O’g’il bola va uni haqiqiy erkak qilib tarbiyalash


«Jamiyatda yetarlicha ko’p o’g’il bolalar tug’ilmoqda ammo erkaklar borgan sari kamayib ketishyapti. Buning ikkita sabab bor birinchidan, biz o’g’il bolani qanday qilib haqiqiy erkakni tarbiyalashni bilmaymiz ikkinchidan haqiqiy erkakni ulg’aytirishni xohlashimizga amin emasmiz»

Robert Blay

Anglaganingizdek, mavzumiz o’g’il bola va uni haqiqiy erkak qilib tarbiyalash haqida. Keling, mavzuni haqiqiy erkakka bo’lgan ta’rifdan boshlasak. Haqiqiy erkak – bu jamiyat qabul qilgan normalarga mos keluvchi ideal obraz.

Bugungi kunda rivojlangan g’arb mamlakatlarida erkak va ayol orasidagi tafovut borgan sari kamayib borishi bilan birga haqiqiy erkak degan stereotip ham o’zgarib bormoqda. Haqiqiy erkak va haqiqiy ayol tushunchalari katta savol ostida qolayotgan bugungi kunimizda shukrki erkak uchun mardlik, jasorat, g’urur, or, nomus degan jihatlarga bo’lgan ehtiyoj saqlanib qoldi.Xo’sh, mana shu xususiyatlarni shakllantirish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak degan haqli savol tug’iladi.
Farzand dunyoga kelar ekan unga eng yaqin inson ona bo’ladi va uni haqiqiy erkak qilib tarbiyalayman degan ayol HAQIQIY AYOL bo’lishi kerak. Bu juda muhim faktor. Oilada ona kuchli, ota passiv bo’lganda yoki biror sababga ko’ra otadan nafratlanib o’sgan o’g’ilning ayollarga taqlid qilishga moyil bo’lishi mumkin. Chunki o’g’il bola avtoritetni qidiradi va unga avtomatik taqlid qiladi.Ayniqsa, oilada qizlar ko’p bo’lib ustiga-ustak ota farzandiga vaqt ajrata olmasa, o’g’ilda qizlarga taqlid qilishdan boshqa yo’li qolmaydi. Bu qiziqishlarda , o’yinlarda ko’rinishi mumkin. Bu holatdan dahshatga tushib fojea yasash yaramaydi. Eng yaxshi usul tarbiyaga erkaklarni jalb etish.Har bir erkakda qo’rquv nimaligini bilmaydigan kuch va muhabbat mavjuddir. Kuchni otadan olsa, mehrni onadan oladi. Mehr muhabbat ko’rsatilgan bola boshqalarga beshavqatlarcha munosabatda bo’lmaydi, yomon yo’lga kirish ehtimoli kamayadi. Lekin mehr bu kap-katta so’loqmondek yigitni yosh boladek erkalatish emas, hurmatli ota-onalar!!! Bolani ulg’ayganini hisobga olmaslik jiddiy muammolarga sabab buladi.Bizni bugungi kungi tarbiyamiz farzandni jamiyatga tayyorlash jarayonida ularni atrofga kamroq zarar yetkazishi, madaniyatli bo’lishiga ko’proq qaratilgan. Biz o’g’il bolaga juda ko’p yo’q deymiz. Unday qilma bunday qilma, bu xavfli kabi.Bu esa undagi energiyani, kuchni, agressiyani cheklaydi. Keyin esa tarbiyaning qaerida xatoga yo’l qo’ydim degan savollarga javob qidiramiz.Albatta o’g’il bolalar tarbiyasi ancha og’ir va mas’uliyatlidir, chunki u qurol kabidir ham kuchli ham xavfli. U bir narsani istaydi o’zini xaqiqiy erkakligiga ishonch xosil qilishni, o’z kuchi va imkoniyatlari chegarasini aniqlashni. Buning uchun o’zini xavfga otishi yoki boshqa bolalar bilan urushishi mumkin.

Qiziq fakt haqida gapirib o’tsak.

Tadqiqotlarda kuzatilishicha, o’g’il bolalarning his-tuyg’ularida xarakterlarida ilmiy tilda «feminizatsiya» degan holat kuzatilyapti. Lotincha «femina» – «ayol» ma’nosini bildiradi. O’g’il bolalar jiddiy bir qarorga kelishda sustlik qilayaptilar, ularda mas’uliyatga nisbatan qo’rquv mavjud, boshqarishdan bo’yin tovlamoqlik, mustaqil qarorga kelishdan qochishga urinish, irodasizlik va o’ta ta’sirchanlik sezilyapti. Bular erkaklarga xos bo’lmagan xolatlar. Buning asosiy sababi esa maktab o’qituvchilarining asosan ayollardan iborat ekanligi. Maktabda ayol o’qituvchilar 80-90 foizi tashkil qiladi. Bu butun dunyoda ijtimoiy muammo bo’lib ulgurgan.

Otasiz o’sayotgan o’g’il bolalar-chi?

Agar ona yolg’iz bo’lsa bu erkak buva, tog’a, amaki, sport murabiyi ham bo’lishi ham mumkin. O’g’il bola kuchni,ishonchni ayol kishidan topa olmaydi.

Xulosa.

O’g’lim bezorilik qilib kuchini zararli mashg’ulotlarga sarflamasin desangiz sportga bering, hayolini yomon fikrlar band qilmasin desangiz biror foydali mehnat yoki hunar bilan mashg’ul qiling. Xaqiqiy Erkak bo’lsin desangiz ko’proq erkaklar ta’sirida bo’lishini ta’minlang. O’g’il bolani kuchli ona dunyoga keltiradi katta qiladi ammo uni haqiqiy erkak qilib ota tarbiyalaydi.

O`z fikr va qarashlaringizni yozib qoldirishni unutmang !!! Biror savolingiz bo`lsa sharh sifatida yozib qoldiring !!!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

− 1 = 1

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!