Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari

Kompyuter taqdimotlari tushunchasi. Power Point ADP – ma’ruza qilishda prezentasiyalarni (taqdimotlarni) tayyorlash uchun xizmat qiladi.

Kompyuter taqdimotlari tushunchasi. Power Point ADP – ma’ruza qilishda prezentasiyalarni (taqdimotlarni) tayyorlash uchun xizmat qiladi.

      Power Point  ADP – universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari tarkibiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi. Power Point yaratgan hujjatlarini Officening boshqa muharrirlariga, Web sahifa ko’rinishida, rasm ko’rinishida (*.bmp, *.jpg) va boshqa ko’rinishlarda eksport qilish imkoni ham berilgan.

      Power Point  ADP Misrosoft firmasining prezentatsiyalar bilan ishlash uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko’rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham qo’llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni ko’llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu –    s l a y d   va  prezintatsiya tushunchalaridir.

     Prezentatsiya – bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi.

     Slayd – bu prezentasiyani alohida qadiri bo’lib, matnni, sarlavxalarini grafik va diagrammalarni o’z ichiga oladi. Power Point vositalari bilan barpo etilgan slaydlarni oq-qora yoki rangli printerda chop etish yoki maxsus agentligi yordamida 35 millimetrli slaydlarni fotoplenkalarda tayyorlash mumkin.

      Animasiya – bu slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig’indisidan iborat.

     Tarqatiladigan material – qulay shaklda bosib chiqarilgan va tanishish uchun mo’ljallangan materiallar. Ular bir betda ikki, to’rt yoki olti slaydlar chop etilgan bo’ladi.

     Maruza konspekti – Power Point da prezentasiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti. Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining har bir betida slayd va tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan bo’ladi.

      Prezentasiya strukturasi (tuzilishi) – faqatgina slayd sarlavhasini, shuningdek grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishini ichiga olgan hujjat.

      2. Power Pointga mansub yordamchi tugmalar

     
Power Pointga mansub yordamchi tugmalar    Taqdimotga yangi bo’sh slayd qo’shish. Ushbu tugma tanlangandan keyin ekranda oyna orqali yangi slayd turini tanlashni bizga taklif etadi.
 Taqdimot slaydlarini shakllantirishda Power Point ning tashqi ko’rinishini (rangli jixozlanishini) o’zgartirish yordamchisini ishga tushirish.
 Taqdimotni struktura rejimida ko’rsatganda, slaydlar sarlavhalari va barcha asosiy matnlarining ko’rsatish yoki ko’rsatmasligini ta’minlaydi.
 Taqdimotni struktura rejimida kursatganda, slaydlar sarlavxalari va barcha matinnlarining jixozlanishini (tashki ko’rinishini) kursatish yoki kursatmasligini ta’minlaydi.
 Tanlangan matn obyektning xarflarini soyali (s tenyu) tashki ko’rinishiga o’tqazish.
 Tanlangan matn obyektning xarflarini bitta kadamga kattalashtirish.
 Tanlangan matn obyektning xarflarini bitta kadamga kamaytirish.
 Slayd obyektlarining paydo bulishini aniklaydigan animasiya effektlarini sozlash mulokot oynasini ekranga chiqarish.
 Slayd obyektlarining ung tomondan kattalashib, avtomobil ovozi bilan paydo bulishi animasiya effekti.
 Slayd obyektlarining chap tomondan kattalashib, xushtak ovozi bilan paydo bulishi animasiya effekti.
 Slayd obyektlarining urtadan, kattalashib fotokamera ovozi bilan paydo bulishi animasiya effekti.
 Slayd obyektlarining urtadan, yoruglantirib paydo bulishi animasiya effekti.

      3. Power Pointning foydalanuvchi interfeysi.

      Ko’rgazmalar muloqot oynasi taqdimot yaratishning to’rt xil variantidan birini tanlashni taklif etadi:

  1. Power Point «Master» orqali prezentasiya hosil qilish;
  2. Biror shablon ko’rinishidagi prezentasiya hosil qilish;
  3. Bo’sh prezentasiya hosil qilish;
  4. Oldin hosil qilingan prezentasiyani ochish.

      4. Power Point dasturida prezentasiya yaratish tartibi.

      Har bir foydalanuvchi bu dasturda ish olib borish uchun yuqoridagi bo’limlardan birini o’z maqsadiga ko’ra tanlashi mumkin. Bunda ham rang sxemasi, xarf  ko’rinishlari, turlari va boshqa parametrlari saqlanib qoladi.

      «Применить разметка слайда» bandidan kerakli ko’rinishdagi slayd tanlanadi. Masalan:

       – qatorli matndan iborat bo’lgan slayd tanlanadi.

       – sarlavha, chap tomondan diagramma va o’ng tomondan matndan iborat bo’lgan slayd tanlanadi.

      Animasiyalarni sozlash.  Animasiyalarni sozlash uchun «Показ слайдов» menyusidan    

«Настройка анимации» buyrug’ini tanlaymiz. Ushbu «Настройка анимации» buyrug’ini tanlashimiz bilan yana topshiriqlar paneli oynasining ko’rinishi o’zgarib qoladi. Ushbu panelning «Добавить эффект» – effekt qo’shish tugmasi orqali tanlagan slaydimizga yoki obyektimizga yangi animasiyali effekt biriktirishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu tugmachani tanlashimiz bilan kontekst menyusi paydo bo’ladi. Ushbu kontekst menyudan animasiyalarni kirishda yoki chiqishda qanday ko’rinishda bo’lishini belgilashimiz mumkin.

«Показ слайдов» menyusidan «Смена слайдов»  bandiga murojaat etsak oynaning o’ng qismida «Смена слайдов» muloqot oynasi ochiladi. Ushbu oyna orqali biz har bir slaydga yoki alohida slaydlarga effektlarni belgilashimiz, ularga vaqt belgilashimiz va ovoz berishimiz mum-kin.

      Power Point dasturining o’zida bo’lgan rasmlar to’plamidan biror rasmni joylashtirish uchun «Стандартный» panelidan «Добавить картинки» tugmasini bosib, kerakli rasmni tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Power Point dasturida Windows qo’llab quvvatlagan har qanday obyektni slaydga joylashtirish mumkin. Buning uchun Power Point dasturi menyusining «Вставка» bandidan «Объект…» qismi tanlanadi.

      Diagramma – bu jadvaldagi sonlarning grafik ifodasi bo’lib, taqdimotni yanada tushunarli va ko’rgazmali ifodalashda juda muhim hisoblanadi. Uni tuzish quyidagicha bajariladi:

  • diagrammani qo’yish uchun zarur bo’lgan slayd umumiy ko’rinishidagi diagrammalar bilan ishlash slaydlari orqali tanlanadi.
  • uskunalar panelidan  tugmachani bosib, kerakli ko’rinishdagi diagramma tanlanadi. Parametrlarini o’rnatib, qiymatlari kerakligicha kiritiladi;
  • diagramma kattaligi o’zgartirilib, kerakli slaydga joylashtiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

+ 57 = 60

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!