• Behruzbek Hamidov shaxsiy blogi.
  • 26.02.2020
0 Comments

1. Videotexnologiya– ma’lumotlarni turli tasvirlash ko’rinishida ifodalaydi.

2. Multimedia texnologiya– ixtiyoriy ma’lumotlarni kompleks ko’rinishda tasvirlashga asos-langan. Bu texnologiya matnlar, grafiklar, chizmalar, tasvirlar, tovushlar va harakatlarni yagona bir tizimga birlashtirib namoish etadi.

3. Neyrokompyuterli texnologiyalar– mikroprosessorlar bazasida bir-biriga o’zaro bog’langan maxsus neyrokomponentalardan foydalanadi. Bu texnologiya asab katakchalarining hatti -harakatlarini modellashtirishga asoslangan. Neyrotexnologiyalar murakkab masalalarni yechishda sun’iy intellekt metodlarini qullashga tayanadi: kredit tavakkalchiliklarini boshqarish, bilimlarni aniqlash, fondlar holatini bashoratlash va boshqalar.

4. Obyektga yo’naltirilgan texnologiya– Bir nechta obyektlarning hamkorlikda ishlashini ta’minlaydi va loyihalash va dasturlash jarayonlarida kompyuter tizimlarini tuzishda qo’llaniladi. Bu yerda obyektlar sifatida foydalanuvchilar, dasturlar, mijozlar, hujjatlar, fayllar, jadvallar va ma’lumotlar bazalarini kiritilish mumkin. Obyektga yo’naltirilgan texnologiyalardan foydalanish natijasida boshqaruv tizimida o’ta tezkor samarali qarorlarni qabul qilishga olib keladi.

5. Bilimlarni boshqarish texnologiyasi– ekspert tizimlarini misol qilib keltirish mumkin.

6. Internet texnologiya– barcha axborot tizimlarini global axborot strukturasiga birlashtirish texnologiyasi.

Bundan tashqari vazifalariga qarab ham axborot texnologiyalarini bir nechta turlarga ajratish mumkin:

1. Ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma’lum algoritmlar bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni yechishga mo’ljallangan. Masalan, har bir firmada o’zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi albatta bo’lishi kerak.

2. Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan insonlarning axborotga bo’lgan talabini qondirishdan iborat. Boshqarishning axborot  tizimlari tashkilotning o’tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni ham o’z ichiga oladi.

3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi. Avtomatlashtirilgan ofisning yangi zamonaviy axborot texnologiyalari bu – tashkilot ichidagi va tashqi muxit bilan kommunikasion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa yangi zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo’llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Office dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word matn muharriri, Excel elektron jadvali, Power Point taqdimot uchun grafikani tayyorlash dasturi, Microsoft Access ma’lumotlar omborini boshqarish  tizimlari kiradi.

Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko’plab dasturiy vositalar mavjudki, ular barcha turdagi axborot texnologiyalarini ta’minlay oladi. Ularning ayrimlari bilan qiskacha tanishib chiqamiz.

Ma’lumotlar bazasi. Ular axborot texnologiyasining majburiy komponenti ma’lumotlar bazasidir (MB). Avtomatlashtirilgan ofisda MB firmaning ishlab chiqarish  tizimi haqidagi barcha ma’lumotlarni o’zida saqlaydi.

Matn prosessori. Bu matnli hujjatlarni tashkil etish va ularga ishlov berishga mo’ljallangan dasturiy vosita turidir. Masalan, matn muharririda tayyorlangan xat va hujjatlarni doimiy ravishda qabul qilish, menedjerga firmadagi holatni doimo nazorati ostida tutishga yordam beradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

*