«Kimligini topib ko‘rchi» metodikasi
Ushbu metodika maktabgacha yoshdagi bolalarning idrokini o‘rganishga mo‘ljallangan. Unda bola rasmning bir necha qismlari yordamida butun rasm qanday ekanini bilishi talab qilinadi.
Metodika quyidagicha o‘tkaziladi: Bolaga rasmning A qismi ko‘rsatiladi va asosida rasmda nima tasvirlanganini topish taklif etiladi. Buning uchun 10 soniya vaqt beriladi. Agar bolalar bu vaqt ichida nima tasvirlanganini topa olmasa yana 10 soniyaga unga rasmning B qismi ko‘rsatiladi. Shu tariqa rasm qismlari to bola unda nima tasvirlanganini bilmaguncha ko‘rsatiladi.
Natijalarni baholash:
10 – ball – bola A qismdan 10 soniyadan kam vaqt ichida rasmda it tasvirlanganini topdi.
7 – 9 ball – bola B qismdan jami 11 – 20 sonli vaqt sarflab rasmda it tasvirlanganini topdi.
4 – 6 ball – bola V qismidan vaqt 21 – 30 soniyaga yetganda rasmda it tasvirlanganini topdi.
2 – 3 ball – bola G qismdan vaqt 30 – 40 soniyaga yetganda rasmda it tasvirlanganini topdi.
0 – 1 ball – bola jami 50 soniyadan ortiqroq vaqt sarflab A,B va V qismlarni ko‘rib ham it tasvirlanganini topa olmadi.
Rivojlanganlik darajasi:
10 ball – juda yuqori, 8 – 9 ball – yuqori, 4 – 7 ball – o‘rta, 2 – 3 ball – past, 0 – 1 ball – juda past.
Metodika manbasi: Nemov R.S.Psixologiya: Ucheb.dlya stud.vыssh.ped.ucheb.zavedeniy: V Z kn. – Z ye izd. – M.: Gumanitar.izd.tsentr VLADOS, 1999. – Kn. Z. 68 – 70 betlar.