Miya hujayralari faoliyatidagi eng qiziqarli faktlar

Aziz mushtariy, e’tiboringizga “Bu qiziq” turkumiga oid qiziqarli maqolalarni havola etmoqdamiz.

Inson nutqi — mo‘’jiza ekanligi, nutq talaffuzi orqali yuzlab ruhiy holatimizni ifodalay olishimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldingiz.

Eslab qolish qobiliyatimiz “xotira tarozisida” tortilsa, kimdir ismlarni, kim esa raqamlarni, ayrimlar yuz tuzilishini, ba’zilar ovozni, boshqalar esa voqea joyini nisbatan yaxshiroq xotirasida saqlay olishi haqida oldingi turkum maqolalarimiz orqali tanishsiz.

Navbat, xotira va miya hujayralari faoliyatidagi qiziqarli faktlarga:

  • shifokorlarning ta’kidlashicha, hayot davomida kishi qancha ko‘p o‘ylasa, qancha ko‘p miya hujayralarini ishga solsa, keksalikda shuncha sog‘lom va baquvvat bo‘lar ekan;
  • miya asab tolalari orqali tana to‘qimalariga 288 km/soat tezlik bilan buyruq beradi;
  • 1 sekund davomida odam miyasida 100 000 kimyoviy reaksiyalar sodir bo‘ladi;
  • odam bolasi tug‘ilganda miyasi 14 milliard hujayradan tarkib topgan bo‘ladi. Hayoti davomida uning soni ko‘paymaydi, hatto 25 yoshdan so‘ng kuniga 100 ming hujayra kamayadi. Matn o‘qish uchun sarflangan har bir daqiqa davomida 70 ga yaqin hujayra nobut bo‘ladi;
  • 2 yoshdan 7 yoshgacha miya hujayralarining faoliyati o‘zining cho‘qqisiga chiqadi;
  • kishining miyasi bir kun davomida son­sanoqsiz elektr impulьslarini uzatadi va qabul qiladi. Bu dunyodagi barcha mobil telefon tarmoqlaridagi jarayonidan bir necha barobar ko‘p;
  • kishi bir vaqtning o‘zida 5 tadan 9 tagacha ob’yektni xotira nazoratida ushlab turishi mumkin. Agar ob’yektlar umumlashtirib, guruh sifatida yodda tutilsa, bu ko‘rsatgich yana bir nechtaga oshadi;
  • miya hujayralarining doimiy faoliyati ko‘pgina kasalliklarni (masalan, Alьsgeymer sindromi) vujudga kelishiga to‘sqinlik qiladi. Miya faoliyatining doimiyligi tanada ortiqcha (zararli) hujayralarning to‘planishini oldini oladi;
  • miyaning 75% i suvdan iborat;
  • erkaklarnikiga nisbatan ayollarning miya og‘irligi taxminan 14% ga yengil, biroq hajmi deyarli bir xil. Bu — ayollarda miya to‘qimalari zich joylashganidan dalolat beradi. Soddaroq qilib aytganda, ayollar erkaklardan farqli o‘laroq biror fikrga yoki qarorga kelishida birmuncha ko‘proq o‘ylaydilar;
  • kishining uyqudan turgan zahoti fikrlash qobiliyati o‘rtacha sarhushlik va uyqusizlik tundan keyingi holatlarga nisbatan birmuncha past;
  • odam miyasi o‘rtacha 1,4 kilogramm og‘irlikka teng;
  • miyaning eshitish zonasi — ayollarnikiga nisbatan erkaklarning ovozini tahlil qilishi oson kechadi. Negaki, ayollar ovozining tovush tebranishi erkaklarnikiga nisbatan biroz kengroq ekan. Ayollar ovozi miyada tahlil etilayotganda qo‘shimcha zahiradan foydalanishga  to‘g‘ri kelarkan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

+ 25 = 26

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!