Islohot sari dastlabki qadam.
Ushbu maqolada Buxoro zaminidagi jadidchilar harakati, ularning jamiyatdagi siyosiy-ijtimoiy hayot, ta’lim va tarbiya, kamsuqum aholi qatlamining hayotini yaxshilash borasidagi olib brogan kurashlari, islohotlari va jadidlarga qarshi harakat qilgan qadimchilar faoliayti haqida fikr yurutilgan.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro zaminidagi jadidchilar harakati, ularning jamiyatdagi siyosiy-ijtimoiy hayot, ta’lim va tarbiya, kamsuqum aholi qatlamining hayotini yaxshilash borasidagi olib brogan kurashlari, islohotlari va jadidlarga qarshi harakat qilgan qadimchilar faoliayti haqida fikr yurutilgan.
Kalit so’zlar: Islohot, jadidlar, qadimchilar, ijimoiy-siyosiy hayot, forsax puli, ulamo, mudarris, usuli jadid, yangi tuzum maktablari.
Islohot- bu yangilanish, o’zgartirish demakdir! Barcha davrlarda mamlakat markazi bo’lib kelgan Buxoroi sharifda islohot olib borish, yangilash nima uchun kerak degan savol tug’ulishi tabiiy. XX asrning boshlarida Buxoroning ijtimoiy-siyosiy hayotida islohotlar qilinishi kerak va jamiyat uchunzarur bo’lib qoldi. Bu vaqtda yevropa mamlakatlaridagi bo’layotgan ilg’or g’oyalar ta’siri ostida bizning o’lkamizda ham bir guruh kishilar yuzaga chiqa boshladilar. Bu kishilar qatoriga Ahmad Donish, Fayzulla Xo’jayev, Sadriddin Ayniy, Mukammal Burxonov, Usmonxo’ja Po’latxo’ja o’gli, Ahmadjon Hamidiy, Abduvohid Munzim, Qori Yo’ldosh Po’latov, Abdurauf Fitrat va yana bir qancha kishilarni kiritishimiz mumkin. Islohotchilik harakatini olib borish va o’lkani yuksaltirish yo’lida jadidlar juda ko’p qiyinchilik va mashaqqatlarni boshlaridan kechirdilar. Shu asnoda XX asr boshlarida Rossiya, Eron, Turkiyada kechgan inqilobiy harakatlar ta’siri natijasida ko’hna zaminimizda jadidchilik harakatlari vujudga kela boshladi.
Ammo bir narsani ta’kidlash kerakki, Buxorodagi jadidchilikning Turkistondagi boshqa jadidchilkilardan farqli jihati bor edi. F.Xo’jayev o’zining “Buxoro inqilobining tarixiga materiallar” nomli kitobida shunday deb yozadi- “ Buxoroda jadidchilik harakait boshqa yo’l bilan bordi. Buxoro jadidchiligi dehqonlar va mayda savdogarlarga tushadigan soliq og’irliklarini yengil qilish, hamda soliq ishlarini umumiy tartibga solish to’g’risida ochilgan gapdan boshlab, tadrijiy sur’atda ko’p a’zolar, sho’balar va Buxoro xalqining xar xil tabaqalari orasidagi o’ziga xayrihoh omma bilan birga haqiqiy yashirin jamiyatga aylanib bordi”[1]. Bu fikrdan ko’rinib turibdiki Buxoroda jadidchilik harakatining yuzaga kelishiga dehqonlar, mayda savdogarlar, kambag’al xalq to’laydigan soliqlar miqdori ko’pligi hamda soliq ishi betartibligi turtki bo’lgan. Keyinchalik esa bu harakatga ayrim hukumat mansabdorlari, mahalliy boylar, savdogarlar, ulamolar, mudarris va talabalar ham qo’shilgan. Endilikda harakatning maqsadi kengayib maktab, madrasalarni isloh qilish, dunyoviy fanlarni o’qitishga e’tiborni kuchaytirish kabi ma’rifatparvarlik g’oyalari qo’shilabordi. Jadidchilik harakatining shakillanishi Buxoro amiri Amir Abdulahadxon davriga to’g’ri keladi. Amir Abdulahadxon undan keyin Amir Olimxonlarning o’zi ham jamiyat rivoji yo’lida bir qancha islohotlarni amalga oshirganlar. Amir Olimxon 1910-yilning 29-dekabrida ilk farmonini imzoladi[2]. Unga ko’ra yer solig’ini o’ndan bir xissaga kamaytirish, harbiylar maoshini ko’tarish, forsax puli solig’ini tayinlash nazarda tutilgan edi.
Oradan bir yil o’tib amir Olimxon 1911-yil mart oyida ta’limni yanada yaxshilash maqsadida “Ta’lim tog’risida”gi farmonini imzoladi[3]. Bu farmonga ko’ra madrasa talabalariga turli hoshiya darslari o’qitilmasligi, tavsir va hadis rasmiy dars sifatida o’tilishi, vaqfga yig’ilgan pullardan shaharning turli joylarida maktablar qurish va ularga muallimlar tayinlash, muallimlarga vaqfdan tashqari xazinadan yiliga 120so’m maosh tayinlash, tahsil uchun bolalardan pul olmaslik, maktabga bir nozir tayinlash va u har oyda amirga hisobot berib turishi ko’zda tutilgan edi. Buxoro amirligi ham barcha musulmon davlatlari qatorida islomiy davlat edi. Bu esa jamiyatda din peshvolari va ulamolarning mavqei yuqori bo’lishidan dalolat beradi. O’sha vaqtda ulamolar ikki toifaga bo’lingan edilar. Birinchi toifasi Muhammad Ikrom ibn Abussalom Buxoriy (Ikrom Domla) boshchiligidagi taraqqiyparvar ulamolar, ikkinchisi esa har bir yangilikni bidat deb biladigan, jahon fan yutuqlarini o’lkaga kiritishga qarshi bo’lgan mufti Abdurazzoq boshchiligidagi qadimchilar edi.
Bu ikki guruh ulamolari amir tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va yangi usul maktablarini tuzish yuzasidan jiddiy ziddiyatga kelib qoldilar. Ikrom Domla boshchiligidagi ulamolar Buxoro madrasalaridagi ta’lim dasturlarini yangilash, isloh qilish zarurligini ta’kidlab, jadid maktablarini qo’llab-quvvartlagan bo’lsa, mufti Abdurazzoq, uning o’limidan keyin mulla Qamariddin boshchiligida qadimchilar shariat me’yorlarini xalq turmushida qatiy saqlash, ruslarning shovinistik siyosati va provaslav missionerlik harakatiga qarshi muhim to’siq deb ta’kidlaganlar. Ammo bularning qancha qarshiligi va urunishlariga qaramay allaqachon Buxoroda yangi usul maktablari ochilib bo’lgan edi. Buxoroda dastlabki jadid maktabi amir Abdulahadxon davrida 1897-yilda Badriddin qozikalon ruxsati bilan Mulla Jo’raboy va 1907-yilda tatar ziyoliysi Nizomiddin Sobitiy yangi usul maktablarni ochgan edilar.
1908-yilda esa Sadriddin Ayniy va Abduvohid Munzim tomonidan ham xuddi shunday maktab ochiladi. Bir yildan so’ng bu maktab o’quvchilari tantanali imtihon topshiradilar. Bu kunni S.Ayniy asarlarida shunday eslaydi- “O’quvchilarning bilimidan ta’sirlangan keksa ziyoli Bo’riboy afandi ko’ziga yosh olib, majlis ahliga bunday murojaat qildi: “Men Umidvormanki o’n yilgacha Buxoroda inqilob voqea bo’lur, vatan avlodi bu kuni razolat va safolatdan qutulur, esizki, men bu kinni ko’raolmayman, siz yoshlar ko’rasiz. Ming qatla shukurkim ishning boshlanishini ko’rdim”[4]. Bundan anglaniladiki jadidlarning yangi usul maktablari o’z maqsadiga asta-sekin erisha boshlagan, yoshlarni o’z atrofiga chorlay olgan edi. Ammo bu xayrli ish ko’p uzoqqa bormadi. Eskilk, qadimchilk tarafdorlari Mulla Qamar, Mulla Xolmurod, Mulla Abdurasul Zakun va Mulla Abdurauf mudarris ulamolar vakili sifatida qushbegidan maktabni yopishni qattiq talab qildilar. 1909-yil 26-sentabrda Ostonaqul qushbegi, Baqoxo’ja qozikalon va Burxoniddin rais topshirig’iga ko’ra S.Ayniy va Abduvohid Munzim maktabi yopib qo’yildi. Bu esa jadidlarning g’ayratini yanada alangalatib, gurkirab yonishiga olib keldi.
Makatab yopilgan bo’lsada jadidlarning shijoati zarracha so’ngani yo’q, 1909 yil dekabr oyida Sadriddin Ayniy, Abduvohid Munzim, Ahmadjon Hamidiy, Hamidxo’ja Mehriy, Hoji Rofe’, Mukammal Burxonovlar birgalikda yashirin “Tarbiyai atfol” jamiyatini tuzdilar. Ma’rifatparvarlar jamiyatni yashirincha yurgizib Termiz, Karki, Yangi Buxoro va G’ijduvonda jamiyatning 28ta shaxobchasini ochadilar. Mazkur jamiyat jadidlarning yangi usul maktablari uchun darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlash uchun “Ma’rifat” tashkilotini tuzdi. Qisqa muddat faoliyat olib brogan bo’lsa ham jamiyat o’zbek tilida chop etilgan “Buxoroi sharif” va “Turon” gazetalarini chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Bu nashr butun turkiston o’lkasida e’tibor qozonib bir yilda 150 dan ortiq sonini xalq e’tiboriga havola qildi. Bu gazetalarda xalqni qiynayotgan muammolar, atrof olamda yuz berayotgan yangilik, voqea hodisalar, olib borilayotgan islohotlar va jahon adabiyoti namunalarining o’zbek va fors tilidagi tarjimalari berib borilgan.
Jadidchilikning shiddat bilan rivojlanishi davlat siyosiy vakillarining va qadimchilik hamda din ulamolarining ishlariga to’sqinlik qila boshladi. Odamlarda yangi tuzum va yangilikka bo’lgan ishtiyoqning kuchayishi bu tabaqa vakillarining ishlarini ancha qiyinlashtirib odamlarni tizginlaridan chiqara boshladi, natijada qadimchilar bilan hukumat vakillari qattiq qarshilik qilishga o’tdilar. 195-yilga kelib Buxoroda jadidchilik harakati siyosiylasha boshladi. 1917-yil marda esa Yosh Buxoroliklar markaziy qo’mitasi tashkil qilindi. Abduvohid Burxonov rais, Abdurauf Fitrat kotib, Usmon Xo’jayev xazinachi, Fayzulla Xo’jayev, Ahmadjon Abdusamadov, Ota Xo’jayev, Musa Saidjonovlar qo’mita a’zolari qilib saylandilar. Ular Muvaqqat hukumat va Petrograddagi deputatlarni Rossiya ozodligi bilan tabriklab, Buxoroda islohotlar uchun amirga bosim o’tkazishni so’raydi, ammo bu harakatlar hech qanday natija bermaydi.
Qo’mita vakillaridan F.Xo’jayev, Usmon Xo’jayev hamda Abdurauf Fitrat Muvaqqat hukumatni Buxorodagi ahvoldan boxabar qilish uchun Petrogradga yo’l olishadi. Bu vaqtda elchilar orenburgga borgunlarigacha jadidlar va amirlik o’rtasidagi nizolarni hal qilish uchun Rossiyadan vakillar yuborilgan edi. Vakillar yuborilganini eshitib elchilar ortga qaytadilar. Nihoyat olib borilgan muzokaralar natijasida amir islohot o’tkazishga qaror qiladi, ammo, Nizmiddin Urganjiy bilan qozikalon Burxoniddinlar bu holatga qarshi chiqadilar.
1917-yil 7 aprel kuni qarshiliklar va noroziliklarga qaramay Amir Olimxon islohotlar xususidagi farmonini imzolaydi. Amirning manifest loyihasini esa Rossiyaning amirlikdagi vakili Shulga tayyorlagan edi. Imzolangan farmonga ko’ra: hiroj, zakot va boshqa soliqlarni adolat yuzasidan nazoratga olish, Rossiya bilan savdo-sotiq masalalariga alohida e’tibor berish, foydali ilmlarning taraqqiy etishi uchun shariatga muvofiq chora-tadbirlar ko’rish, majlis saylash, bosmaxona ochish, qamoqda saqlanayotganlarni ozod qilish, amirlik budjetini belgilash kabi masalalar o’rin olgan edi. Bu farmon esa jadidlar harakati, ularning faoliyatini yaxshilash uchun katta ko’mak edi. Jadidlardan farqli o’laroq qadimchilar vakillari uchun bu islohotlar zarba bo’ldi va ulrning harakatga kelishiga turtki bo’ldi. Qadimchi ulamolar o’zlarining juma ma’ruzalarida xalqni jadidlarga qarshi qayray boshladi, ularning qilayotgan ishlari shariat qoidalariga zid ekani, bu ishlar g’yri diniy ko’rinishlarni keltirib chiqarishini ta’kidlab odamlarni jadidlarga dushman qilib qo’yishdi. Ayni choqda bu oqim vakillari amir huzurida ham jadidlarni tanqid qilib ularni yomon otliqqa chiqara boshladilar. Ularning bu kirdikorlari afsuski besamar ketmadi. Amir buyrug’i bilan jadidlar quvg’inga uchradilar va Yangi Buxoro (hozirgi Kogon) ga qochdilar. 1918-yilda ular ikkinchi marta qirg’in qilindi va amir tomonidan 1000 dan ortiq jadid o’dirilib qolganlari ta’qib qilindi. Ta’qib ostida qolgan jadidlar Samarqand va Toshkent taraflarga borib jon saqladilar. Ammo doimiy quvg’in va ta’qiblar ostida bo’lsalarda islohotchilar, harakat vakillari o’z faoliyatini to’xtatganlari yo’q. Yurt ozodligi va kelajak avlodning istiqboli uchun bu kuchlar harakati keyinchalik ham davom qildi.
Hozirgi istiqlol yillaridagi bo’lgan ulkan islohotlar, yoshlarga oid davlat dasturlari va ta’lim-tarbiyaga qaratilgan yuksak e’tibor qatag’onga uchrab shahid ketgan bobolarimiz, jadidchilarimiz orzu istaklarining ro’yobi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ularning ilmiy me’rosini o’rganish, nomlarini oqlab, kelajak valodlarga yetkazish bizning vazifamizdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
- Xo’jayev.F “Buxoro inqilobining tarixiga materiallar”, Tosh; “Fan”1997, 63-bet
- Rajabov.Q “So’nggi mang’it hukmdori” Buxoro mavjlari,2007 43-b
- Buxoro (“Vaqt” gazetasidan olingan)// “Tarjimon”, 1911y 18 mart.
- Ayniy.S Asarlar 8 tomlik; 1-tom; Tosh; “UzSSR davlat badiiy adabiy nashri” 1993. 210-bet
[1] Xo’jayev.F “Buxoro inqilobining tarixiga materiallar”, Tosh; “Fan”1997, 63-bet
[2] Rajabov.Q “So’nggi mang’it hukmdori” Buxoro mavjlari,2007 43-b
[3] Buxoro (“Vaqt” gazetasidan olingan)// “Tarjimon”, 1911y 18 mart.
[4] Ayniy.S Asarlar 8 tomlik; 1-tom; Tosh; “UzSSR davlat badiiy adabiy nashri” 1993. 210-bet