Share this page to Telegram

Uskunaviy dasturlar

Kompyuterga xizmat ko’rsatuvchi, uning yurilmalarini tekshirib, nazorat yiluvchi, foydalanuvchining ma’lumotlarini, dasturlarini yaratish imkonini beruvchi dasturlardir. Foydalanuvchi yoki dasturchi ushbu dasturlar yordamida o’z hujjatlarini yaratishi, tahrirlashi, boshqa amaliy dasturlarini yaratib, sozlashi mumkin.

Uskunaviy dasturiy vositalar — amaliy yoki tizimli dasturlarni yaratish, tahrirlash yoki takomillashtirish jarayonida ishlatiladigan dasturlardir.

O’z vazifalariga ko’ra ular dasturlash tizimlariga yayin. Uskunaviy dasturlarga yuyidagilar kiradilar:

Uskunaviy dasturiy vositalardan dasturiy ta’minot yaratish jarayonining barcha bosqichlarida foydalanish mumkin.

Amaliy dasturlar

Amaliy dasturlar pog’onasida foydalanuvchi ehtiyojlarini yondiradigan va unga xizmat yiluvchi amaliy jihatdan muayyan masalani yechish dasturlari joylashadi. Ular yordamida matnlar yaratilishi, tahrirlanishi, chizmalar va tasvirlar yaratilishi va ularga ishlov berish, musiyiy tovushlarni yayta ishlash, insonlarni muloyotga chorlash va shu kabi ko’pgina masalalar yeiladi. Amaliy dasturlar kezi kelganda quyi pog’ona dasturlaridan foydalangan holda yurilmalarga murojaat yiladilar.

Amaliy dastur – berilgan muammoli sohaning muayyan masalasini yechish imkonini beruvchi ixtiyoriy muayyan dasturdir.

Masalan, qandaydir firmaning moliyaviy faoliyatnni kompyuter yordamida nazorat qilish masalasini yechish uchun to’lov qaydnomalarini tayyorlash dasturi amaliy dastur bo’ladi. Amaliy dasturlar umumiy xarakterga ega bo’lishi ham mumkin. Masalan, hujjatlarni yaratish va chop etishga yo’naltirilgan dasturlar.

Amaliy dasturlar yoki avtonom yoki boshqa dasturlar, paketlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin.

 Amaliy dasturlar paketi

Amaliy dasturlar paketi — muayyan muammoli soxada umumiy foydalanish uchun yaratilgan dasturiy majmua bo’lib, undan foydalanish bo’yicha texnik hujjatlar (yo’riqnomalar) bilan to’ldiriladi

Yechiladigan masala turiga yarab amaliy dasturlar paketini quyidagi turlarga ajratish

mumkin:

Foydalanuvchi muayyan masalani amaliy dasturlar paketidan foydalangan holda yechishi uchun paket o’sha masalaga xos parametrlarni sozlash imkoniga ega bo’lishi kerak (qo’shimcha ma’lumotlar kiritish).

Har bir paket ma’lumotlarni yayta ishlash metodlari va ularni tasvirlash shakllariga, to’liq diagnostika qilish imkoniga ega bo’lishi kerak

Amaliy dasturlar paketi foydalanuvchining dasturlash bo’yicha kasbiy mahorati saviyasiga bo’lgan talablarni kamaytirishni ta’minlaydi, ya’ni dasturchisiz o’z masalasini yechish imkonini yaratadi.

Ko’pincha amaliy dasturlar paketida ma’lumotlar bazasi ham qo’llab-quvvatlanadi. Bunday baza hisoblashlar uchun kerakli bo’lgan koeffitsiyentlar, boshlang’ich parametrlarni saylab, ularni amaliy dasturga uzatadi.

   Dasturiy qobiqlar

Ko’pgina operatsion tizimlar uchun buyruqlarni aniq va xatosiz kiritish, ba’zi qo’shimcha ma’lumotlarni ham buyruq bilan birga kiritilishi talab etiladi. Biroq foydalanuvchilar uchun har bir buyruq sintaksisi va semantikasini tushunib, eslab qolish mushkul. Shuning uchun operatsion tizim asosida ishlaydigan, foydalanuvchilarga qulay bo’lgan muloqot qilish dasturlari yaratilgan. Bunday dasturlar dasturiy qobiq deyiladi. Bugungi kunda NORTON COMMANDER, VOLKOV COMMANDER, WINDOWS COMMANDER dasturiy qobiqlarini ko’plab foydalanuvchilar ishlatib kelmoqdalar.

1990 yilda Piter Norton tomonidan ishlab chiqilgan NORTON COMMANDER dasturiy qobig’idan so’ng operatsion tizimlar bilan ishlash osonlashtirildi. Foydalanuvchilar dasturiy qobiq bo’yicha har bir buyruq uchun biriktirilgan funksional klavishalar vazifalarini bilsalar, operatsion tizim buyruqlari bo’yicha bajariladigan vazifalarini oson boshqarishlari mumkin.

Saytimda biror bir imloviy xatoni ko`rsangiz,uni belgilab Ctrl+Enter tugmasini bosing !!!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: