Kompyuter qismlari.

Monitor :Ma’lumotlarni ekranga chiqarish vazifasini bajaradi. Hozirgi axborot texnologiyalri rivojlanayotgan davrda monitorlarning ham bir necha xil turi mavjud. Ekrani tekis (плоский) bo’lmagan , tekis bo’lgan monitorlar yaratilgan.

Tizimli blok : Bu komyuterning asosiy qismlaridan biri bo’lib , dehqonchasiga tushuntiradigan bo’lsak , kompyuterni komyuter qiladigan qurilmalar majmuidir.

Monitor :Ma’lumotlarni ekranga chiqarish vazifasini bajaradi. Hozirgi axborot texnologiyalri rivojlanayotgan davrda monitorlarning ham bir necha xil turi mavjud. Ekrani tekis (плоский) bo’lmagan , tekis bo’lgan monitorlar yaratilgan.

Tizimli blok : Bu komyuterning asosiy qismlaridan biri bo’lib , dehqonchasiga tushuntiradigan bo’lsak , kompyuterni komyuter qiladigan qurilmalar majmuidir.

Unda ona plata (материнская плата) , operativ xotira , video karta , ichki modem, prosessor, audio karta, tv-tuner, tarmoq (сетевой) kartalari joylashgan bo’ladi. Lekin hozirgi zamon ona platalari birlashtirilgan (комбинированный) holda ishlab chiqarilyapti. Ya’ni audio, video va tarmoq kartalari ichida bo’lyapti.

Klaviatura : Ma’lumotlarni kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladi. Hozirda Q W E R T Y klaviaturasi ishlatilyapti.

Sichqoncha :Bu ham ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga tezroq va osonroq kiritish uchun ishlatiladi.

Karnay :Ovozli ma’lumotlarni insonga eshitish uchun yaratilgan . Umuman, ovoz eshitishga qaratilgan qurilmalarning ham bir necha turi bor. Faqat bir kishi eshitishiga mo’ljallangan (наушник) , oddiy karnaylar, va Subwoofer lar.

Modem :Internetga ulanish uchun yaratilgan . Uning ichki va tashqi turlari mavjud. Ichki modem internetga ulanganimizda internet tezligini o’zgartirib olib berishi mumkin, ammo tashqi modemlar kuchliroq bo’lib , internet tezligini maksimum yuqori va yaxshi olib beradi.

TV – tuner:Bu qurilmani o’rnatganingizdan keyin televizorni sizga keragi bo’lmay qoladi. Ya’ni TV ma’lumotlarni ko’rsata boshlaydi. Bu qurilma ham tizimli blok ichiga joylashtiriladi.

CD-ROM (CD-Rewriter, DVD-ROM ,DVD- Rewriter): Ma’lumotlarni kompakt disklardan CD,DVD-ROM lari faqat o’qiydi ya’ni kiritadi , CD,DVD-Rewriter lari esa ham diskdan oqiydi, ham disk yozadi.

Diskovod: Floppy disketalardagi ma’lumotni o’qish , o’chirish, kiritish uchun mo’ljallangan qurilma.

Scanner :

qog’ozdagi ma’lumotlarni kompyuterga rasm holatida kiritadi.

Printer:

kompyuterdagi ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish vazifasini bajaradi. Hozirda uning matrichniy, struiyniy, lazerniy turlari mavjud.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

− 1 = 1

Akme Consalting !!!

Bizga qo‘shiling !

Kirish Yopish
error: Content is protected !!