MOODLE TIZIMIDA KURS ELEMENTLARI TASHKIL ETISH
Zaripov Nozimbek Nayimovich
Tayanch so`zlar: so’rovnoma, chat, tashqi uskuna, gipermurojaat, ma’ruza, so’rov, ma’lumotlar bazasi, topshiriq, fayl, sahifa, papka.
Ключевые слова: анкета, чат, внешний инструмент, гиперссылка, лекция, запросы, база данных, задание, папка, страница, файл.
Key words: questionnaire, chat, external tool, hyperlink, lecture, queries, database, task, folder, page, file.
Maqolada oliy ta`lim muassasalarida boshqaruv samaradorligini va ta’lim jarayoni sifatini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari yoritib berilgan.
Статья посвящена изучению способов использования информационных технологий в повышении качества управления университетом и эффективности образова-тельного процесса.
The article is devoted to the ways of using information technologies for improving the quality of the University administration and the effectiveness of educational process.
Kirish. Ushbu maqoladatalabalarni o`qitishda LMS Moodle tizimidan foydalanish, tizimda kurslar tashkiletish, ularning turlari keltirilgan. Jumladan: so’rovnoma, chat, tashqi uskuna, gipermurojaat, ma’ruza, so’rov, ma’lumotlar bazasi, topshiriq, fayl, sahifa, papka va boshqalar.
Ma’ruza bo’limida har bir dars baholanish imkoniga ega ekanligi, dars tarkibida bir necha sahifalar yaratish, yangi mavzularni mustaqil o`rganish, darslarni nazorat qilish uchun turli xildagi test savollaridan foydalanish imkoniyati yoritib berilgan.
Moodle – bu o’qituvchilar tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System – CMS) dir. Moodle tizimi orqali masofaviy ta’lim tizmini tashkil etishda keng imkoniyatlar mavjud:
- Kurs mazmunini boyitish uchun o’nlab kurs elementlarining mavjudligi;
- Talabalar uchun resurslarning bir qancha turdaligi;
- Foydalanuvchining ixtiyoriy tilida ishlay olishi;
- Har bir kursda darslar modullarga bo`lib tashkil etilishligi va boshqalar.
Moodle LMS tizimida quyidagi rasmda aks ettirilgan kurs elementlari mavjud:
1-rasm. Kurs elementlari ro`yxati.
Анкета (So`rovnoma) – elementining uch turdagi anketalari masofaviy ta’lim kurslarini baholash va rag`batlantirish uchun xizmat qiladi. Professor-o`qituvchilar anketa moduli yordamida o`z talabalarini yaqindan bilishga yordam beruvchi ma’lumotlarga ega bo`ladilar. Shuningdek, dars samaradorligini oshirishga yordam beruvchi talabalar fikrlariga ham ega bo`lishlari mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu modul savollari oldindan ishlab chiqilgan bo`lib, ularni o`zgartirib bo`lmaydi. Talabalar uchun maxsus anketa taqdim etishda teskari aloqa xizmatidan foydalanish mumkin.(1-rasm)
Файл (Fayl) – moduli professor-o`qituvchilarga fayllarni kurs resursi sifatida foydalanishga imkon yaratadi. Yuklangan fayllar kurs tarkibida ko`rinadi. Talabalar esa yuklangan fayllarni ko`chirib olish imkoniga ega bo`ladilar. Файл moduli tarkibiga HTML, flash yoki grafik fayllarni ham biriktirish mumkin. Yuklangan fayllarni ochish uchun talabalar kompyuterida fayllarga mos dasturiy ta’minot bo`lishligi zarur ekanligiga e’tibor berish zarur. Файл modulidan quyidagi holatlarda foydalanish tavsiya etiladi: [1]
- Ma’lumotlardan ommaviy foydalanish uchun;
- Kurs resursi sifatida mini-saytlarni biriktirish uchun;
- Belgilangan dasturiy mahsulotlarda (psd-Adobe PhotoShop va h.k.) tayyorlangan fayllarni biriktirishda.
Talabalar mazkur loyihalarni tahrirlab va taqdim etish orqali baho olishlari kerak.
Чат (Chat) – elementi kurs ishtirokchilari o`rtasida o`zaro yozma muloqot qilish imkonini yaratadi. Kursga kirish imkoni bo`lgan foydalanuvchilar chat modulidan ham faol foydalanishlari mumkin. Chat modulini yaratishda chatning ishlash vaqtini ko`rsatish zarur. Chat faol bo`ladigan vaqtlar oldindan belgilanadi. Masalan: bir marta, har kuni belgilangan vaqtda hamda har hafta belgilangan vaqtda. Chat faollashish vaqti hamda undagi xabarlar bilan bog`liq sozlash ishlarini professor-o’qituvchi chatni yaratish vaqtida belgilaydi. Chat modulidan kurs ishtirokchilari bir-birlari bilan ko`rishishning imkoniyatga ega bo’lmaganlarida, ammo muloqot qilish zarur bo’lganda foydalanish tavsiya etiladi. Chat modulidan quyidagi holatlar yuz berganda foydalanish mumkin:[2]
- Turli joyda yashovchi bir kurs ishtirokchilari bir-birlari bilan axborot almashish maqsadida;
- Talaba o`qituvchining yoniga muayyan mavzu yuzasidan suhbat uchun boriga imkon topa olmaganda yoki vaqtni tejash uchun;
- Talabalar erishgan yutuqlarini boshqa talabalar va o`qituvchilar bilan muhokama qilish zarur bo`lganda;
- Talabalardan mavzuga tayyorgarlik ko`rish uchun yordam olish maqsadida.
Лекция (Ma’ruza) – o`quv elementi masofaviy ta’lim tizmining asosiy mazmunini yoritib beruvchi elementlardan biri hisoblanadi. Uning yordamida ma’ruza, amalaiy mashg`ulot darslarining ma’lumotlari tashkil etiladi. Ma’ruza sahifalar to`plami asosida tashkil etiladi. Odatda, sahifalarning har biri savollar bilan yakunlanib, savollarga berilgan javobga qarab talabalar keyingi bosqichga o`tishi yoki oldingi bosqichni qayta o`zlashtirishi aniqlanadi. Ma’ruza elementi quyidagi funksiyalarga ega:
- Har bir dars baholanish imkoniga ega bo`lib, olingan natijalar baholar jurnaliga yozilib boriladi;
- Har bir dars tarkibida bir necha sahifalar yaratish imkoni mavjud;
- O`zlashtirilgan darslarga bajarilganlik haqida belgi qo`yiladi;
- Yangi mavzularni mustaqil o`rganish mumkin;
- Darslarni nazorat qilish uchun turli xildagi test savollaridan foydalanish mumkin.
Задание (Topshiriq) – o`quv elementi talabalar ishlarini jamlash, baholash va ularni sharhlash hamda o`qituvchilarga kommunikativ topshiriq qo`shish imkonini yaratadi. Talabalar istalgan toifadagi raqamli fayllarni yuborishlari mumkin. Jumladan, Word hujjatlari, elektron jadvallar, rasmlar, audio yoki video fayllar. Qo`shimcha yoki yordamchi o`qituvchilar talabalardan javoblarini matn muharriri orqali kirishini talab qilishlari mumkin. Tizimdan tashqarida bajariluvchi yoki raqamli fayl bo`lmagan topshiriqlar ham berilishi mumkin. Bunday hollarda topshiriq javobi matn muharriri orqali topshiriladi. Topshiriq o`qituvchi tomonidan baholanib, faylga javob mulohaza ko`rinishida, talaba yuborgan faylni to`g`rilangan shaklida yoki audio fayl ko`rinishida javob qaytarilishi mumkin. Javoblar ballar, foydalanuvchilarning baholash shkalalari yoki “Ilg`or” uslublar yordamida baholanishi mumkin. Natijaviy ko`rsatkichlar baholar jurnaliga kiritiladi.
Внешний инструмент (Tashqi uskuna) – elementi boshqa web-saytlarda joylashgan ta’lim resurslari va faol namunaviy elementlarni kursga bog`lash imkonini yaratadi. Masalan, tashqi uskuna kursga tegishli bo`lgan yangi ma’lumot yoki ilova bo`lishi mumkin. Tashqi uskuna elementi Гиперссылка resursidan quyidagi xarakterlar bilan farqlanadi:
- Tashqi uskuna uzoqda joylashgan resursni o`z resursi kabi namoyon etadi;
- Tashqi ilovalarni o`qish, yangilash hamda o`chirish natijasida baholarga ega bo`linadi;
- Mazkur tizim bilan tashqi ilova o`rtasida o`zaro aloqa o`rnatilib, ularning bir-biriga ishonchli deb topilgandagina bog`lanish paydo bo`ladi.
Форум (Forum) – elementi uzoq vaqt davomida foydalanuvchilar o`rtasida muloqotni tashkil etadi. Forum modulini chat modulidan farqi bo`lib, chat aniq bir vaqt mobaynida qisqa xabarlar orqali muloqot tashkil etish uchun xizmat qiladi. Forum esa chatga qaraganda kengroq tushuncha bo`lib, aniq bir masala bo`yicha uzoq vaqt davomida foydalanuvchilar o`rtasida muzokara olib borish imkonini yaratadi. Muzokara mobaynida foydalanuvchilar matnli va grafikli ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin. Forum yangiliklariga a’zo bo`lgan foydalanuvchilar forum yangiliklari haqida doimiy xabardor bo`lib turadi. Forum xabarlari professor-o`qituvchilari hamda talabalar tomonidan ham baholanishi mumkin. Natijaviy baholar jurnaliga yozilishida ikkala guruh a’zolari bergan baholari birlashtiriladi. Forum elementidan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin: [2]
- Talabalar bir-birlari bilan yaqindan tanishish uchun ochiq muloqot interfeysi sifatida;
- Kurs e’lonlaridan (yangiliklar forumiga a’zo bo`lganlar uchun) xabardor bo`lish uchun;
- Kurs mundarijasi yoki kurs ma’lumotlarini muhokama qilish uchun;
- Shaxsiy uchrashuvlarda tashkil etilgan muloqotni davom ettirish uchun;
- Professor-o`qituvchilar hamkorlik muhitini tashkil etish uchun (yashirin forum shaklida);
- Maslahat markazi uchun (professor-o`qituvchilar va talabalar uchun);
- “Jumboq”, “Aqliy hujum” kabi mavzular doirasida muhokama-munozara olib borish maqsadida.
Глоссарий (Izohli lug`at) – elementi foydalanuvchilarga resurs va ma’lumotlarning tizimlashtirilgan hamda faoliyat doirasida foydalaniladigan lug`at tashkil etish imkonini beradi. Professor-o’qituvchilar izohli lug`atga fayllarni biriktirish uchun ruxsat berishlari mumkin. Biriktirilgan faylli yozuvlar o`qituvchi tasdig`idan so`ng izohli lug`atda ochiq holatda namoyon bo`ladi. Izohli lug`at yozuvlarini alifbo, kategoriya, kiritilgan sana va muallifi bo`yicha qidirb topish mumkin. Agar izohli lug`atda avtobog`lanish filtri yoniq bo`lsa, u holda kursda ishlatilgan so`zlar va jumlalarga mos kelgan termin haqida ma’lumot olish mumkin bo`ladi. Izohli lug`atdan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin:
- Atamalarning qo`shma banki sifatida foydalanish;
- Yangi talabalarning ismi va shaxsiy ma’lumotlarini kiritishni o`rgatuvchi maydon;
- Foydali video, grafikli va audio ma’lumotlarni saqlash uchun umumiy muhit sifatida va boshqa holatlarda.
База данных (Ma’lumotlar ombori) – elementi foydalanuvchilarga barcha joydan yozuvlarni izlash, yaratish va xizmat ko`rsatish kabi imkoniyatlar yaratadi. Yozuv strukturasi o`qituvchilar tomonidan maydonlar soni orqali aniqlanadi. Maydonlarning menyu, matnli soha, bir tanlovli va ko`p tanlovli maydon, qalqib tushuvchi ro`yxat, giperhavola, rasm va fayl yuklovchi maydon kabi turlari mavjud. Ma’lumotlar ombori ma’lumotlarini ko`rish va tahrirlash visual aks etishi ma’lumotlar ombori qolipi kabi amalga oshiriladi. База данных elementidan mavjud kurslarda andoza sifatida hamkorlikda foydalanishi mumkin. Shuningdek, professor-o`qituvchilar ma’lumotlar ombori yozuvlarini import va eksport qilishlari ham mumkin. Agar База данных ning avtobog`lanish filtri yoqilgan bo`lsa, u holda ma’lumotlar omborining har qanday yozuvi mavjud kurslarda uchraydigan so`zlar va jumlalarga avtomatik bog`lanadi. Professor-o`qituvchilar ma’lumotlar ombori yozuvlarini sharxlashga ruxsat berishi mumkin. Shuningdek, yozuvlar professor-o`qituvchilar va talabalar tomonidan baholanishi mumkin. Natijaviy ballar baholar jurnaliga yozilishida birlashtirilishi mumkin. База данных dan quyidagi holatlarda ko`proq foydalaniladi:[3]
- Web-havola, kitob, kitobga berilgan taqriz, jurnal havolalari, bibliografik ro`yxat kabi hamkorlik to`plamlari uchun;
- Yaratilgan surat, plakat, web sayt yoki ertaklarlarni talabalar ko`rishlari va o`zaro sharhlashlari uchun.
Семинар (Seminar) – o`quv elementi talabalar ishini o`zaro baholash, jamg`arish, ko`rib chiqish hamda taqriz berish imkonini yaratadi. Talabalar o`z ijodiy ishlarini har qanday fayl ko`rinishida taqdim etishlari mumkin. Masalan, Word hujjati, Excel elektron jadvali, shuningdek, matn maydoni yordamida matn ko`rinishida ham taqdim etishi mumkin. Taqdim etilgan ma’lumotlar bir qancha baholash mezonlari asosida topshiriq bergan o`qituvchi tomonidan baholanadi. Talabalarning bir yoki bir nechta kursdoshlarini baholash vakolatlari mavjud. Taqdim etilgan ishlar va taqrizlar zarur bo`lsa, yashirin holatda bo`lishi mumkin. Talabalar seminar uchun ikkita bahoga ega bo`ladilar. O`zining ishi uchun baho hamda bajargan ishi uchun kursdoshlari tomonidan berilgan baho. Olingan bahoning har ikkisi ham baholash jurnaliga yoziladi.
Опрос (So`rov) – elementi professor-o`qituvchilarga so`rov o`tkazish imkonini beradi. Yaratilgan so`rov tarkibida faqat bitta savol bo`ladi. Javoblar soni esa istalgancha bo`lishi mumkin. So`rov javoblaridan bir yoki bir necha variantlarini tanlash imkoniyati ham mavjud bo`lib, bu imkoniyat so`rov yaratilish jarayonida belgilanadi. So`rov natijalari belgilangan muddatda keyin namoyon bo`lishi yoki umuman natijalar ko`rsatilmasligi mumkin. Natijalar talabalar nomi bo`yicha yoki yashirin holda aks etishi ham mumkin. So`rov quyidagi hollarda foydalaniladi:
- Mavzuni tanlashda tezkor ovoz berish maqsadida;
- Xotirani tezda tekshirish uchun;
- Talabalarning qaror qabul qilishida yordam berish uchun.
Wiki – elementi ishtirokchilarga bog`langan web-sahifa to`plamini yaratish va tahrirlash imkonini beradi. Wiki individual (faqat muallif o`zgartira olishi mumkin) va hamkorlik (hamma o`zgartirish huquqiga ega) da yaratilishi mumkin. Wikida har bir ishtirokchi tomonidan amalga oshirilgan o`zgarishlarning har bir sahifasi saqlanib qoladi. Wikidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
- Dars yoki qo`llanmalarga guruhli belgi qo`shish uchun;
- Kafedra va fakultet a’zolarining umumiy ishlarini rejalashtirish uchun;
- Murabbiy tomonidan berilgan mavzu bo`yicha talabalar hamkorlikda kitob yaratishlari uchun;
- Har bir ishtirokchi yozgan satrlari yordamida hamkorlikda tarix zarvaraqalarini yozish yoki she’r yaratish uchun;
- Tadqiqotlar yoki to`g`rilashlar natijasida erishilgan belgilar asosida shaxsiy jurnal yaratish uchun (Individual Wiki da qo`llaniladi).
SCORM (Sharable Content Object Reference Model, «berilgan ob’yektdan hamkorlikda foydalanish uchun namunaviy modeli») – elementi o`quv obyektlari uchun muvofiqlikda kelishilgan standart fayllar to`plamini o`zida mujassam etgan bo`lib, ular arxiv fayl ko`rinishida bo`ladi. SCORM paketi bir necha sahifa ko`rinishida bo`lib, fayldan foydalanish davomida fayllar biridan-biriga xarakatlanishi mumkin. Ularning aks etilishi turli xil bo`ladi. Masalan, qalqib chiquvchi oyna, mundarija hamda navigatsion tugmalar ko`rinishida bo`lishi mumkin. SCORM paketida odatda savollar va javoblar mujassam bo`ladi. Javoblar uchun berilgan qiymatlar baholar jurnaliga kiritiladi. SCORM paketidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
- Multimediyali va animatsion fayllarni aks ettirish uchun;
- Baholash uskunasi sifatida.
Папка (Papka) – resursi professor-o`qituvchilarga sahifaga yuklangan bir necha fayllarni ixcham ko`rinishda ya’ni bir papkada saqlash imkonini beradi. Fayllarni papkada saqlash orqali sahifani yuqoridan pastga yoki aksincha varaqlashni oldini oladi. Папка ZIP-arxiv fayllarini ham yuklash imkoniyati bo`lib, ulardan foydalanishda arxivdan chiqariladi. Папка quyidagi holatlar uchun qo`llaniladi:
- Bir mavzuga oid seriyali fayllarni yuklash uchun (talabalar loyihalarni PDF yoki grafik formatda taqdim etishida);
- Professor-o`qituvchilar uchun umumfoydalanishga ruxsat etilgan manbalarni saqlash uchun (papkada faqat professor-o`qituvchilar foydalanishlari mumkin bo`lib, papka talabalarga ko`rinmaydi).
IMS – paketi muvofiqlikda kelishilgan standart asosida ixchamlashtirilgan fayllar to`plamini yuklash imkonini yaratib, yuklangan fayllardan turli tizimlarda bir necha marta qayta foydalanish mumkin. Ushbu modul IMS-paketini arxiv shaklida yuklash hamda kurslarda resurs kabi foydalanish imkonini beradi. IMS paketi bir necha sahifa ko`rinishida bo`lib, fayldan foydalanish davomida fayllar biridan biriga harakatlanishi mumkin. Ularning aks etilishi turli xil bo`ladi. Masalan, qalqib chiquvchi oyna, mundarija hamda navigatsion tugmalar ko`rinishida bo`lishi mumkin. IMS paketida tarkibiga asosan multimediyali va animatsion fayllar kiritiladi.
Пояснение (Izoh) – moduli kursning boshqa element yoki resurslariga havola tashkil etish, multimediyali va matnli ma’lumot kiritish imkonini beradi. Kursning tashqi ko`rinishi yaxshilashda Пояснение resursi universal modul hisoblanadi. Izoh resursidan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin:
- Kurs bo`limiga qisqa ta’rif qo`shish uchun;
- Ichki video va audio fayllarni sahifada ko`rish uchun;
- Faoliyatda bajarilgan katta ishlarni bo`limlarga ajratish uchun (sarlavha va rasmi bilan).
Книга (Kitob) – moduli professor-o`qituvchilarga kitobga o`xshash bob va bo`limlariga ega bo`lgan ko`p sahifali resurs yaratish imkonini beradi. Книга resusrsida bo`limlarga ajratish mumkin bo`lgan ulkan matn yoki media fayllarni ham joylashtirish mumkin. Книга modulidan quyidagi holatda foydalanish mumkin:
- O`quv materiallarni alohida bo`lim ko`rinishida tasvirlash uchun;
- Ma’lumotnoma sifatida;
- Talabalarga topshirilgan ishning namunaviy andozasi sifatida.
Страница (Sahifa) – moduli professor-o`qituvchilarga matn muharriri yordamida web-sahifa yaratish imkonini beradi. Страница moduli matn, rasm, audio, video, web-havola va boshqa turdagi (Masalan: Google Maps, HTML) ma’lumotlarni o`z ichiga olishi mumkin. Страница modulidan foydalanishning Файл modulidan ko`ra samaradorligi ko`proq hisoblanadi. Materiallarni Страница moduliga joylashtirish orqali mobil qurilmalar uchun tezroq ishlashni ta’minlash mumkin. Katta hajmdagi materiallarni joylashtirishda Страница moduli o`rniga Книга modulidan foydalanish tavsiya etiladi. Страница modulidan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin:
- Kurs dasturi rezyumesi yoki kurs muddati va shartlarini e’lon qilish uchun;
- Foydalanilayotgan turli xil video va audio fayllarni izohlash uchun.
Гиперссылка (URL ) – moduli professor-o`qituvchilarga kurs resurs sifatida qo`llaniluvchi web-havolalarini joylash imkonini beradi. Гиперссылкаlar Internetda himoya qilinmagan ixtiyoriy resursga (masalan, hujjatlar va rasmlar) bog`langan bo`lishi mumkin. Гиперссылка web saytlarning bosh sahifasiga emas, balki aniq web-sahifaga bog`lanishi zarur. Professor-o`qituvchilar resurs sifatida YouTube, UzDisc, Wikipedia, Gmail+ kabi saytlarning ma’lumotlaridan foydalanishlari mumkin. Гиперссылкаlarni aks ettirishni sahifa ichiga joylashtirish va yangi oynada ochish variantlaridan birini tanlashi mumkin. Zarur bo`lganda sahifaga qo`shimcha ma’lumotlarni yuborish mumkin. Masalan, talabaning ismi.
Shuni ta’kidlash joizki, URL-manzillarini faqat mazkur resursda emas, balki matn muharririga ega bo`lgan barcha resurslarga ham qo`shish mumkin.
Xulosa. Talabalarni o`qitishda Moodle tizimidan foydalanib darslarni olib borish har bir talabani mavzuni o`zlashtirishda mustaqil tayyorlanishi, o`z ustida ishlashi va istalgan vaqtda topshiriqlar, testlarni bajarishi mumkin.
ADABIYOTLAR
1. Белозубов А.В. Система дистанционного обучения Moodle: Учебно методическое пособие СПб.: СПбГУ ИТМО, 2007. – 108 с.
2. Галузо И.В. Методика реализации обучающей функции тестов в среде MOODLE / И.В. Галузо, В.В. Небышинец, П.А. Сташулeнок // Современное образование Витебщины, 2013. – № 1. – С. 76-80.
3. Гильмутдинов А.Х. Электронное образование на платформе MOODLE.- Казань, КГУ, 2008. –169 с.
zo`r maqola ekan
ha haqiqatdan ham zo`r ancha narsani o`rganib oldim raxmat
zo`r maqola ekan ancha narsani o`rganib oldim !!!
HAQIQATDAN HAM ZO`R EKAN