Behruzbek.uz

Muvaffaqiyat sari yo'l…

OLIY VA PROFESSIONAL TA’LIM INTEGRATSIYASIDA DUAL TA’LIMNING MOHIYATI

Ortiqov Oybek Rusramovch pedagogik kafedrasi o’qituvchisi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respblikasi Prezidentining 08.10.2019 yil PF-5847 sonli farmonida:  “O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish”[1]ning ustuvor vazifalari belgilangan.

Ushbu vazifalarni amalga oshirishning asosiy sharti sifatida  ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy drayveriga aylantirish va bozor talablari asosida raqobatbardosh mutaxasislar tayyorlash shu kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi. Mamlakatimiz rahbarining taʼlim tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish gʻoyasi zamirida ana shu maqsad yotibdi.

 Ta’limdagi hamkorlik tamoyili mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida birinchilardan boʻlib Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan amaliyotga tatbiq etildi. Bu borada yaqin hamkor sifatida “Mutaxasislarni maqsadli tayyorlash, oʻquv-ilmiy va marketing sohalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik” toʻgʻrisidagi shartnomalar shakllantirilib, shu asosida nazariya egallangani bilimlarni amaliyotda q’ollashda xizmat qiladi. Shu tariqa tomonlarning sheriklik asosidagi hamkorligiga mustahkam zamin yaratiladi.

Dualism haqida to’xtaladigan bo’lsak, dualizm (lot. dualis — ikki yoqlama) — bir-biri bilan birlashtirib boʻlmaydigan holatlar, tamoyillar, fikrlash tarzi, dunyoqarash, intilish va gnoseologik tamoyillar yonma-yon mavjudligini targ’ib qiluvchi taʼlimot[3]. Dualizm  plyuralizm koʻrinishlaridan biri. Dualizm  terminini nemis faylasufi X. Volf (1679— 1754) kiritgan[3]. Dualizm  quyidagi juft tushunchalarni ifodalaydi: gʻoyalar dunyosi va voqeiy dunyo. Dualizm  falsafiy, diniy, antropologik, etik shakllarda namoyon boʻlishi mumkin. Qad. davrda diniy-etik dualizm  Avestoda uchraydi. Dualizm falsafada ikki mustaqil narsa — ruh va materiya mavjud deb bilishida koʻrinadi. Bu ayniqsa R. Dekart va I. Kant qarashlarida koʻzga yaqqol tashlanib turadi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiq, shuningdek yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida 2021/2022 oʻquv yilidan professional ta’lim tizimida dual ta’lim tashkil etiladi[2].

Ta’lim to’g’risidagi Qonunning 17-moddasida dual ta’lim to‘g‘risida fikr yuritilib, “Dual ta’lim ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.

Dual ta’limni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi” [3,9], deb ta’kidlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi 163-son Qarorining qabul qilinishi Respublikamizda dual ta’limni tashkil qilish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanganligidan dalolat beradi.

Dual ta’lim – bu mutaxassislarni o‘quvchilarning ta’lim infratuzilmasini va o‘quv jarayonida ish beruvchiga jalb qilgan holda, o‘zaro ta’lim doirasidagi mutaxassislar tayyorlash uchun asosdir.  Kasbiy munosabatlar tajribasi sifatida ikki tomonlama ta’limni tushunish, ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish ko‘nikmalarini o‘tkazish, mavzu bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning umumiy tamoyillari bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Dual ta’lim jarayonida o‘quvchi olgan nazariy bilimlarini bir vaqtning o‘zida korxona yoki tashkilotda amalda qo‘llab, mutaxassislik bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini mustahkamlaydi.  Bunda talabalarda haqiqiy, ma’lum bir ishlab chiqarish jarayonini tushunishga qaratilgan nazariy bilim va tushunchalarni tarqalish qobiliyatini rivojlantiradi. Ilm jarayonida amaliy faoliyatni aniqlashning prinsipi bilimlarning asosiy maqsadiga asoslanadi.  Dual ta’lim jarayoni bilim olish kuchi bo‘lgan amaliy faoliyat bilan bilimlarining xolisligini oqlaydi, haqiqatini tekshirish vositasi hisoblanadi. Bu nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi dialektik munosabatlarda o‘z aksini topadi.

Dual ta’lim ma’lum bir korxona ehtiyojlariga muvofiq ma’lum bir darajadagi mutaxassislarni tayyorlashda o‘quv va ishlab chiqarish sohalarining kelishilgan o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga olgan kasbiy tayyorgarlikni tashkil etishning innovatsion shakli tushuniladi.  Bunda o‘quv muassasasi va ishlab chiqarish korxonalari maqsadlarining umumiyligi ijtimoiy tarkibiy xususiyatlarga ega bo‘lgan muayyan malakalarning vakolatli mutaxassislarini tayyorlash jarayoni integratsiyasi hisoblanadi. Ushbu integratsiya asoslari ikki tomonlama tayyorgarlik sharoitida amalga oshirilayotgan maqsadlar, qadriyatlar mazmuni, tadbirlar hamjamiyatini aks ettiradi. Ta’lim muassasasi va korxonaning ushbu hamkorligi bilan yuqori sifatli va miqdoriy jihatdagi oliy ta’lim tizimiga ijtimoiy buyurtma aniqlashtiriladi. Imkoniyatning uslubiy tamoyili asosida kasb-hunar ta’limi tizimini o‘rgangan olimlarning fikriga ko‘ra, ikki tomonlama ta’limning asosiy shakllari Ijtimoiy sheriklik instituti hisoblanadi. Har bir sherikning manfaatlari va majburiyatlarini aniq farqlash bilan ish beruvchiga beriladi. Ikki tomonlama o‘quv mashg‘ulotlari, nafaqat mutaxassislar tayyorlash natijalariga, balki o‘quv jarayoni va uni tashkil etish mazmuniga ham qiziqadigan muayyan korxonalar o‘quv jarayoniga jalb qilinganligini ta’minlaydi.  Bu dual ta’limning ahamiyati bilan belgilanadi, bu esa mutaxassisni tayyorlashda bo‘shliqni va ta’lim sohalarini to‘ldirishga imkon beradi. Nazariy va uslubiy, psixologik va falsafiy poydevorni hisobga olgan holda, ikki tomonlama o‘qitish sharoitida mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi ko‘rib chiqiladi. Unda to‘rt asosiy komponentga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir:

1. Motivatsion (muvaffaqiyatga erishish; o‘qishni o‘rganishning motivatsiyasi; kasbni qondirish darajasi, ilmiy faoliyatga ratsionalizatorlik takliflari orqali qiziqtirish).

2. Tashkiliy va boshqaruv komponenti (etakchilik salohiyatining namoyon bo‘lishi; kommunikativ fazilatlar; tashkiliy xususiyatlar).

3. Kognitiv (professional faoliyatda bilimlarni o‘zlashtirishi; bilim olishda mustaqillik berish).

4. Ilmiy komponent (ilmiy maqsadlarda ishtirok etish darajasi; korxona muammolarini hal qilish bo‘yicha amaliy innovatsion loyihalari yo‘nalishi).

Etuk mutaxassislar tayyorlash muammosini tahlil qilish keng qamrovli jarayon sifatida, davlat va jamiyat ehtiyojlarini o‘rganishga imkon beradi. Ushbu tahlilning asosiy vazifalari quyidagilarni anglatadi:

 – ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va muammoni hal etish uchun olingan natijalardan foydalanish imkoniyatlarini baholash;

 – tarmoqlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda ikki tomonlama ichki va xalqaro tajribani tahlil qilish;

 – ikki tomonlama soha uchun mutaxassislarni tayyorlash uchun samarali texnologiyalarni yaratish zarurligini asoslash.

Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi:

  • dual ta’limni tashkil etish va uning bosqichlari;
  • dual ta’limda oʻquv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotini olib borish tartibi;
  • dual ta’lim ishtirokchilarining vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilash;

Dual ta’limning afzalliklari mavjud;

  • Professor-oʻqituvchilar talabalarning nazariy egallagan bilimlarini amaliyotda qo’llash  jarayonidan muntazam ravishda xabardor boʻlishadi;
  •  Talabalar yangi texnologiyalarga oid bilimlarini boyitib boradi;
  • Yangi avlod mutaxasislarini tayyorlashga xizmat qiladi;
  • Talabalarni zamonaviy bilimlarni egallash va moslashuvchanligini ta’minlaydi;

Mutaxasislarni tayyorlashda nafaqat oliy ta’lim, balki maktab – professional ta’lim – texnikum – oliy oʻquv yurti tizimi ishlashi kerak. Oliy ta’limda klaster talabidan kelib chiqqan holda barcha boʻgʻindagi malakali mutaxassislarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish ustida ish olib borilmoqda. Aniqroq qilib aytganda, dual taʼlim tizimini joriy etish rejalashtirilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 martdagi “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida” gi 163-son Qaroriga asosan “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom” ishlab chiqilib, ushbu Nizomga asosan 2021/2022 o‘quv yilidan professional ta’lim tizimida dual ta’lim tashkil etiladi. Dual ta’lim – bu ta’limni o‘z yo‘nalishiga mos tashkilotda mehnat qilish bilan birga olib boruvchi tizimdir. Dual ta’limni tashkil etish uchun hokimliklar va manfaatdor vazirliklar tomonidan o‘rta bo‘g‘in mutaxasislariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanadi va taklif tayyorlanadi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi har yili 1 iyulgacha dual ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlanadigan ta’lim muassasalarini belgilaydi. Tanlangan ta’lim muassasalari belgilangan kvotalar bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qiladi. Ta’lim muassasalari kadrlarga ehtiyoji bo‘lgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzadi. SHartnoma tashkilot va o‘quvchi o‘rtasida ham tuziladi. Bunda o‘quvchi uchun tashkilotda muayyan ish o‘rni ajratiladi. O‘quvchilar bir haftada kamida ikki kun ta’lim oladi qolgan kunlar ishlaydi. O‘quvchiga ishlagan kunlari uchun haq to‘lanadi.

Bugungi kunda dual ta’lim Yevropa Ittifoqi hamda boshqa bir qator davlatlarda joriy etilgan. Unga koʻra, Germaniyada uch oylik oʻqish, uch oylik ish tamoyili amal qiladi. Biz esa taʼlimni ishdan ajralmagan holda yoʻlga oʻymoqchimiz. Bunda maxsus oʻquv-reja va dasturlar ishlab chiqilib, mobil, yana-da aniqroq aytganda, moslashuvchan taʼlim tizimi tanlanadi. Shu tamoyil asosida talabalar egallagan bilimlarini mutaxassisliklariga tegishli ta’lim muassasalarida stajirovka oʻtaydilar.  Masalan;  bizda universitetlarning pedagogika-psixologiya yo’nalishidagi talabalar oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorlik konsepsiyasi asosida egallagan bilimlarini dual ta’lim asosida amaliyotni qo‘llaydilar.

Mahalla azaldan nafaqat o’sib kelayotgan avlodning tarbiyachisi vazifasini bajargan, balki ularda ijtimoiy fikrni shakllantishga ham xizmat qilgan.  Qo’shnilar o’rtasidagi barcha nizoli holatlar, shuningdek, oilaviy janjallar mahalla  faollari tomonidan muhokama qilinadi. Bular orasida ko’pincha qaynona-kelin, yosh kelin-kuyovlar orasidagi janjallar ko’p uchraydi. Bunday holatlarda xotin-qizlar qo’mitasi suhbat o’tkazadi. Agar ikki tomonni yarashtirib bo’lmasa, bu holat bilan mahalla qo’mitasi shug`ullanadi. Odatda, o’sha joyning o’zida muammo hal qilinadi. Shunday muammoli vaziyatlarni hal  etish metod va usullarini talabalarimiz tahlil qilib, o’zlarining egallagan bilimlarini mustahkamlaydilar.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, dual ta’lim oliy ta’limda tahsil olayotgan  talabalarni bilim, ko‘nikma va malakalari, hamda dunyoqarashlarini  rivojlantirishga, ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligini mustahkamshga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash To‘g‘risida PF-5847-son Farmoni 2019 yil 8 oktyabr
  2. Vazirlar Mahkamasi “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi 163-son qarori 29.03.2021 y
  3. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-637-son. 23.09.2020. – T.: 2020. – 75 b. //https://lex.uz/docs/5013007
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. Novaya filosofskaya ensiklopediya. V chetыrex tomax. / In-t filosofii RAN. Nauchno-red. sovet: V.S. Stepin, A.A. Guseynov, G.YU. Semigin. M., Mыsl, 2010, t. I, A – D, s. 429-430.