«Dekart kvadrati»

Bu ahamiyatli tanlov kriteriyalari va har bir qarorning oqibatlarini aniqlashga yordam beradigan usul. Gap shundaki, qaror qabul qilinishi kerak bo’lgan vaziyatda biz ko’pincha uning bir yoki ikkita jihatiga e’tibor qaratamiz va natijada biz uchun ahamiyatli bo’lgan tanlov kriteriyalariga e’tibor bermasdan o’zimizni berk ko’chaga kiritib qo’yamiz.