasturga o‘zgaruvchi dastur nazarda tutiladi.

Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi – Ma’lumotlarni uzatish, to‘plash, saqlash va qayta ishlash uchun hisoblash texnikasi va aloqa tizimlari usullari va vositalari qo‘llaniladigan axborot texnologiyasi.

Tizim – Inson faoliyati jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan dasturiy va apparatli vositalar tizimi. Avtomatik tizimdan farqli o‘laroq, avtomatlashtirilgan tizim har doim inson ishtirokida faoliyat ko‘rsatadi va inson uning asosiy bo‘g‘inidir.

Axborot ehtiyojlari –  Nomoddiy ehtiyojlar turi. Aniq vazifani bajarish yoki muayyan maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan axborotga ehtiyoj.

Axborot eskirishi – Axborotning vaqt o‘tishi bilan o‘zining amaliy qiymatini yo‘qotish xususiyati. U ushbu axborot aks ettiruvchi fan sohasi ahvolining o‘zgarishiga bog‘liq.

Axborot izlash – Axborot massivida oldindan belgilangan izlash sharti (so‘rovi) talabini qondiruvchi yozuvlar borligini aniqlash jarayoni va agar ular mavjud bo‘lsa bunday yozuvlar joylashishini aniqlash jarayoni.

Axborot vositachisi – Boshqa shaxs nomidan elektron hujjatlarni jo‘natuvchi, oluvchi yoki saqlovchi, yoki ushbu hujjatlarga nisbatan boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi shaxs.

Axborot vositachisi – Boshqa shaxs nomidan elektron hujjatlarni jo‘natuvchi, oluvchi yoki saqlovchi, yoki ushbu hujjatlarga nisbatan boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi shaxs.

Almashtirish – shifrlash usuli bo’yicha boshlangich matn belgilari foydalanilayotgan yoki boshqa bir alifbo belgilariga almashtiriladi.

Audio-video adapter kompyuter yordamida musiqa ijro etilishini va turli video roliklarni ko`rishni ta`minlovchi qurilma.

Amaliy dasturiy ta`minot (Aplication program paskage) bu aniq bir sohasi bo`yicha ma`lum bir masalalar sinfini yechishga mo`ljallangan dasturlar majmuasidir.

AUTOEXEC.bat qo`shimcha sozlash ma`lumotlari joylashgan maxsus matn fayli. CONFIG.sys fayli yuklangandan keyin MS DOS ushbu faylni avtomatik tarzda amalga oshiradi.

B

Banner – Veb-sahifadagi reklama xarakteridagi tasvir yoki matn bloki. U reklama beruvchining Veb-saytiga yoki mahsulot yohud xizmat turi atroflicha bayon qilingan sahifalarga giper murojaatdan iborat. Bannerlar tashrifchilarni jalb etish uchun, imidjni shakllantirish yoki shu resursni siljitish uchun turli Internet – resurslarda joylashtiriladi.

Bayt – Sakkiz bitga teng bo‘lgan axborot miqdorining asosiy o‘lchov birligi. Keng ishlatiladigan qisqartirishlar: Kb = Kilobayt = 210 bayt, Mb = Megabayt = 220 bayt, Gigabayt (Gb) =230 bayt, Terabayt (Tb) =240 bayt, Petabyte (Pb), Exabyte (Eb), Zettabyte (Zb), Yottabyte (Yb).

Beshinchi avlod tili – Sun’iy tafakkur va neyron tarmoqlarida masalalarni yechish uchun foydalaniladigan til. Hozirgi kunda bunday tillar ishlab chiqish bosqichida turibdi.

Bilimlar – Aniq bir predmet sohada inson bilimlarini aks ettiradigan va bilimlar bazasida saqlanadigan axborot turi.

 Shu turdagi obyektlarning barcha joriy (oraliq) holatlari to‘plami va obyektning bir tavsifidan boshqa tavsifga o‘tish usullari. Bilimlarga ichki tushuna olish, tuzulmalashganlik, bog‘langanlik, faollik xosir. Boshqacha aytganda, «bilimlar = dalillar + etiqod + qoidalar».

Bit – Axborot tizimlarida axborotni ifodalashning eng kichik birligi. Axborot miqdorining eng kichik o‘lchov birligi hisoblanadi. Axborot 0 va 1 sonlarining ketma-ketligi bilan ifodalanadi. Atama «binary digit»(ikkilik raqam) iborasining qisqartmasi bo‘lib hisoblanadi va Princeton universiteti professori Hohn W. Tukey tomonidan kiritilgan.

Bit sekundiga – Foydali hamda yordamchi axborotga oid barcha uzatilayotgan bitlarni hisobga oladigan axborot uzatish (kompyuterda ishlov berish) tezligining o‘lchov birligi. Faqat foydali axborotni uzatish tezligini o‘lchash uchun “ramz sekundiga” (characters per second, cps) iborasi ishlatiladi.

Bloknotli shaxsiy kompyuter – Ko‘chma ixcham shaxsiy kompyuter. Bunday kompyuterlarning ko‘pchiligi deyarli standart klaviaturaga, kompyuter grafikasi vositalariga ega. Bu kompyuterlar unchalik katta bo‘lmagan qattiq disklar yoki optik disklar bilan ishlaydi.

BluetoothKichik faoliyat doirasiga ega (chastotalar oralig‘i 2,4 GGs) bo‘lgan simsiz aloqa texnologiyasi. Tarmoq qurilmalari orasidagi o‘zaro ishlashni va ularning Internetga ulanishini osonlashtiradi. U, shuningdek, Internet qurilmalari va boshqa kompyuterlar orasida ma’lumotlar sinxronlashtirilishini oqimlarini uzatish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lgani uchun u mahalliy va global tarmoq texnologiyalarining o‘rnini bosa olmaydi.

Bod – Ma’lumotlarni uzatish tezligining o‘lchov birligi. U bir sekundda uzatilgan ramzlar soni bilan aniqlanadi. Axborotni ikkilik kodida uzatadigan kanallar uchun 1 bod 1 bit/sekundga teng. Hozirgi zamonda bu tushuncha ishlatilmaydi.

Bosh muharrir – Tahririyatni (qanday atalishidan qat’iy nazar)boshqaradigan va ommaviy axborot vositasiniishlab chiqarish va nashr qilish bo‘yichayakuniy qarorni qabul qiladigan shaxs.

Buyruq satri – DOS yoki Unix dagi o‘rin. Unda foydalanuvchi mashinadan nima hohlayotganini xabar qilish

uchun buyruqlarni kiritadi. Operatsion tizim oilasining maxsus oynasida shunga o‘xshash o‘rin bor.

Buyruq turlanishi – Tizim va tarmoqlarda manzillar, buyruqlar tuzilishining o‘zgartirilishi. Bu turli buyruqlar to‘plamlariga ega oziqlanadi. Bu xotira turi faqat ma`lumotlarni o`qish rejimida ishlaydi. Shuning uchun bunday xotiraga kompyuterning qurilmalarini tekshiruvchi test dasturlar, operatsion sistemalarning yuklovchi dastur modullari saqlanadi.

 D

Dasturlash ta’minotining sifatiishning o’ziga xos barqarorligi, iterfeys tarkibi, ko’rsatkichlarning birlashmasi, hamda axborotni qayta ishlashda – dastur foydalanuchini qondirish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.

Dastur (G)bu funksional o’ziga xoslik, dasturiy o’ziga xoslik, algoritm chizmalari, algoritmik tillardan birining ko’rinishida yoki mashina algoritmi ko’rinishida yozilgan ob’yektlarni boshqarishning berilgan vazifalarini amalga oshirish va ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha ayrim loyiha qaroridir.

Dastlabki matnga o‘girish – Shifrlangan matnga o‘girish jarayoniga teskari jarayon. U ma’lum kalitdan foydalanib, shifrlangan matndan dastlabki matnni tiklashdan iborat bo‘lgan jarayon.

Dasturiy ta’minothisoblash texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig’indisidir.

Dasturiy ta`minot kompyuter tizimining ajralmas tarkibiy qismidir. DT texnik vositalarning mantiqiy davomidir. Muayyan kompyuterlarning qo`llanish sohasi uning uchun yaratilgan DT bilan aniqlanadi.

Dasturlashtirish tizimi – Jami dasturlashtirish tili va dasturlarni yaratish tizimi. U berilgan tilda dasturlarni avtomatlashtirilgan tarzda yaratish va bajarish hamda tegishli hujjatlar tayyorlashni ta’minlaydi. Odatda dasturlashtirish tizimi tilning etalon xilini emas, balki uning dialektik ma’lum osonlashtirish yoki kengaytirishlarga ega rusumini o‘z ichiga oladi. Ba’zi dasturlashtirish tizimlari dasturlarni bir necha tilda yaratishni qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng mashhur dasturlashtirish tizimlari:

Microsoft kompaniyasining Basic, Java, C++ tillarini qo‘llab-quvvatlovchi Visual Studiosi; Inprise (Borland International) kompaniyasining Delphi tili va boshqalar.

Dasturni sozlash – dasturda xatolarni topish va tuzatish jarayoni. Bu jarayonni bajarish uchun maxsus sozlovchi deb atalmish dasturlar yaratiladi. Ular, dasturlashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni qidirib topishga mo‘ljallangan. Sozlashda dastur qadamma-qadam bajariladi. Har bir qadamda ma’lumotlarda yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bu jarayon o‘zgartirilishi zarur bo‘lgan elementlarni topish imkonini beradi.

Delphi tili – Borland International, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan qo‘llanmalarni

tezkor ishlab chiqish tizimi. Delphi tili Microsof kompaniyasining Visual Basic tiliga o‘xshash, lekin, Visual Basic tili BASICga asoslangan

Tarmoq ichida umumiy qoidalar va tartibotlar asosida yaxlit shaklda idora etiluvchi kompyuterlar va qurilmalar guruhi. Internet tarmog‘ida domen IP manzil bilan belgilanadi.

DOS operatsion tizimi – DOS (disk operating system) atamasi ixtiyoriy operatsion tizimga tegishli bo‘lishi mumkin, ammo u, ko‘pincha, Microsoft kompaniyasining MS-DOS (Microsoft disk operating system) operatsion tizimiga nisbatan ishlatiladi.

DVI kirish – Monitorni kompyuterga ulash uchun xizmat qiluvchi va monitorni kompyuterdan boshqarish, jumladan uning ichki mo‘ljallarini kalibrovka qilish, tasvirning geometrik parametrlarini sozlash va h.k. imkonini beruvchi raqamli interfeys. Raqamli DVI-D kirishlar videokartalarni mustaqil tanlash va qulay ulanish imkonini beradi. SK monitorlar odatda videokartangiz qo‘llab-quvvatlovchi kirishga ko‘ra analog va DVI kirishlar orasidan tanlash imkonini beradi. DVI afzalligi signalni o‘girish zarurati yo‘qligidir, ya’ni monitorni yoqqandan keyin tasvir kalibrovkasini amalga oshirish lozim emas.

E

Elektron kutubxona foydalanuvchilarga to’liq matnli axborot resurslarini telekommunikatsion tarmoq orqali yetkazib berishni ta’minlab beruvchi hamda o’zining xavfsizlik va hujjatlashtirish tizimiga ega bo’lgan dasturiy apparat majmui.

Elektron nashrinteraktiv gipermediyali tizim, ilmning aniq hududidagi ma’lumotlarni taqdim qilish, qidirish,

Elektron taqvimu jadval protsesoridan iborat, ma’lumotlarni tarmoq bo’ylab uzatish vositasiga ega bo’lib, tashkilot ham, efirda ham yorug‘lik tezligida tarqaladi.

Elektromagnit spektr – Elektromagnit nurlanishlarning spektri.

Elektromagnit to‘lqin – Fazoda tarqaladigan elektromagnit tebranishlar. Radionurlanish, yorug‘lik va boshqa turdagi elektromagnit tebranishlar, tebranishlar chastotasi har xil bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlardir. Ular, elektromagnit spektrni tashkil qiladi.

Elektromagnit uyg‘unlik – Radioelektron vositalarni xalal beruvchi radioshovqinlar ta’siri ostida bir paytda, mavjud

ish, kun tartibi va uchrashuvlar, joriy ishlar ruyxatlari, xarajatlar yozuvlari va boshqalar haqidagi axborotni tashkil qilishga yo`naltirilgan apparat va maxsus dasturiy ta`minot), maxsus matnli, ba`zan esa grafik muharrirlik, elektron jadvallar tayyorlaydi.

F

Foydalanuvchining tilibu foydalanuvchining klaviatura orqali ekranga yozish imkonini beradigan elektron qalamlar; djoystik; <<sichqoncha>>; ovoz bilan beriladigan buyruqlar va hokazolarning imkoniyatlaridan foydalanish yo’li bilan tizimga nisbatan bajaridigan harakatlaridir.

ForumInternet tarmog’i orqali turli toifadagi masalalarni o’zaro muhokama qilish tizimi.

Faksimil aloqahujjatlarni tezkor yuborish uchun telefon aloqasining bir turi bo’lgan faksimil aloqadan foydalanish mumkin. Faksimil qurilmasining o’zi tartib raqamini teruvchi qurilmadan va telefon trubkasidan tashkil topadi. Faksimil (lotincha facsimile –“shunga o’xshash bajar”) bu uzatilgan yassi tasvirni qog’ozga aniq aksini chiqarishdir.

Foydalanuvchi – Ma’lumotlarga ishlov berish tizimiga buyruq yoki xabarlar beruvchi yoki axborotga ishlov berish tizimidan xabar qabul qiluvchi har qanday shaxs yoki obyekt.

 Funksional blok – Yechilayotgan vazifaning aniq qismini bajarayotgan qurilma yoki dastur. Axborot tarmoqlarining arxitekturasida, bayonnomani amalga oshiradigan va kerakli xizmatlarni ta’minlaydigan funksional blok tushunchasi muhim ahamiyatga ega. Funksional blok algoritm bilan tavsiflanadi. Algoritm, ma’lumotlarga ishlov berish, ularni saqlash yoki uzatish bilan bog‘liq jarayonlarni belgilab beradi.

 Format – Axborot obyektining tuzilmasi. Format, ma’lumotlarni turli obyektlarda, ya’ni, jadvallarda, MB da, printerlarda, ma’lumotlar bloklarida joylashish va ifodalanish usullarini belgilaydi. Manzillar, kodlar, buyruqlar, sahifalar, qatorlar va h.k. larning formatlarini ajratadilar. Kompyuter bilan bog‘liq barcha tushunchalar o‘zining formatiga egadir.

 Faks-modem – Ichiga, aloqa o‘rnatish, modulyatsiya va tasvirlarni uzatish bo‘yicha faks bayonnomalari o‘rnatilgan modem. Bunday modem odatiy modemlar (ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari vositasida) kabi, faks- mashinalar (tasvirni uzatish bayonnomalari orqali) bilan ham ishlay oladi. Odatda, barchazamonaviy modemlar fakslarni birday yaxshi uzata oladilar. Lekin odatiy fakslardan qolishmasada qabul qilish vazifasini ularning hammasi ham eplay olavermaydi.

Fayl (File) Matnlar oynasidagi turli belgilar, sonlar va harflarning mantiqiy ketma-ketligidir. Fayl nom va kengaytmadan iborat bo`lib, nomi 8 tagacha (MS DOS OTda) va kengaytmasi esa 3 tagacha lotin harfidan yoki belgidan iborat bo`ladi. Ammo WINDOWS OTda fayl nomi ham katolog nomi singari 256 tagacha bo`lgan ixtiyoriy harf yoki belgidan iborat bo`lishi mumkin. Nom va kengaytma orasida nuqta qo`yiladi.

 Fayl virusi – O‘z ko‘payish jarayonida u yoki bu usul asosida, biror bir operatsion tizimning (yoki tizimlarning) fayl tizimini ishlatadigan virus. Amalda, fayl virusi barcha ommaviy operatsion tizimlarning bajarilayotgan hamma fayllariga yuqishi mumkin. Dasturning dastlabki matnini, kutubxona yoki obyektli modullarni o‘z ichiga olgan fayllarni ham zaharlaydigan viruslar mavjud. Virus, ma’lumotlar fayliga ham

yozilishi mumkin. Biroq, bu yo virusning xatosi tufayli, yo uning tajovuzkorligini namoyon bo‘lishi oqibatidir. Makro-viruslar ham, o‘zlarining kodlarini ma’lumotlar fayllariga, hujjatlar yoki elektron jadvallarga, yozib qo‘yadilar, ammo bunday viruslar maxsus alomatga ega bo‘lib, alohida guruh hosil qiladilar.

 Filtrlash – Signallarni yoki ma’lumotlarni umumiy oqimidan kerakli mezonlarga ega bo‘lganlarini ajratib qo‘yish jarayoni. Filtrlash filtr yordamida amalga oshiriladi.

 Flash texnologiyasi – Brauzerdan mustaqil va aloqa kanalining ixtiyoriy kengligi quvvatlaydigan vektorli grafika va animatsiya texnologiyasi. Flash animatsiyasini namoyish qilish uchun brauzer kerakli plug-in bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Macromedia Inc. kompaniyasi 1997 yilda ishlab chiqaruvchi kompaniyani sotib olmaguncha, Flash texnologiyasi FutureSplash sifatida ma’lum edi.

 Flesh – Macromedia Flash – tarmoqda, o‘zaro faol vektorli grafikani va animatsiyani yaratish imkonini beradigan dastur. Veb-dizaynerlar Flash ni turli tugmachalarni, aylantirish chizg‘ichlarini, menyuni, animatsiyalashganlogoturlarni va boshqa elementlarni, shu jumladan tovushni, yaratish uchun ishlatadilar. Flash fayllari ixcham va tez yuklanadi (oqim (streaming) texnologiyasi ishlatiladi).

G

 Gipermediamavzuning mantiqiga qarab , matn, audio va video lavhalardan tashkil topgan tuzilish.

Giperssilka (kalit so’z)Internetning boshqa manziliga yo’naltiruvchi gipertekstdagi aktivlashgan yo’llanma .

Gammalash – Dastlaki (ochiq) matnni ma’lum algoritm bo‘yicha shifr gammasi bilan qoplash. Xorijda «gammalash» atamasining sinonimi «oqim shifri» bo‘ladi.

Generator

Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilma.

Global tarmoq – Bir necha mamlakatlarda joylashgan va territorial tarmoqlarni birlashtirib yaratilgan tarmoq. U ko‘p sonli foydalanuvchilarga tarmoq xizmatlarini va resurslarini taqdim qilish maqsadida yaratiladi. O‘zining kata o‘lchamlari tufayli har bir global tarmoq o‘z foydalanuvchilariga minglab ma’lumotlar bazalarini, qit’alararo elektron pochtani, amalda ixtiyoriy mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olishni taqdim etadi. Bunday tarmoqqa misol Internetdir. Shu bilan birga, kompaniyaning turli mamlakatlarda joylashgan filiallarini birlashtiruvchi global korporativ tarmoqlar ham farqlanadi.

Gipermurojaat

Faol (rang bilan ajratilgan) matn, veb- sahifadagi tasvir yoki tugma. Uni chertish(gipermurojaatni faollashtirish) boshqa sahifaga o‘tishga yoki galdagi sahifaning boshqa qismiga o‘tishga olib keladi.

Gipermatn shaklida amalga oshirilgan, hujjatdagi yozuvlar yoki turli hujjatlar orasidagi aloqa. Aloqa joyi biror usul bilan (masalan, rang bilan, shrift bilan va h.k.) ajratiladi.

Gipermurojaat amalga oshiruvchi dastur.

Grafik planshet kontur ko`rinishida ifoda qilingan ma’lumotlarni kiritish uchun xizmat qiladigan qurilma.

GAN (Global-Agea Network) global (halqaro, qit’alararo) tarmoq.

Gibrid viruslar rezident faylli viruslarning hamda ko’rinmas viruslarning barcha xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan viruslar.

Grafik muharrirlar Kompyuterda turli chizmalardan, tasvirlardan va suratlardan tashkil topgan grafik ma’lumotlarni tayyorlashga va ularni tahrir qilishga imkon beruvchi vositalardir. Bularga Paintbrush, Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Corel Draw, Corel Photopaint, Boieng Graf, Fantavision kabi dasturlar misol bo’la oladi.

H

Hisoblash tizimi arxitekturasi – Hisoblash tizimining umumiy mantiqiy tuzilishi. U ma’lumotlarga ishlov berish jarayonini ta’riflovchi va kompyuter arxitekturasi hamda dasturiy ta’minot tavsifnomalari va uning apparat vositalari bilan o‘zaro ishlashini qamrab oladi.

Hisoblash texnikasining obyekti – Ko‘chmas yoki ko‘chma obyekt. U axborotga ishlov berishga oid muayyan vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan, hisoblash texnikasi vositalarining majmuasi. Hisoblash texnikasi obyektlariga, avtomatlashtirilgan tizimlar, avtomatlashtirilgan ish joylari, axborot- hisoblash markazlari va hisoblash texnikasi vositalarining boshqa majmualari kiradi.

Hisoblash tizimi – Ma’lumotlarni qayta ishlash vazifasini bajarish uchun o‘zaro ishlovchi kompyuterning apparat va dastur vositalari majmui. Hisoblash tizimi misoli sifatida dasturlar o‘rnatilgan shaxsiy kompyuterni keltirish mumkin.

Hujjatlashtirilmagan axborot – Jismoniy shaxslar tashiydigan yoki ramz, timsol, signal, texnik yechim, jarayonlar shaklida fizik maydon va muhitlarda aks ettirilgan ma’lumotlar.

Hujjatlar darchasi hujjat darchalarni dasturlarni ochadi.

 I

ICQ(I Seek You – Men sizni qidiriyapman)operativ munosabat uchun tizim(Internet – peydjer), E-Mail ga nisbatan elektron xatlarning tez almashinuvi, CHAT tizimi va boshqa servis funksiyalarga ega tizim.

InternetKompyuterlarning butunjahon(global) tarmoq sistemasi, o’zaro bog’lanishi uchun standart TCP/IP protokol(qaror)lari ishlatiladi. TCP(Transfer Control Protocol – Yetkazib berish protokolining boshqaruvi) protokoli, tarmoqqa ulangan ikkita kompyuter qanday usulda bir biri bilan aloqa o’rnatishini tasvirlab beradi. IP(Internet Protocol) protokoli, tarmoqqa ulangan kompyuter ma’lumotlarni tarmoq orqali uzatib berishi va qanday qilib ma’lumotlarni paketlarga bo’lib berishi hamda bu paketlar manzilga yetkazilishi uchun qay holda manzilni aniqlashni tasvirlab beradi.

Inson – kompyuter – intteraktiv muloqotning yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. Informatsion madaniyat – axborot bilan maqsadga yo`naltirilgan faoliyat olib bori shva axborotni to`plash, qayta ishlash hamda uzatish uchun kompyuter axborot texnologiyasidan. Zamonaviy texnik vositalardan, usullaridan foydalana olish mahoratidir.

J

Java tili

Java virtual mashinasi ko‘pchilik veb – brauzerlari tarkibiga kiradi.

JavaOS operatsion (amaliy) tizimi – Java tilida yozilgan amaliy jarayonlarni bajarish uchun yaratilgan operatsion tizim. JavaOS operatsion tizimi JavaSoft kompaniyasi tomonidan Java texnologiyasi doirasida ishlangan va turli xildagi shaxsiy kompyuterlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. JavaOS uchun uning tarkibiy qismlarini tarqoq ishlashi, ma’lumotlar xavfsizligi, hamda server ham, mijozning ham resurslarini ishlatishni nazorati tavsiflidir.

JavaScript tili – SUN Microsystems va Netscape kompaniyalari

tomonidan o‘zaro faol veb-saytlarni yaratish uchun ishlab chiqilgan Skriptlar tili. Soddaligi va foydalanilayotgan maslaklarga nisbatan mustaqilligi bu tilning ustunliklaridir. Nomlarining o‘xshashligiga qaramay Java va JavaScript bir biridan sezilarli darajada farqlanadi. Agar Java – to‘la funksional obyektga-yo‘naltirilgan me’moriy tuzilmali dasturlash tili bo‘lsa, JavaScrip esa, gipermatnli markerlash tillariga yaqinroq. JavaScript tili HTML kodi bilan o‘zaro ishlashi mumkin va barcha asosiy brauzerlar tomonidan quvvatlanadi, shu jumladan Netscape Navigator

va Microsoft Internet Explorer tomonidan ham.

JDKSun Microsystemsdan, Java tilidagi dasturlarni ishlab chiqish uchun uskunaviy paket. Yangi nomi- Java SDK. Java-qo‘llanmalarini va Java – appletlarini yozish, testlash va sozlash uchun bepul tarqatiladigan vositalarni, shu jumladan JRE ni ham, o‘z ichiga oladi.

JavaSoftSun Microsystems kompaniyasining Java texnologiyasi uchun mas’ul bo‘limi.

JAXMXML-xabarlar almashish uchun Java API. Shuningdek «M loyihasi» (Project M) nomi bilan ham mashhur.

Jilmayishlar – Insonlar elektron xabarlarni yozayotganda o‘z hissiyotlarini ifodalovchi (kulish, yig‘lash, birov ustidan kulish) alomatlar (shartli belgilar)to‘plami.

JLS Java tili spetsifikatsiyasi. Java tilining til tuzilmalarini sintaksisini va semantikasini tavsiflovchi hujjat.

JMAPI Boshqarish uchun Java API. Yana JMX ni qarang.

JMS Xabarlar xizmatidan erkin foydalanish uchun Java API. Java-dasturlardan korxona miqyosidagi xabarlar xizmatlaridan erkin foydalanish imkonini beradi, masalan, IBM ning MQSeries xizmatidan JMS, J2EE maslagining muhim tarkibiy qismi.

JMX – Javani boshqarish uchun kengaytmasi.

JNDI – Java tilini nomlar va kataloglar xizmatidan erkin foydalanishi uchun API. Nomlar va kataloglar xizmatidan erkin foydalanishni standartlashtirish uchun xizmat qiladi, quyi pog‘onada

K

Kompyuter (elektron) o’quv kursio’quv-qo’llanma axborot dasturi jamlanmasi, o’rganayotgan o’quvchiga o’quv kursini on-line yoki off-line tartibida mustaqil o’rganishiga shart sharoit yaratib beradi.

Kompyuter dasturi – kompyuter instruksiyalarining ketma-ketligi.

Dasturlarning ikki asosiy xili mavjud:

Tizim dasturlari;

Amaliy dasturlar.

Katalog (ruscha – “direktoriya”, inglizcha – “directory”) diskdagi fayllar haqidagi axborotlar (fayl nomi, kengaytmasi, uzunligi, so`nggi tahrir vaqti, holati va boshqalar) yoziladigan maxsus diskdagi joydir. Diskda bir necha katolog mavjud bo`lishi va hatto biror katologning ichida boshqa bir katolog yoki katologlar joylashishi mumkin. Katologlarni nomlashda ham lotin harflari, raqamlar va fayl nomi uchun qayd etilgan belgilardan foydalanish mumkin. O`zak katologning nomi hamisha teskari yotiq chiziq (\-baklash) belgisi bilan ifodalanadi. ma’lum bir belgilar yordamida belgilangan tartib bo’yicha o’tkazish jarayoniga aytiladi.

 Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni malumotlarni maxsus algoritm bo’yicha o’zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo’li bilan axborotga ruxsat etilmagan kirishga to’siq qo’yish usuliga aytiladi.

Kalit kriptografiya o’zgartirishlar algoritmining ba’zi-bir parametrlarining maxfiy holati bo’lib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy ko’rsatkich bo’lib kriptomustahkamlik hisoblanadi.

 Kabelli modem Kabelli televizion tarmoq orqali Internetga chiqishni ta’minlaydigan modem. Koaksal kabelning o‘tkazish kengligi telefon liniyasinikiga nisbatan sezilarli keng, shu sababli Internet – provayderlari bunday kanal orqali yuqori tezlik (10 Mbit/sekgacha) bilan Internetdan erkin foydalanishni ta’minlashlari mumkin.

 Kamera Yorug‘likka sezgir moddalarda predmetlarning tasvirini olishga mo‘ljallangan qurilma. Eslab qolinadigan signalning turiga qarab kameralar analogli va raqamli turlarga bo‘linadi.

 Keshlash Ingliz tilidagi cache – «maxfiy zahira» so‘zidan olingan. Kesh – kompyuter siz Internetdan olgan barcha hujjatlarni yozib qo‘yadigan jild. Agar

hujjatni takroran so‘rasangiz, sizga keshning ichidagini ko‘rsatishadi. Proksi-server ham Internetdan olingan hujjatlarni maxsus jildga yozib qo‘yadi. Agar siz, yoki Internetning boshqa foydalanuvchisi shu hujjatga murojaat qilsa, proksi-server uni o‘zining keshidan yetkazib beradi. Siz buni sezmaysiz ham. Bu holda, siz uzoqdagi WWW-serverga shu hujjat uchun yana murojaat qilganingizga nisbatan, tezlik bir daraja yuqoriroq bo‘ladi.

Kilobayt 1024 baytga teng bo‘lgan, axborot miqdorining o‘lchov birligi. Bayt – axborot miqdorini o‘lchashning asosiy birligi. Masalan, rus alifbosining bitta ramzi kompyuter xotirasida bir baytni egallaydi.

Kodlash kalit – Kriptografiyada kodlarni o‘zgartirishda,ularning o‘zaro mosligini tekshirish uchunishlatiladigan kalit. Bu kalitning vazifasi,begona obyektlar tomonidan dasturlarni vama’lumotlarni ishlatishdan muhofazalash.Obyekt nomini yoki bajarilayotgan amalning joyini ko‘rsatuvchi nishon, belgi. U klaviatura, «sichqoncha», yorug‘lik perosi yoki dastur boshqaruvidan olingan buyruqlarga monand siljiydi. Ekranda kursor to‘rtburchak, nishon, strelka yoki qisqa chiziqcha shaklida aks etadi. Inson va kompyuter muloqatining muhim elementi.

Kobol tili – 1959 -yili yaratilgan bo’lib, Common Businees Oriented Langauge – “savdo-sotiq masalalariga mo’ljallangan til” degan ma’noni anglatadi. Korxona va tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqargan mahsulotini hisobga olish bilan bog’liq iqtisodiy masalalarni yechish uchun qo’llaniladi.

Katta kompyuter Fan texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan kompyuterlar.

Kodlash axborotlarni aniq bir qoida asosida bir ko`rinishdan ikkinchi bir ko`rinishga o`tkazish.

Ko`chma kompyuterlar shaxsiy kompyuterlarning tez rivojlanayotgan kenja sinfidir.

Kompyuter-bloknotlar (Note Book va Sub Note Book, shuningdek, ularni Omni Book – «har yerda hozir» deb ham atashadi) stolda foydalaniladigan SHKlarning barcha vazifalarini bajaradi. Ular uncha katta bo`lmagan kitob hajmidagi mo`jaz chemodancha (ba`zan olinadigan qopqoqli holda) ko`rinishida tayyorlanadi.

Kesh xotira kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko`p ishlatilgan ma`lumotlarni saqlash uchun foydalaniladi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o`rtasida joylashadi.

paketi) kompakt disklarga yozilgan holda sotilmoqda. Bundan tashqari bunday diskovodlar musiqa eshitish, videoroliklarni va maxsus multimedia-filmlarni tamosha qilish imkonini beradi.

Ko’rinmas viruslar rezident viruslarga o’xshaydi, lekin ular o’zlarining borligini sezdirmaslikka harakat qiladi ya’ni o’zlarining borligini turli usullarbilan niqoblovchi viruslar.

Kaspersky AV dasturi Ushbu dastur «Kasperskiy laboratoriyasi» tomonidan tayyorlangan o’lib,viruslarni aniqlashda eng takomillashgan mexanizmga egadir.Bugungi kunda ushbu dastur chet ellar analoglaridan qolishmaydi.

L

Loyihalar usuli ijodiy yoki qatnashuvchilarning o’yin faoliyatidagi umumiy maqsadga erishish yo’lida tashkil etilgan o’quv va malaka oshirish usuli.

Lan(Local Area Network) korxona, muassasa, bir tashkilot doirasidagi mahalliy tarmoq.

Lokal agarda barcha kompyuterlar bitta xonada joylashgan bo’lsa hamda ularni uchun maxsus uskuna va aloqa kanallari mavjud bo’lmasa.

M

 Ma’lumotlar – axborotlarning shakllangan holda ko’rinishi, jo’natish, jamlash,saqlash hamda qayta ishlash uchun qulay.

Ma’lumotlar bazasi(MB) bu o’zida saqlaydigan axborotlarning jamlanmasi hisoblanadi. Undan ixtiyoriy holda foydalanish mumkin. Axborot kiritish, o’zgartirish, o’chirish va h.k. Ushbu bazadan ruxsat etilgan (foydalanish huquqi berilgan)foydalanuvchilar foydalanishi mumkin. Ma’lumotlar bazasiga misol kutubxona, bu yerda kutubxona baza, kitoblar esa ma’lumotlar hisoblanadi.

Ma’lumotlar banki – ma’lumotlar bazasi, MBBT, shuningdek, MB da amalga oshirilgan texnik vositalar majmui.

 Masofali o’rganish kelishilgan vaqtda o’qituvchi va studentlarning birgalikda aniq bir maqsadli bilim berish va olish amali.

Masofali ta’lim masofali ta’limni amalga oshiruvchi pedagogik sistema.

Masofaviy ta’lim markazi o’quv dargohining yoki bir necha o’quv dargohlarining alohida bo’limi, o’quv dargohining yoki dargohlardagi ma’muriylikni, o’quv-metodikasini, masofaviy ta’lim jarayonida axborot va texnik qo’llab quvvatlashni amalga oshiruvchi vakolat yoki filial.

Masofaviy ta’lim tarmoq texnologiyasi talabalarni axborot va o’quv-metodikasi bilan ta’minlash , hamda o’qituvchi va o’quvchi orasidagi o’zaro interaktiv munosabatini ta’minlovchi, Internet(yoki Intranet) tarmog’idan foydalanishga asoslangan texnologiya.

Masofaviy ta’lim tizimi masofaviy ta’lim texnologiyasini qo’llagan holda o’quv dasturlarni yaratish va uni amaliyotda tadbiq etishga jalb etilgan barcha tashkilotchilar, telekomunikatsion, pedagogik va ilmiy manbalar.

Multimedia bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko`rinishta ega bo`lgan (matn, grafik, rasm, tovush, animasiya, video va boshqalar) va turli xil tashuvchilarda mavjud bo`lgan (magnit va optik disklar, audio- va video-lentalar va boshqalar) axborotdan foydalanish bilan bog`liq sohasidir.

 Multimedia (multimedia – ko`p muhitlilik) vositalari bu apparat va dasturlar to`plamni bo`lib, u insonga o`zi uchun tabiiy bo`lgan juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi.

Multimediya vositalari – bu insonga o’zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo’lishga jmlon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.

Multimediya o’quv ma’lumotlari matn, audio , video va animatsion elmentlarni o’zida saqlaydigan o’quv ma’lumotlar.

un tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo’lishga jmlon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.

Muxarrirlarmatnlar, grafik ma’lumotlar va illyustratsiyalarni yaratish va o’zgartirishlar uchun mo’ljallangan ADPdir.

Mini kompyuter Katta kompyuterlardan bir pog`ona past kompyuterlar.

Mikroprosessor kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlari, buyruqlarni bajarilishini ta`minlaydi. Mikroprosessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq bo`lishi mumkin. Uning tezligi Megagerslarda hisoblanadi va prosessor nomidan keyin yoziladi. Masalan, Pentium 700.

vositalardir.

N

Notebook – Bloknot kompyuter Hajmi ixcham va elektr energiyasi ichiga o`rnatilgan batareya (akumlyator) orqali ta`minlaydigan SHKlar.

Norton Commander DOS uchun eng mashxur dastur xisoblanadi. Kup foydalanuvchilar bu dastur yordamida kopiya kilishadi, fayl va kataloglar bilan ishlaydilar. Xamma operatsion sistemalar uchun bu eng sodda va kulay vosita xisoblanadi. Norton Commander Peter Norton Computing firma tomonidan yaratilgan (1992 yildan boshlab ushbu firma Symantec firmaga kushildi). Ush bu programma 512 Kb tezkor xotirani bant kiladi va 4.5 Mb kattik diskda (HDD yoki vinchesterda).

O’

O’qitish texnologiyasi o’quv jarayonidagi faol ishtirokchilarning, ilmga asoslangan ,amalga oshirganda o’qitishda qo’yilgan maqsadlarga erishish harakati (amali).

 O’quv jamlanma muassasasi ushbu korxona o’zining o’quv rejasi va metodikasini qo’llash hamda o’zining shaxsiy ma’lumot olganlik haqidagi guvohnoma(attestat, sertifikat diplom) berish yordamida o’rgatish jarayonini amalga oshiradi.

O’rinlarini almashtirish shifrlash usuli bo’yicha boshlang’ich matn belgilarining matnning ma’lum bir qismi doirasida maxsus qoidalar yordamida o’rinlari almashtiriladi.

O

Ochiq ta’lim o’quvchiga – ta’limni qabul qiluvchi va rivojlantiruvchi, maqsadga yo’naltiruvchi ,nazorat ,g’ayrat , hamda uning mustaqil ijodiy ishini ta’minlab beruvchi tizim.

Ochiq ta’lim (tizim) metodik-o’quv, texnik, axborot resurslari, tadbirni amalga oshirish , o’zida mujassam etgan hamda ochiq ta’lim tarzini amalga oshiruvchi tizim.

Ochiq ta’lim texnologiyasi zamonaviy axborotlashtirish vositalariga asoslangan, maqsadga muvofiq birikkan, an’anaviy va masofaviy ta’lim texnologiyasi.

Ochiq ta’lim tizimi ochiq ta’lim jarayonini amalga oshirish uchun mo’ljallangan , ochiq tizim.

Operatsion tizim dasturiy ta`minotning eng muhim tarkibiy qismi bo`lib, dasturlar bajarilishini rejalashtirish va ularning ishlashini tashkil qilishni, ma`lumotlarni kiritish-chiqarish va ularni boshqarishni, resurslarni taqsimlashni, dasturlarni tayyorlash va sozlashni, xizmat ko`rsatishning boshqa yordamchi amallarini bajaruvchi dasturiy tizim.

Operatsiyabir ish joyida bajariladigan muayyan harakatlar majmui.

 Operativ modellar boshqarishda operativ qarorlar qabul qilishni qo’llab quvvatlash uchun foydalaniladi.

Ob`yektli-yo`naltirilgan interfeys fayllar, kataloglar (papkalar), diskovodlar, dasturlar, hujjatlar va boshqalarni taqdim etuvchi ob`yektlar ustidan buyruqlarni amalga oshirish vositasida hisoblash tizimlari zahiralarini boshqarishdir.

Operativ xotira WINDOWS 2000 ning ishlashi uchun kamida 32 Megabayt va ko`pi bilan 128 Gegabayt xotira talab qilinadi. Agar Sizga WINDOWS 2000 Server ni ishlatish zarur bo`lsa, u xolda xotira xajmini kamida 256 megabaytga yetkazishingiz lozim bo`ladi. WINDOWS 2000 Advanced Server uchun esa eng ko`p xotira xajmi 8 Gegabayt hisoblanadi.

muloqot qilishiga imkon beruvchi vositalardir. Boshqacha qilib aytganda, grafik interfeysli zamonaviy operatsion tizimlarning eng dastlabgilaridir. Bunday vositalarga Microsoft Widows 3.1, Desq Wiew, GEM, Geo Works kabi tizimli dasturlar misol bo’la oladi.

Oddiy faylli viruslar fayllar bilan birga komp’yuter xotirasiga kelib tushuvchi va shu fayl ishga tushirilgandagina o’z faoliyatini boshlovchi viruslar.

Optimallashtirish(defragmentatsiya) diskda hosil bo’lgan bunday fragmentatsiyani yo’qotish, ya’ni klasterdagi bo’sh joylarni ma’lumotlar bilan to’ldirish hamda fayllarning bo’laklarini klasterlarga tartib bilan joylashtirish.

P

Pedagogik qonun-qoidalar belgilangan maqsadlarga muvofiq qonunlarni va qonuniyliklarni ishlatish tabiatini ifodalaydi.

Pedagogik texnologiyalar pedagogik maqsadlarga – barcha darajadagi o’quv-ta’lim jarayonini samarali qilish, o’quvchilarni har jihatdan rivojlantirish uchun ishlab chiqarish texnologiyalari.

Pedagogik tizim pedagogik jarayonning abstrakt va invariant modeli, ko’pgina pedagogik obyektlarning (o’qitish maqsadi, ta’lim ta’minoti, o’quvchilar, o’qituvchilar, o’qitish metodi, o’qitish shakli) o’zaro munosabatini aniqlaydigan tizim.

Portal insonlar boshqa bir insonlar bilan o’zaro munosabatini, hamda o’zlariga qiziqarli bo’lgan axborot resurlaridan foydalanish uchun interfeysda gavdalanib o’rnatilgan WWW-tizimi.

Printer kompyuterdagi ma`lumotlarni qog`ozga chop qilish qurilmasi.

Printer kompyuter xotirasidagi axborotlarni (matnli va rasmli) qog`ozga bosish uchun foydalaniladi. Printerlar ishlash tamoyillariga ko`ra matrisali, siyohli va purkagichli, lazerli printer turlarga bo`linadi.

Plotter chizmalarni qog`ozga chiqaruvchi qurilma. Plotterlar (plotter, grafik) grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va b.) EHM dan qog`ozli yoki boshqacha ko`rinishdagi tashuvchiga chiqarish quruvchilar qurilmasidir.

PC – Shaxsiy kompyuter – Hozirgi kunda korxanalar, o`quv yurtlar, muassasalarda keng tarqalgan kompyuterlar.

Q                                    

Qattiq disk (doimiy xotira – Hard Disk Drive) dastur va ma`lumotlarni doimo saqlaydi. U ba`zan “vinchester” deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattiq disk nomidan kelib chiqqan (1973- yilda IBM firmasi tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi “30/30” bo`lgan va bu mashhur Winchester miltig`ining kalibrga o`xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi. Qattiq diskdagi dastur va ma`lumotlar esa o`chirilmaydi.

R

Reyting o’tilgan barcha nazorat ishlardagi baholarning yig’indisi.

 Registr juda tezkor xotira maydoni bo’lib, operatsiyalarni bajarishi oldidan, bajarish vaqtida va bajargandan keyin ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun ishlatiladi.

 Rekvizit axborotlar – axborotlarni oddiy bo’linmaydigan birliklari.

Rasmiy vositalar shaxslarni ishtirokisiz axborotlarni himoyalash funktsiyalarini bajaradigan vositalardir.

Ro’yxat bu berilganlarning ketma-ket tashkillashtirilgan strukturasidir.CHiziqli ro’yxatlarning massivlardan farqi shundaki, ular dastur bajarilishi jarayonida o’z xajmini o’zgartirish imkoniyatiga ega.

Rezident dastur TX ga yuklangandan so`ng unga boshqarish beriladi, TXda doimiy joylashadi va boshqa dasturlar bilan parallel ravishda ishlaydi.

Revizor dasturlar tizim haqidagi hozirgi ma’lumotlarni dastlabkisi bilan solishtiradi va mos kelmagan xolatlar haqida foydalanuvchiga ma’lum kiladi. Masalan CRLIST va CRCTEST dasturlari.

S

Server – bu boshqa kompyuter va dasturlarga xizmat ko’rsatadigan kompyuter vositasi yoki dasturdir.Ya’ni boshqa kompyuterlarga o’zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi kompyuter server hisoblanadi. Bitta kompyuterda bir necha server uchun muljallangan kompyuterlar. Ular yordamida ob-havo global prognozi, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning kechishi, global axborot tizimlarni va hokazolarni boshqarish masalalari bajariladi. Bunday kompyuterlar soni jahonda 500-ta.

Skaner matnli yoki tasvirli ma`lumotlarni qog`ozli hujjatdan bevosita SHKga kiritish qurilmasidir. U yordamida SHKning xotirasiga (qayta ishlash uchun) matnlar, sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiklar va boshqa grafikli axborotni kiritish mumkin. Skaner nusxa ko`chirish apparatiga o`xshab qog`ozli hujjatning tasvir nusxasini qog`ozda emas, balki elektron ko`rinishda yaratadi ya`ni tasvirning elektron nusxasi yaratiladi.

Strimer kompyuterning vinchesteridagi ma`lumotlarni nusxasini zaxiraga olish uchun mo`ljallangan qurilma.

Sichqoncha    (Mish) ma`lumot kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator. SHKning asosiy qurilmalaridan biri bu sichqoncha. Uning 3 xil turi bo`ladi: standart, trekbol va sensor paneli. Standart sichqonchalar stol ustida ishlatish zarur bo`lgan, sensor paneli bilan trekbollar esa notebooklar uchun yaratilgan va ular pastki paneli ichiga o`rnatilgan bo`ladi.

 Sistema xususiy kompyuterning resurslari haqida ma’lumot olish uchun, virtual xotirani boshqarish uchun, qurilmalarni boshqarish, drayverlarni o`rnatish uchun va sistemaviy konfiguratsiyalar xosil qilish uchun ishlatiladi.

 Sistema bloki asosiy xotira, protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan. TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida hosil bo’lgan barcha axborotlar saqlanadi. Kompyuter manbaadan uzilgach TXQdagi ma’lumotlar o’chib ketadi. DXQda esa axborotlar o’zgarmasdan doimiy saqlanadi.

T

Ta’lim o’qituvchi va o’quvchining o’zaro munosabati uchun maxsus tashkil etilgan pedagogik tizimga yo’naltiruvchi, interaktiv maqsadli jarayon.

Ta’limning tarmoq texnologiyasi axborot texnologiyasi, yaratish jarayonida internet tarmog’idan foydalanishga asoslanadi, bilimni o’zlashtirish uchun uni yetkazish va nazorat qilish, o’quvchi va o’qituvchi orasidagi o’zaro munosabatlar, hamda tarmoq boshqaruvchisi.

Tarmoqli kurs bilimning ko’rinish tizimi, masofali ta’lim jarayonining uzilmas va tarbiyaviy davrini ta’minlab beradi, nazariy ma’lumot ko’rinishini masofali ta’lim jarayoniga kiritadi.

Texnologiya bu sun`iy ob`yektlarni yaratishga yo`naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir.

Tizim – bir vaqtning o’zida ham yagona, yaxlit deb qaraladigan har qanday ob’yekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar majmui.

Tashqi konsaltingbo’lg’usi axborot tizimiga qo’yiladigan talablarni yig’ish,hujjatlashtirish va tahlil qilish; mavjud biznes jarayonlarining modelini qurish; ERP tizimlarini namoyish etish senariylarini ishlab chiqish.

Trafik – bu Internet aloqa kanallari orqali uzatilgan ma’lumotlar oqimi hajmi.

 Texnologik jarayon bu harakatlarni bajarish uchun zarur bo’lgan vosita va zaxiralar, ularning izchilligi, xatti-harakatlarini begilaydi.

 Taxliliy o’zgartirish usuli bo’yicha boshlang’ich matn belgilari analitik formulalar yordamida o’zgartiriladi, masalan, vektorni matritsaga ko’paytirish yordamida. Bu yerda vektor matndagi belgilar ketma-ketligi bo’lsa, matritsa esa kalit sifatida xizmat qiladi.

Tezkor xotira prosessor uchun zarur bo`lgan dasturlar va ma`lumotlarni saqlaydi. Kompyuter o`chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma`lumotlar o`chiriladi.

Tarmoq adapteri kompyuterni lokal tarmoqqa ulash imkonini beradi. Bunda foydalanuvchi tarmoqdagi boshqa kompyuter ma`lumotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi. Tarmoq adapterlari ko`p xil turlari bo`lib, axborotni uzatish va qabul qilish tezligi bilan farqlanadi.

Tashqi modem bu odatda katta bo`lmagan quticha ko`rinishdagi mustaqil konstruksiya bo`lib, u manba – bloki, apparaturaga (kompyuterni ketma-ket portiga RS-232) va telefon kanaliga (RJ-11 raz`yoni) ulash uchun raz`yonlar va indiketorli panel bilan jihozlangan. Indikatorlar modemning ish rejimlari to`g`risida ma`lumot beradi.

 Tashqi modemlar

Texnik ta`minot bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo`shimcha (atrof) qurilmalaridir.

Texnik – dasturiy interfeys texnik qismlari va dasturlar orasidagi o`zaro bog`lanish.

Tizimli dasturiy ta`minot (System software) kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta`minlovchi dasturlar majmuasidir.

Tashqi buyruqlar (dasturlar) MS DOS tarkibiga kiradigan aloxida funksiyalarni bajaradigan qo`shimcha dasturlar.

beruvchi bo`limlar mavjud.

Trekobl shar ko`rinishidagi ma’lumot kirituvchi qurilma.

U                                              

URL Internet tarmog’iga joylashtirilgan, o’zining noyob manziliga ega bo’lgan, ixtiyoriy hujjat

Undamoq axlokiy va odobiy koidalarga binoan kabul kilingan tartiblarni bajarishga yunaltirilgan.

USB Flash drive (flesh disk) hozirda foydalanuvchilar tomonidan juda ko`p foydalanilayotgan qattiq disk turi. Undan ixtiyoriy ma`lumotni saqlash, kayta ishlash, tarqatish maqsadida foydalanish mumkin. Ularning hajmi 32 Mbaytdan 32 Gbaytgacha bo`lganlari bor. Flesh disk kichkina ko`rinishga ega, olib yurish uchun qulay, ko`p ma`lumot saqlaydi. Bular uchun maxsus disk yurituvchilar kerak emas.

V

 Videokonferensiya NetMeeting, CU-SeeMe, iVisit va shunga o’xshash bo’lgan dasturlardan foydalangan holda video aloqa orqali foydalanuchilarning ishlash jarayoni.

Virtual auditoriya bir biridan juda uzoqda bo’lgan o’rgatuvchilar va o’qituvchilar, bir biriga bog’langan setevoy kompyuter va telekommunikatsiya yordamida o’qish jarayonini amalga oshirish.

Virtual kafedra xuddi virtual auditoriya kabi lekin virtual kafedrada o’zining o’quv metodikasiga ega bo’ladi.

Virtual labaratoriya bu ham labaratoriya lekin o’quv-tadqiqot asboblari, matematik modellashtirish qurollari bilan almashtirilgan.

Virtual – haqiqiylikni psixologik ko’rsatuvchi shakli hisoblanadi.U yaralish xususiyatlariga, dolzarblikka, interaktivlikka ega.Virtuallikka konsuyetal qarshi chiqadi.

Video texnologiya bu tasvirlardan foydalanish texnologiyasi. Bunday texnologiyalardan oldin vizullashtirish, ya’ni ma’lumotlarni tasvirlar ko’rinishida ifodalash muhim ahamiyat kasb etadi.

Videoadapter tasvir to`g`risidagi ma`lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi signalni, hamda sinxronizasiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun bo`yicha) taqsimlab shakllantirishdan iborat.

Vinchester – qattiq disklardan biri SHKning doimiy xotirasi.

W

WWW World Wide Web (“Butunjahon o’rgimchak to’ri” yoki shunchaki Web o’rgimchak to’ri) so’zining qisqartirilgani; ko’p betli prinsipga asosan qurilgan, bir biri bilan yo’llanmalar(giperssilkalar) orqali bog’langan, Internet tarmog’idagi eng ommabop ilova.

Web–vitrina–tovarlarni mijozga ko’rib chiqish uchun taqdim etish.

Web sahifalarasosan o’zida ma’lumotlarni jamlovchi konteyner hisoblanib, ularning ikki turi mavjud:

Statik – o’zgarmas web sahifalar

Dinamik mutojatga nisbatan shakllantiriladigan veb sahifalar

 Web sayt – biror bir sohaga, faoliyatga, voqea va hodisaga bag’ishlangan ma’lumotlarni o’zida jamlagan Internet sahifalar majmui.

 Web uzel(tugun) yoki saytlar – bitta muallif yoki WWWga tegishli bir guruh o’zaro “giperbog’lanishlar” bilan aloqador bo’lgan Web sahifalar majmuasi.

Wan (Wide Area Network) mamlakat, qit’a, butun dunyo abonentlarini bog’lovchi global tarmoq.

Windows Millenium Windows 2000 ning takomillashtirilgan turidir. 2001 yilda ishlab chiqarilgan bu tizim komp’yuter qurilmalarini boshqarishni va murakkab dasturlar bilan ishlashni tezlashtiruvchi ko’plab zamonaviy vositalarga ega bo’lib, haqiqiy professionallarga mo’ljallangandir.

Windows XP Windowsoperatsion tizimlarining eng yaxshi xususiyatlarini o’zida jamlagan tizimdir. Grafik hamda mul’timedia ma’lumotlari bilan ishlash sur’atini oshiruvchi eng zamonaviy vositalarga ega. 2002 yilda ishlab chiqarilgan.

Xavfsizlik (texnologik) informatsion sistemaga xavf tug’duruvchi omillarni bartaraf qilish metodlari hamda choralari.

Xabarlar tili – bu foydalanuvchi display ekranida ko’radigan narsalar(belgilar, grafika, rang), printerda olingan i.

Xaffman algoritmi yana bir arxiflash usuli bo’li hisoblanadi.Axborotlarni Xaffman bo’yicha siqishda fayl butunligicha o’qiladi va undagi uchraydigan har bitta simvol uchun umumiy yig’indi miqdorlar hisoblanadi.

Y

va hozirgi kunda ularni deyarli uchratish qiyin. Yumshoq disklar disketa deb ham yuritiladi. U asosan 5,25 va 3,5 dyuymli disketalarga bo`linadi.

Yorliq(yarlыk) belgicha turi. Ularni istalgan yeriga joylashtirish mumkin. Yorliqlar biror ob`yektni ishga tushirmaydi balki faqat qanday ob`yekt ekanligini ko`rsatadi.

Yagona interfeys WINDOWS foydalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli programmalar bilan ishlash qoidalari umumiy. Shuning uchun yangi programma bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.

Yezuv bir-biri bilan bog`liq bo`lgan maydonlar to`plami.

Yuklovchi sektor viruslari disklar yoki disketalarning yuklovchi sektorini ishdan chiqarishga mo’ljallangan, ya’ni shu sektorlarda joylashgan tizimli dasturlarni zararlovchi viruslar.

Sh

Shlyuzprotokolni bir turdagi muxitdan ikkinchi turdagi muxitga o’tkazuvchi tarmoq qurilmasi. Masalan, kompyuter internetga bog’langanda, shlyuzdan foydalaniladi.

Shablon bu ko’p marta ishlatishga mo’ljallangan xujjatning kattaliklar to’plamidir.

Ch

Cho`ntak kompyuterlari (Palm Top, bu «kaftdagi» degan ma`noni bildiradi) 300 gramm og`irlikka ega. Tipik o`lchamlari yig`ilgan holatda 150, 80, 25 mmdir. Ular to`laqonli SHKlar bo`lib, mikroprosessor, operativ va doimiy xotira, odatda monoxrom suyuq kristalli displey, ixcham klaviatura, ko`chmas SHKga axborot almashuv maqsadlarida ulanish uchun port bo`limlariga ega.

 «CHuvalchang» («CHervi») boshqa dasturiy vositalarni zararlaovchi, faqat o’zi o’zidan nusxa olib ko’payuvchi viruslardir. Bunday viruslarning ta’siri natijasida kompyuter xotirasi begona fayllar bilan (virus-dasturlarning nusxalari bilan) to’lib qolib, uning samaradorligi keskin pasayadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

15 − = 14

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!