Behruzbek.uz

Muvaffaqiyat sari yo'l…

Qobiliyat haqida qisqacha ma’lumotlar

Qobiliyatlar bu ma’lum bir faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullanishga yordam beradigan shaxsning individual xususiyatlaridir. Agarda dunyoda hamma inson teng bo’Igani-da, qobiliyat terminidan foydalanishning hojati qolmagan bòlar edi. Ammo, uning shunday darajalari borki, ularni farqlash kishi uchun biroz mushkullik tuģdiradi. Agar quyidagi uch holatni anglab olsangiz, kontekstda ajratish oson bòladi:

  1. Marksizm-Leninizm asoschilaridan biri òz nutqida “Har biridan qobiliyatiga qarab” degan birikmani qòllagan edi.Kòrinadiki, qobiliyat kishilarni bir biridan farqlovchi alohidalik. masalan, perseptiv, induktiv, badiiy va musiqaviy va h.k
  2. Qobiliyatlar individual xususiyat, ammo hamma individual xususiyatlar qobiliyat emas.
    Masalan, ta’sirchanlik, rigidlik(qotib qolgan), qiziqqonlik va h.k. Qobiliyat deb atalishi uchun ma’lum mehnatda muvaffaqiyatga erishishga yordam berishi kerak.

3.Qobiliyat tushunchasi ilgari bajarib bòlingan malaka va kònikmalarni anglatmaydi.

Iqtidor – bu insonning ijodiy imkoniyatlarini belgilaydigan qobiliyatlarning sifat jihatidan noyob birikmasi. Falsafada iqtidorlilik tushunchasi muhim davrni qamrab olganligi uchun uni ikki davrga ajartamiz: Dosxolastik va postsxolastik

Iste’dod-ajoyib qobiliyat, har qanday faoliyatda yuqori darajadagi iqtidor deb ataladi. Ko’pincha iste’dod ma’lum bir sohada namoyon bo’ladi.

Talant-iste’dod rivojlanishining eng yuqori darajasi bo’lib, u sifat jihatidan yangi, noyob ijodlarni yaratish, ilgari noma’lum bo’lgan ijodkorlik usullarini kashf etish bilan bog’liq. Ular qandaydir aniq soha sferasida namoyon bòladi.

Geniallik- Barcha qobiliyat turlarining chòqqisi.
Bu tasaffuvda komil insonga yaqin tushuncha. Yangi noyob ijod yòli bilan bogliq.

Xozirgi zamondagi globallashuv ta’lim jarayonida iqtidor muammosini chuqurroq òrganishni va har bir bolaga alohida yondashishni talab qiladi.

Iqtidorli bola – bu aql-idrok va nostandart fikrlash, individual moyillik va qobiliyatlar va ularning kombinatsiyasi, ijodiy yondashuv va faoliyatga yuqori turtki bo’lgan, bu shaxsiy salohiyat, ijtimoiy-madaniy muhit va kasbiy pedagogik qo’llab-quvvatlashning bir yoki bir nechtasida yuqori natijalarga erishishiga olib keladi. sohalar Shuni yodda tutish kerakki, bolalarning iqtidorliligi kattalarning iste’dodiga kafolat bermaydi. Aksincha, har bir iste’dodli kattalar ham bolaligida o’zini iqtidorli bola sifatida ko’rsatmagan. Har doim qoidani yodda saqlang – tug’ilishdan boshlab, insonga barcha qobiliyatlarni yaratish qobiliyati beriladi. Biroq, tabiat bizga qobiliyatlarning faqat “urug’ini” beradi va ularning unib chiqishi uchun juda ko’p kuch talab etiladi. Bunga qo’shimcha ravishda, qobiliyatni rivojlantirishga tayyor bo’lgan vaqtni taxmin qilish va hozirgi vaqtda bolaga rivojlanish uchun zarur bo’lgan hamma narsani berish juda qiyin. Iqtidor bola qabul qilingan ma’lumotni qayta ishlash natijalarini berganidan boshlanadi.

Muallif: Maftuna Akbarova