Barcha kasalliklar miyadanmi?

«Agar biz qandaydir muammoni eshikdan quvsak, keyinchalik u kasallik belgisi sifatida derazadan kirib keladi»

Barcha kasalliklar miyadanmi?

Psixosomatika – somatik(tana) kasalliklarning yuzaga kelishida psixologik omillarning ta’sirini o’rganadigan tibbiyot va psixologiyaga taaluqli yo’nalish. Psixosomatika kasalliklarida insonning kasalliklari ong osti, fikrlari,qalbidagi psixologik beqarorlik, muvozanatsizlik sababli kelib chiqadi degan fikrni olg’a suruvchi fan. Agar tibbiy ko’rik kasallikning fiziologik yoki organik sababini topmasa yoki kasallik natijasi jahl, xavotir, depressiya, aybdorlik hissi sababli bo’lsa unda bu kasallik psixosomatik kasallik deya tasniflanadi. Psixosomatik kasallikda inson o’z ongidan,qalbidan,fikrlaridan,passiv kayfiyatdan,negativdan qutulmas ekan tibbiy davolanish natijasida kasallikdan vaqtincha yoki umuman tuzalmaydi. Yoki boshqacha tushuntirganda bizning kasal bo’lishimizda g’am-g’ussalarimiz sababchi. Bu esa psixosomatika deb ataladi.

«Agar biz qandaydir muammoni eshikdan quvsak, keyinchalik u kasallik belgisi sifatida derazadan kirib keladi»

Z.Freyd

Agar inson muammoni yechmay unga be’etibor bo’lsa, kishi kasallikdan qochib qutula olmaydi. Har birimiz yoqimsiz bo’lgan o’ylarni haydashga intilamiz. Oqibatda biz muammolarni chetga surib qo’yamiz, ularni yechmaymiz. Biz muammolarni tahlil qilmaymiz, ularga tik ko’z bilan qarashga ular bilan to’qnashishdan qo’rqamiz. Natijada bizning muammolarimiz psixologik (amalga oshmagan istaklar, orzular va natijasiz intilishlar) bosqichdan o’tib fiziologik bosqichda kasallik ko’rinishida shakllanadi.

Abu Ali ibn Sino shunday degan ekanlar: «Biz zohiriy kasalliklarni davolash yo’llarini yozib qo’ydik. Bizdan keyingilar botiniy illatlarga shifo topadi, deb umid qilamiz»

Psixosomatik kasallik o’zaro munosabatlardagi muammolar natijasida, stress yoki ko’pincha tashqi ta’sirlar va insonlar tufayli paydo bo’lishi mumkin.

Ilm-fanda hatto psixologik holatning inson tanasiga ta’sirini o’rganuvchi alohida yo’nalish ham bor. U ham psixosomatika deb ataladi. Biroq bu ikki tushunchani adashtirmaslik lozim: rasmiy tibbiyot “boshdagi” muammolar ba’zi holatlarda kasallikni qo’zg’atishi mumkin deb hisoblasa, muqobil tibbiyot esa – barcha kasalliklar faqat asablar faoliyati natijasi ekanini ta’kidlaydi.

Rasmiy tibbiyotda ko’p o’rganilgan psixologik faktorlar natijasida kelib chiqadigan psixosomatik sindromlar:

Psixogen kardialgiya – bu ruhiy siqilashlar natijasida yurak sohasida paydo bo’luvchi og’riq.

Psixogen astma – asabiy-ruhiy buzilishlar sababli kelib chiqadigan kasallik.

Muqobil tibbiyotdagi psixosomatik kasalliklarni ko’rib o’tsak:

Bosh og’rig’i – o’zni tanqid qilish.

Bel og’rig’i – aybdorlik tuyg’usi.

Jigar kasalligi – jahl, eski xafagarchiliklar.

DAVO

Psixosomatik kasalliklarni psixoterapevt va tibbiy psixolog davolaydi. Bugungi kunda davolash asosan psixoterapevtik usullar bilan birgalikda trankvilizatorlar bilan yoki antidepressantlar bilan amalga oshiriladi.

1 thought on “Barcha kasalliklar miyadanmi?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

− 3 = 1

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!