• Behruzbek Hamidov shaxsiy blogi.
  • 26.02.2020
0 Comments

   Tashkiliy boshqaruvning zamonaviy axborot tizim­lari qaror qabul qiluvchi mutaxassislar, rahbarlarga o’z vaqtida, ishonchli axborotlarni kerakli miqdorda olishga, avtomatlashtirilgan ofislarni tashkil qi­lish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo’llash bi­lan tovushli va rasmli tasvirlarga ega tezkor yig’ilishlarni o’tkazish uchun sharoitlar yaratishda yordam ko’rsatishga mo’ljallangan. Bunga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga o’tish orqali erishiladi.

      Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – bu, quyidagilarga asoslangan texnologiyalardir:

– SHK va tashkiliy texnikalarni hamma joyda qo’llash;

– Foydalanuvchilarni (hisoblash texnikasi va dasturli sohada kasb egasi

bo’lmaganlarni) axborot jarayonlarida faol ishtirok etishida;

– Do’stona foyalanuvchi interfeysining yuqori darajasiga;

– Umumiy va muammoli belgilanishdagi amaliy dasturlar paketidan keng

foydalanishga;

– Foydalanuvchi uchun ma’lumotlar bazalari va dasturlarga shu jumladan, SHKning

mahalliy va global tarmoqlari tufayli uzoqdagilarga ham kirish imkoniyatlariga;

– Mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joyi yordamida boshqaruv qarorlarini

ishlab chiqish va qabul qilishda vaziyatlarni tahlil qilishga;

– Sun’iy bilim tizimlarini qo’llashga;

– Ekspert tizimlarni tadbiq etishga;

– Telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalanish­ga;

– Geoaxborotli tizimlar va boshqa texnologiyalarini yaratishga.

      Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklari.

      Hozirgi vaqtda mamlakatimizda boshqaruvning av­tomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqishning kat­ta tajribasi to’plangan. Bu tajriba ABT va har qanday boshqa axborot tizimlarini ishlab chiqishning markaziy masalasi, ma’lumotlarni tashkil qilish, saqlash va kompleks foydalanishdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Yakuniy natijada bu ma’lumotlarni boshqarishning rivojlangan tizimlarini yaratilishiga olib keldi, ular hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish asosida qurilgan har qanday axborot tizimining asosi bo’ladi.

      Ma’lumotlar banklari tamoyili asosida loyihalashtirilgan boshqarishning avtomatlashtirilgan ti­zimlari bir qator o’ziga xos xususiyatlarga egaki, ular asoslari belgilangan vazifalar majmuini hal qilishga mo’ljallangan, ma’lumotlar massivlarining tizimi bo’lgan oldingi ishlanmalardan alohida farqlanadi. Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklaridan foydalanishi o’zaro bog’langan ma’lumotlar majmuiga ko’p jihatdan kirishni, amaliy dasturlarning ma’lu­motlarni jismoniy va mantiqiy tashkil qilish o’zgarishlaridan, mustaqilligining ancha yuqori darajasini, ma’lumotlarni boshqarishning integrasiyalashishi va markazlashishini, ortiqcha ma’lumotlarni bartaraf qilishni, paketlarni birga bo’lishlik imkoniyatini va ma’lumotlarni teleprosessorli ishlab chiqishni ta’minlaydi.

      Shu bois ham qo’llanishning har qanday sohasi uchun ABTni ishlab chiqish eng avvalo ma’lumotlarning av­tomatlashtirilgan bankini tashkil qilish bilan bog’liqdir.

      Obyektning holati haqidagi axborot har qanday boshqaruvning asosi bo’lgani uchun, xuddi avtomatlash­tirilgan tizimlardagi ma’lumotlar, ularning tash­kil qilinishi, mukammal olib borilishi, saqlani­shi, foydalani-lishi tizimning markazi bo’ladi. Tex­nik va dasturiy vositalar vaqt o’tishi bilan o’zgaradi, ammo ma’lumotlar qoladi, ular bilan ishlash ancha qimmatli ish bo’ladi va xuddi shu bois ham ularni tashkil qilishning, ma’lumotlar bankini yaratishning asosi­da tizimli tamoyillar yotadi.

      Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banki deganda foydalanuvchilar ma’lumotlarining bazalari, bu bazalarni shakllantirish, olib borishning texnik va dasturiy vositalari, tizimning faoliyat yuritishini ta’minlovchi mutaxassislar jamoasi majmuidan ibo­rat bo’lgan tashkiliy-texnik tizim tushuniladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

*