Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari

Shaxsiy kompyuterning yaratilishi bilan axborot texnologiyasining taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Yangi davrning asosiy maqsadi kasbiy va maishiy xizmat sohalarida insonning shaxsiy axborot talabini qondirish bo’lib bormoqda.

      Shaxsiy kompyuterning  yaratilishi bilan axborot texnologiyasining taraqqiyotida  yangi davr boshlandi. Yangi davrning asosiy maqsadi kasbiy va maishiy xizmat sohalarida  insonning shaxsiy axborot talabini qondirish bo’lib bormoqda.

Axborotni qayta ishlash vazifalari va jarayonlarining ko’rinishi bo’yicha

      1–bosqich (1960-70 yillar) – ma’lumotlarni qayta ishlash hisoblash markazlarida (jamoa bo’lib ishlash tartibida) amalga  oshirilgan. Axborot texnologiyasi taraqqiyotining asosiy  yo’nalishi insonning qo’l mehnatini avtomatlashtirishdan  iborat edi.

      2–bosqich (1980 –yillar)dan strategik vazifalarni yechish uchun axborot texnologiyalari  yaratildi.

Jamiyatni  axborotlashtirish yo’lidagi  muammolar bo’yicha

       1–bosqich  (1960-yillar oxirlarigacha) apparat vositalari  imkoniyatlari cheklangan sharoitlarda katta hajmlardagi ma’lumotlarni qayta ishlash  muammosi bilan ajralib turadi.

       2–bosqich  (1970–yillar oxirlarigacha) IBM 360 turkumidagi EHM yaratilishi  bilan bog’liq. Bu bosqich muammosi –dasturiy  ta’minotining apparat vositalari rivojlanishi darajasida orqada qolishidir.

       3–bosqich (1980–yillar boshlari) kompyuter malakasi bo’lmagan foydalanuvchining quroli bo’lib qoldi. Axborot tizimlari  esa foydalanuvchining  qarorlarini qabul qilishni qo’llab –quvvatlovchi vosita sifatida ishlatilmoqda. Bu bosqichda foydalanuvchi  ehtiyojlarini  yuqori  darajasida  qondirish va kompyuter muhitida ishlovchi  tegishli interfeysni  yaratish  muammolari mavjud.

       4–bosqich (1990–yillar boshlaridan) –tashkilotlarda aloqalar va axborot tizimlari zamonaviy texnologiyalarini yaratish.

      Bu bosqichda muammolar juda ko’p.

      Ulardan muhimlari  quyidagilardir:

– kompyuter aloqasi uchun kelishuvlari ishlab chiqish va standartlar, protokollarni o’rnatish;

– strategik axborotga kirishni  tashkil etish;

– axborotni muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash;

Kompyuter texnologiyasining afzalliklari bo’yicha

      1–bosqich (1960–yillar boshidan) hisoblash markazlari zaxiralaridan markazlashgan  tarzda foydalanishga yo’naltirilgan qo’l mehnati amallarini  bajarishda axborotni ancha samarali  qayta ishlash bilan ajralib turadi.

      2–bosqich (1970–yillar o’rtalaridan) shaxsiy kompyuterning paydo bo’lishi bilan bog’liq.

      3–bosqich (1990–yillar boshlaridan) tijoratda  strategik afzalliklar tahlili tushunchasi bilan bog’liq va axborotni taqsimlovchi qayta ishlash telekommunikatsiya texnologiyalari yutuqlariga asoslangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

36 − 30 =

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!