«Belgilarni qo‘y» metodikasi
Mazkur metodika maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining ko‘chuvchanligi va taqsimlanuvchanligini tashxis qilishga qo‘llanishi mumkin.
Metodika materiali: 1 – rasm ko‘rsatilgan jadval.
Metodikaning o‘tkazish vaqti: 2 daqiqa.
Metodikaning qo‘llanishi: bola jadval yuqorisidagi geometrik shakllar – kvadrat, uchburchak, aylana va rombning ichidagi belgilarni jadvaldagi barcha kvadrat, uchburchak, aylana va romblar ichiga qo‘yib chiqishi kerak.
Dkt – diqqat ko‘chuvchanligi va taqsimlanganligining ko‘rsatkichi;
Shm – 2 daqiqa ichida ko‘rib chiqilgan va ichiga tegishli belgi qo‘yilgan geometrik shakllar miqdori;
Xm – topshiriqni bajarish davomida yo‘l qo‘yilgan xatolar miqdori.
Eslatma: tegishli belgilarning tegishli shakl ichiga qo‘yilmagani yoki tegishli shakl ichiga umuman belgi qo‘yilmagani xato bo‘lib hisoblanadi.
Natijalarni baholash:
10 – ball – Dkt 1. 00 dan katta – juda yuqori
8 – 9 ball – Dkt 0. 75 dan 1. 00 gacha – yuqori
6 – 7 ball – Dkt 0. 50 dan 0. 75 gacha – o‘rta
4 – 5 ball – Dkt 0. 25 dan 0. 50 gacha – past
0 – 3 ball – Dkt 0. 00 dan 0. 25 gacha – juda past.
Metodika manbasi: Nemov R.S.Psixologiya: Ucheb.dlya stud.vыssh.ped.ucheb.zavedeniy: V Z kn. – Z ye izd. – M.: Gumanitar.izd.tsentr VLADOS, 1999. – Kn. Z. Psixodiagnostika. Vvedeniye v nauchnoye psixologicheskoye issledovaniye s elementami matematicheskoy statistiki. 79 – 81 betlar.