Behruzbek.uz

Muvaffaqiyat sari yo'l…

Tanlovdagi beqarorlik aro yoxud FOBO-eng yaxshi imkoniyat oldidagi qòrquvlar.

Tasavvur qiling, do’konga kirdingiz. Sizni har xil turdagi mahsulotlar o’rab turibdi va tabiiyki, “qay birini tanlasam ekan” deb ikkilanishni boshlaysiz. Sizga mahsulot turi, narxlaridagi farqlar qanchalik ko’p va imkoniyatlar xilma-xil bo’lsa, shunchalik tanlov imkoniyati ortadi va istaganimni sotib olaman deb yengil tortasiz. Ammo, eng yaxshisini sotib olganingizda ham òzingizdan qoniqish hosil qilmay, “Balki, bundanam yaxshiroģi bo’lishi mumkin edi” deb koyib yurasiz.
Bu tanlov imkoniyati sizning qimmatli vaqtingizni, energiya va resurslaringizni behuda sarflaganini esa, sezmay qolasiz.

Bu hodisa fanda FOBO ya’ni “Fear of better option”- eng yaxshi imkoniyat oldidagi qo’qruv deb nomlanadi. Bu tushunchani fanga Amerikalik yozuvchi Patrik Makginnis olib kirgan.

Bu hodisa shaxsiy hayotimizda, ishimizda bizga va hatto yaqinlarimizga ham katta zarar keltiradi. O’zimiz orzu qilgan imkoniyat bizga taqdim qilinganda, bundanam yaxshisi bo’lishi mumkinligini o’ylab, eng hal qiluvchi daqiqada qaror qabul qilishdagi qat’iyatsizlik bilan jim turamiz. Bu bizni barbod qilib, Xavotir stress va depressiyaga sabab bo’ladi. Uylanayotganingizda “Balki yaxshiroģi bordir”, ta’tilga borishni taklif qilishganida ” Bundanam zòr imkoniyat bo’lishi mumkin” deb javobni kechiktirish sizni ham, yoningizdagi insonlarni ham kutishdan charchatib, qat’iyatsizligingiz sabab sizga bo’lgan ishonchlari yo’qolishiga olib kelishi mumkin

Mavjud shartlardan qaysi birini tanlash imkoniyati hammamizda bor. Ammo, tanlovlarni miyada qayta-qayta aylantirish bizning o’zimziga ishonchsizligimiz va kelajak oldidagi qo’rquvlarimizdan darak beradi. Inson hammasiga birdan erishib qo’l ostida nazoratda saqlay olmaydi. Kutilmagan tasodif sabab hammasi o’zgarib ketishi va oxiri biz kutganday yakunlanmasligi mumkin.

Dunyoda ideallik nisbiy tushunchaligini inobatga olib tezroq qaror qabul qilishni boshlash esa hammamiz uchun foydalidir.

Tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

  1. Nimani xohlayotganingizni aniq bilib oling.
    -U nima?
    -Sizga qanday nafi bor?
    -Erishgandan keyin hayotingizda nimalar o’zgarishi mumkin?

Shu savollarga javobni anglaganingizdan so’ng darhol harakatga tushing.

  1. Qaroq qabul qilishda doim o’zingiz bilan maslahatlashing. Sizning yo’rig’ingiz boshqa. Atrofdagilarga o’xshashga intilmang. O’zingizni ular bilan taqqoslashga urinmang.
  2. Ideallarga intilishni bas qiling. Ishingizda professional, oilangizda namunali bo’lishingiz mumkin. Ammo, mukammal bo’lolmasligingizni yoddan chiqarmang.

FOBOdan qancha tez xalos bo’lsangiz, yelkangiz uzra turgan xavotir, ikkilanish va stressdan huncha tez xalos bo’lasiz.

Muallif : Akbarova Maftuna