“SOYA” trening mashgʼuloti.

Mashgʼulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorrektsion faoliyatda qoʼllanilishi mumkin boʼlib *shaxslararo munosabatlarni, oilaviy munosabatlar va farzand hamda ota-ona munosabatlarida yuzaga kelgan buzilishlarni korrektsiya qilish, *nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda. Maqsad eʼtiborlilik, xotirani rivojlantirish, ichki erkinlik va hotirjamlikni oshirish, ijtimoiy idrok va boshqalarga moslashish koʼnikmasini rivojlantirish.
Fonda mayin musiqani past ovozda qoʼyib qoʼyish kerak. Hamma ishtirokchilar oʼz jufti bilan turib olishadi. Bir kishi “boshlovchi” ikkinchi odam uning “soyasi” vazifasini bajarishi lozim. Boshlovchi yurishi, har hil harakatlar qilishi kerak, soya esa uning ortidan 2- metr uzoqlikda yurib uni harakatlarini oʼxshatib aniq qaytarishi lozim. 5-10 daqiqa yoki bitta musiqa tugagach rollar almashinishi lozim.
Bunda boshlovchiga turli harakatlar qilishga stimul berish lozim. Ishtirokchilarga koʼproq harakat qilish uchun bu mashgʼulot kattaroq trening auditoriyasida yoki ochiq maydonda oʼtkazilishi ham mumkin. Boshlovchi, tasavvuriy harakatlar qilishi, yurishi, yugurishi, gul uzishi, oʼtirib olishi, bir oyoqda sakrashi, ortiga qarashi…mumkin. Soya esa uni harakatini qaytarishi lozim.
Eslatma: agar ona va farzandlar juftligida oʼtkazilganda mashgʼulotni kattalar boshlovchi sifatida boshlashlari kerak. Keyin rol almashiladi.
Mashgʼulot tugagach, maqsaddan kelib chiqib psixolog muhokama olib borishi kerak. Bunda bir biriga moslashish jarayonida ular nimani his qilganini, qanday noqulaylik va qiyinchiliklar boʼlganini, bu mashgʼulotda nimalarni anglaganliklari yohud nimalarni bu mashgʼulot anglatish mumkinligini soʼrash mumkin. Muhokamalardan soʼng mashgʼulotni yakunlash uchun psixokorrektsion xususiyatga ega boʼlgan biror voqea aytib berilishi yoki tavsiyalar berilishi ham mumkin.

Similar Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Misolni yeching: 3 + 4 =