Bola bilan aloqa o‘rnatish va ixtiyoriy xulq – atvorning rivojlanish darajasini aniqlash metodikasi

Mazkur metodika L.Krasilnikova tomonidan ishlab chiqilgan  bo‘lib, «ha» va «yo‘q demagin» deb nomlanadi.

Ko‘rsatma: Biz sen bilan hozir bir o‘yin o‘ynaymiz. Men senga savollar beraman, sen ularga javob berasan. Lekin savollarimga «ha» va «yo‘q» degan so‘zlar bilan javob bermasliging kerak. Masalan, sendan «o‘yinchog‘ing bormi?» deb so‘rasam, sen «ha» demasdan «Menda – o‘yinchoq bor» yoki «O‘yinchog‘im bor» deya javob berishing kerak. Yoki men sendan «Odamlarning qanoti bormi?» deb so‘rasam, sen «yo‘q» demay, «Odamlarda qanot yo‘q deb» javob berishing kerak, tushundingmi? Qaysi so‘zlarni aytmasliging kerak?

Agar bola tushunmasa, ko‘rsatma qaytariladi.

Metodika materiali 10 ta «ha» javobiga, 10 ta «yo‘q» javobiga ega va 5 ta betaraf sovoldan iborat.

Savollar.

  1. Isming nima?
  2. Sen o‘g‘il bolamisan yoki qiz bolamisan?
  3. Sen bog‘chaga borasanmi?
  4. Bog‘chaga borish senga yoqadimi? (Bog‘chaga bormasa) Bog‘chaga borgin keladimi?
  5. Bog‘chadan uzoqda turasizlarmi? (Bog‘chaga bormasa) O‘rtoqlaring bog‘chaga boradimi?
  6. Muz qaymoqni yaxshi ko‘rasanmi?
  7. Muz qaymoq qanday rangda bo‘ladi.
  8. Qora rangli muz qaymoq yeganmisan?
  9. Sen qo‘lda yura olasanmi?
  10. Sen uchishni bilasanmi?
  11. Adajoning qo‘g‘irchoq o‘ynaydilarmi?
  12. Kechasi quyosh chiqadimi?
  13. Bo‘ri quyondan qo‘rqadimi?
  14. Shifokorga borishdan qo‘rqasanmi?
  15. Shifokor kiyimi qanday rangda?
  16. Shifokorlar bolalarning sochini oladimi?
  17. Sening isming… mi? (Boshqa ism aytiladi)
  18. Sigir uchishni biladimi?
  19. Sen hozir uxlayapsanmi?
  20. Sen maktabga borasanmi?
  21. Hozir boshingda qalpog‘ing bormi?
  22. Qishda o‘t bo‘ladimi?
  23. O‘t oq rangda bo‘ladimi?
  24. Qor qanday rangda bo‘ladi?
  25. Qor issiqmi?

Natijalarni baholash.

To‘g‘ri javoblar – qoida buzilmay berilgan javoblar.

Noto‘g‘ri javoblar – qoidani buzib berilgan javoblar.

Eslatma: bolaning sukut saqlashi, bosh silkitishi, xatosini to‘g‘rilashi to‘g‘ri javob bo‘lib hisoblanadi.

To‘g‘ri javoblar miqdori 11 tadan kam bo‘lmasligi kerak.

Eslatma: metodikani o‘tkazish vaqtida bolaga javobining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida ma’lumot bermaslik kerak.

Metodika manbasi: Ya rabotayu psixologom … Opыt, razmыshleniya, sovetы Podred. I.V.Dubrovinoy. – M.: TS «Sfera», 1999. 223 – 225 betlar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

15 − = 7

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!