Psixologiya fanining tamoyillari va tuzilishi

Psixologiya fani psixik hodisalarni ilmiy jihatdan o‘rganishda quyidagi
tamoyillarga suyanadi.
Determinizm tamoyili. Bu tamoyilga binoan psixika yashash sharoiti
bilan belgilanadi. Yashash sharoitining o‘zgarishi bilan psixika ham
o‘zgaradi. Inson tug‘ilgandan keyin qanday sharoitda yashasa, unga yashash
muhiti qanday ta’sir qilsa, qanday ta’lim-tarbiya olsa u shu sharoit,
muhitda shakllanadi, uning ongi ham shu muhit ta’sirida rivojlanadi.
Chunki, inson ongining paydo bo‘lishi, shakllari va taraqqiyoti hayot
uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalar ishlab chiqarish usullari
taraqqiyotining qonunlari bilan belgilanadi. Shuningdek, ijtimoiy tarixiy
xarakterga ega ekanligini tushunish inson ongining ijtimoiy turmushga
bog‘liqligini ko‘rsatadi. Insonning yashagan muhiti uning ongini qanday
rivojlanishiga ta’sir qiladi. U shu muhitda shakllanadi.
Ong va faoliyatning birligi tamoyili. Bu tamoyilga binoan ong va
faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham emas, aynan bir narsa ham emas,
ular bir butunlikni tashkil qiladi. Inson faoliyat ko‘rsatar ekan uning
mazmunini, motivlarini, qanday bajarish kerakligini ongida rejalashtiradi
va ular yordamida tevarak-atrofni qurshab olgan muhit bilan munosabatga
kirishadi.
Ong va faoliyatning birligi tamoyili psixologlarning faoliyatni o‘rganish
orqali xatti-harakatlardan ko‘zlangan maqsadga muvaffaqiyatli erishishini
ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni, ya’ni psixikaning
obyektiv qonuniyatlarini ochishlariga imkon beradi.
Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etishi tamoyili. Bu tamoyilga
binoan psixika va ong faoliyatda rivojlanadi va u faoliyat natijasidir.
Insonning psixik taraqqiyoti o‘yin, o‘qish va mehnat faoliyati bilan
bog‘liqdir. Bu faoliyatlarsiz psixik taraqqiyotni tasavvur qilish mumkin
emas. Masalan: bola o‘yin orqali o‘zaro munosabatlarga kirishadi, nutqni
egallaydi, narsa va hodisalarni idrok qiladi, xotirasida saqlaydi, tasavvur
qiladi, fikr yuritadi, xayol qiladi. O‘yinda xarakter shakllanadi. O‘zo‘
zini anglaydi. Faoliyat jarayonida ota-bobolarining ijtimoiy tajribalarini
o‘rganadi. Bu esa taraqqiyotning faqat insongagina xos bo‘lgan maxsus
shakli sifatida yuz beradi. Bola ta’lim jarayonida psixik taraqqiyotning
yakka shakllarini mustaqil, faol fikr yuritish, mavhum fikrlash kabilarni
egallaydi. Bu esa uning ongini yana ham rivojlanishiga olib keladi. Demak,
ong faoliyatda namoyon bo‘lib, faoliyatda tarkib topadi. Psixika
va ong taraqqiyot mahsuli va faoliyat natijasi ekanligini hamma otaonalar,
tarbiyachi va o‘qituvchilar bilishlari lozim.
Psixikaning faoliyatda rivojlanishi tamoyili uni klassifikatsiya qilish
imkonini beradi. Shu nuqtayi nazardan psixologiya sohalarining mazmuni
va vazifasiga qarab uni klassifikatsiya qilish va tuzilishini aniqlash mumkin.
Hozirgi zamon psixologiyasi quyidagicha klassifikatsiya va tuzilishga
ega:
I. Aniq faoliyatning psixologik tomoni.
II. Taraqqiyotning psixologik tomoni.
III. Insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatining psixologik tomoni.
I. Psixologiyaning aniq turdagi inson faoliyati psixik muammolarni
o‘rganuvchi bir qator sohalarni o‘z ichiga oladi.

  1. Mehnat psixologiyasi (mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini,
    uni ilmiy tashkil qilishning psixologik tomonini o‘rganadi).
  2. Muhandislik psixologiyasi (mashina bilan inson o‘rtasidagi vazifalarni
    taqsimlash, muvofiqlashtirish, avtomatlashtirish jarayonini
    o‘rganadi).
  3. Pedagogik psixologiya (ta’lim, tarbiya, o‘qituvchi psixologiyasi
    muammolarini o‘rganadi).
  4. Tibbiyot (meditsina) psixologiyasi (bemorning xulq-atvori va shifokorning
    faoliyatini o‘rganadi).
    Shuningdek, psixik hodisalar bilan miyadagi fiziologik tuzilmalarni
    o‘rganadigan neyropsixologiya, psixik faoliyatga ta’sir qiluvchi dorivor
    moddalarni o‘rganadigan psixoformakologiya, davolashga ta’sir etuvchi
    vositalarni o‘rganuvchi psixoterapiya, inson sog‘lig‘ini ta’minlash uchun
    turli tadbirlarni ishlab chiquvchi psixoprofilaktika psixologiyasi ham shular
    jumlasidandir.
    Yuridik psixologiya: sud ishi psixologiyasi (jinoyatni ochish), kriminal
    psixologiya (jinoyat motivlarini aniqlash), penitensiar yoki axloq
    tuzatish mehnati psixologiyasi kabilar kiradi.
  5. Harbiy psixologiya (jangovor harakatlarni o‘rganuvchi
    psixologiya).
  6. Sport psixologiyasi (sportchilar shaxsini o‘rganadi).
  7. Savdo psixologiyasi (sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro munosabatlari
    psixikasini o‘rganadi).
  8. Ilmiy ijodning psixologiyasi (ijod qiluvchi shaxsning faoliyatini
    o‘rganadi).
    Inson faoliyati turli-tumandir. Hozirgi kunda har bir faoliyatning
    psixologiyasini o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
    II. Taraqqiyotning psixologik tomoni. Taraqqiyotning xususiyatlarini
    asos qilib olib, uni o‘rganadigan psixologiya turlari ajratiladi.
    Bular: 1. Bolalar psixologiyasi.
  9. Yoshlar psixologiyasi.
  10. O‘smirlar psixologiyasi.
  11. O‘spirin yoshlar psixologiyasi.
  12. Katta yoshli kishilar psixologiyasi.
  13. Geranto psixologiya (qariyalar psixologiyasi).
  14. Maxsus (anomal taraqqiyot) psixologiya.
    Shuningdek, bunga patopsixologiya (psixik taraqqiyoti normadan
    oqqan) oligofreno (miyaning tug‘ma kamchiliklari bilan bog‘liqligini
    o‘rganadi), Surdopsixologiya (karlar), tiflopsixologiya (ko‘r yoki xira
    ko‘radigan kishilar psixologiyasi) kabilar kiradi.
  15. Qiyosiy (psixik hayotning nasliy shakllarini tekshiradi) psixologiya.
    Bunga zoopsixologiya (tur, jins, oilaga mansub hayvonlar psixikasini
    o‘rganadigan fan), etologiya (hayvonlar xatti-harakatining tug‘ma
    mexanizmini o‘rganadigan fan) kabilar kiradi.
    III. Insonni jamiyatga bo‘lgan munosabatining psixologik tomoniga
    mansub bo‘lgan psixologiyalar faoliyat va taraqqiyotda yuz beruvchi
    psixik hodisalarni o‘z ichiga oladi. Bunga:
  16. Jamoada odamlarni o‘zaro munosabatlarini va unda yuzaga keladigan
    psixik hodisalarni o‘rganadigan ijtimoiy psixologiya, din psixologiyasi
    ham (diniy tasavvurlar, hissiyotlarning kelib chiqishi, diniy jazava
    (zikr)larni o‘rganish bu psixologiyaning ajralmas qismidir.
  17. Inson shaxsining individual psixologik yoki differensial (farq) xususiyatlarini
    o‘rganadigan shaxs (yoki differensial) psixologiyasi.
  18. Shaxsning kasbga bog‘liq qobiliyatlarini, kasbga yaroqli ekanini
    aniqlovchi xarakterologiya, individual psixologik ayirmalar tipologiyasi,
    professiografiya.
  19. Umumiy psixologiya. Bu psixologiya psixik taraqqiyotning umumiy
    qonuniyatlarini, tadqiqot usullarini, psixologiya fani asoslab bergan
    tamoyillarni, psixologiya faniga kirib kelgan asosiy ilmiy tushunchalarni
    xarakterlab beradi. U psixik jarayonlar (bilish jarayoni, iroda, hissiyot,
    psixologik holatlar) va xususiyatlarni shaxs ongi faoliyatida rivojlanadi
    degan tamoyil asosida o‘rganadi.
    III. PSIXIK HODISALARNING KLASSIFIKATSIYASI
    Psixik hayot turli-tuman hodisalarda namoyon bo‘ladi. Psixik hayot
    hodisalarida psixik jarayonlar, psixik mahsullar va psixik holatlar ajratiladi.
    Psixik jarayon – psixik hodisaning qonuniy, ketma-ket o‘zgarishi,
    uning bir stadiya yoki fazodan ikkinchi stadiya yoki fazoga o‘tishidir.
    Psixik mahsullar – psixik jarayonlarning natijasidir. Bularga sezgi
    va idroklarning obrazlari, tasavvurlar, muhokamalar, tushunchalar shaklidagi
    subyektiv psixik mas’ullar kiradi.
    Yoqimli va yoqimsiz tuyg‘ular, tinchlik-farog‘at, hayajonlanish va
    ma’yuslanish, uyg‘oqlik va uyqu holatlari, dadillik va taraddudlanib qolish
    holatlarini boshdan kechirish psixik holatlarga kiradi.
    Xilma-xil psixik hodisalarni: bilish, emotsional soha (hissiyot sohasi)
    va iroda sohasi deb uchga bo‘lish qadimdan bor. Odam ongi faoliyatida
    zohir bo‘ladigan ana shu turlar psixik funksiyalar deb ataladi.
    Bilish hodisalari boshqacha aqliy, intellektual jarayonlar deb ataladi.
    Sezgilar, idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq – bilish jarayonlaridir.
    S e z g i l a r – muayyan paytda sezgi organlarimizga: ko‘ruv,
    eshituv, tuyish, hid bilish va boshqa shu kabi organlarimizga ta’sir etib
    turgan narsalardagi ayrim xossalarning aks etishidir. Masalan, qizil, oqni,
    shirin, achchiqni, og‘ir, yengilni sezamiz.
    I d r o k – tevarak-atrofimizdagi narsalarning yaxlit holda aks
    etishidir. Masalan, uy, gul, nutq, musiqa va boshqa shu kabilarni idrok
    etamiz. Narsalar sezgilar asosida idrok etiladi. Sezgi va idrok – tevarakatrofimizdagi
    narsa va hodisalar hamda ulardagi xilma-xil xossalarning
    miyamizdagi obrazlaridir.
    X o t i r a. Narsa va hodisalar hamda ulardagi xossalarning sezgi va
    idrok orqali hosil bo‘lgan obrazlari nom-nishonsiz yo‘qolib ketmaydi –
    ular miyamizda o‘rnashib, saqlanib qoladi va qulay sharoitda yana esimizga
    tushadi. Ilgari idrok etilgan narsalarning esimizga tushirilgan obrazlari
    tasavvurlar deb ataladi. Sezgi va idrok kabi, ko‘nglimizdan kechgan
    fikr, hislarimiz va qilgan ishlarimiz ham miyaga o‘rnashib, saqlanib
    qoladi va yana esimizga tushadi. Idrok etilgan va ko‘ngildan kechgan
    narsalarning miyamizga o‘rnashib (esimizda qolib), saqlanishi va yana
    esimizga tushishidan iborat bo‘lgan ana shu psixik faoliyat xotira deb
    ataladi.
    X a y o l. Narsa va hodisalarning idrok orqali miyamizda hosil
    bo‘ladigan obrazlardan tashqari, o‘zimiz bevosita idrok etmagan narsalar
    haqidagi tasavvurlar ham miyamizdan katta joy oladi. Masalan, ibtidoiy
    odamning hayot sharoiti haqidagi tasavvurlarimiz, Marsdagi hayot haqidagi
    tasavvurimiz va shunga o‘xshashlar ana shundaydir. Bu tasavvurlar
    xotiramizda bor tasavvurlar asosida xayolda (fantaziyada) hosil bo‘ladi.
    T a f a k k u r . Idrok va tasavvurlarimizda aks etadigan narsa tafakkurda
    taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumiylashtiriladi. Tafakkur – voqelikning
    umumiylashtirilgan bevosita va eng to‘liq hamda eng aniq intihosidir.
    Tafakkur jarayonlaridagi fikrlar – muhokama va tushunchalar tushuniladi va
    vujudga keladi. Odam fikrlash faoliyati tufayli voqelikni idrok va tasavvurlaridagiga
    qaraganda aniqroq, to‘laroq va chuqurroq bilib oladi.
    N u t q. Tafakkur nutqqa chambarchas bog‘liq. Fikrlarimiz – nutq
    yordami bilan shakllanadi va ifodalanadi. Kishilar nutq vositasida aloqa
    qilar ekanlar, fikrlarini bir-birlari bilan o‘rtoqlashadilar; odamning hissiyoti
    va intilishlari ham nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq – kishilarning
    til vositasi bilan aloqa qilish usulidir.
    D i q q a t. Yuqorida ko‘rsatilgan psixik jarayonlarning hammasi
    odamda diqqat mavjud bo‘lgandagina yuzaga chiqadi. Diqqat – ongimizning
    o‘zimiz idrok etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritilayotgan va
    aytayotgan narsamizga qaratish, bir nuqtaga to‘plash demakdir. Diqqat
    o‘ziga xos alohida bilish jarayoni emas, balki bilish jarayonlarining faol
    borishi va sifatli bo‘lishi uchun zarurdir, xolos.
    Ba’zi psixologlar (masalan, G. A. Fortunatov) diqqatni psixik holatlarga
    qo‘shadilar. Ammo, diqqat ong faolligining o‘ziga xos alohida bir
    ko‘rinishi ekanligini keyinroq yaqqol anglaniladi. Shu sababli diqqatni
    iroda sohasiga ham qo‘shish mumkin.
    Odamning idrok qilayotgan, tasavvur etayotgan, fikr yuritayotgan
    narsasiga va qilayotgan ishiga nisbatan ko‘nglidan kechayotgan har xil
    yoqimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg‘ular emotsional sohaga
    (yoki hissiyot sohasiga) kiradi.
    Biz dilimizda xush yoki noxush tuyg‘uni, do‘stlik, vatanga muhabbatni,
    urush olovini yoquvchilarga qarshi g‘azabni his qilamiz. Odamning
    emotsional tuyg‘ulari doimo uning ehtiyoj va manfaatlari bilan
    bog‘liq bo‘ladi. Odamning idrok qilayotgan, tasavvur etayotgan va fikr
    yuritayotgan narsasiga va qilayotgan ishiga ijobiy yoki salbiy munosabati
    hissiyotda o‘z ifodasini topadi.
    Emotsiyalar ham jarayon, ham holat bo‘ladi.
    Psixik faoliyatning yuksak ko‘rinishi, ya’ni niyatimizga (oldindan
    o‘ylagan maqsadimizga) yetmoq uchun shu maqsadga erishish yo‘llari
    va vositalarini qamrab olib, shuningdek, uchraydigan qiyinchiliklarni
    bartaraf qilishda g‘ayrat ko‘rsatib qilinadigan faoliyat iroda sohasiga
    kiradi.
    Ixtiyoriy (iroda bilan bo‘ladigan) faoliyatni ixtiyorsiz (irodadan
    tashqari bo‘ladigan) faoliyatdan ajratish kerak. Ixtiyorsiz faoliyat
    hayotimizdan tashqari va anglab, bilib g‘ayrat ko‘rsatmasdan turib yuzaga
    chiqadi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz faoliyat diqqat-e’tiborda va ish-harakatda
    ko‘rinadi. Shu sababli ixtiyorsiz diqqat bilan ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz
    harakatlar bilan ixtiyoriy (iroda bilan bo‘ladigan) harakatlar farq qilinadi.
    Psixologik hodisalar subyektiv kechinmalar aks etiladigan narsa va
    hodisalarning miyamizdagi obrazlari shaklida ro‘y beradi. Ammo, barcha
    subyektiv psixik hodisalar sirtda, organizmimizning xilma-xil o‘zgarish
    va harakatida: mimika, imo-ishora, nutq pantomimikada o‘z ifodasini
    topadi.
    Odamning psixik hayoti organizm harakatlarida o‘z ifodasini topadi,
    shu harakatlar yig‘indisi esa xulq-atvor deb ataladi.
    Psixika bir butun yaxlit bir narsadir. Psixikaning bu birligi va yaxlitligiga
    sabab avvalo shuki, bosh miya faoliyati bir butun va yaxlitdir.
    Psixik hayotning hamma tomonlari: aql, his va iroda shaxsning faoliyatida
    namoyon bo‘ladi. Shaxs olamni biladi, shaxs turli hislarni dildan
    kechiradi va shu shaxs ish-harakat qiladi.
    Psixik faoliyatning barcha ayrim turlari yagona ong funksiyasi –
    shaxsning funksiyasidir.
    Psixologlarning ko‘pchiligi psixik funksiyalar termini o‘rniga psixik
    jarayonlar terminini ishlatadi.
    Ammo psixik funksiyalar terminidan foydalangan ma’qulroq. Funksiya
    tushunchasining mazmuni kengroq. Bu tushuncha psixik jarayonni
    ham, psixik holatni ham, faollikni ham, ish-harakatni ham o‘z ichiga
    oladi. Funksiya qanday bo‘lmasin yaxlit bir narsaning qismi emas, balki
    namoyon bo‘lishi, amal qilishi demakdir. Shuning uchun sezgi, idrok,
    xotira, xayol, tafakkur, nutq, diqqat, hislar, iroda – psixika qismlari
    emas, o‘zaro yonma-yon ro‘y beruvchi jarayonlar emas, balki bir butun
    ongning funksiyalari – bir butun shaxsning funksiyalaridir.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

50 − 47 =

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!