Mozaika metodi
Mozaika so’zining ma’nosi bo’laklardan yig’ib butun hosil qilishdir. Bu usuldan foydalanish uchun oldindan kartochkalarga so’zlar yozilishi kerak. O’quvchi so’zlar ketma – ketligini topib qo’yib gap yasashi lozim. Fizikada qonun, qoidalarning so’zlarini alohida kartochkalarda yozish mumkin. har bir qoida, qonun so’zlari yozilgan kartochkalar alohida konvertda saqlanishi lozim. Rasmlarni ham qirqib bo’laklab qo’yilsa o’quvchi yig’ib rasm haqida gapiradi. Guruhlarni ham mozaika metodidan foydalanib tashkil etish mumkin.
Bu juda ajoyib metod hisoblanadi.Bolalar bilan ishlashda albatta qo’llab ko’ring,natijasiga o’zingiz guvoh bo’lasiz.