Klass a’zolariga ruxsatni boshqarish.

Obyektlarga ixtisoslashgan dasturlash xozirgi kunda asosiy dasturlash paradigmasi, 1970 yillarda yaratilgan protsedurali dasturlash texnikasini o‘rniga keldi.Obyektlarga ixtisoslashgan dizayn dasturni bir necha to‘laqon, bir biri bilan ishlovchi dasturkomponentlari, ya’ni obyektlarga bo‘lish imkoniyatini birdiradi.

Programming code abstract technology background of software developer and Computer script on silhouette of

Obyektlarga ixtisoslashgan dasturlashga kirish.

Obyektlarga ixtisoslashgan dasturlash xozirgi kunda asosiy dasturlash paradigmasi, 1970 yillarda yaratilgan protsedurali dasturlash texnikasini o‘rniga keldi.Obyektlarga ixtisoslashgan dizayn dasturni bir necha to‘laqon, bir biri bilan ishlovchi dasturkomponentlari, ya’ni obyektlarga bo‘lish imkoniyatini birdiradi. Obyektlarga ixtisoslashgandasturlashni maqsadi mavjud muammoni bir necha kichik, oson xal qilib bo‘linadigandasturlash tilidir.Obyektlarni dizayn qilish uslubi bu dasturni obyektlarga bo‘lish uchun mo‘ljallanganqoidalar majmui. Ko‘pincha bu real dunyo element va xodisalarini dastur komponentlarigabog‘lash xisoblanadi. Dasturni qayta ishlatish imkoniyatiga ega bo‘lgan obyektlarga bo‘lishniturli xil uslublari mavjud.

Obyektlarga ixtisoslashgan dasturlashning unumdorligini asosiy sababi bu xar bir obyektni o‘ziga tegishli vazifani bajarish majburiyati mavjudligi. Agar biror obyekt o‘zini majburiyati bo‘lmagan vazifaga bog‘liq bo‘lsa u xolda ushbu vazini bajaruvchi boyektga murojaat qilishi kerak. Birinchi obyekt ikkinchi oyektdan vazifani bajarishni so‘raydi (Java dasturlash tilida ushbu so‘rov metod chaqiruvi orqali amalga oshiriladi).

Klasslar

Klasslar Java dasturining tashkiliy elementi xisoblanadi. Klass metodlarni, o‘zgaruvchilarni, izitsializatsiya kodi va boshqa klasslarni o‘z ichiga olishi mumkin. U klass na’munalarini, klass strukturasini bajaruvchi obyektlarini, yaratish uchun andoza xisoblanadi. Klass class kalit so‘zi orqali el’on qilinadi. Klassning metod va o‘zgaruvchilari uning figurali qavslari ichida, ya’ni tanasida, joylashadi. Masalan:

class Avtomobil

{

int tezligi;

double narxi;

String rangi;

public int getTezligi()

{

return tezligi;

}

}

Yuqoridagi Avtomobil klassi uchta o‘zgaruvchilarni o‘z ichiga oladi, bular tezligi, narxiva rangi. Ushbu klass getTezlik() metodini xam belgilaydi. Avtomobil klassi e’lon qilingandan so‘ng Avtomobil obyektini yaratib olish mumkin. Buning uchun quyidagi ifodadan foydalanishmumkin:

Avtomobil a;

a = new Avtomobil();

Yuqoridagi dastur kodining birinchi qatorida Avtomobil turidagi a o‘zgaruvchisi e’lonqilingan. Ikkinchi qatorda new kalit so‘zi yordamida Avtomobil obyekti yaratilib a o‘zgaruvchisiga biriktirilgan. Avtomobil obyekti yaratilgandan so‘ng uning o‘zgaruvchilari va metodlariga murojaat qilish mumkin. Masalan:

a.tezligi = 200;

int tez = a.getTezligi();

Metodlar.

Metodlar klass tanasida joylashadi. Ular lokal o‘zgaruvchilar va boshqa Java ifodalarini o‘z ichiga oladi va ushbu o‘zgaruvchilar metod chaqirilganda ishga tushiriladi. Metodlar ularni chaqirgan ifodaga qiymat qaytarishi mumkin. Qaytariladigan qiymat sodda qiymatlar, o‘zgaruvchi yoki void, xech qanday qiymat qaytarilmaydi, bo‘lishi mumkin. Metod e’lon qilinganda qaytariladigan qiymat metod nomidan oldin ko‘rsatilishi kerak. Metodlar qiymat qabul qilishi xam mumkin va ushbu qiymat chaqiruvchi tomonidan beriladi. Metod e’lon qilinganda qabul qiladigan qiymat metodni qavslari ichida ko‘rsatiladi.

Masalan:

class ArifmetikQiymat

{

int xQiymat;

int yQiymat;

double xisoblash(int x, int y)

{

double arifQiymat = (x + y)/2;

return arifQiymat;

}

}

Ushbu dasturda ArifmetikQiymat klassida ikkita butun sonlarni (int x va int y) qabulqiluvchi xisoblash() metodi e’lon qilingan. Ushbu metod ratsional (double) qiymatni returnkalit so‘zi orqali chaqiruvchi ifodaga qiymat sifatida qaytaradi.o‘zgaruvchilardan farqi shundaki, ular vaqtincha bo‘lib metod bajarilguncha axamiyatga ega.

Metod bajarilib bo‘lingandan so‘ng lokal o‘zgaruvchilar o‘z axamiyatini yo‘qotadi. BundanJava dasturlash tilida bitta klass ichida bir xil nomga ega bir nechta metodlarni e’lon qilish xam mumkin. Ushbu printsip metodni qayta e’lon qilish deb nomlanadi. Faqatgina qayta e’lon qilingan metod xar xil son va turdagi argumentlarni qabul qilishi shart. Metod chaqirilganda kompilyator metod qabul qiladigan argumentlariga qarab ushbu metodlar ichidan kerakligini ishga tushiradi. Masalan,

public class Qabul Qilingan Qiymat

{

public void qiymat(String s)

{

System.out.println(“birinchi metod”);

System.out.println(“qabul qilingan qiymat – ” + s);

}

public void qiymat(int x)

{

System.out.println(“ikkinchi metod”);

System.out.println(“qabul qilingan qiymat – ” + x);

}

}

dasturida qiymat(“tekshiruv”); metodi chaqirilsa dastur ekranga birinchi metod qabul qilingan qiymat – tekshiruv chiqarib beradi. Agar,qiymat(5); metodi chaqirilsa dastur ekranga ikkinchi metod qabul qilingan qiymat – 5chiqarib beradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

31 − 24 =

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!