• Xayollar harakatga aylanganida,orzular haqiqatga aylanadi.
  • 06.04.2020
0 Comments

PSIXOMETRIKA

Intelekt tushunchasi izohlanganda shunday deyish mumkin: birinchidan, bu insonning fikr yurita bilish qobiliyati, ikkinchidan yangi shart- sharoitni tushunib moslasha olish va uchinchidan turli muammolarni hal qila olish qobiliyati.

O`quvchilarni psixologik-pedagogik jihatdan o`rganish ularning tafakkuri, intellektual salohiyatini o`rganishni taqazo etadi. Intelektual rivojlanish xarakteristikalarida tushunchalar va mantiqiy ko`nikmalar mavjudligi, yangi tushunchalarni qabul qila olish imkoniyati va ularni adekvat tarzda tahlil qila olish malakalari alohida o`rinda turadi. Intellektual saviya ta’lim jarayonida shakllanadi. Odatda ta’lim maqsadlari bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va tafakkurni rivojlantirishga qaratiladi.

SHunday ekan o`quvchilarning bilimlarini va intellektual saviyasini vaqti- vaqtida tekshirib turish lozim. Quyida taklif etilgan testlar tafakkurning rivojlanganligini o`rganishga mo`ljallangan. Bu testlar an’anaviy intellektual testlardan bir muncha farq qiladi.

Birinchi farq – test vazifalarining mazmunida. Metodikalarni ishlab chiqqanda o`quvchi tafakkurini rivojlantiruvchi asosiy manba-bu umumiy o`rta ta`limning bilimlar hajmini hisobga oldik. Albatta bilimlar maktabdan tashqarida ham o`zlashtiriladi, lekin ilmiy asoslangan va tizimli bilimlar faqat ta`lim muassasasida yo`lga qo`yilgan. Ta’lim dasturlarida o`quvchining intellektual rivojiga qo`yilgan, tizimlashtirilgan talab etalonlari mavjud. Bu etalonlarni jamiyatning rivojlanishi asoslaydi va taqozo etadi, ta`lim jarayonida amalga oshiradi va sinovdan o`tkazadi. Biz ularni «ijtimoiy-psixologik normativ» deb ataymiz. Bu tushuncha diagnostik usullarning boshqa texnikasi va natijalarini boshqacha tahlil qilishni talab qildi.

SHunday qilib bizning metodikalarimizning an’anaviy intellektual testlardan ikkinchi farqi – boshqacha reprezentatsiya usullaridan va natijalarning boshqacha tahlilida. Asosiy ko`rsatkich – natijalar «ijtimoiy – psixologik normativ»ga qaratilgan, individual va guruhiy ko`rsatkichlarning normasidan voz kechdik. Test vazifalarining to`liq hajmi «ijtimoiy – psixologik normativ» deb qabul qilinadi va testlarning individual natijalarini analiz va interpretatsiya qilganimizda shu normativga yaqinlik darajasi intellektual rivojning ko`rsatkichi hisoblanadi.

An`anaviy metodikalardan bu metodikalarning uchinchi farqi – nafaqat bugungi kunga kelib shakllangan intellektual saviyani o`lchash, balki saviyani qaysi yo`nalishda o`stirishni, bilimlarning kamchiliklari qaysi sohaga taaluqliligini aniqlab olish mumkin.

Tafakkurni sinab ko`ring

1.Sohibaning soati har soatda 5 daqiqa oldin ketadi. Nargizaning soati har ikki soatda 30 daqiqa orqada qoladi. Hozir bu soatlar bir xil vaqtni ko`rsatyapti. Necha soatdan keyin soatlar orasidagi farq 3 soatni tashkil qiladi?

1) 7       2) 12            3) 9             4) 15

2.Ikki sonning yig’indisi 160 ga teng. Birinchi son ikkinchi sonning
uchdan bir qismini tashkil qiladi. Katta son nechaga teng?
1) 40             2) 75           3)  85       4) 120

3. Mansurjonga vazifa berdilar: biror bir sonni 8ga ko`paytir, keyin 3ni ayirgin va nihoyat 9ga bo`l. Mansurjon esa sonni 7ga ko`paytirgan, 2ni ayirgan va 8ga bo`lgan. Lekin o`qituvchisi aytgan to`g’ri javobni keltirib chiqargan . Mansurjon qaysi son bilan ishlagan?

1) 7     2) 6              3) 5          4) 4

4. Ona bolasidan 30 yosh katta, 7 yildan keyin ona bolasidan 4 barobar katta bo`ladi. Bola hozir necha yoshda?

1)    1    2) 3              3)   7       4) 13

5. «Go`zal pazanda» tanlovida Zulfiya bir kunda 8 ta tort pishirdi, Feruza esa 15 ta tort. Ikkinchi kundan boshlab Zulfiya har kuni ikkita tort kam pishirdi, Feruza esa har kuni ikkita tort ortiq pishirdi. Tanlov olti kun davom etdi, qaysi kun ikki go`zal birgalikda 23 ta tort pishirgandi.

1) harkuni         2) juft       3) toq         4)  oltinchi kundan boshqa  hamma kunda

6. G’ani fermasida timsohlar va tuyaqushlarni ko`paytiradi, jami qirq jonivori bor. Timsoh oyoqlari yig’indisidan tuyaqush oyoqlari yig’indisini ayirsak 52 bo`ladi. Savol: fermada nechta timsoh bor?

1) 18    2) 20             3) 22            4) 24

7.Davlatning harbiy kuchlari 3 korpusdan iborat, har bir korpus 3 armiyadan tashkil qilingan, har bir armiyada 3 diviziya bor, har bir diviziyada 3 brigada, har bir brigadada – 3ta polk, har bir polkda 3ta rota, har bir rotada 3ta vzvod, har bir vzvodda 3 ta bo`linma. Bo`linmalar soni:

 1) juft   2) toq   3 )bilib bo`lmaydi      4) hamma javoblar to`g’ri

8.Do`kon mudiri dehqondan tarvuz sotib oldi. Kilosi K so`mdan, hammasi bo`lib A so`m to`ladi. B kg tarvuz chirib ketdi, S kg tarvuz yorildi. Qolgan tarvuzlarni kilosini D so`m foydasi bilan sotdi. Do`kon mudirining foydasi qancha?

1) (a-b-s)d-ka      2)  d-a(a/k-b-c)      3) (ka-b-c)-d        4) d(a/k-b-c)

9. Olimpiya stadioni perimetr bo`ylab 120 bayroq bilan bezatilgan. Bayroqlar orasi 5 metr bo`lsa, perimetr necha metrga teng?

1) 594m                   2) 600m                3) 606m      4) 612m

10.Mansur Ilhomdan ko`ra uch barobar ko`p kitob sotib oldi. Ilhom esa Doniyordan ko`ra ikki barobar ko`p kitob sotib oldi. Mansur qancha kitob sotib olishi mumkin?
1)  36      2)   41                      3)  46        4)  51

11. Tolib 5 yoshda. Otasi Muhsin 32 yoshda. Necha yildan keyin Muhsinning yoshi o`g’li Tolibning yoshidan to`rt barobar ko`p bo`ladi?

1)  36 2) 9           3) 4                   4) 3

12.Naimaning yoshi 48, qizi Feruza 22 yoshda. Necha yil oldin onaning yoshi qizining yoshidan uch barobar katta edi?

1)  3 2) 9                3) 12                         4) 15

13.Otaning yoshi 58, o`g’illar esa 24 va 26 yoshda. Necha yil oldin otaning yoshi o`g’illar yoshi  yig’indisidan  ikki  marotaba  katta  edi?

1) 5 2) 7                    3) 14                      4)  15

14.Ota 36 yoshda, o`g’illari 5, 9 va 12 yoshda. Necha yildan keyin otaning yoshi o`g’illarning yoshlari yig’indisiga teng bo` ladi?

1) 5                           2) 14                      3) 21          4) 23

15.Har yil videomagnitofon narxi ikki barobar oshadi, komp’yuter narxi 50% tushadi. Agar 1999 yil videomagnitofon narxi komp’yuter narxidan 16 marta ko`p bo`lsa, nechanchi yil komp’yuter videomagnitofondan 4 barobar qimmat bo`lgan?

1)   1996   2) 1994        3)  1998      4) hechqachon bunaqasi bo`lmagan.

16. Orif kunida 8 soat ishlaydi. Har bir soat uchun Vohiddan ko`ra  ikki barobar ortiq haq oladi. Vohid kunida 12 soat ishlaydi, shundan 4 soatiga oddiy soatga nisbatan ikki barobar ko`p haq oladi. Kimning kunlik maoshi ko`proq?

1) Orif        2)  Vohid      3) Bir xil       4) Bilib bo`lmaydi.

17. Dushanba, seshanba, chorshanba maysa har kuni 5 sm o`sadi. Payshanba va juma balandligi har kuni ikki barobar oshadi. SHanba va yakshanba dam oladi. SHanba kuni maysa balandligi 5 sm bo`lsa, ikki haftadan keyin balandligi  qancha bo`ladi?

1) 380sm                   2) 240sm           3) 560sm        4) 420sm

18 Probirkada 3 mikrob bor. Har 8 daqiqada har bir mikrob 4 ga bo`linadi. 20 daqiqadan keyin probirkada nechta mikrob bo`ladi?

1)  48     2) 75        3) 96      4) bilib bo`lmaydi.

19. Kenguru bolasining og’irligi birinchi ikki oyda ikki barobar oshadi. Keyingi uch oyda har oy bir yarim barobar oshadi. Keyin har hafta 200 gramm oshadi. Kenguru bolasining og’irligi tug’ilganida 400 gramm edi,    qachon 3,3 kg  bo` ladi?

1)  3oydan keyin. 2)  4 oydan keyin. 3) 5 oy va 1 haftadan keyin. 4) 5 oy va 3 haftadan keyin

20.  Idish – tovoq do`konida 8 g’aroyib likopcha bor. Bu likopcha sinsa har bir bo`lagi yangi likopchaga aylanadi. Do`konga fil kirdi va 3 likopchani har birini 4 bo`lakdan qilib – sindirdi. Fildan keyin tuya kelib hamma likopchalarni ikki bo`lak qildi. Kun oxirida do`konda nechta likopcha bo`lgan?

1) 7                         2) 24                      3) 34         4) 38

21.Bog’chada 5 bola, har birida 10 tadan shirinlik bor. Kun oxirida uyga ketayotgan bola qolayotgan bolalarning har biridan ikkitadan shirinlik oladi. Uchinchi ketayotgan bolada nechta shirinlik bo`ladi?

  1)8                                        2) 10                      3)  14        4) 5

22.Xurshid eksperiment o`tkazyapti. Idishdagi suvning yarmini to`kib 4 litr suv qo`shadi. SHu  harakatni uch marta takrorlabdi. Idishda  necha litr suv qoldi? Boshida 20 litr suv bo`lgan bo`lsa.

1) 4                                             2)  9,5                   3) 12         4) 7,5

23 Robinzon Kruzo o`z orolini o`rganmoqchi bo`ldi. Birinchi kun u shimolga bir km yo`l yurdi.  Ikkichi kun 2 km janubga, uchinchi kun 3 km  shimolga  va  hokazo.14  kundan keyin Robinzon Kruzo boshlang’ich nuqtadan necha km uzoqda bo`ladi?


1) 6 km shimolda                            2) 7km janubda   3)8 km shimolda   4) 9km janubda

24. YOdgor yanvarda 400 dollar ishladi. Martda 1200 dollor. Qaysi oyda YOdgor 5000 dollor ishlaydi. Har bir oyda oldingi ikki oyning maoshi berilsa?

1) iyun                  2) iyul  3) avgust    4)sentyabr

25.Aeroportda avtomobillar pullik to`xtash joyi bir ish kuni uchun 11 shekel, shanba kuni uchun esa 9 shekel. CHet eldan qaytib kelgan janob Hogai turar joy uchun 130 shekel to`lagan. Haftaning qaysi kunida janob Hogai chet elga uchib ketgan?

1) yakshanba yoki dushanba    2) chorshanba   3) payshanba yoki juma    4) shanba.

26.Oddiy yaxna ichimlikning narxi 1,30 shekel, parhezli ichimlikning narxi 1,50 shekel. Abdulaziz 6ta  ichimlik olib 8,20 shekel to`ladi. Abdulaziz nechta parhezli ichimlik oldi?

1) 1                  2) 2             3) 3 4) 4

27.Xurshid yotoqxona derazasidan qochish niyatida choyshablarni bog’layapti. Deraza erdan 10 metr balandlikda, choyshabning uzunligi 5m. Keyin bog’langan choyshablarning har biri, oldin bog’langan choyshabdan ikki barobar kalta.
Nechta choyshabni bog’lab erga etqarish mumkin?


1) 4       2) 5           3) 8            4) cheksiz

28.O`zbegim firmasi yuk tashuvchi mashinasidan 141000 so`mlik  yaxna ichimlik yo`qolgan. Ichimliklar katta quti (30000 so`m) va kichkina quti (7000 sum) larga joylashtirilgan edi.  Nechta quti yo`qolgan?

1)  7                            2) 10               3) 12      4) 20

29. YUlduzchalarni  raqamlarga  almashtir: ****-1 =***

30.Bir xonali sonning eniga o`sha sonning  o`zini yozib qo`ying.

Tuzilgan son necha barobar ko`paydi?

31.Kitobning 60 varaq qalinligi 1 sm. 240 betdan iborat kitobning qalinligi qancha?

32.Toshkentdan Buxorogacha samolyot 1soat 20 daqiqa uchadi. Buxorodan Toshkentgacha 80 daqiqa uchadi. Bu farqni izohlab bering.

33.Ahmad, Qodir, Muhammad shashka o`ynadilar. Har biri ikki partiyadan o` ynadilar. Jami necha partiya  o`ynaldi?

34.Soatda daqiqalar milining uchi harakatlanishi soat milining harakatlanishidan necha marta tez?

35.Bir fuqaroning otasini ismi sharifi Hamid Ahmadovich, shu fuqaroning o`g’-li Akbar Jo`rayevich. Fuqaroning o`z nomini toping.

36.Vrach bemorga 3ta tabletka berdi. Har bir tabletkani 20 daqiqadan so`ng qabul qilishni tavsiya etdi. Bu tabletka necha daqiqaga etadi?

37.Professor kechqurun soat 7da uxlash uchun yotdi. ertalab soat 8da uyg’onish uchun budil’nikni 8ga to`g’rilab qo`ydi. Professor budil’nik chalgunicha necha soat uxlab oldi?

38.6ta stakan turibdi. Birinchi uchtasiga suv solingan, keyingi uchtasi bo`sh. SHunday qilingki, suvli stakan va bo`sh stakan birin-ketin tursin. Lekin faqat bitta stakanni qo`lga olish mumkin.

39. Olti metrli ustunda yuqoriga qarab shilliqqurt chiqayapti, kunduz 4m masofani bosib o`tadi. Kechasi esa 3m masofani orqaga bosib o`tadi. Necha kunda shilliqqurt ustun yuqorisiga chiqib oladi?

40.Kubning har bir tomoni 5sm. Simdan shu kubning karkasin yasash kerak. Necha sm sim kerak?

41. 1-,2-,3- uyda uchta mushuk yashagan: oq, qora va sariq. 1-va 2 uylarda yashagan mushuk qora bo`lmagan. Oq mushuk yashagan uy birinchi emas. qaysi mushuk qaysi uyda yashagan?

42.Tovaga ikki burda non sig’adi. Biz uch burda nonning ikki yuzini qizartirib olmoqchimiz. Har bir yuzini qizartirish uchun bor-yo`g’i uch daqiqa ajratilgan. Qanday yo`l tutamiz?

43.YOg’ochli har bir tomoni 3sm ga teng bo`lgan, yashil rangga bo`yalgan kubni kubik santimetrlarga kesdilar. Uch tomonidan bo`yalgan kubiklar sonini toping.

44. Ra`noda 5ta tanga bor: 1 tiyinlik, 2tiyinlik, 3tiyinlik,5tiyinlik. Ana shu tangalar yordamida uch tiyindan yigirma bir tiyingacha bo`lgan hamma qiymatlarni tuzish mumkinmi?

45.SHunday ikkita kesma chizginki, ulardan biri ikkinchisidan 2sm uzun bo`lsin. Birgalikda esa 14sm ni tashkil qilsin.

46. Ota ikki o`g’li bilan yo`lga chiqdi. Yo`lda ular daryoga duch keldilar. Sohilda qayiq. U suvdan otani yoki ikki o`g’ilni o`tkaza oladi. Qanday qilib ota va o`g’illar narigi sohilga o`tishadi?

47.To`rt xonali sondan raqamlar yig’indisi 3ga teng bo`lgani nechta. Ularni ko`rsat.

48.Surayyoda bir necha tiyinlik tanga bor edi. U 13 tiyinga muzqaymoq sotib olmoqchi bo`ldi. Sotuvchida faqat 3 tiyinlik  tangalar bor. Surayyo sotuvchiga nechta 5 tiyinlik tanga berdi va sotuvchi Surayyoga nechta 3 tiyinlik tanga qaytardi?

49. 87912 ni qanday songa bo`lsak xuddi shu raqamlar ishtirokidagi besh xonali son hosil bo`ladi,  lekin teskari tartibda?

50 Amina, Botir, Vasila, G’olib maktabning yaxshi shaxmatchilari. Tuman musobaqasida uchta shaxmatchidan iborat guruh tuzish kerak. Necha usul bilan guruh tuzish mumkin?

51.«Kalitlar va Jomadonlar». Uchta jomadon va uchta kalit bor. Jomadonlarga to` g’ri kalitlarni topish uchun uch urinish etarlimi?

52.Ikkita o`nlikni uchta o`nlikka ko`paytirsak nechta o`nlik hosil bo`ladi?

53 .Aka uydan maktabgacha 30 daqiqa yuradi, uka esa 40 daqiqa. Uka akadan 5 daqiqa oldin chiqqan bo`lsa, necha daqiqadan keyin aka ukaga etib oladi?

54.Qutida ko`k, yashil, qizil rangli 20 dona qalam bor. Ko`k qalamlar yashillarga qaraganda 6 barobar ko`p. Qizil qalamlar ko`klardan kam. Qutida nechta Qizil qalam bor?

55.Tarozining bir pallasida 5 ta bir xil olma va 3 ta bir xil nok bor. Ikkinchi pallasida 4 ta o`shanday olma va xuddi shunday 4 ta nok bor. Tarozi muvozanat saqlab turibdi.. Nima engil: olmami nok?

56.Ikkita sonni ko`paytirganda 105 hosil bo`ldi. Qanday sonlar ko`paytirildi? SHunday sonlar nechta ?

57. O`kituvchi sinfga 111 ta daftar olib kirdi va bolalarga teng tarqatib berdi. Sinfda 20 tadan ko`p va 40 tadan kam bola edi. Sinfda nechta bola bor?

58. Maktab o`kuvchilaridan  32tasi avtobusda sayohatga chiqdilar.Azizaga 189990 raqamli chipta to`g’ri keldi. CHipta   raqamlarini oldingi 3 ta raqami  yig’indisi va oxirgi 3 ta raqam yig’indisiga teng bo`lgan chipta o`quvchilardan yana birortasida bo`lishi mumkinmi?

59. Kitobning bir nechta sahifalari tushdi. Tushgan sahifalardan birinchisining raqami 213, oxirgi tushgan sahifaning raqami esa birinchi sahifaning raqamiga teskari tartibda. Nechta sahifa kitobdan tushgan?

60. 12345 raqamlari orasiga amal belgilari va qavslarni shunday qo`yki, natija 1 bo`lsin.

61. 4×12+18:6+3 ifodaga qavslarni shunday qo`yki, natija 50 bo`lsin.

62. 4 ta 5 raqami ishtirokida misol tuz, natija 12 ga teng bo`lsin.

63. 0 dan boshqa shunday bir xonali sonni 142857 ga ko`paytirginki, natija faqat bir xil raqamlar ishtirokidagi sondan iborat bo`lsin.

64. To`rt xonali sonning ikkinchi raqami 0 ga teng sonni teskari tartibda yozganda dastlabki sondan 9 marta katta bo`lgan boshqa son hosil bo`ladi. Dastlabki sonni top.

65. 5 va 3 ga bo`linadigan 3 xonali son 87*(oxirgi raqami yashirin). Oxirgi raqamni toping.

66. 37sonining  old va orqa tomonidan birxil raqam qo`yginki, natija 6ga teng bo`linsin.

67. To`g’ri tenglik hosil bo`lishi uchun harflar o`rniga qanday raqamlar qo`yish mumkin? ABhAxB-BBB

68. Ukada 6 ta 2 tiyinlik tanga bor edi, opasida esa 10 ta 3 tiyinlik tanga. Ularning tangalari teng bo`lishi uchun opa ukasiga nechta tangasini berishi kerak?

69. Zulxumor, Go`zal va Mexri baliq oviga bordilar.Ular har biri turli sonda baliq ovladilar. Zulxumor va Go`zal birgalikda 6 ta baliq ovladilar. Mexri bilan Zulxumor 4 ta baliq ovladilar. Go`zal nechta baliq ovladi.

70. 2004 -yil fevral oyida 5 yakshanba mavjud. Fevral 29 kun. 2004 yil 23- fevral haftaning qaysi kuniga to`g’ri keladi?

71.Eng katta yuzali to`g’ri to`rtburchak chiz. Tomonlari yig’indisi uzinligi Oga teng bo`lsin.

72 Gulnoz bilan Feruzada birgalikda 11 ta yong’oq, Gulnoz va Dilorada 12 ta yong’oq, Dilora va Feruzada 13 ta yong’oq. Qizlarning har birida nechtadan yong’oq bor?

73.Savatdagi olmalar soni ikki xonali raqam. Olmalarni 2,3 va 5 bolalar orasida teng bo`lish mumkinmi? 4 bolaga teng bo`lib bo`lmaydi. Savatda nechta olma bor?

74. Vinni-puxga tug’ilgan kunida asal to`la humcha sovg’a qildilar. Asal to`la humchani og’irligi 7 kg. Asalni yarmini egandan keyin qolgan asal va humchaning og’irligi 4 kg bo`lgan. Boshida xumchada necha kg asal bo`lgan?

75. 3 ta tovuq 3 kunda 3 tuxum beradi. 12 tovuq 12 kunda nechta tuxum beradi, agar ular xuddi shu holda va shu maromda tuxum berib tursa?

76. Ma`lumki 50 ta kitob narxi 17 so`mdan ortiq, ammo 18 so`mdan kam. Bir dona kitob narxi qancha?

77. Geologlar 7 ta tosh topdilar. Bu toshlarning og’irliklari 1kg, 2 kg, 3kg. 4 kg, 5 kg, 6 kg, 7kg. SHu toshlarni to`rtta ryukzakka shunday joylashtirdilarki, ryukzaklar og’irligi bir xil bo`ldi. Ryukzaklar og’irligini toping.

78. 99 ta son yozildi. 1,2,3,4……99. 5 raqami necha marta ishlatildi?

79.Stol to`rt burchakli. Bir burchagini kesib olsak necha burchakli bo`ladi.?

80. Sayohatchilar guruhi 6 kishidan iborat. Ular frantsuz yoki ingliz tilida gapiradilar. 3 kishi faqat frantsuz tilida gapiradi. 2 kishi faqat ingliz tilida gapiradi. Necha kishi ham ingliz ham frantsuz tilida gapiradi?

81. Feruza, Zulfiya, Ra’no musobaqada 100 m masofaga yugurishdi finishga Feruza Zulfiyadan 2 sekund oldin keldi, Zulfiya esa Ra’nodan 1 sekund kech keldi. Kim oldin yugurib keldi Ra’nomi yoki Feruza, va necha sekund oldin?

82. 0, 1, 5 raqamlar yordamida 3 xonali son yozib chiqing. Har bir sonda har bir raqam bir marta ishlatilsin.

83. Tarozining bir pallasida 1dona sabzi va 2dona bir xil shalg’om
ikkinchi pallasida 2 ta o`shanday sabzi va 1 dona o`shanday sholg’om  bor. Qaysi biri engil. SHolg’ommi yoki sabzi?                                               

84.To`rtga bo`linadigan 2 xonali eng katta sonni top.  

85. 9 sonining o`ng tomoni va so`liga bitta bir xil son yozing. Hosil
bo`lgan uch xonali son 7 ga bo`linishi kerak.                

86. 5 litrli va 3 litrli banka yordamida 4 litr suvni o`lchab oling.  

87. 0 va 1 raqamidan nechta to` rt xonali son tuzish mumkin?     

88. 5 litrli bidon va 8 litrli bidon yordamida sut sisternasidan 7 litr sut
o`lchab oling.                                                                 

89. Tomoni 1m bo`lgan kvadratni tomoni 1sm bo`lgan kvadratchalarga kesdilar. SHu kvadratchalardan eni 1sm bo`lgan tasma yasadilar. Tasmaning uzunligini toping.   

90. SHahardan qishloq tomon velosipedist yo`lga chiqdi, tezligi 12km/soat. Qishloqdan shahar tomon bir kishi piyoda yo`lga chiqdi, tezligi 4km/soat. SHahar va qishloq orasidagi masofa 32km. 2soat yo`l yurgandan keyin yo`lovchilardan qaysi shahardan  uzoq bo`ladi.?

91.7 litrli chelak va 3 litrli banka yordamida qozonga 5litr suv o`lchab soling.

92.21,19,30,25,3,12,9,15,6,27 sonlaridan uchtasining yig’indisi 50ga teng bo`lganlarini toping.

93 To`rtinchi qavatga chiqadigan zinaning uzunligi ikkinchi qavatga chiqadigan zinaning uzunligidan necha barobar uzun?

 94 To`g’ri  to`rtburchakning   maydoni   12sm2, tomonlar yig’indisi 26sm. SHu to`g’ri  to`rtburchakni  chizing.

95. SHokir do`stlariga dedi: -«O`tgan kuni mening yoshim 9 da edi, kelasi yil men 12ni to` ldiraman.» SHokir qaysi kunda tug’ilgan.?

96. Soat siferblatini to`g’ri chiziq bilan 2 qismga shunday bo`lingki, har bir qismda sonlar yig’indisi teng bo`lsin.

97. 30metr arqonni 3 qismga bo`ldilar. Biroq birinchi qismi ikkinchisidan 1metr uzun, va uchinchisidan 1metr kalta. Uchchala qismning uzunligini toping.

98. Sayohatchi 6km yo`lni 1 soatda bosib o`tadi. U 1daqiqada necha metr yuradi?

99. 9 varaq qog’oz bor edi. Bir nechtasini 3 bo`lakka kesdilar. Jami 5 varaq bo`ldi. Nechta varaq kesilgan edi?

100. Kvadratni teng 4 qismga kesdilar va 2ta kvadrat yasadilar. Bu ishni siz ham bajaring.

101. Simdan tomoni 6 sm bo`lgan kvadrat yasadilar. Keyin shu simni ochib, teng tomonli uchburchak yasadilar. Uchburchak tomoni uzunligini toping.

102. Rustam baliq oviga borib keldi. Daryo tomonga piyoda ketdi. Qaytishda velosipedda keldi, yo`lga 40daqiqa vaqt sarfladi. Keyingi safar borishda ham, kelishda ham velosiped mindi va yo`lga 20 daqiqa sarfladi. Baliq oviga borish ham, kelish ham piyoda bo`lsa, Rustam qancha vaqt sarflaydi?

103. To`g’ri to`rtburchak shaklidagi tortni 2ta kesma bilan to`rt qismga ajrating. Ikki qismi to`rtburchak shaklida bo`lsin, ikki qismi uchburchak shaklida.

104. Tomonlari 8sm va 4sm qog’oz varag’ini 4ta bir xil shaklda kesdilar. SHu shakllardan kvadrat tuzdilar. Rasmini chizing.

105. Gulnoz bilan Feruzada birgalikda 11 ta yong’oq bor, Gulnoz va Dildorada 12 ta yong’oq, Dildora va Feruzada 13ta yong’oq. Qizlarda jami bo`lib nechta yong’oq bor?

106. Bola ismining harflarini alifbodagi harflar tartib raqamlari bilan o`rnini almashtirdi: 27,1,17, 14,5,8,3,3,8,13. Bolaning ismini top.

Javoblar

1. Nargizaning soati 2 soatda 30 daqiqa orqada qoladi, demak 1 soatda 15 daqiqa orqada qoladi. Sohibaning soati har bir soatda 5 daqiqa oldin yurar ekan. Demak har bir soat Nargiza va Sohibaning soatlari bir-biridan 15+5=20 daqiqa=1/3 soat farq qiladi. Bu soatlarning orasidagi farq 3 soat (180 daqiqa) bo`lishi uchun 3:1/3=9 soat vaqt kerak bo`ladi. To`g’ri javob (3).

2.         To`g’ri javob 4(Agar katta son 120 bo`lsa,unda 120/3=40)

3.         To`g’ri javob (2).

4.         To`g’ri javob (2).

5.         To`g’ri javob (4).

kun 1 2 3 4 5 6
Zulfiya 8 6 2 4 0 0
Feruza 15 17 19 21 23 25
Jami 23 23 23 23 23 25

6.Timsohlar soni H bo`lsa, ularning oyoqlari soni 4H, tuyaqushlar soni (40-H) ularning oyoqlari soni (40-H)*2. Demak 52=4H-(40-H)*2. Tenglamani echsak H=22. To`g’ri javob (3).

7.Bo`linmalar soni 38=toq son. To`g’ri javob(2).

8.Do`kon mudiri a/k kg tarvuz sotib oldi. CHirigan va yorilgan tarvuzlarni chiqarib tashlasak (a/k v-s)kg tarvuz qoladi. Har bir kg tarvuzni d so`mga sotsa, d(a/k-b-c)=to`g’ri javob (4).

9. «Besh barmoq» qoidasi aylana shakliga to`g’ri kelmaydi. SHu bois 120 bayroq orasida 120 oraliq, demak 120*5=600m To`g’ri javob (600m)

10. Doniyor h kitob sotib olgan bo`lsa, Ilhom 2*H kitob olgan, unda Mansur 3*2*H kitob sotib olgan. Demak Mansur olgan kitoblar soni albatta 6 ga bo`linishi kerak: yagona mumkin bo`lgan javob 36.

11. Tolibning yoshi h yildan keyin h+5, Muhsinnig yoshi h yildan keyin h+32 Muhsinning yoshi Tolibning yoshidan to`rt barobar katta bo`lsa 32 +h=4(h+5) tenglama tuziladi; Unda h =4. To`g’ri javob (3)

12.Naima va Feruzaning yoshi h yil oldin 48-h va 22-h bo`lgan. Tenglama tuzamiz 48-h=3(22-h), unda h=9. To`g’ri javob (2)

13.Ota va o`g’illlarning yoshi h yil oldin 58- h, 24-h, 26-h bo`lgan tenglama tuzamiz. 2(24-h+26-h)=58-h unda h= 14. To`g’ri javob (3)

14. Otaning yoshi h yildan keyin 36+h bo`ladi. o`g’illarini esa 5+h, 9+h, 12+h tenglama tuzamiz: 5+h+9+h+12+h=36+h, bunda h=5. To`g’ri javob(1)

15.       1999-yilda videomagnitofon 16 $ kompyuter-1$

1998-yilda  videomagnitofon 8$ kompyuter-2$

1997- yilda videomagnitofon 4 $ kompyuter- 4$

1996yilda videomagnitofon 2$ kompyuter-8$

1996  yilda    kompyuter  videomagnitofonga  nisbatan  4 barobar qimmat bo`lgan.To`g’ri javob (1)

16.Vohid bir soatda h shekel olsa, Orif bir soatda 2h shekel va kunida 6h shekel oladi. Vohid 8h 8 soat uchun va 8h (4*2h) ortiqcha ishlagan vaqti uchun oladi. Jami 16h shekel, Orifdek.To`g’ri javob(3)

17.Haftaning birinchi 3 kunida maysa 15 sm o`sadi va 20 smga etadi. Keyingi 2 kunda ( payshanba va juma) har kuni maysa ikki barobar o`sadi. Avval 40 smgacha, keyin 80 sm. Ikkinchi haftaning birinchi 3 kunida maysa 95 sm bo`ladi, keyin ikki marta ikki barobar ko`payadi. 190 sm va nihoyat 380sm. Javob 380sm.

18.1 mikrob to`rtga bo`linadi, 3 mikrob 8 daqiqadan keyin 12 ga. 16 daqiqadan keyin 12*4=48   mikrob. SHu 48 mikrob 8 daqiqadan    keyin    bo`linadilar, lekin 20-chi  daqiqada    hali bo`lingan bo`lmaydilar, To`g’ri javob 48

19.Kenguru bolasi tug’ilganda og’irligi 400 gr edi. Birinchi ikki oyda ikki barobar oshdi va 800ga teng bo`ldi. Keyingi 3 oyda har oy 1,5 barobar oshdi va uchinchi oy: 800*1,5=1200g. To`rtinchi oy 1200* 1,5=1800 beshinchi 1800*1,5=2700 3,3 kg bo`linishiga 600 g etmaydi. Bu vaznni 3 haftada to`playdi.(200g dan) Hammasi bo`lib 5 oy va 3haftada.To`g’ri javob(4)

20.FU 8 likopchadan uchtasini 4 bo`laklarga sindiradi: 3*4=12 va 5 butun qolgani =17. Tuya kelib hammasini ikki bo`lak qiladi: 17*2=34 likopcha. Javob 34 likopcha

21.Uchinchi bolada 10ta shirinlik bor edi, shulardan 2 ta birinchi bolaga va 2 ta ikkinchi bolaga berdi. Uyga kelganida esa unga 2 ta shirinlik to`rtinchi bola va 2ta shirinlik beshinchi bola berdi. Demak unda yana 10ta shirinlik paydo bo`ldi. To`g’ri javob (2)

22.Idishda 20 litr suv bor edi. Xurshid yarmini (10litr) to`kdi va 4 litr qo`shdi;14 litr qoldi. Keyin 7 litr to`kdi va 4 litr qo`shdi, qoldi 11 litr. Va nihoyat to`kdi 5,5 litr, qo`shdi 4 litr, qoldi 9,5litr. To`g’ri javob (2)

23.Robinzon Kruzo birinchi kunda 1km shimolda bo`ladi. Ikkinchi kun 20km, Janubga yuradi va asosiy nuqtadan 1 km janubda bo`ladi, uchinchi kunda 3km shimolga yuradi va 2km shimolda bo`ladi, to`rtinchi kunda 4km janubga va 2km janubda. Demak: juft kundan keyin u shu kunlar soninig yarmiga teng bo`lgan km masofa janubda bo`ladi: 14 kun-7 km janubda. To`g’ri javob (2)

24. Martda YOdgor 1200 dollar oldi, yanvarning 400 va fevralning 800 dollari hisobidan. Aprelda 2000 dollar oladi (fevral va martning yig’indisi), mayda 3200 (mart va aprel), iyunda-5200. to`g’ri javob(1)

25.To`g’ri javob(1)

26.Javoblardan ma’lum bo`layaptiki Abdulaziz hech bo`lmaganda 1 dona parhezli ichimlik olgan, shu bois 8.20-1.50 shekel. Keyin qolganidan, 1.30 shekel ayiraveramiz toki javobi chiqmaguncha. To`g’ri javob(2)

27. Deraza 10 metr balandlikda. Birinchi choyshab 5m; ikkinchisi 2,5m; jami 7,5m; 2,5m etmaydi. Keyingi choyshab qolgan masofani yarmini qoplaydi, undan keyingisi yana qolgan yarmini, va hokazo to cheksizlikgacha, chunki har bir choyshab qolgan masofani faqat yarmini qoplaydi. To`g’ri javob (4)

28.SHunday raqamlarni topaylikki ular 7000 va 30000 bo`linsin, yig’indisi 141000 teng bo`lsin. Bu raqamlar 21000 va 120000, shu bois 4 katta va 3 kichik quti yo`qolgan. Javob 7 ta quti yo`qolgan

29.1000 1=999

30.11 barobarga ko`paydi.

31.2sm.

32.1 soat 20 daqiqa = 80 daqiqa.

33.3marta.                             •

34.  12 marta. Bir soat davomida daqiqalar mili siferblatning 12 bosqichini o`tib ulguradi, soat mili esa bir bosqichini o`tadi.

35.  Jo` ra Hamidovich.

36. 40 daqiqaga.

37. 1soat.

38. Ikkinchi stakanni olib suvni beshinchi stakanga quying va stakanni joyiga

qaytaring.

39.3 kunda

40.12*5 = 60sm

41.Qora mushuk 3-uyda, oq mushuk 2-uyda, sariq mushuk 1-uyda yashaydi.

42.Birinchi va ikkinchi burdening bir tomonini bir daqiqada qizartirib olamiz. Ikkinchi daqiqada birinchi burdani ikkinchi yuzini va uchinchi burdani birinchi yuzini qizartiramiz. Uchinchi daqiqada ikkinchi burdani ikkinchi yuzini va uchinchi burdani ikkinchi yuzini qizartirib olamiz.

43.Sakkizta.

44.Ha.

45. 6sm  va 8sm  uzunlikdagi  kesmalar.

46. Ikkita o`g’il o`tadi, biri qaytadi-da, o`rniga ota o`tadi. Ikkinchi o`g’il qaytib ukasini olib qaytadi,

47. 1011,1101,1110,1002,1020,1200,2001,2010,2100,3000.

48. Surayyo 5ta 5 tiyinlik (5*5=25 tiyin) berdi va sotuvchi qaytimini to`rtta 3 tiyinlik (4*3=12tiyin) bilan qaytardi.

49. 87912 : 4 =21978. bolalar uni boshqacha (tenglama) usul bilan topishlari mumkin: 87912 :H = 21978     H=4. 50.4 usul bilan:

a. A.B.V.

b. B.V.G.

d. V.G.A.

s. G.A.B.

51. Ha etarli. Izoh: ixtiyoriy kalitni olib ikkita jomadonga solib ko`ramiz. Bo` lishi mumkin tasodiflar:

A) kalit jomadonlarga to`g’ri kelmaydi. Unda kalit uchinchi jomadonga mos. Ikkinchi kalitni qolgan ikki jomadondan biriga solamiz.To`g’ri kelmasa u boshqasiniki.

B) kalit jomadonlardan biriga to`g’ri keldi. Navbatdagi sinov bilan ikkinchi jomadonning kalitini aniqlaymiz. Uchinchi kalit qolgan jomadonniki.

52.60 o`nlik.

53. Uka 10 daqiqa oldin chiqsa aka unga maktab oldida etib oladi: 40- 30=10. Demak, uka 5daqiqa oldin chiqsa aka unga yo`lning yarmida etib oladi. Aka u masofani 15 daqiqada o`tadi. 30:2=15.

.    54. 6 ta qizil qalam.

Agar qutida 1 dona yashil qalam bo`lsa, ko`klar 6 ta. Unda qizil qalamlar 20-(l+6)= 13 bu to`g’ri emas, chunki shartga mos emas. Agar yashillar ikkita bo`lsa, ko`klar 12 ta bo`ladi. Unda qizillar 20-(2+12)=6. SHartga muvofiq.

55. Bitta olmaning og’irligi bitta nokning og’irligi bilan teng.

56. 105soni quyidagicha sonlarni ko`paytirish oraqali hosil bo`ladi: 3va35,5va21,7va 15,1 va 105.

57. Sinfda 37 bola….Izoh: 111=37×3 Sinfdagi bolalar soni 20dan ortiq
40dan kam bo`lgan uchun 37ni olamiz. 37tadan bola har biri 3tadan
daftar oladi.            

58.  Ha, o`quvchilar orasida yana biriga shunaqa bilet to`g’ri keladi. CHipta  raqamining oldingi 3 tasining yig’indisi keyingi 3 tasini yig’indisiga teng bo`lgan navbatdagi chipta raqami-190019, 190019- 189990=29. O`ttizinchi raqamidagi o`quvchiga xuddi shu chipta to`g’ri keladi.

59. 50 varaq

60. 7.(l+23): 4 5=1 boshqa xil echimi ham bor. Masalan, (12-3):(4+5)

61. 4×12+18: (6+3)

62. (55+5):5yoki(5+55):5

63.142857×7=999999

64. 1089

65. 0

66. 4 raqamini qo`yish kerak.

67. A=3 B=7 BBB=Bxl 1 !=Bx3x37x3xB Bundan ko`rinadiki, A=3, B=7.

68. Opa ukasiga 3 ta 3 tiyinlik tanga berishi kerak.

69. Go`zal 3 ta baliq tutdi. Mexri va Zulhumor birgalikda 4 ta baliq ovladilar.Lekin turli sonli. U holda ikki tasodif bor: 3=1+1=3. Ularni

tahlil qilamiz.

A) Mexri deylik. 1 ta baliq ovladi. Go`zal 6-3=3 ta baliq tutdi. Ko`ramizki, Zulxumor va Go`zal bir xil sonda baliq tutishdi. YA’ni masala shartini qoniqtirmadi.

B) Deylik, Mexri 3 ta baliq ovladi. Unda Zulxumor 1 ta baliq ovlagan Go`zal 6-1=5 ta baliq tutdi. Ko`rinadiki, qizlar teng sonli baliq ovladilar.

70. 2004 yil 23 fevral dushanba kuniga to`g’ri keladi. Fevral 29 kun va 5 yakshanba bo`lsa, unda 1-yakshanba 1-fevral bo`ladi. Bu erda 23 fevral dushanba.

71. Eng katta yuzali to`g’ri to`rtburchak kvadrat hisoblanadi, Uning tomonlari 12:4=3 (sm)

72. Jami yong’oqlar soni 18 ta edi. Agar Dilora 1 ta yong’oqni Gulnozga bersa, unda Gulnoz va Feruza, Gulnoz va Dilora Feruza va Dilorada 12 tadan to`g’ri keladi. Har biriga teng holda (12:2=6 tadan). Demak uchala qizda 6×3=18 (yong’oq).

73.30 olma.

74. Javob: 6 kg asal.

Xumchada qolgan asalning og’irligi 7-4=3 kg. Demak asalning hammasi 3h2=6 kg.

75. Javob: 43 tuxum.

Bitta tovuq 3 kunda 1 ta tuxum beradi. Demak, 12 ta tovuq 3 kunda 12 ta tuxum beradi. 12 ta tovuq 12 kunda 12: 3= 4 (marta) ko`p tuxum beradi: 12h4=48(tuxum).

76. Javob: bir dona kitob 3 5 tiyin.

Izoh: 50 ta kitob 1700 tiyin bo`lsa, 1 dona kitob 1700:50=34 tiyindan qimmatga ega. 1800: 50=35 tiyindan arzon. Demak, 1 kitob 35 tiyin turadi.

77. Javob: hamma toshlar og’irligini topamiz 1+2+3+4+5+6+7=28 kg. Demak har bir ryukzak 28: 4= 7 kg. 1- ryukzakka- 7 kg tosh solindi, 2-ryukzakka 6+1kg; 3-ryukzakka 5+2; 4-ryukzakka 4+3 toshlar solindi.

78.Javob 20marta.

79. Javob: beshburchakli.

80.Javob:1kishi.

81 Javob: Feruza Ra`nodan 1 sekund oldin keldi.

82.Javob:105,150,501,510.

83. Javob: sabzi va sholg’om vazni bir xil.

84. Javob:96

85. Javob: 5 raqamini yozish kerak: 595.

86. Javob: 3 litrli banka bilan 5 litrli bankani to`ldiramiz, 3 litrli bankada 1 litr suv ortib qoladi. 5 litrli bankaning suvini to`kib, 3 litrli bankada qolgan bir litr suvni solamiz. YAna 3 litrli banka yordamida 3 litr suv olib 1 litrning ustiga solamiz.

87. Javob: 1000,1001,1010,1100,1111,1110,1101,1011. .

88. Javob: 5 litrli bidonni ikki marta to`ldirib 8 litrli bidonga solsak 5 litrli bidonda 2 litr sut qoladi. 8 litrli bidon sutini sisternaga qaytib solamiz. SHu bidonga qolgan 2 litr sutni solamiz va yana 5 litr solamiz.7litr bo`ladi.

89. Javob: 100 metr. Izoh: 1m2 = 100sm 100sm= 10000sm2 . eni 1 sm bo`lgan tasmani uzunligi 10000sm= 100m.

90. Javob:   2 soatdan keyin ikki yo`lovchi ham shahardan bir xil masofada 24km  uzoqda bo`ladi.

 Velosiped- 12×2=24

 piyoda>2×4=832-8=24

91.Javob: 3 litrli banka yordamida chelakka 6 litr suv qo`yamiz.

Bankaga 3 litr suv olamiz va chelakni to`ldiramiz. Bankada 2 litr suv ortib qoladi, uni qozonga solamiz. YAna bankani to`ldirib qozonga solamiz: 2+3litr=5litr.

92.Javob:19+6+25=5

93. 3barobar.

94.1 tomoni 12sm, ikkinchi tomoni 1 sm.

95.SHokirning tug’ilgan kuni 31 dekabr.

96           

97.      9m, 10m,llm.

98. 100/daqiqa; Izoh: 6km=6000m  1soat=60daqiqa 6000m/60daqiqa= 1 OOm/daqiqa

99. 3 varaq qog’oz kesilgan edi. Izoh: 1 varaqni 3ga kesganda varaqlar soni 2ga ko`payadi. 15-9=6 varaqga ko`paygan bo`lsa,  6:2=3 varaq kesilgan.

100.          

101. Kvadrat tomoni 6 sm, perimetri 6×4=24sm. Demak, uchburchak perimetri ham 24sm, tomoni 24:3=8

102. 1 soat. Izoh: velosipedda borib kelishga 20 daqiqa sarflangan. Demak  kelish 20:2=10 daqiqa. Agar borish piyoda, qaytish velosipedda bo`lganda 40 daqiqa sarflansa, demak, piyoda borishda 40 -10-30 daqiqa. Borish piyoda kelish piyoda bo`lganda 30+30=1 soat sarflanadi.

103.Tort 

104.

105.     Javob:18ta

106.     Bolaning ismi: SHarofiddin.

So`z   o`yinlari

So`z o`yinlari orasida krossvord keng tarqalgan. Ayzenk taklif qilgan bir necha qator so`z o`yinlari oddiy krossvorddan farqlanadi-vazifalarni tanlab echish mumkin, vaqtni belgilash lozim. eng qizig’i ham shunda- hamma grossmeyster ham «Blits» o`ynolmaydi

Манбаа: BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

PSIXODIAGNOSTIK TESTLAR

(O`quv metodik qo`llanma)

Tuzuvchi:       R.S.Hamroyeva.

Tarjimon:   R.S.Hamroyeva.

 2005

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

*