SMM haqida umumiy ma’lumot

SMM atamasi Social Media Marketing so’zlarining bosh harfidan tashkil topgan. Bu soha ijtimoiy tarmoqlarda marketing bilan shug’ullanishni anglatadi. Facebook, Odnoklassniki, Telegram va boshqa har qanday ijtimoiy tarmoqda sayt, mahsulot yoki xizmatni ommalashtirishga qaratilgan harakatlar SMMga misol bo’lishi mumkin.

Qaysi sayt ijtimoiy tarmoqlarda qanchalik faol bo’lsa, uning qidiruv natijalarida chiqadigan o’rni ham shunchalik yuqori bo’ladi. Tadqiqotlar natijasida qidiruvdan foydalanayotgan 90% kishi natijalarning birinchi sahifasidan boshqasiga o’tmaydi. 70% holatda esa qidiruvchi natijalarning eng yuqori uchtasini bosib, saytga o’tadi, xolos. Shu sababli saytlar uchun qidiruvning natijalari sahifasining imkon boricha eng yuqori qismidan o’rin olish katta ahamiyatga ega. Qidiruv natijalarida saytlarni ko’tarib beradigan eng katta kuchlardan biri – bu saytning ijtimoiy tarmoqlarda faolligidir.

Har bir saytning ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi (guruhi, kanali) bo’lishi shart. Bu sahifa, guruh yoki kanal orqali foydalanuvchilar sayt (tashkilot, kompaniya) bilan jonli muloqotga kirishadi. Kompaniyaga har qancha yaxshi mahsulot tayyorlamasin, sayt har qancha yaxshi xizmatlarni taklif qila olmasin, agar odamlar bilan jonli shaxsiy muloqotga kirisha olmasa, har doim iste’molchilar va kompaniya o’rtasida bo’shliq bo’laveradi. Ijtimoiy tarmoqlarda to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish imkoniyati bilan odamlar kompaniyaga yaqinlashishadi: savol so’rashadi, javob olishadi, taklif yoki shikoyatlarini bildirishadi. Bu esa, o’z navbatida, iste’molchilar va kompaniyalar o’rtasidagi munosabatni iliqlashtirishdan tashqari kompaniya saytining qidiruvda yuqoriroq o’rin egallashiga zamin yaratadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

+ 16 = 25

Previous post Bolalik qachon ketadi?
Next post <strong>SMM bilan qanday shug’ullanish mumkin?</strong>