KOMPYUTER (ing. computer — hisoblayman) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Birok, Kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida Kompyuterning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan Kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va b.), integral mikrosxemalar ishlatilgan Kompyuter (IBM-360, 1BM-370, (AQSH), YESEVM (Rossiya) va b., integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar urnatilgan shaxsiy Kompyuterlar paydo boʻldi. Shaxsiy Kompyuter (mikro va – mikro EHM) tushunchasi 20-a. 70-y. lar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy Kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmtacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-y. IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy Kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chikara boshladi. Keyinchalik boshka firmalar IBM bilan PC biriktirilgan Kompyuterni, Apple firmasi esa Macintosh («Makintosh») yoki oddiygina «maki» deb ataladigan Kompyuterni yaratishdi. 21-a. boshlarida dunyoda oʻnlab mln. shaxsiy Kompyuterlar, 1 mln. ga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEVM) boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar urnatilgan Kompyuter dan, qujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan Kompyuterdan foydalaniladi. Istalgan Kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda boʻlardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da Kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor (displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura K. ga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, Kompyuter tarkibiga «sichqon» manipulyatori va printer kiritiladi. «Sichqon» ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida Kompyuter ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy Kompyuterlar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi Kompyuterning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor K. ning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish – ch iqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.

Kompyuter oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiqxili mavjud; ular yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin (q. Kompyuter oʻyinlari). K. ning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay oli-shiga, inson faoliyatining turli sohalarida i. ch. ni tubdan oʻzgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda meteostyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan axborotlarni yigʻib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay boʻlgan shaklda ifodalaydi (q. Intranet, Internet, Kompyuter tarmogʻi).

Manba: qomus info

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

− 3 = 3

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!